Professional va Birinchi liga kuzgi mavsumi 5-tur Metaverse jamoasi savollari 04.10.2025
1-savol:
"Sabrina - kichkina jodugar" sitkomi sehrli qobilyatlarga ega Sabrina va uning IKS laqabli mushugi haqida.
IKSga XVII [ oʻn yettinchi ] asrda asos solingan. Savol: Qaysi so‘z IKS bilan almashtirilgan?
Javob:Salem
Izoh: Jodugar qizning Salem nomli mushugi bo'lishi mantiqiy. Salem shahri o'zining jodugarlari bilan
mashhur.
2-savol:
Elefeo yunon tilidan “olib kelish” deb tarjima qilinadi. Qadimgi yunon ilohasi Ilifiya ma'lum bir vaqtda
yordamga keladi deb ishonilgan. Ilifiyani hozirgi sherlarga qiyoslash mumkin. Savol matnida harflari
tushirib qoldirilgan so'zni asl holida yozib bering.
Javob:Akusherlar
Izoh: Ilifiya - grek mifologiyasidagi tug'ruq paytida yordam beruvchi iloha hisoblanadi.
3-savol:
1998-yilgi "Sabrina Rimda" filmida bosh qahramonga sarguzashtlari davomida do‘sti Pol hamroh bo‘ladi.
Diqqat kutilmagan savol: Polning kasbini yozib bering.
Javob:Fotograf
Izoh: Savolda Sabrinaning Rimga kelishi va uning shahardagi sarguzashtlari haqida aytildi. Bu bevosita
mashhur "Rim ta'tillari" filmiga allyuziya hisoblanadi. Filmda Gregori Pek gavdalantirgan fotograf Jo Bredli
pul ishlash maqsadida Rimga kelgan malika Annani kun davomida yashirincha suratga olib yuradi.
Zachot: Muxbir; fotograf muxbir
4-savol:
Savol matnida bir so'zdan harflar tushirib qoldirilgan. Ko'rgazma materialda Nikolay Yaroshenkoning "Sud"
nomli kartinasini ko'rib turibsiz. Suratni asosan XIX-[o‘n to‘qqizinchi] asrda chop etilgan asar muqovasida
ko'rish mumkin. Shu asar nomini yozib bering.
Javob:"Jinoyat va Jazo"
Izoh: Asar talaba Rodion Roskolnikov haqida. Kartina nomi - "Student". U asarga mos tushuvchi eng
yaxshilaridan biri albatta.
5-savol:
Talkboy [tolkboy] - 1990-yillarda Tiger [Tayger] Electronics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan
ovozni yozib olish va o‘zgartirish funksiyasiga ega o'yinchoq. O'yinchoqning mashhur bo'lib ketishiga U
sabab bo'lgan. UNI aniq yozib bering.
Javob:"Uyda yolg'iz 2" filmi
Izoh: Filmda Kevin bir necha epizodda Talkboydan foydalanadi. Bu o'ziga xos reklama vazifasini o'tab
bergan.
Zachot: Uyda Yolg‘iz sikveli, “Uyda yolg‘iz: Nyu-Yorkda yo‘qolgan” filmi.
6-savol:
Pink Floyd guruhining "Animals" [Enimls] albomi muqovasida 12 metr keladigan cho‘chqa ko‘rinishidagi
geliy to'ldirilgan sharni ko‘rish mumkin. Suratga olish ishlari uchun guruh professional UNI yollagan. Uni
ingliz tilidan kirib kelgan so‘z bilan yozib bering.
Javob:Snayper
Izoh: ALJI laqabli Cho‘chqacha ko‘rinishidagi shar yo'nalishdan chiqib ketsa uni otib tashlash kerak bo'lgan.
7-savol:
Alamut qalʼasidan topilgan Binsharira qo'lyozmasida qayd etilishicha, oddiy va SHUNDAY IKSlar boʻyash
jarayoniga ko‘ra farqlangan. Qattiq qizdirilgan payti yerning tortishish kuchini yenga oladigan rangli
qoplama kashf qilinganligi haqidagi maqolada ham SHUNDAY IKS eslanadi. SHUNDAY IKS bilan
almashtirilgan ikki so‘zni yozib bering.
