February 24

Talabalar ligasi 2024/25 qishki mavsum 5-tur (23.01.2025)

1-savol:
Rossiyalik qo‘shiqchi Motning albomlaridan birining nomi “Agarda erkak sevsa” deya atalgan. Albom
posterida qaddini baland, tik va raso tutishga harakat qilayotgan ayol uchun erkak mushti U vazifasini
o‘tab berayotgani tasvirlangan. Uning modasi Yevropa hududiga Safaviylar davlatidan kelgan degan
ma’lumotlar mavjud. Savol: UNI yozib bering.
Javob:Poshna
Izoh: Poshna – Vikipediya ma’lumotlariga ko‘ra Yevropaga Savafiylar davlatidan Lyudovik 14-davrida moda
sifatida kirib kelgan. Motning albomi posterida esa erkak mushti ayol uchun poshna vazifasini
bajarayotganini ko‘rish mumkin.
Zachot: Kabluk, Heel
Manba: 1. https://music.yandex.com/album/29858389/track/122945086 2. http://surl.li/vurdnt
2-savol:
Taxminan ikki yil oldin suratga olingan serialda bosh qahramon rolini ijro etgan aktyor sherigi yosh qizaloq
bo‘lgani uchun suratga olish jarayonlaridan haddan ziyod BOSIM his qilganini aytib o‘tadi. Savol: 1975-yilda
Santyagoda tug‘ilgan ushbu aktyorning kimligini yozib bering.
Javob:Pedro Paskal
Izoh: “So‘nggilar” (Last of us) serialida bosh qahramon Joel Millerni gavdalantirgan chililik aktyor Pedro
Paskal o‘z sherigi Bella Remzining kichik yoshda ekanligi sababli unga nisbatan ham mas’uliyatni his qilib,
katta bosim ostida suratga olishda qatnashganini aytgan. Bosim ham Paskal shkalasida o‘lchanadi va u
fransuz olimi Blez Paskal sharafiga nomlangan.
Manba: 1. https://en.wikipedia.org/wiki/The_Last_of_Us_(TV_series) 2.
https://en.wikipedia.org/wiki/Pedro_Pascal
3-savol:
Solo Leveling” romani qahramonining aytishicha, yolg‘iz holatda yashashning asosiy afzalliklaridan biri U
uchun kim bilandir janjallashish shart emas. 1950-yilda Amerika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan
birinchi U “Lazy Bones” (leyzi Bouns) deb nomlangan. Savol: Uni yozib bering.
Javob:Pult
Izoh: Roman qahramoni xohlagan kanalni, hech kim bilan pult ustida urushmasdan bemalol tomosha qila
olardi. Lazy-bones - dangasa odamlar uchun norasmiy so‘zlashuv ingliz tilidir.
Zachot: Televizor pulti, televizorning masofadan boshqarish pulti
Manba: 1. https://en.wikipedia.org/wiki/Solo_Leveling 2. https://en.wikipedia.org/wiki/Lazy_Bones

4-savol:
2013-yilda premyera qilingan “Amerikaliklar” (The Americans) seriali voqealari 1980-yillarda AQShda
yashagan sovet josuslari haqida hikoya qiladi. Savol: Film posteridagi C [Si] harfi nima ko‘rinishida
tasvirlangan?
Javob:O‘roq
Izoh: Serial SSSRdan maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan AQShdagi ayg'oqchilarning faoliyati haqida hikoya
qiladi. 1980-yillarda AQShda kapitalizm, SSSRda esa kommunizm hukmron edi. Seriya sarlavhasining
dastlabki epizodlaridayoq film nomidagi "C" harfini o‘roq shaklida ekanligini ko‘rishingiz mumkin.
Manba: 1. https://en.wikipedia.org/wiki/The_Americans 2.
https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_The_Americans_episodes
5-savol:

