October 17

Zakovat savollari kichik sinflar uchun

I tur

1. Yaqinda Tailand poytaxti Bangkokka ular yopirilib kelib tartibsizlik chiqargani haqida xabarlar paydo boʻldi. Xalq ham qonunan, ham anaʼanaga sodiq holda ularga ziyon yetkazmaydi. Ularga qancha shoʻxlik qilsa ham ozor berilmaydi. Hindlar fikricha ular uzun dumli Hanumanning avlodi sanaladi.
Savol: Ularni yozib bering.
Javob: Maymunlar.
Izoh: Osiyoning bir qator davlatlarida azaldan maymunlar eʼzozlanadi. Hindlarning “Ramayana” eposida Hanuman maymunlar podshosi boʻlgan.

2. Bu daraxatning o‘sish halqalari bo‘lmagani uchun yoshini aniqlash qiyin. Zimbabve davlatida bu ulkan eski daraxt ichiga hatto kichik poyezd stansiyasi qurilgan.
Savol: Qaysi daraxt haqida gap bormoqda?
Javob: Baobab.
Izoh: Ulkan baobab daraxtining yoshini aniqlash qiyin, ba‘zi olimlar 4 ming yilgacha yashaydi deb hisoblashadi.

3. O‘rxun bitiktoshlarida urushlarda hammaga qo‘rquv solgan, yo‘lboshchilik qilganlarni “bag‘atur” deb atashgan. Bu so‘z keyinchalik o zbek tilida fonetik o‘zgarishga uchrab U ko‘rinishiga yetib kelgan. Surxondaryolik mashhur sportchining ismi ham U hisoblanadi.
Savol: U o‘rnidagi bir so‘zni yozib bering.
Javob: Bahodir.
Izoh: bag‘atur so‘zi o‘zagidan bahodir so‘zi bizga yetib kelgan. Surxandaryoda esa mashhur sportchi Bahodir Jalolov tavallud topgan.

4. Topishmoq.
Osmondan tushdi bir tugun,
Usti baxmal, ichi un.
Topishmoqning javobi U. Bir qo‘shiqda esa U bahorda gullashi va asalari gullariga qo‘nishi aytilgan.
Savol. U nima?
Javob. Jiyda.
Izoh: “Bojalar” guruhining “Jiyda gullaganda” qo‘shig‘i.

5. Qadimdan Oʻrta Osiyoda, Afgʻoniston, Eron, Turkiya, Yaponiya va boshqa Sharq mamlakatlarida ishlatilib kelingan. Shuning uchun xonaning bir chetiga chuqurcha qazilib, ichi maxsus shaklda ishlanib, suvaladi. Unga xontaxta o'rnatilib, usti koʻrpa bilan yopiladi.
Savol: Gap nima haqida bormoqda?
Javob: Sandal. Qabul: Tancha.
Izoh. Qadimda uylar sandal orqali isitilgan. Hozir bular deyarli ishlatilmaydi, o‘rnini zamonaviy texnikalar egallagan.

6. Ruscha nomi “General buvi” boʻlgan mazkur filmda Shermatning 10 ta oʻgʻli boʻlib orzusi oilaviy futbol jamoasi tuzish edi. Lekin u maqsadiga yetolmaydi.
Savol: Film oxirida qaysi yangilik uning orzusiga chek qoʻygan?
Javob: Qiz farzandli boʻlgani.
Izoh: Bu “Suyunchi” filmi edi. Film yakunida oilada nihoyat qiz farzand dunyoga keladi.

7. Islom olamida mashhur bo‘lgan Ulardan birining nomi Zulfiqor deb atalib, dastasining uchi kumushdan qilingan. U nomli erkaklar ismi ham bor.
Savol. U o‘rnidagi qurolni yozib bering.
Javob. Qilich.
Izoh. Islomdan avval ham mashhur bo‘lgan bu qilichni makkalik Marzuq as-Saqil ismli usta yasagan.

8. Ushbu sport turi qorli mamlakatlarda ommalashgan. Ushbu o‘yin janjalsiz o‘tsa muxlislar uchun qiziq emasdek go‘yo. Ushbu sport turida hisob teng bo‘lib qolsa, bullitlar seriyasi amalga oshiriladi.
Savol: Gap qaysi sport turi haqida ketmoqda?
Javob. Xokkey.
Izoh: Ushbu sport turi muzda o‘ynaladi va tez-tez janjallar kuzatilib turiladi. Futbolda penaltilar seriyasi deyilsa, Xokkeyda bullitlar seriyasi deyiladi.

9. Yozuvchi Alan Aleksandr Miln oʻgʻli Kristofer Robinga Vinnipeg shahrida mashhur boʻlgan ayiq nomi bilan ataluvchi ayiqcha sovgʻa qiladi.
Savol. Ayiqchaning ismi nima edi?
Javob. Vinni Pux.
Izoh. Yozuvchi Miln ayiqcha Vinni Pux haqidagi asarini oʻgʻli Kristofer Robin uchun yozgan. Yozuvchi oʻgʻliga sovgʻa qilgan ayiqchaning ismi ham Vinni Pux edi.

