"O'zbek qizlari" zakovat musobaqasi savollari
I tur
1. Duplet
1) Qamariy yil hisobining to‘qqizinchi oyida tug‘ilgan farzandlarga, asosan o‘g‘il bolalarga umri hosiyatli, barokatli bo‘lsin deb ushbu ism qo‘yiladi.
Savol: Bu ismni yozib bering.
2) Bu arabcha ism asosan qiz bolalarga qo‘yiladi va duo olgan, omadli, baxtli, saodatli qiz degan ma’nolarni bildiradi.Biz ko’p hollarda bus ismni tabriklash, qutlash manosida ishlatamiz?
Savol: Bu ismni yozib bering.
Javoblar:
1) Ramazon
2) Muborak
Izoh: Ushbu savol orqali biz ham barcha bilimdonlarni muqaddas ramazon oyi bilan tabriklashga qaror qildik!
Manba:
1. https://ismlar.com/name/Ramazon
2. https://ismlar.com/name/Muborak
Hozir bu o’yinimizda faqat bitta jamoa g’olib bo’ladi shuning uchun yaxshiroq ishtrok etishingiz talab qilinadi.
2. 1908-yilgi Londondagi Olimpiada marafonida italiyalik atlet Dorando Piyetri marraga yaqinlashganda charchoqdan bir necha marta yiqiladi va hakamlar yordami bilan marra chizig‘ini kesib o‘tadi. Biroq, yordam olgani sababli diskvalifikatsiya qilinadi. Ushbu voqeadan so‘ng amerikalik rohib Etelbert Talbot Olimpiya o‘yinlari va Piyetri ishtrogi haqida dalda berish maqsadida fikr bildiradi va bu ibora keyinchalik Olimpiada o‘yinlarining norasmiy shioriga aylanadi.
Savol: Ushbu iborani yozib bering?
Javob: Muhimi g‘alaba emas, ishtirok.
Izoh: Talbot Piyetrining bunday alamli ishtrogi haqida eshitib unga dalda berish maqsadida ushbu fikrni aytgan edi.Bugungi o’yinda ishtrok etib turganingizdan xursandman.
Manba: 1) https://t.me/aktamov_blogi/830 2) https://www.francebleu.fr/emissions/france-bleu-paris-2024-les-jo-chez-moi-mode-d-emploi/quelle-est-l-origine-de-la-phrase-attribuee-a-pierre-de-coubertin-l-important-c-est-de-participer-4560982
3.Hamshira so'zi shifoxonada ishlovchi, o'rta tibbiyot ma'lumotiga ega bo'lgan xodimni ifodalash uchun ishlatiladi. Biroq bu so'zni erkak kishiga nisbatan qo'llab bo'lmaydi. Ba'zilar ularga nisbatan hamshir so'zini yasab olishgan. Lekin bu so'z asliyatda mavjud emas. Savol: kelib chiqishi g'irt o'zbekcha boʻlgan va медбрат so'zining oʻrniga qollasa bo'ladigan qisqa bir so'zni toping ?
Javob: Emchi
Izoh: "Emchi" — qadimiy o‘zbekcha so‘z bo‘lib, aslida tabib ma’nosini anglatadi. Медбрат so‘ziga muqobil sifatida ishlatilishi mumkin.
Manba:1) https://uz.wiktionary.org/wiki/emchi 2) https://daryo.uz/2024/08/05/nega-olimlar-fan-doktori-deyiladi-axir-ular-shifokor-emas-ku-doktor-sozining-qiziq-kechmishi
4.Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki odamlar 75 yoshgacha kasbiy tajriba va bilimlari deyarli umuman pasaymaydi. Ammo yosh o'tgani sayin inson ham aqliy ham jismoniy qobilyatlari susaya boshlaydi. Lekin insonda faqatgina U yosh o'tgani sayin rivojlanadi va oshib boradi. Nafaqaga chiqqan o'qituvchilar va jurnalistlar U bo’yicha o'tkazilgan tajriba testlarida yoshlarga qaraganda yuqori natija ko'rsatishgan. U nima ekanligini aniq qilib yozib bering?
Javob: So’z boyligi
Manba:1)https://www.health.harvard.edu/mind-and-mood/vocabulary-improves-with-age-research-shows 2) https://mini-ielts.com/1512/view-solution/reading/how-the-mind-ages#:~:text=The%20way%20mental%20function%20changes,older%20colleagues%20on%20memory%20tests.
