December 28, 2024

Zakovat savollari maktab ligasi

Zakovat savollari maktab ligasi

Bahodir Anorov savollar paketi

Assalomu alaykum, qadrli o‘quvchilar!
Qoidalarni eslatib o‘tamiz.
Boshlovchi savol tartib raqamini e’lon qilganidan so‘ng aytilgan yoki aytilmagan barcha jumlalar bevosita savolga aloqador. Savollar izohlarini diqqat qilib tinglashni unutmang.
Shuningdek aniq qilib yozib bering, 2 so‘z yoki 1 so‘zdan iborat javob degan holatlarga diqqat qiling. Savol formasiga mos kelmaydigan javob noto‘g‘ri hisoblanadi. Savol formasida bir harfdan boshlanuvchi, juft undoshlar bilan boshlanuvchi, alifboda ketma-ket keluvchi harflar bilan boshlanuvchi so‘zlar so‘ralganda va shu kabi boshqa holatlarda O‘ZBEK TILINING LOTIN ALIFBOSI nazarda tutiladi.
O‘yin jarayonida taqiqlangan turli qurilmalardan, mobil telefonlardan foydalanish jamoangizning chetlatilishiga yoki jarima ballariga sabab bo‘lishi mumkin.
Demak hamma tayyor bo‘lsa, barchangizga omad tilaymiz va boshlaymiz!

I TUR

1-savol: Avstraliyada shunday restoran borki, unga kirib, ovqatlanish vaqtida BU ISHNI QILMASANGIZ sizga 10 foiz chegirma qilib berishadi. Nyu-Jersidagi bir restoran egalari 15 yildan beri mijozlariga BU ISHNI QILISHNI taqiqlagan va shu tariqa mijoz bilan muloqot osonroq bo‘ladi, restorandagi atmosfera ham yoqimli ko‘rinish oladi deb hisoblashadi.
Savol: BU ISHNI QILISH o‘rnidagi so‘zlarni yozib bering.
Javob: Telefondan foydalanish.
Qabul: Telefondan foydalanmaslik.
Izoh: Mijozlar ovqatlanish joyida telefon va boshqa qurilmalardan foydalansa, ular bilan ofitsiantlarning muloqot qilishi qiyinlashaveradi. Bundan tashqari telefon bilan band odam kam narsa buyurtma qilishi yoki buyurtma qilsa ham u taomlardan lazzatlanmasligi mumkin. Bu restoranlar uchun yomon!.
Qoidalar o‘qilayotganida telefonlarni o‘chirib qo‘yishni so‘rab, aynan shu savol javobiga sizni yetaklamoqchi edik!
Manba(lar):
1. https://vk.com/wall-132677762_4248686
2. https://usa.one/2018/09/v-nyu-dzhersi-vladelcy-kafe-vse-chashhe-zapreshhayut-klientam-ispolzovat-telefony-i-noutbuki/
Muallif: Anorov Bahodir

2-savol: Eski rivoyatlardan biriga ko‘ra, Efiopiyaning Kaffa viloyatida qo‘y boqib kun ko‘ruvchi Halid ismli arab kishi reza mevaning ma'lum bir turini yegan podasi nisbatan g‘ayratli bo‘lib qolishiga e'tibor qaratgan. Ko‘p o‘tmay u narsani Efiopiyadan Yamanga eksport qilish boshlangan. Diqqat savol: Bu qaysi mahsulot?
Javob: Qahva (Kofe)!
Izoh: Rivoyatga ko‘ra, qahva so‘zi Kaffa nomi bilan bog‘liq. Kofe odamga tetiklik bag‘ishlashini bilasiz.
Manba(lar): https://www.vokrugsveta.ru/vs/article/103/
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Кофе