10. Uni parhez uchun uzoq vaqt 7 kundan oshmasdan saqlash tavsiya etiladi. Saqlash muddati uzayib ketsa qandolatchilik va non sanoatida ishlatiladi.
Savol: Bu mahsulotni unlilari bir xil bo‘lgan so‘zda yozib bering.
Javob: Tuxum.

II tur

11. U dastur nomi bo‘lib, siz ushbu dasturga gapirsangiz siz so‘ragan ma’lumotni topib berishi yoki siz bilan gaplashishi mumkin. Luis Kerrolning “U ko‘zgu ortida” nomli asari asosida film ham ishlangan.
Savol: U o‘rnidagi ismni yozib bering.
Javob: Alisa.

12. Jizzax viloyatidagi bu tuman nomining kelib chiqishi Sohibqiron Amir Temurga bogʻlanadi. Amir Temur Samarqand yaqinida Parij nomli qishloq qurdirmoqchi boʻladi va bu joy nomi oʻzgarib hozirgi koʻrinishiga keladi.
Savol: Gap qaysi tuman haqida ketmoqda?
Javob: Forish.
Izoh: Forish nomi Parijning xalq tilida oʻzgargan varianti degan variantlar bor.

13. Mashhur aktrisa Jina Lollobrij hayoti davomida ko‘plab dastxatlar bergan. Ammo bir kishidan uning o‘zi dastxat oladi. “Men ko‘p yulduzlarni ko‘rdim, u osmonga uchgani uchun asosiy yulduz deb uni hisoblayman” deya izoh beradi.
Savol: Qaysi rus insondan dastxat olgan edi?
Javob: Yuriy Gagarin.

14. “Yer, tomlar qor.
Tarnovlarda Ular osilgan.
Izgʻirin yuzni yalaydi”.
Siz Samar Nurovning “Narvon” nomli asaridan parchani tingladingiz. Ular haqida yana ta’rif bersak, qorning erib oqib, qayta muzlashi natijasida hosil boʻladi.
Savol. Ularni toping.
Javob. Sumalaklar.
Izoh. Sumalak bu qorning erib oqib, qayta muzlashi natijasida hosil boʻlgan naysimon, choʻzinchoq muz.

15. Ushbu sport turining eng mashhur musobaqalari qatoriga “Tur de Frans”, “Jiro d'Italia”, “Vuelta” kabilar kiradi. Bu sportda oyoq muskullari baquvvat bo‘lishi talab etiladi va siz bir kunda 200 kmgacha masofani bosib o‘tishingiz kerak.
Savol: Ushbu sport turini yozib bering.
Javob: Velopoyga. Qabul: Velosport.
Izoh: Yuqorida aytilgan musobaqalar velosportning eng mashhur va katta turnirlari hisoblanadi.

16. Mazkur personajning timsohlardan qattiq qoʻrqishiga sabab uning uzilgan qoʻlini Piterning timsohlarga yedirishidir.
Savol: Changakli ushbu qahramon kimligini ikki soʻzda yozib bering.
Javob: Kapitan Huk. Qabul: Kapitan Kryuk.
Izoh: Piter Pen haqidagi kino va multfilmlarda bir qoʻliga kaft oʻrniga changak oʻrnatilgan yovuz qahramonni tanisangiz kerak.

17. U haqidagi topishmoqni tinglang:
Oz qo‘ysangiz: “sol” deydi.
Ko‘p qo‘ysangiz: “ol” deydi.
Bundan tashqari biz Uni adolat ma’budasi bo‘lgan Femidaning qo‘lida ham ko‘rishimiz mumkin.
Savol: U nima ekanini toping.
Javob: Tarozi.

18. Ushbu avtomobil 1970-yildan 2012-yilgacha Rossiyada ishlab chiqarilgan. Avtomobil o‘z nomini Volgadagi tog‘dan olgan. O‘zbekistonda esa oxirgi bir necha oyda uning ko‘k ranglisi trendga chiqdi.
Savol: Ushbu avtomobil nomini toping.
Javob: Jiguli.
Izoh: Oxirgi vaqtlarda Ozoda Nursaidova ijrosidagi "ko‘k jiguli" taronasi nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida trendga chiqdi.

19. U ko‘plab narsadan, suv kuchidan, shamoldan, quyoshdan, atom kuchidan olinishi mumkin. “Uchrashuv” filmida mulla Sunnatillo Uni ishlab chiqaruvchilardan bo‘lgan Farhod, Nurek, Chorvoq kabi stansiyalarni sanab o‘tadi.
Savol: U nima ekanini toping.
Javob: Elektr energiyasi. Qabul: Elektr toki, elektr, tok.

20. U badiiy to‘qimachilik buyumi, uy jihozi hisoblanadi. Yaratilishiga ko‘ra, to‘qima, tikma, bosma turlari bor. Turkmanistonda U qadrlanadi.
Savol: U qaysi uy ro‘zg‘or buyumi?
Javob: Gilam.

✅Telegram kanal: https://t.me/Zakovat_Savollarii

👉Shaxsiy savollar: @aktamov_blogi