5..Bu ibora bugungi kunda sodir bo‘layotgan voqealarga qaramay, hammasi yaxshi ekanligini bildirish uchun ishlatiladi. Lekin bu ibora ilk bor filmda ishlatilgan va ayni paytda ibora mazmuniga qarama-qarshi tarzda ko‘plab notinchliklar sodir bo‘ldi. Ma’lumot sifatida bu ibora nomi bilan Ozodbek Nazarbekovning qo’shig’I ham bor.
Savol: Ushbu iborani 3-4 so'zda yozib bering?
Jvaob: Bag’dodda hammayoq tinch
Izoh: bu film ishlangach unda aytilgan bu jumla keyinchalik iboraga aylanib ketgan va hammasi joyida va tinch ekanligini ifodalash uchun ishlatilgan.
Ozodbek nazarbekov qo’shig’I
6.Violet Jessop uchta "aka-uka" kemalar: Titanik, Britanik va Olimpikning har birida xizmat qilgan. U bortda bo'lgan vaqtda, Olimpik harbiy kema bilan to'qnashadi va deyarli cho'kib ketadi, Titanik aysbergga urilish oqibatida cho‘kib ketadi. Britannik esa suv osti minasi orqali portlatib yuboriladi va u ham okean tubiga g'arq bo'ladi.
Violet har uchala falokatdan ham tirik qoladi! Ushbu maʼlumot berilgan postda biz raqam qatnashgan bir iborani koʻrishimiz mumkin!
Savol: Ushbu iborani toʻliq yozib bering ?
Javob:Qirq yil qirgʻin kelsa ham, ajali yetgan oʻladi.
Manba:https://t.me/aktamov_blogi/180
7.Erkin Vohidov o'z kitobida shunday voqeani yozgan ekan.
Mening oʻgʻlim shifokor boʻlsa kerak, nega desangiz, hozirdan qaysi kasalga qanday dori kerakligini aytib beradi”, debdi. Ikkinchi ayol: “Mening oʻgʻlim hisobchi boʻlsa kerak, chunki hozirdan hisob-kitobni yaxshi koʻradi”, debdi. Uchinchi ayol oʻz oʻgʻlini "U" boʻlishini taxminlabdi, chunki u hozirdan yolgʻon gapirar ekan...” Diqqat savol: uchinchi ayol o'g'lini qaysi kasb egasi bolishi taxmin qilgan ?
Javob: Shoir
Izoh: Erkin Vohidov aytgaki she'r bu badiiy timsollarga asoslangan yolg'onning o'zi. Bu yolg'onda shoirimiz aytganidek buyuk ishontirish kuchi mujassam.
8.Diqqat qiling, savolda IKS so‘zi bilan boshqa so‘z almashtirilgan
Agar yangi paypoqni birini chapga kiysangiz, ikkinchisi avtomatik ravishda o'ng bo'ladi. Bunda paypoqning IKSpozitsiyasi buzilib kvant chigallik ro'y beradi...
IKS lotin tilida "yuqorida", "ustida" ma’nosini anglatuvchi bu so‘z turli sohalarda ishlatiladi.
juda kuchli hisoblash tizimi - IKSkompyuter,
yorqin yulduz portlashi - IKSnova
yoki mashhur kino va komiks qahramonining nomi IKSmen
deb ataladi . Savol: IKS o‘rnidagi so‘zni toping.
Javob; Super
Manba: khusanov_1blog
Erkin Vohidovning she’rida U atrofga qarab, barcha daraxtdan balandligi bilan maqtanadi. Maqtanish paytida “aka” so‘zini ham ishlatadi.
Savol: Uni unlilari bir xil soʻzda yozib bering.
Javob: Qarag’ay
Bo‘yin cho‘zib
Qarag‘ay
Yon-atrofga
Qaragay,
Der u:
Barcha daraxtdan
Baland akang —
Qarag‘ay.
10.Hamma narsada bir qonun ishlaydi. Sizda bir narsa bo'lsa-yu, ammo uni ishlatmasangiz vaqt o'tgani sayin u o'z xususiyatini yo'qotib, yaroqsiz holatga keladi. Ammo insonda "U" bo'lsa-yu, lekin ishlatmasa vaqt o'tgani sari Insonni o'zi yaroqsiz bo'lib insoniylik xususiyatlaridan ayrila boshlaydi.
Savol: U ni ayting?
Javob: Qur’on
Qaysi multfilmlarga ishlangan posterlarni ko’rib turibsiz ?