Javob:Uchar gilam
Izoh: Sharq ertaklarida keng tarqalgan uchar gilamlar haqidagi bitiklarga tayansak, ular rostan ham
uchgan bo'lishi mumkin.
8-savol:
"Wednesday" [venzdey] seriali epizodlaridan birida ongsiz mavjudot sababli jinnixonada qonli tartibsizlik
vujudga keladi. Epizod davomida 1989-yilda asos solingan qaysi guruh musiqasi ijro etilgan?
Javob:The Cranberries [ Ze Krenberis ]
Izoh: Serialda zombi jinnixonada haqiqiy tartibsizlik yuzaga keltiradi. Shu vaqt musiqa o‘qituvchisi The
Cranberries guruhi tomonidan Angliyaning Uorrington shahridagi portlash voqealariga norozilik sifatida
chiqarilgan "Zombie" musiqasini ijro etayotgan edi.
9-savol:
"Wednesday" [venzdey] seriali beshinchi qismida mahalliy politsiya idorasidagi qidiruv doskasida
jinnixonadan qochib ketgan zombi surati va ushbu ism familiyani ko‘rish mumkin. Savol: Qaysi ism
familiya?
Javob:Jon Dou
Izoh: Tabiyki. zombining shaxsi nomaʼlum. Shu sababli ham politsiya AQShda nomaʼlum shaxslarga
ishlatiladigan Jon Dou ism familiyasidan foydalangan.
Zachot: Jeyn Dou
10-savol: Блиц
Blits. Blits mavzusi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining 62-son bayonidagi 40
ta xorijiy atama muqobillari. Ro‘yxatda fransuzcha asosga ega QAYSI so‘zning muqobili sifatida Bo‘nak
ishlatilgan?
Javob:Avans
2.
Ro‘yxatda QAYSI inglizcha so‘zning muqobili sifatida O‘YMABEZAK ishlatilgan?
Javob:Karving
3.
Ro‘yxatda QAYSI xorijiy so‘zning muqobili sifatida Chorlov ishlatilgan?
Javob:Chellenj
Izoh: Ushbu so‘zlarning o‘ziga xos illustratsiyalari sizga javobni topishda yordam berdi degan umiddamiz.
11-savol:
1972-yil 2-dekabrda Xitrou shahri aholisi o'rtasida vahima ko'tariladi va ayrim parvozlar bekor qilinadi.
Mahalliy fermerlar, hatto sigirlari qattiq qo'rqib ketganligidan shikoyat ham qiladi. Bularga sabab bo'lganni
yozib bering.
Javob:Alji
Izoh: Pink Floyd guruhining albomi uchun tayyorlangan Alji cho'chqasi noqulay ob-havo sabab yo'nalishdan
chiqib ketgan va mahalliy aholining vahimasiga sabab bo'lgan. Ha, yollangan snayper afsuski o'z vazifasini
bajara olmagan.
Zachot: 12 metrlik geliy to‘ldirilgan CHO‘CHQA KO‘RINISHIDAGI havo shari.
12-savol:
Savol matnida bir so‘zdan harflar tushirib qoldirilgan. Hamid Olimjon 1938-yili ISHNI o‘z muharrirligida
nashr ettirishidan oldin BU INSON bilan juda ko‘p bora suhbatlashgan. Shoir, hatto BU INSONga bag‘ishlab
"Kuychining xayoli" sheʼrini yozadi. Baxmal tumanida tug‘ilgan BU INSON kim?.
Javob:Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li
Izoh: Hamid Olimjon 1938-yilda Alpomish dostonini o‘z muharrirligida nashr ettirishidan oldin Fozil Yo‘ldosh
o‘g‘li bilan juda ko‘p bora suhbatlashgan. Chunki "Alpomish" dostonining bizga yetib kelgan varianti Fozil
Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib olingan.