3-savol: Yurtimiz hududida qadimda istiqomat qilgan sak va massagetlar chorvachilik bilan shug‘ullangan. Ular teridan kiyim, poyabzal va X tayyorlab, dehqonlarga boshqa mahsulotlarga ayirboshlashgan. O‘tgan asr 60-yillarida Toshkentda mingdan ortiq X larni ko‘rish mumkin edi.
Savol: X nima?
Javob: Chodir.
Izoh: Dehqonlarga ham turarjoy uchun chodirlar kerakli bo‘lgan. 1966-yil 26-apreldagi zilziladan keyin boshpanasiz odamlarni joylashtirish uchun darhol minglab chodirlar o‘rnatilgan.
Manba(lar):
1. 6-sinf Tarix, -bet
2. https://qalampir.uz/uz/news/1966-yil-26-aprel-soat-05-22-toshkent-zilzilasiga-54-yil-buldi-18286

4-savol: (Keyingi savol uchun tarqatma material bor!)
“Zoopolis” (“Hayvonlar shahri”) multfilmida ba’zi qahramonlarga judayam antiqa va paradoksal nomlar tanlangan. Tundrataundagi mafiya boshlig‘i Mister Big nomiga xos bo‘lmagan tarzda mittigina kemiruvchi bo‘lib chiqadi.
Savol: Multfilmdagi Blits yoki Flesh ismi qaysi hayvon obraziga berilgan?
Javob: Yalqov.
Izoh: Blits ham, Flesh ham juda katta tezkorlik holatlariga nisbatan ishlatiladi. Multfilmdagi avtoinspeksiya xodimi bo‘lgan Yalqov o‘ziga xos bo‘lmagan ismga egalik qiladi.
Manba(lar): https://en.m.wikipedia.org/wiki/Zootopia

5- savol

Yaponiyaning Nagasaki shahridagi Nakasima daryosi ustidagi Megane ko‘prigi 1634-yilda qurilgan. U o‘z nomini ikkita yoysimon qismining suvdagi aksi tufayli doiraga aylanib qolishidan olgan.
Savol: Megane so‘zi yapon tilida insonlar uchun foydali bo‘lgan qaysi ixtironi anglatadi?
Javob: Ko‘zoynak.
Izoh: Ko‘prikdagi arka shakli suvda aks etgach ikkita aylana hosil bo‘ladi va bu shakl ko‘zoynakni esga soladi.
Manba(lar): https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9C%D0%B5%D0%B3%D0%B0%D0%BD%D1%8D-%D0%B1%D0%B0%D1%81%D0%B8

6-savol: (Keyingi savol uchun tarqatma material bor!)
Bunday xususiyatga ega daraxtlar sirasiga shamshod, qarag‘ay, qora qarag‘aylar ham kiradi. Biz esa bu xususiyatni odatda boshqa bir daraxt bilan bog‘laymiz. Qish faslida bu daraxtlarga angliyalik o‘rmonchilar sovuqda hid chiqarmaydigan, issiq havoda esa sassiq hid tarqatadigan moddani purkab chiqishadi.
Savol: Bu qaysi daraxt?
Javob: Archa.
Izoh: Doimo yashil daraxt deganda archani eslaymiz. Aslida bunday daraxtlar bir qancha. Angliya o‘rmonchilari tulkining peshobini archalarga sepishadi. U sovuq havoda hid chiqarmaydi, ammo issiq havoda ya’ni uy ichiga olib kirilsa judayam sasib ketadi. Bu bilan o‘rmonchilar archa o‘g‘rilariga qarshi ajoyib usulda kurash olib borishmoqda.
Manba(lar):
1. Botanika, 5-sinf,19-bet
2. https://pikabu.ru/story/mocha_ka_sredstvo_protiv_krazh_9097176

[urg‘u bilan] 7-savol: Tarqatma material:

Roy G. Biv

Mnemonika nomli Wikipediya maqolasida Roy G. Biv ismi qayd etilgan. Bu yerda gap qandaydir aniq bir Roy ismli inson haqida ketmaydi. Roy ingliz tilida gaplashuvchi insonlarga UNDAGI KETMA-KETLIKNI oson o‘zlashtirish uchun yordam beradi.
Savol: UNI bir so‘zda yozib bering!
Javob: Kamalak!
Izoh: Roy G. Biv bu akronim hisoblanadi va bosh harflari kamalakdagi ranglar ketma-ketligini eslab qolishga yordam beradi.
R - red (red)
O - orange (orench)
Y - yellow (yellou)
G. - green (grin)
B - blue (blu)
I - indigo (indigo)
V - violet (vaylet)
Savol raqami ham bejizga 7 emas!
Manba(lar): https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Roy_G._Biv

8-savol: Buyuk bobokalonimizning hayotida sodir bo‘lgan voqeaga: Katta bir tog‘ burguti oddiy chumchuq qo‘lida halok bo‘ldi – deya ta’rif berishgan. Bu ayanchli voqea XIII asrda sodir bo‘lgan.
Savol: Katta tog‘ burgutiga o‘xshatilayotgan bobokalonimiz kim?
Javob: Jaloliddin Manguberdi.
Izoh: Mard va jasur sarkarda 1231-yilda Kurdistonda oddiy bir qaroqchining qo‘lida jon bergan.
Manba(lar): https://t.me/sara_tarix/2836

9-savol: “Hayot-mamot o‘yinlari” filmida bosh qahramon qiz Kitness Everdin o‘rmonda ov qilishga boradi. Yashirilgan kamonini olib, kiyikning ortidan tushadi. Lavhalardan birida u yerdagi barglardan bir siqim olib, yana pastga tashlaydi.
Savol: Kitness bu ishni nima maqsadda qilgan?
Javob: Shamol yo‘nalishini aniqlash!
Izoh: Kiyikka o‘xshash jonzotlarni ovlash oson emas. Ular hidlarni juda yaxshi sezadi. Ovchi shamol yo‘nalishiga teskari turib olmasa, kiyik darhol uni payqab qolaveradi. Shu bois Kitnes barglarni tepadan pastga tashlab ularning harakatiga qaraydi va shamol yo‘nalishini aniqlaydi.
Manba(lar): http://kinofoks.ru/load/tarjima_kinolar/hayot-mamot-o-yinlari-1-uzbek-tilida-2012-o-zbekcha-tarjima-kino-hd/24-1-0-3525

10-savol: 1969-yilgacha bu botiq mayda sho‘r ko‘llardan iborat edi. 1968-1969-yillarda yog‘ingarchilik miqdori judayam ortib ketadi. Sirdaryo oqimining bir qismi Chordara suv ombori va Arnasoy orqali bu botiqqa oqiziladi, chunki suv Sirdaryo sig‘mayotgandi. Bu botiqning nomi yigitlar ismi bilan bir xil.
Savol: Qaysi ism?
Javob: Haydar.
Izoh: 1968-1969-yillarda qish juda qattiq keladi. Qorning qalinligi 60-70 smga yetadi. Bu qorlarning erishi katta suv oqimlarini hosil qiladi va Haydar botig‘i o‘rnida Haydarko‘l yoki Aydarko‘l hosil bo‘ladi.
Manba(lar): https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Haydarko%CA%BBl

11-savol: Yaponiya hukumati qariyalarga X dan voz kechgan taqdirda ularga oziq-ovqat mahsulotlariga chegirma beradi. Bu tadbir insonlar salomatligini o‘ylab qilingan. X ning dastlabkilarini olish uchun mahorat muhim bo‘lgan, imtihonlar mavjud bo‘lmagan.
Savol: X ni 2 so‘z bilan yozib bering!
Javob: Haydovchilik guvohnomasi.
Izoh: Yoshi katta keksa haydovchilar yo‘lda sog‘ligi va imkoniyatlari tufayli turli salbiy jarayonlarga sababchi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun keksa haydovchilarga haydovchilik guvohnomasini topshirishsa, imtiyozlar berishadi. Birinchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlar o‘tkazilmagan, haydovchi mashinani hayday olsa, shu yetarli bo‘lgan.
Manba(lar):
1. https://telemetr.io/en/channels/1493711212-ajoyibqiziqarlifaktlar
2. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Водительское_удостоверение