Javob: Sheryurak qiz, robingud , Muzlik davri
Jidda shahrining nomi haqida turli etimologik tushunchalar mavjud. Qudaʼa qabilasining boshligʻi Jidda Ibn Al-Qudaiyning soʻzlariga koʻra, Jiddaning eng keng tarqalgan etimologiyasi arabcha „buvi“ soʻzi bilan bog'liq. Xalq eʼtiqodiga ko’ra Uning qabri bu shaharda joylashganligi Jidda ya’ni buvi nomi berilishiga asosiy sabab qilib ko’rsatilgan?
Savol kimning?
Javob:Momo Havoning
Izoh:Jidda shahrida butun insoniyat buvisi Momo Havo onamizning qabrlari joylashgani bo'lgan.
Manba: https://t.me/aktamov_blogi/855
Jonni kuydirib o’ynamasangiz bu savolni topolmaysiz menimcha.
Qizlar ikki tomonda turib olib, o‘rtadagi dugonasini to‘p bilan urib safdan chiqarishdan iborat o‘yin nomi. Andijon tomonda bu o‘yin lopta deyiladi. O‘rtaga chiqqan qiz dugonalari otgan koptokni yo ilib olib “jon” yig‘ishi, yo koptokka chap berishi kerak. Uloqtirilgan to‘p ilib olinmasa yoki to‘p badanning biror joyiga tegsa, yig‘gan “jon”i kuyadi.
Savol: bu o’yin nomini yozib bering?
Javob: Jonkuyar
Izoh: Savoldan oldin ham jonni kuydirib o’ynamasangiz deb aytdib o’tdim. Savolning so’ngida ham Joni kuyadi so’zlariga urg’u berdim. Joni kuyib ketishi bu o’yinga jonkuyar nomi berilishiga asosiy sababidir.
Bu so’z asliyatda "kub shaklidagi tuzilma" degan maʼnoni anglatadi. Uning ildizi "ka‘b" bo‘lib, "ko‘tarilgan joy" yoki "to‘rtburchak" degan maʼnolarni bildiradi. Ma’lumot uchun Uni Ibrohim (a.s.) va Ismoil (a.s.) qurganlar.
Savol: u nima ?
Javob: Ka’ba
Manba: https://t.me/aktamov_blogi/859
(Taumatawhakatangihangakoauauotamateaturipukakapikimaungahoronukupokaiwhenuakitanatahu! Tarqatma)
Bu nom taxminan «Dumalab, ko’tarilib, tog’larni yutib yuborgan, yer yeyuvchi nomi bilan mashhur bo’lgan katta tizzali Tamatea o’z sevgilisi uchun nay chalgan tepalik» deb tarjima qilinadi, ammo mahalliy aholi tepalikni oddiygina «Taumata» deb atashadi. Savol bu nom qanday rekord o’rnatgan?
Javob: eng uzun bir so’zli geografik nom
Qabul: mantiqan yaqin javoblar
Manba: https://t.me/aktamov_blogi/821
15.
,cTadqiqotchilar muzqaymoq va cho‘kib o‘lish o‘rtasida sirli bog‘liqlikni aniqlashibdi. Ya’ni muzqaymoq ko‘p sotila boshlagach cho‘kib o‘lish ham shuncha ko‘payaverar ekan. Ehtimol muzqaymoqni taqiqlash kerakdir.
Savol bunga asosiy sabab qilib nimani ko‘rsatishganini ikki so‘zda aniq yozib bering?
Javob: Yoz fasli
Izoh: yoz faslida muzqaymoq koʻp sotiladi va aynan shu faslda suv havzalariga choʻmilish ham koʻpayadi.
Manba: https://t.me/aktamov_blogi/748
16.Ayollar futbolni yoqtirishini inobatga olib futboldan savol tuzdim.
Abduqodir Husanov birinchi debyutida kichik xato qilganiga qaramay jamoasi g‘alaba qozongani va shunga o‘xshash omadli vaziyatlarni sanab o‘tar ekan G‘ayrat Mahmudov: Qolganlar “Mahorat” bilan o‘ynayotgan bo‘lsa Xusanov “U” bilan o‘ynayatganini hazil tariqasida aytib o‘tadi.
Diqqat savol: G‘ayrat Mahmudov haziliga ko‘ra Xusanov “nima” bilan o‘ynayatganini bir so‘zda ayting?