Madaniyat faoli Estevan Kempes intervyuda U 2026 yilda tugashini aytdi. Savol: Uni 3 ta so‘zda yozib
bering
Javob:Sagrada Familia qurilishi
Izoh: Ma’lumki, Antonio Gaudi tomonidan loyihalashtirilgan Sagrada Familia cherkovining qurilish ishlari
hozirgi kungacha o‘z yakuniga yetmagan. Tarqatma materialda Barselonada joylashgan ushbu inshootning
nomini biz ham tugal bo‘lmagan tarzda sizga taqdim etdik.
Manba: 1. https://en.wikipedia.org/wiki/Sagrada_Fam%C3%ADlia 2. http://surl.li/dquuch
6-savol:
Qizig‘i, 1967-yilda boshlangan “Olti kunlik urush”ning tugashi UNGA to‘g‘ri kelgan. Savol: U o‘rnida
almashgan unli harflari bir xil so‘zni yozib bering.
Javob:Shabbat

Izoh: Olti kunlik urush sifatida tarixga kirgan bu mojaroning asosiy ishtirokchisi Isroil hisoblanadi. Tarixga
shuningdek uchinchi “Arab-Isroil urushi” deya kirgan ushbu hodisa Isroilga qarshi birlashgan Misr, Suriya
va Iordaniya armiyasining qo‘shma qurolli kuchlarining yahudiylarga qarshi kurashgan jangiga nisbatan
ishlatiladi.
Zachot: Shanba
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Six-Day_War
7-savol:
Bir mangadagi personaj qo‘rquvdan egilib, adyol ostiga yashirinadi. Bu manzarani ko‘rib, uning xonadoshi
personajni SHU YERDA deb tasavvur qiladi. Savol: Yigirmanchi asrning 40-yillarida nashr etilgan asarda
nima SHU YERDA tasvirlangan edi?
Javob:Fil
Izoh: Ko‘rpachaning shakli shunday ediki, qahramonning do‘sti uni xuddi ilon qorniga tushib qolgan
o‘ljadek tasavvur qiladi. Antuan de Sent Ekzyuperi qalamida mansub “Kichik shahzoda” asarida
qahramonning chizgan rasmi shlyapa deb o‘ylangan, ammo qahramon bu aslida filni yutib yuborgan ilon
ekanligini aytadi.
Manba: 1. https://medakabox.fandom.com/wiki/Misogi_Kumagawa 2. http://surl.li/xrfkpz
8-savol:
Badavlat inson, Jon Astor o‘zining oliyjanobligi va kamtarinligi bilan har doim ajralib turgan. Jon bu
xarakterida umrining so‘nggi daqiqalarigacha sobit turgan. Astor 20-asrning birinchi choragida vafot etgan.
Savol: Uning vafot etgan sanasini aniq yozib bering.
Javob:15-aprel, 1912-yil
Izoh: Albatta, Jon Astor ham o‘z vaqtining eng yirik masshtabli yangiligi bo‘lgan “Titanik” kemasida
sayohatni amalga oshirgan. Kema halokatga yo‘liqsada, o‘zining oliyjanobligi sababli boylar uchun
belgilangan qayiqqa chiqmasdan, o‘zining o‘rnini ayollarga bo‘shatib bergan va natijada fojeada halok
bo‘lgan.
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/John_Jacob_Astor_IV
9-savol:
Avstraliyalik rejissyor Piter Uirning bir filmi voqealari AQShda yashash uchun fransuz muhojirining soxta
nikohdan o‘tish voqealari orqali bayon qilingan. Savol: Ushbu filmga bag‘ishlangan posterda film nomi
qanday rangda tasvirlangan?
Javob:Yashil