13-savol:
Savol matnida bir soʻz ikki soʻzni almashtirib keladi. Choʻqon Valixanov "Manas" eposini qirg‘iz afsonalari,
ertak hamda rivoyatlari bir davrda va bir shaxs atrofida jamlangan ensiklopedik to‘plam ekanligini
taʼkidlab, eposni CHILI deb ataydi. Savol: Almashtirilgan soʻzlarni yozib bering.
Javob:Choʻl Iliadasi
14-savol:
2019-yil bahoridagi AQSH va Xitoy o'rtasidagi savdo urushi haqida gapirar ekan, bir jurnalist vatanparvar
kayfiyatdagi xitoyliklarni xunveybinlar deb ataydi. Avvalgi gapda bir harf o'zgartirilgan. O'zgargan so'zni
asl holida yozib bering.
Javob:Xuaveybinlar
Izoh: 2019-yil 15-may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat aloqa tarmoqlarini himoya qilish
uchun milliy favqulodda holat eʼlon qildi va Huawei kompaniyasini qora roʻyxatga kiritdi, bu esa
kompaniyaga oʻz mahsulotlarini AQShda sotishga jiddiy toʻsqinlik qilardi. Xitoy bu qarorga salbiy
munosabat bildirdi. 20-may kuni Google Huawei bilan hamkorlikni tugatadi.
15-savol:
Joanna Koul komikslari asosida yaratilgan "Sehrli IKS" nomli multserial personajlari turli joylarga sayohat
qilib, yangi narsalar o'rganishadi. Yaponiyadagi IKSLARdan birining dizayni Pikachu obrazida ishlangan.
IKSni ikki so'zda yozib bering.
Javob:maktab avtobusi
Izoh: multserial qahramonlari o'quvchilar bo'lib, syujet ma'rifiy funksiyani ham bajaradi. Sariq rangdagi
Pikachu maktab avtobusi dizayni uchun ayni muddao deyish mumkin.
Zachot: bolalar avtobusi
16-savol:
Ko'rgazma materialda Nakagin minorasini ko'rib turibsiz. Bino o'ziga xos uslubda qurilgan bo'lib,
segmentlar osongina olib tashlanishi va yangilari bilan almashtirilishi mumkin edi. Minora qaysi
arxitekturaviy uslubda qurilganini yunoncha so'zda yozib bering.
Javob:Metabolizm
Izoh: Metabolizm - bu inson tanasidagi moddalar almashinuvi. Arxitekturada ham metabolizm uslubi bo'lib,
unga ko'ra qurilgan bino qismlarini osongina almashtirish yoki yangilash mumkin.
17-savol:
Bastakor Georg Telemanning bir asarida xushovoz uy hayvonidan ayrilgan bosh qahramonning qaygʻusi
kuylanadi. Asar nomlaridan biri bir xil uchta harfdan boshlanuvchi ikki soʻzdan iborat. Ushbu asar nomini
toping.
Javob:kanareyka kantatasi
Izoh: bosh qahramon suyukli kanareykasi uchun motam tutadi va boshqa kanareykalarni ham unga jo'r
bo'lishini so'raydi. Nemis bastakori asarining to'liq nomi "Mohir kanareyka uchun dafn musiqasi", lekin
ko'pincha asar "Kanareyka kantatasi" deb yuritiladi.
18-savol:
"Piter Pen" myuziklidaga qilichlar jangi epizodida Kapitan Xuk boshchiligidagi qaroqchilar tomonidan ALLA
ijro etiladi. ALLA ta'riflaridan birida avliyo Ioann ham esga olinadi. Savol matnida harflari tushirib
qoldirilgan so'zni asl holida yozib bering.
Javob:Tarantella
Izoh: qilichlar jangi vaqtida opponentlar tez va xaotik harakatlanishadi. Tarantella berilgan bir ta'rifda
avliyo Vit va avliyo Ioann raqslari keltirib o'tiladi.
19-savol:
San'atshunos Jeyms Xoll so'zlari ko'ra, "Yulduzli tunlar" kartinasidagi bahaybat sarv daraxti ALFAning tabiiy
analogi sifatida tasvirlangan. Xoll fikricha, rassomni tadbirga ko'rilayotgan tayyorgarlik ilhomlantirgan.