12-savol: (Shu savoldan so‘ng bizda birinchi raund TUGAYDI)
Ko‘rsatkichlarga diqqat qiling!
Tabiiy gaz – 2069
Neft – 2070
Temir rudasi – 2070
Ko‘mir – 2159
Savol: Aniq ayting, bu ko‘rsatkichlar nimani bildiradi?
Javob: Ushbu tabiiy boyliklarning qaysi yilga kelib butunlay tugashini bildiradi.
Izoh: Tabiiy boylik zahiralari tabiiyki cheksiz emas va ularni avaylab-asrash avlodlar oldidagi burchimiz. Savol avvalida raund TUGASHINI ta`kidlab, sizga javobga yetib borishda qisman yordam berdik!
Manba(lar):

II TUR

[urg‘u bilan] 13-savol: 13-17-asrlarda ULAR ommaviy tarzda gulxanda yoqilgan. Chunki ULAR katoliklarga umuman yoqmas, eski din vakillari esa ULARNI ilohiy deb hisoblardi. Lekin bu qatllar yaxshilikka olib kelmadi. Butun Yevropa bo‘ylab turli epidemiyalar avj oldi va ko‘plab insonlar qirilib ketdi.
Savol: ULARNI ikki so‘z bilan yozib bering.
Javob: Qora mushuk.
Izoh: Katoliklar mushukni yoqtirishmasdi, qora mushukka kelganda nafrat ikki barobar ortgan. Qora mushuklarning ommaviy qirg‘inidan keyin kalamushlar keskin ko‘payib ketgan va oqibatda turli yuqumli kasalliklar tarqalib, insonlar qirilgan.
Savol raqami ham 13! Odatda insonlar omadsizlikni qora mushuk, 13 raqami kabi tushunchalar bilan bog‘lashadi.
Biz bu savoldan keyin sizga 2-raundda omadsizlik emas, omad tilaymiz, albatta!
Manba(lar): https://dzen.ru/media/zveropolis/7-interesnyh-faktov-o-chernyh-koshkah-5c11fdac6d29b300aa93256d

14-savol: Bu sport turi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida Yunonistonlik Stelios Mygiakis 1980-yilda oltin medalni qo‘lga kiritgan. 1984-yilda esa italiyalik Vinchenso Maenza oltin medal sohibiga aylangan.
Savol: Ular qaysi sport turi namoyondalari ekanligini toping!
Javob: Yunon-rum kurashi.
Izoh: Sport turi nomida yunon so‘zini ko‘ramiz, bu Yunonniston davlatiga ishora. Sport turi nomida rum so‘zi ham turibdi, bu Rimga, Italiyaga ishora qiladi. Savolda ham sizga yunon millatiga mansub va Rum hududida dunyoga kelgan ikki sportchi nomi taqdim etilgandi.
Manba(lar): https://uz.upwiki.one/wiki/List_of_Olympic_medalists_in_Greco-Rom=an_wrestling#Bantamweight

15-savol: “Muzyurak” multfilmini sevib tomosha qilgan bo‘lsangiz kerak. Bosh qahramonlarning ismini eslang: Anna, Kristof va Hans.
Savol: Bu multfilm bosh qahramonlari 1805-yilda tug‘ilgan qaysi mashhur inson sharafiga o‘z ismlarini olishgan?
Javob: Hans Kristian Andersen!
Izoh: Uchchala ism mashhur ertakchining ismlariga o‘xshash qilib tanlangan. Bu bekorga emas, axir multfilmning o‘zi ham Andersenning “Qor malikasi” ertagi asosida yaratilgan.
Manba(lar): https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Андерсен,_Ханс_Кристиан