Izoh: Fransuz emigranti AQShda doimiy yashash uchun amerikalik ayol bilan kelishuv asosida soxta nikohni
rasmiylashtiradigan ushbu film nomi “Green Card” deya nomlangan. Ushbu film nomining posterda yashil
rangda tasvirlanishi esa o‘ziga xos uslubga ega. Film 1990-yilda avstraliyalik mashhur rejissyor Piter Uir
tomonidan suratga olingan bo‘lib, bosh rollarni Jerar de Pardye va Endi MakDauell ijro etishgan.
Manba: 1. https://www.imdb.com/title/tt0099699/ 2. https://en.wikipedia.org/wiki/Green_Card_(film)
10-savol:
Meksika hududida yashagan hindu qabilalarida koptok bilan o‘ynaladigan o‘yin mavjud. Bu o‘yinda har bir
element: o‘yinchilar, to‘p va boshqa unsurlar osmon jismlariga qiyos qilingan. Bu o‘yinda koptokdan
jarohat olish xavfi yuqori. Savol: Koptokning qanday xususiyati tufayli?
Javob:To‘pni yoqib o‘ynashadi
Izoh: Pelota purepecha nomi qadimiy o‘yin turida o‘yinchilar samoviy jismlarni, sayyoralarni ifodalagan.
Yonayotgan koptok esa Quyoshni ifodalagan.
Zachot: Koptok olovli bo‘ladi, to‘pni alangalatib o‘ynashadi va shunga o‘xshagan mazmunan yaqin javoblar
Manba: 1. https://en.wikipedia.org/wiki/Pelota_pur%C3%A9pecha 2.
https://en.wikipedia.org/wiki/Pur%C3%A9pecha 3.
https://www.latinpost.com/articles/157513/20221115/mexico-ancient-pelota-purepecha-sport-extinction-re
vived.htm
11-savol:
Bir maqolada yozilishicha, 1931-yilgacha Avliyo Patrik kuni Irlandiyada nishonlanmagan. Bu haqidagi
maqolada U eslab o‘tilgan. U keng ommaga Leopold Fisherning izlanishlari asosida ma’lum bo‘lgan. Savol:
UNI ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Pitssa effekti
Izoh: Avliyo Patrik kuni Irlandiyaning o‘zida mashhur bo‘lmagan va u bilan bog‘liq festivallar 1931-yilgacha
nishonlanmagan. AQSh ko‘chib borgan irland muhojirlari bu kunni okeanortida ommalashtirishga
erishishgan. Sotsiologlar bu holatni “Pitssa effekti”ga qiyoslashgan. Pitssa ham oldiniga Italiyada mahalliy
kambag‘allar ovqati sifatida qaralgan va omma uchun u darajada mashhur bo‘lmagan. AQShga ko‘chib
o‘tgan muhojirlar esa u yerdagi aholiga pitsani tanishtirishganidan so‘ng taom hamma uchun sevimli
hamda ommabop yemishga aylandi. Keyinchalik, pitsa ona vatani Italiyada ham shuhrat qozona olgan. Bu
fenomenga 1970-yillarda izlanish olib borgan avstriyalik olim Leopold Fisher “Pitssa effekti” deya nom
bergan.
Manba: 1. http://surl.li/rkcowa 2. http://surl.li/hkxqgj
12-savol:

Paxtaqand ishlab chiqaruvchi mashina ixtirochilaridan biri Uilyam Morrison U edi. 2005-yilgi filmda Villi
Vonkaning otasi ham U edi. Savol: U oʻrnidagi bir yoki ikki soʻzni yozib bering.
Javob:Stomatolog
Izoh: Balki tish shifokori oʻziga koʻproq mijoz yigʻishni istagandir
Zachot: Tish shifokori
Manba: 1. https://en.wikipedia.org/wiki/Cotton_candy 2. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Willy_Wonka
13-savol:
Ba’zi Osiyo xalqlari boshqalarni hadeb bezovta qiladigan ochko‘z odamlar reinkarnatsiyadan keyin U
sifatida qayta tug‘iladi deya ishonishadi. Daniel Stollenning multfilmlaridan biri “U va akupunktura” deb
nomlangan. Savol: Ushbu jonzotni yozib bering.
Javob:Chivin
Izoh: Bezovta qiluvchi va ochko‘z so‘zlari sizga yordam berishi mumkin. Reinkornatsiya ya’ni inson vafot
etganidan so‘ng boshqa ko‘rinishda qayta dunyoga keluvchi ta’limotga ishonuvchilar bu toifa insonlarni
keyingi hayotida chivin sifatida qayta dunyoga kelishiga ishonishadi. Akupunktura bu tabobatda igna bilan
davolash usuli hisoblanadi.
Zachot: Pashsha
Manba: 1. https://www.danielstolle.com/blog/2019/7/4/mosquitos-and-acupuncture 2.
https://en.wikipedia.org/wiki/Reincarnation
14-savol:
Ingliz tilidagi ushbu ibora har qanday bo‘lmag‘ur gapga laqqa ishonib, chuv tushib ketadigan insonlar bilan
bog‘liq vaziyatlarda ishlatiladi. Bu iboraning kelib chiqishiga Jorj Parker ismli shaxsning Bruklin ko‘prigini bir
necha insonlarga sotishi orqali amalga oshirilgan firibgarlik hodisasi sabab bo‘lgan. Savol: Jorjga atalgan
internet manbasida 1890-yilda Bogemiyada tug‘ilgan qaysi insonga havolalar mavjud?
Javob:Viktor Lyustig
Izoh: Firibgar Viktor Lyustig XX asrda bir necha bora Eyfel minorasini insonlarga sotgan va shu tariqa
firibgarliklar tarixida o‘z izini qoldira olgan.
Manba: 1. http://surl.li/zwrwmf 2. https://dzen.ru/a/ZQNL7xOpyimoboRt 3.
https://kulturologia.ru/blogs/151222/54997/ 4. https://en.wikipedia.org/wiki/George_C._Parker
15-savol:
Madi Magassa “Janub yulduzi”ni topgani uchun U va bir umrlik nafaqa bilan taqdirlangan. Mel Gibson