ALFAni ikki so'zda yozib bering.
Javob:Eyfel minorasi
Izoh: Van Gog 1886-1888-yillarda Parijda hayot kechiradi. Ayni shu paytda 1889-yilgi Xalqaro ko'rgazmaga
tayyorgarlik jarayoni, xususan, Eyfel minorasi qurilishi avjida edi.
20-savol:
Oilaviy afsonaga ko'ra, Pyotr Alekseevichning salibchi-ritsar bo'lgan ajdodini IKS qutqarib qoladi, shu
afsona orqali oilaviy gerbdagi tasvir izohlanadi. Bir bolalar qo'shig'ida IKS "uyqu" bilan qofiyalanib keladi.
IKSni ikki so'zda toping.
Javob:xo'roz qichqirig'i
Izoh: xo'roz qichqirig'i diniy tarafdan ijobiy ma'no anglatadi, afsonada ham salibchining hayotini aynan
xo'roz qichqirig'i saqlab qolgani keyinchalik oilaviy gerbda xo'roz tasviri paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.
Bolalar qo'shig'ida xo'roz qichqirig'i hisoblangan "qu-qa-ri-qu" va "uyqu" so'zlari qofiyalanadi.
21-savol:
Savol matnida U – almashtirish. Xo'rozning qahramonligi Pyotr Alekseevichning nafaqat oilaviy gerbida
abadiylashtirilgan, bundan tashqari Pyotrda U bor. Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan qaysi insonda ham U
mavjud?
Javob:Otto Gan
Izoh: xo'roz oilaviy gerbdan tashqari oilaviy boshqa bir belgi - familiyaga ham ko'chgan. Ayni usha
hodisadan so'ng Pyotr Alekseevichning ajdodlari nemischadan "xo'roz" degan ma'noni beruvchi Gan
familiyasini oladi. 1944-yilda kimyo bo'yicha Nobel egasining ham familiyasi Gan. Yozuvchi Xan Ganda esa
Gan ism hisoblanadi.
22-savol:
“Plezantvill” filmi syujetiga koʻra, personajlar 50-yillarning mashhur televizion seriali – “Plezantvill”ga
tushib qolishadi. Personajlar, shahar aholisining monoton hayotini oʻzgartirgani sari, shaharda Ular paydo
boʻlishni boshlaydi. Uni bir boʻgʻinli soʻz bilan yozib bering.
Javob:Rang
Izoh: Personajlar, tabiyki oq-qora serial ichiga tushib qoladi.
23-savol:
23-savol:
Tarqatmadagi haqoratomuz laqab XX asr ruhoniysi Bendatsi tomonidan KIMGA berilgan?
Javob:[Benito] Mussolini
Izoh: Mussolini va cherkov o'rtasidagi munosabatni iliq deb bo'lmasdi, italyan diktatoriga berilgan laqab
esa uning familiyasi anagrammasi hisoblanadi.
24-savol:
Savol matnida IKS – palindrom soʻz. Andris Gauraks tomonidan mashhur IKS asosida yaratilgan video
oʻyinda boshqaruvchi oʻyin personajini olovli xonadan qutqarishi kerak, lekin personajning oʻzi unchalik
ham havotirlanganga oʻxshamaydi. Oʻyin aynan QAYSI IKS asosida yaratilganini uchta qisqa so‘z bilan
yozib bering.
Javob:This is Fine
Izoh: IKS – bu mem. Mashhur “This is Fine” memida bosh qahramon olovli xona ichida tasvirlangan.
25-savol:
1936-yilda Muxtor Ashrafi oilasida birinchi farzand - Muqaddima tug'iladi. Versiyalardan biriga ko'ra,
kompozitor qiziga ism tanlashda Uni nazarda tutgan. Savol matnida qaysi so'zdan ko'p harflarni tushirib
qoldirdik.