Javob: Tahorat
Yasir Arafat Uni Falastin ozodlik harakatining yashirin quroli deb atagan.Falastin askarlari Ularning yordami orqali qo’rqmasdan jangda chiqishar ekan.Muso alayhissalom U o’tganidan so’ng alloh unga ehtiyot bo’lishishini va o’zini asrashini vahiy qilgan deyiladi. Uning yaralishi esa X dan kelib chiqqan. Uning turlari tabiatda xilma xil. Juda ham haridorgir. . Diqqat savol. Uni topgan bo'lsangiz u yaralgan X ni ayting.
Javob:Qovurg'a
Izoh : Yasir Arafat yashirin qurol deya Ayolni aytadi. Ayollar biz erkaklarni duo qiladi, dalda beradi va biz bilan doim birga, kerak bo'lsa jang qiladi deya izohlaydi bu fikrini. Ayol bilasizki muqaddas dinimmizda qovurg'adan yaralgan ekanligini eslatiladi.
Qadimda yosh bolalar kiyadigan ust-bosh, oyoq kiyim SHUNDAY so'zi bilan atalgan. Kiyinchalik SHUNDAY so'zi sifat ma'nosida ishlatila boshlangan va asosan yosh bolalarcha hatti-xarakatlar qiladiganlarga nisbatan qo'llanilgan. Ijtimoiy tarmoq maqolasida to'ylatdagi ortiqcha va keraksiz rasm-rusumlar tanqid qilinib, ularning barchasi SHUNDAY odatlar ekanligi aytiladi.
Diqqat savol: SHUNDAY so'zi bilan almashgan unlilari bir xil bo'lgan so'zni aniq yozib bering.
Javob: Bachkana.
Izoh: Qadimda yosh bolalar kiyadigan ust-bosh, oyoq kiyim bachkana deb nomlangan. Kiyinchalik bachkana so'zi yosh bolalarcha, beo'xshov hatti-xarakatlar qiladigan, kiyinadiganlarga nisbatan ishlatila boshlangan. Tanqidiy maqolada esa, to'ylardagi keraksiz rasm-rusumlar milliy urf odat emas, balki bachkana hatti-xarakatlar ekanligi aytib o'tilgan.
19.Bu ibora xalq tilida juda faol. Haqoratli maʼnoda, bepisandlik bilan qo‘llanadi va hech bir ishni eplolmaydigan; lavang, shudsiz maʼnolarini anglatadi. Bu iborani bir necha so’zda yozib bering?
Javob: ammamning buzog’I
20.Bu she'r Halima Xudoyberdiyeva tomonidan 1987-yilda yozilgan va ilk marotaba 2013 yilda Ravshan Komilov va Farruh Komilov tomonidan ijro etilgan. Bu qo'shiq nomini ikki sozda yozib bering?
Javob: Muqaddas ayol
Qo’shimcha savol:
Alisher Navoiyning "Sab’ai sayyor” dostonida Zaydga podshoh taxt yasashni buyuradi. Podshoh taxtning birinchi zinasiga oyoq qo‘ysa, zinaning o‘zi uni taxtga olib chiqib qo‘yadi. Dostonning shu qismidan kelib chiqib Navoiyni Alfaning ilk "kashfiyotchisi" deyish mumkin. Tarixda ilk Alfa 1894-yilda Nyu-Yorkning Koni-Aylend bog‘ida joylashgan turistlar atraksionida qo'llangan.
Diqqat savol: Alfa o'rnidagi o'zbekcha bo'lmagan so'zni aniq yozib bering.
Javob: Eskalotor.
Izoh: Alisher Navoiy ko'plab zamonaviy technologiyalar "kashfiyotchisi" sifatida qaraladi. Masalan Navoiy ijodidagi "Jamshid jomi" oynai jahon ya'ni televizor deyilsa, Zayd yasagan qurilma Eskalotor deb qaraladi. 1892-yilda Jess Reno «og‘ma ko‘targich»ni patentlagan. Uning dunyodagi ilk eskalatori oradan ikki yil o‘tgach Nyu-Yorkning Koni-Aylend bog‘ida joylashgan turistlar atraksionida paydo bo‘lgan.
Bu ibora ishning osonligini nazarda tutganda ishlatiladi. Ammo iboradagi holat yuz bersa, sanitariya qoidalariga amal qilinmaganini payqash mumkin.
Savol: Qaysi ibora?
Javob: hamirdan qil sug'urgandek
📌Telegram kana: @Zakovat_Savollarii
Savollar uchun : @Amirbec