tomonidan suratga olingan filmlardan biri “UNING ovozi” deya nomlanadi. Savol: Uni bir so‘zda yozib
bering.
Javob:Ozodlik
Izoh: Aslida “Janub yulduzi” deya ataluvchi astronomik tushuncha mavjud emas. Bu yerda gap tarixdagi
eng katta olmoslardan birining topilishi haqidagi ma’lumotlar edi. Yulduz so‘zining olmoslarga taqdim
etilishi modasi “Afrika yulduzi” – Kullinanning topilishidan keyin boshlangan. “Janub yulduzi” juda katta
bo‘lgani uchun uni topgan qul Madi Magassaga erkinlik va umrbod nafaqa joriy qilingan. Mel Gibson
o‘zining eng mashhur rollaridan biri bo‘lgan “Sheryurak” filmining oxirida “Ozodlik” deb qichqirgan. Qizig‘i
shundaki, aktyor o‘tgan yili “Ozodlik ovozi” filmini suratga olgan.
Zachot: Erkinlik
Manba: 1. https://en.wikipedia.org/wiki/Star_of_the_South 2. https://en.wikipedia.org/wiki/Cullinan_Diamond
3. https://en.wikipedia.org/wiki/Mel_Gibson_filmography 4.
https://en.wikipedia.org/wiki/Sound_of_Freedom_(film)
16-savol:
Oddiy alkimyogar Georg Honauerga tegishli ULAR juda ko‘p. ULARNING deyarli barchasi 1597-yil, ya’ni
vafot etgan sanasiga tegishli. Gap shundaki, o‘sha sanadan biroz oldin Georg Gannover grafi Fridrix I ga 2
tonnaga yaqin temirni kumushga aylantirishga va’da bergan. Savol: Fransuz tilidan kelib chiqqan UNI yozib
bering.
Javob:Portret
Izoh: Georg Honauer boy kelib chiqishga ega bo‘lmagan oddiy oila farzandi edi. Georg graf Fridrix I ni
aldab, 2 tonna temirni kumushga aylantirishga va’da bergan bo‘lsa-da, va’dasini bajarmasdan o‘zi yashab
turgan shahardan qochib ketadi. G‘azablangan graf u qochib ketgan kuniyoq, darhol shaxsiy rassomiga uni
qo‘lga olish uchun firibgarning portretini yasashni buyurdi. Shunday qilib, qisqa vaqt ichida oddiy fuqaro
Georg Honauerning 7 turdagi portreti tayyorlanib, ko‘paytirilib, barchaga tarqatilgan. Oxir-oqibat Honauer
qo‘lga olindi va 2 tonna temir yordamida yaratilgan dor orqali qatl qilingan.
Manba: https://de.wikipedia.org/wiki/Georg_Honauer