Javob:Uvertyurani
Izoh: Muqaddima ismi peshravanda manosini bersada, professor Saidiniso Hakimova takidlashicha Muxtor
Ashrafi Muqaddima ismi bilan o'z sohasiga yaqin Uvertyurani nazarda tutgan deb ishoniladi.
Zachot: Uvertyura
26-savol:
Saymon Sneddonning Buyuk Britaniyada ma’lum bir energiya toʻgʻrisida mukammal qonunlar yoʻqligi,
barcha qonunlar mujmalligi tadqiq qilingan asari nomida ikkita inglizcha oʻzaro anagramma boʻlgan
soʻzlarni koʻrish mumkin. Oʻsha ikki soʻzni yozib bering.
Javob:Nuclear, Unclear.
Izoh: Asarda 2005-yilgacha Atom Energiyasidan foydalanish toʻgʻrisida mukammal qonunlar boʻlmagani
tanqid qilingan.
27-savol:
Savolda ALFALAR unlilari bir xil so‘zni almashtirib keladi. ALFALAR juda yorqinligi sabab koinot mayoqlari
deb ham ataladi. 1970-yilda nashr etilgan qissa nomi ham ALFALAR. Ushbu qissa muallifini ayting.
Javob:O‘tkir Hoshimov
Izoh: Alfalar o‘rnida Kvazarlar almashtirilgan edi.
28-savol:
"Skayfol kordinatalari" filmida maʼlum muddatdan soʻng xizmatga qaytgan Bond koʻp narsalar oʻzgarib
ketganini koʻrib "boʻshliq" deydi. "Boʻshliq" 1932-yilda nashr etilgan. Savol: "Boʻshliq" oʻrnidagi soʻzlarni
xoh oʻzbekcha, xoh ingliz tilida yozib bering.
Javob:Ajib yangi dunyo
Zachot: Brave new world
29-savol:
Ko'rgazma materialda figurali uchuvchi Yuliya Lipnitskayani ko'rib turibsiz. Yuliya 2014-yilgi Sochi
Olimpiadasida kumush medalni qo'lga kiritgan. Savol: Sportchi bu musobaqadagi chiqishida qaysi film
soundtrekidan foydalangan?
Javob:Shindler ro'yxati
Izoh: oq-qora tasvirda suratga olingan filmdagi yagona rangli detal qizil ko'ylakli qizaloq edi.
30-savol: Дуплет
1.
Duplet. Duplet javoblarini topish uchun har bir mayda detalga eʼtibor berish tavsiya qilinadi. Bu so‘z
arabcha xazinaga oid, qiymati besh tiyinga teng chaqa pul ma’nosini anglatadi. Unlilari bir xil bo‘lgan qaysi
so‘z?
Javob:Miri
2.
Bu so‘z arabchadan maxfiy, o‘zgalardan yashirilgan, hali oshkor qilinmagan kabi maʼnolarni anglatadi. Bu
qisqa so‘zni yozib bering.
Javob:Sir
Izoh: O‘zbek tilidagi "Miridan sirigacha" iborasidagi Miri so‘zi biror jarayonning mayda qismlarini anglatsa,
Sir so‘zi esa o‘sha jarayonning maxfiy qismlarini ham eʼtiborgan olganini anglatadi.
31-savol:
Uni eslab qolish uchun mnemonikani tinglang. IKKI, YETTI VA YANA IKKI MARTA LEV TOLSTOY. Uni atoqli ot
qatnashtirib yozib bering.
Javob:Eyler soni
Izoh: Eyler yoki e soni xuddi Pi soni kabi irratsional son bo‘lib, taqribiy qiymati 2,71 [ikki butun yuzda 71]
ga teng. Bu sonning aniqroq qiymatini eslab qolish uchun 2 va 7 sonidan keyin ikki marta Lev Tolstoyning
tug‘ilgan yilini qo‘yish kifoya.
32-savol:
Oltmishinchi yillarda Javoharla’l Neru vafotidan keyin o‘z vasiyatiga ko‘ra Nevarasi tomonidan BU ISH
QILINGAN. Arablar istilosidan so‘ng BU ISHNI QILISH jumlasi ko‘chma maʼnoda qo‘llanilib umuman teskari
maʼnoda ishlatilgan. BU ishni qilish o‘rnidagi so‘zlarni yozib bering.