16-savol: (Keyingi savol uchun tarqatma material bor!)
Agar birinchi xususiyatga ega bo‘lishni istasangiz, parhezga amal qilishingiz va bir tana a’zoingizni o‘ziga xos gimnastika qilib borishingiz shart. Agar ikkinchi xususiyatga ega bo‘lishni istasangiz, ko‘proq sabzi, baliq va baliq moyi, ismaloq kabi mahsulotlarni iste’mol qilishingiz kerak, chunki ular A vitaminiga boy. Mashhur bir ertakda bosh qahramon bergan savollarga ikkinchi qahramon sabab sifatida yuqoridagi ikki xususiyatni tilga olgan.
Savol: Bu ikki qahramonlarni aniq yozib bering.
Javob: Qizil Qalpoqcha va Bo‘ri.
Izoh: Birinchi xususiyat – yaxshiroq ko‘rish, ikkinchi xususiyat – yaxshiroq eshitish. Qizil Qalpoqcha va Bo‘ri suhbatida shunday parcha bor:
Buvijon, nega quloqlaringiz buncha katta?
Seni yaxshiroq eshitish uchun.
Buvijon, nega ko‘zlaringiz buncha katta?
Seni yaxshiroq ko‘rish uchun.
Manba(lar):
1. https://rebpharma.by/news/medical/produkty-kotorye-polezny-dlya-nashego-zreniya/
2. https://audionika.ru/info/vopros-otvet/kak-uluchshit-slukh-i-vozmozhno-li-eto.html
3. https://nukadeti.ru/skazki/sharl-perro-krasnaya-shapochka

20-savol: (Keyingi savol uchun tarqatma material bor)
BLITS!
1-savol: Tim qora kichkina xol, To‘xtatar yo‘lda darhol.
Savol: U nima?
Javob: Nuqta.
Qabul: .
2-savol: Olmasang yarim nafas, Yo‘ldan o‘tgani qo‘ymas.
Savol: U nima?
Javob: Vergul.
Qabul: ,
3-savol: U bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi ma’no jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lmagan gaplar orasida yoki gapdagi uyushiq bo‘laklar murakkab bo‘lib, ular ma`lum guruhlarga ajratilganda ishlatiladi.
Savol: UNI ikki so‘z bilan yozib bering!
Javob: Nuqtali vergul.
Qabul emas: ;
Bu blitsimiz tinish belgilari mavzusida edi!
Manba(lar): 1. https://ertak.uz/puzz/68
2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Nuqtali_vergul

21-savol:

Xitoydagi Haynan shahrida joylashgan o‘ziga xos haykalni ko‘rib turibsiz. Maymun inson bosh suyagiga o‘ylangancha qarab turibdi.
Savol: Maymunning tagida turgan kitoblardan biri muqovasida qaysi familiyani ko‘rish mumkin?
Javob: Darvin.
Qabul: Charlz Darvin.
Izoh: Bu haykal orqali odam maymundan kelib chiqqani haqidagi nazariyaga ishora qilingan. Bu nazariya Darvinning “Turlarning kelib chiqishi” kitobi chiqqanidan keyin ommalashib ketgan. Aslida Darvin bu nazariyani aniq ilgari surmasdan “Inson uzoq evolyutsiyasi natijasi” ekanligini ta`kidlagan.
Manba(lar): https://www.123rf.com/photo_70333697_hainan-china-09-april-2012-monkey-island-research-park-a-gorilla-statue-by-a-large-bronze-like-statu.html