Siz tarqatmada XVII asrda yashagan dengizchi Semyon va Georg IV ga tegishli suratlarning bir qismini
ko‘rib turibsiz. Savol: Ularni ajratib turgan inson kim ekanligini yozib bering.
Javob:Bering
Izoh: Semyon ismining rus ekanligini tushunish qiyin emas edi. Bu Yevroosiyo materigining eng chekka
nuqtasi bo‘lgan Dejnyov burniga ismi berilgan Semyon Dejnyovga havola. Suratning o‘ng qismida esa
o‘sha paytda Uels shahzodasi unvoniga sazovor bo‘lgan Georg IV tasvirlangan. Shuningdek, Shimoliy
Amerikaning eng g‘arbiy nuqtasi ham Uels shahzodasi deya ataladi. Suratning o‘ng va chap qismidagi
insonlar burunlari bilan ifodalangan. Geografiyadan ma’lumki, bu ikki burunni bir-biridan Bering bo‘g‘ozi
ajratib turadi. Bering bo‘g‘ozi esa mashhur daniyalik okeanograf Vitus Bering sharafiga nomlangan.
Zachot: Vitus Bering
Manba: 1. https://snl.no/Vitus_Bering 2. https://en.wikipedia.org/wiki/George_IV 3.
https://travelleronamission.wordpress.com/wp-content/uploads/2016/09/dsc00785
18-savol:
Bouling va kyorlingga juda qiziqqan Jyul Renuar revmatizmdan aziyat chekkanligi sababli yugurib kelib
sharni irg‘itishga va tizzasini bukishga qiynalgan. Vaqt o‘tishi bilan esa 1910-yillarda TANKNING
yaratilishiga sababchilardan biri bo‘lgan. Savol: Matnda yetishmayotgan ikki so‘zni yozib bering.
Javob:PE
Izoh: Petank (fransuzcha, Pétanque) - bu fransuz milliy o‘yini bo‘lib, u temirdan yasalgan to‘p uloqtirishni
o‘z ichiga oladi. O‘yin yaratilgan vaqtlarda Jyul Renuar revmatizmdan aziyat chekdi va faol harakatni talab
qiladigan anʼanaviy toʻp uloqtirish oʻyinlarini oʻynay olmaydi. Yangi yaratilgan petank o‘yinida esa Jyul
oyoqlarini yerga uzatib o‘tirgancha o‘ynashi mumkin edi. “Pétanque” so‘zi fransuzcha so‘zlarning

birikmasidan tashkil topgan bo‘lib, “qadalgan oyoq” deya tarjima qilinadi.
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/P%C3%A9tanque
19-savol:
Bir multfilm qahramonlari bo‘lgan pingvinlar va bug‘ular ko‘p yillar davomida bir-birlari bilan kurashib
kelishgan. Multfilm mualliflari bu qarama-qarshilikni U deb atashadi. Savol: Uni ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Sovuq urush
Manba: Мультфильм “Рождественский Мадагаскар”.
20-savol:
Diqqat, savol matnida U ikki so‘z o‘rnida almashib kelgan. “Jang klubi” (рус. “Бойцовский клуб”) filmi
epizodlaridan birida qahramon Tayler Dyorden unga savol berayotgan shaxsga hech nimani
tushuntirolmaganini ta’kidlab: “Miltiq tiralgan og‘izdan faqat u chiqadi”: - deydi. Fransuz tilida Ular soni 18
tani tashkil etadi Savol: Uni ikki so‘zda aniq yozib bering.
Javob:Unli tovush
Zachot: Unli harf, unli fonema
Manba: 1. https://shorturl.at/uEQT1 (02:00 daqiqadam keyin) 2. https://shorturl.at/uMP48 3.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Fransuz_tili
21-savol:
Mashhur matematik Jon Nesh haqidagi maqolada ikki skandinav ham tilga olingan. Savol: Qofiyadosh
familiyalarga ega ushbu ikki skandinavni yozib bering.
Javob:Nobel va Abel
Izoh: Mashhur matematik Jon Nesh 1994-yilda iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti va 2015-yilda
matematikaga qo‘shgan hissasi uchun Abel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Shvetsiyalik olim Alfred Nobel
sharafiga nomlangan Nobel mukofoti fizika, kimyo, tibbiyot, adabiyot va tinchlik yo‘nalishlarida taqdim
etilsa, 2003-yildan beri matematiklar uchun eng nufuzli hisoblangan Abel mukofoti norvegiyalik olim Nils
Xenrik Abel sharafiga nomlangan.
Zachot: Alfred Nobel va Nils Abel
Manba: 1. http://surl.li/bqcify 2. http://surl.li/rndcgf 3. http://surl.li/mygotv