Javob:Go‘riga o‘t qalash
Izoh: Bolalik xotiralarini eslarkan Ozod Sharafutdinov buvisning go‘rimga o‘t qalarmiding jumlasi aslida
yaxshi maʼnoda aytilganini aynan Neru vafotidan keying anglab yetadi. Hozirda bu jumla o‘zganing ortidan
yomon gaplar aytilgan ishlatiladi.
33-savol:
"Family Guy" epizodlaridan birida Pitr, Joy va Klivlend kema palubasida qurollangan yigitlarga qarshi
kurashadi. Hujumga o'tish taktikasi kelishilayotgan bir vaqtda Klivlend to'satdan rejasiz hujumga o'tadi.
Klivlend hujumga o'tish oldidan aytgan jumlani yozib bering.
Javob:Liroy Jenkins
Izoh: Liroy Jenkins - mashhur internet-memlardan biri. 2005-yilgi World of Warcraft o'yini vaqtida
geymerlar guruhi hujum taktikasini tuzayotgan vaqtda bir o'yinchi "Liroy Jenkins" deya rejasiz hujumga
o'tadi va yakunda jamoaning mag'lub bo'lishiga sabab bo'ladi. "Leeroy Jenkins" atamasi hozirda
o'ylamasdan, xavfli va beparvo qadam tashlash, ish boshlashni anglatadi.
34-savol:
Diqqat, savol matnidagi so'zlardan birida harflar tushirib qoldirilgan. Vosil Qobulovning etika haqidagi
ilmiy-ommabop asarlarida zamonaviy ilm-fan va al-Xorazmiy kabi ajdodlarimiz nazariyasi orasidagi
merosiylikka e'tibor qaratadi. Aynan Qobulov tashabbusiga ko'ra, 1959-yilda O'zbekistonda dastlabki IKS
ishga tushadi. IKSni uch so'zda yoki abbreviatura yordamida yozib bering.
Javob:elektron hisoblash mashinasi
Izoh: Vosil Qobulov mashhur o'zbek matematigi, o'zbek kibernetikasining otasi hisoblanadi. U Xorazmiy
ilmiy merosi zamonaviy algoritmlarga ko'chganini ta'kidlaydi. O'z o'rnida yurtimizdagi dastlabki elektron
hisoblash mashinasida kibernetika va mexanika masalalarini hal qiladi.
Zachot: EHM
35-savol:
Tibbiyot sohasidagi ilk ayol o'zbek akademigi Malika Abdullaxo'jayevaning izlanishlaridan biri IKSning
motivatsiya markazi sifatidagi funksiyasiga bag'ishlangan. Bir ilmiy-ommabop maqolada IKS GPS [dji pi es]
navigatorga qiyoslanadi. IKS o'rnidagi qo'shundoshli so'zni toping.
Javob: gippokamp
Izoh: Malika Abdullaxo'jayeva markaziy asab tizimi patologiyalarini o'rgangan, "Kim aslida kim" nomli
xalqaro intellektuallar ro'yxatiga kirgan. Miyaning gippokamp qismi xotira bilan bog'liq bir qancha
funksiyalardan tashqari shu qatorda navigatsiya vazifasini ham bajaradi.
36-savol:
Ikkinchi Jahon Urushi vaqtida Gamburg shahri kuchli bombardirovka qilinadi. Bombardirovka haqidagi BBC
[bibisi] maqolasida shahar “yer yuzidan deyarli o‘chirilgani” va “Xudoning qahriga uchragani” ta’kidlanadi.
Gamburg bombardirovkasi yana RA operatsiyasi ham deyiladi. O‘tgan gapda harflari tushirib qoldirilgan
so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Gomorra
Izoh: Gomorra operatsiyasi natijasida Gamburg shahri injilda tilga olingan shahar bilan o‘xshash taqdirni
boshdan kechiradi.