22-savol: Qadimdan yurtimizda beshikka bolani ilk marta belash jarayoni juda muhim qadriyat deb hisoblanadi va alohida e’tibor qaratiladi. Bolani beshikka faqatgina ko‘p farzandli yoshi katta ayol belashiga ruxsat beriladi, chaqaloq ham ko‘p farzandli bo‘lsin deb. Bu jarayonning ma’lum bir qismida ayol bolaning bosh tarafida yong‘oqni chaqa boshlaydi. Bu odat bejizga emas, albatta.
Savol: Nega beshik tepasida yong‘oq chaqiladi?
Javob: Bolaning shovqindan qo‘rquvini yo‘qotish maqsadida.
Qabul: Qo‘rquv so‘zi mavjud, mantiqiy yaqin javoblar.
Izoh: Chaqaloq turli baland shovqinlarga judayam ta’sirchan bo‘ladi va kuchli qo‘rquv yaxshilikka olib kelmasligi mumkin. Bu qo‘rquvni kamaytirish maqsadida yuqoridagi odat amalga oshiriladi va shunday gapni aytib turishadi: Momaqaldiroqlar gumburlasa qo‘rqma! Akang-opang o‘ynab shovqin solsa, qo‘rqma! Dadang onangni urishsa, qo‘rqma!
Manba(lar): https://www.xabar.uz/uz/mualliflar/mustahkam/siz-beshikda-yotganmisiz

23-savol: DAVOM ETAMIZ!
Qadimgi Bobilda UNI iste’mol qilish taqiqlangan edi. Bunday taqiqqa sabab esa UNING shaklida bo‘lgan. Bobillik kohinlarning fikricha, UNI yegan inson tezda aqlli bo‘lib, davlat hokimiyatiga xavf solishi mumkin ekan.
Savol: U nima?
Javob: Yong‘oq!
Qabul: Grek yong‘og‘i.
Izoh: Uning shakli inson miyasini esga soladi. Shundan kelib chiqib kohinlar uni yegan odam aqlli bo‘lib ketadi degan xulosaga kelgan.
Savol avvalida DAVOM ETAMIZ jumlasi ishlatilgani bejizga emas. 22-savolda yong‘oq chaqilishi haqida savol o‘ynagandik!
Manba(lar): https://dzen.ru/media/kulinarnie_zapisky/interesno-ob-orehah-gerodot-pro-zaprety-v-vavilone-i-nastoiascii-detektiv-ot-elizavety-ii-6047a75fccf0986d3939bfd7

24-savol: Insonlar turli qo‘rquv turlaridan bezovtalanishadi. Masalan, araxnafobiya – bu o‘rgimchaklardan qo‘rqish. Akrofobiya – balandlikdan qo‘rqish va hokazo. Bir mashhur inson kampunofobiyadan aziyat chekkan. Kiyimida tugmalar bo‘lmasligiga maksimal harakat qilgan. 2007-yilda texnologiyalar olamida katta inqilob qilib boshqa ko‘rinishdagi tugmalardan ham voz kechishga qaror qilgan.
Savol: Qaysi tugmalardan voz kechilgan?
Javob: Mobil telefondagi tugmalardan.
Izoh: Bu mashhur inson Stiv Jobs hisoblanadi. U kiyimlarida ham tugmalar bo‘lmasligiga harakat qilgan. Tugmalarni yoqtirmagani uchun 2007-yilda biz o‘rgangan tugmali telefonlar bozorini sindiradigan ish qilgan – sensorli ekranga ega ayfonlar ilk bora ishlab chiqarila boshlangan. Shu tariqa telefondagi tugmalar ham urfdan qolgan.
Savollar paketi avvalida mobil telefon haqida savol berib, ularni o‘chirib qo‘yishni so‘ragan edik! Savol paketining yakunida ham mobil telefonlar haqida gap ketdi. Endi bemalol telefonlaringizdan foydalanishingiz mumkin!
Ishtirok uchun barchangizga katta rahmat! Kamchilik va xatolar uchun esa uzr so‘raymiz!
Manba(lar): https://www.verywellmind.com/koumpounophobia-2671825
Muallif: Anorov Bahodir