22-savol:
Bloglardan birida ALFA ismli personajni tasvirlash uchun ikki nuqta va qavsdan foydalanishgan. Boshqa bir
ALFA haqidagi maqolada gruziyalik rassom David Datuna va 120.000 AQSh dollarini ko‘rish mumkin. Savol:
ALFA o‘rnidagi almashgan xorijiy tildan kirib kelgan so‘zni yozib bering.
Javob:Komediant
Izoh: Italyan rassomi Maurisio Katellanga tegishli Komedian surati oddiy oq varaqqa santexnika lentasi
bilan yopishtirilgan banan hisoblanadi. San’at asari 2024-yilning noyabr oyida Sotheby’s auksionida Tron
platformasi egasi Jastin Sanga $6.2 mln. ga sotildi. San suratni sotib olishi hamonoq undagi bananni olib
yeb yuborgan va u ancha shirin ekanligini ta’kidlagan. Lekin, bu holat birinchi marta emas ekan. 2019-yilda
ham Katellan “Komediant” asarini Mayamidagi Art-Basel kimoshdi savdosida $120 ming AQSh dollariga
pullagan. O‘sha paytda ham uni sotib olgan gruziyalik David Datuna bananni yeb yuborgan.
Zachot: Komedian
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Comedian 2.
https://www.theguardian.com/artanddesign/2019/dec/11/david-datuna-120000-banana-interview-art-baselmiami 3. https://www.instagram.com/p/DC9y61RxwfS/?igsh=d2dlaXdyNDFsdXAy
23-savol:
Ayrim toponimistlar UNI “yorug‘lik” va ziyoratgoh joylar nomiga qo‘shiladigan qo‘shimcha so‘zlaridan
yasalgan deyishadi. Hamidullo Hasanov oftob nuri ham eng avvalo UNING tepasida ko‘rinadi deya yozadi.
Savol: U o‘rnidagi Navoiyda joylashgan oronimni yozib bering.
Javob:Nurota
Izoh: Ayrim toponimistlar Nurota “nur” (yorug’lik) va “ota” (ziyoratgoh joylar nomiga qo‘shiladigan
qo‘shimcha) so‘zlaridan yasalgan deydi. H. Hasanov toponimning asli nomi Nur bo‘lib, uni ulug’lab Nurota
deganlar. Oftob nuri ham eng avvalo shu tog‘ tepasida ko‘rinadi, deb yozadi. Nikonovning fikricha Nurota
mo‘g‘ulcha Nuru “tog‘ tizmasi” va Tau yoki Tov so‘zlaridan tuzilgan. Tarixiy manbalarda Oltoy tog’lari Oltoy
- Nuru deb atalgan. Shunday qilib Nura, Nuru so‘zining “tog‘, tog‘ tizmasi, cho‘qqi, baland tog‘” kabi
ma’nolari bor. Nurota “baland tog‘, cho‘qqili tog‘” degan ma’nolarni bildiradi.
Manba: 1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Nurota_tog%CA%BBlari 2.
https://www.wikiwand.com/uz/articles/Nurota
24-savol:
Barish O‘zjanning “Mariana botig‘ida nima bor?” deya nomlangan videoroligida dengizga tashlangan kichik
plastik chiqindilar haqida gap boradi. Video davomida Barish oz miqdorda bo‘lsa-da, chiqindining
tashlanishi yaqin kelajakda yuzlab hayotni yo‘q qilishi mumkinligini ta’kidlaydi va bu epizodda UNI eslaydi.
Savol: UNI ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Kapalak effekti
Izoh: Mariana botig‘i Yer yuzasining eng chuqur nuqtasidir. Ammo, insoniyatning beparvolarcha tabiatga

munosabatda bo‘lgani va chiqindilarni duch kelgan joyga irg‘itishi natijasida plastik chiqindilar hattoki
Mariana botig‘igacha yetib borgani haqida videoda ta’kidlangan. Barish bu orqali har qanday insonning
tabiatga nisbatan beparvolarcha qilgan ishini Kapalak effekti misol Mariana botig‘ining noyob faunasiga
ham ta’sir qilishini ta’kidlagan. Tabiatga befarq bo‘lmang, azizlar!
Manba: 1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Mariana_novi 2. https://www.youtube.com/watch?v=qL4OydeNzFE

@zakovat_savollarii