October 10

Zakovat savollari maktab uchun( katta sinflar)

I tur

1. Bu ibora odam oʻz obroʻsini yoʻqotganida qoʻllanadi. Ibora takibida son va asli yunoncha boʻlgan bir boʻgʻinli soʻz mavjud. Bu yunoncha soʻz fors tilida “koʻprik” maʼnosini bildiradi. Bir asarda esa “koʻprik qirgʻoqlarni tutashtirsa, u insonlarni tutashtiradi”, deyilgan.
Savol: Bu bir boʻgʻinli soʻzni yozib bering.
Javob: Pul.
Izoh: Ibora “obroʻsi bir pul boʻlish edi”. Fors tilida koʻprik “pul” deyiladi. Pul boshqa tillarga yunonchadan oʻtgan soʻz.

2. Ularning rangi bolalik paytida kulrang boʻladi. Katta boʻlganidagina hozirgi rangiga oʻzgaradi. Ularning chuchuk suvda boqiladigan turlariga rangini saqlab qolishi uchun sabzi, qizil karam va qizil qalampir yedirish yordam beradi. Bir multfilmda Ular kroket tayoqchasi vazifasini bajarganini aks etgan.
Savol: Ularni toping.
Javob: Flamingo.
Izoh: “Alisa moʻjizalar mamlakatida” multfilmida Alisa va Qizil qirolicha flamingo va tipratikanlar bilan kroket oʻynashadi. Flamingolar odatda pushti rangda bo‘lishadi.

3. IX asr o‘rtalarida Panj RUD qishlog‘ida, dehqonlar oilasida tug‘ilgan U fors sheʼriyati asoschilaridan biri hisoblanadi. Zamonasining mashhur cholg'uchisi Abul Abbos Baxtiyordan musiqa boʻyicha taʼlim olib, chang va RUD kabi cholgʻu asboblarini chalishni oʻrganadi.
Savol: U kim?
Javob: Abu Abdulloh Ja’far Rudakiy. Qabul: Rudakiy

4. Savol matnida bir so'zdan harflar tushirib qoldirilgan.
Buxoro amirligi qurolli kuchlari— sarbozlar deb ataluvchi muntazam qoʻshin va AVARlar deb nomlangan cherik ya’ni xalq lashkaridan iborat boʻlgan. AVAR atamasi mo'g'ulcha noxor— doʻst, o‘rtoq so‘zidan hosil bo'lgan.
Savol: Harflari tushirib qoldirigan so'zni asl holida yozib bering
Javob: Navkar

5. 16-asrda Xitoylik U Chen-En tomonidan yozilgan asarda bir maqsadni ko‘zlab yo‘lga chiqqan turli xil xulq-atvordagi va turli qiyofadagi qahramonlarni, ularning ustozi bo‘lgan Rohib tomonidan pand-nasihatlari va o‘zining ijobiy xislatlari orqali to‘g‘ri yo‘lga boshlagani ya’ni tarbiyalagani va ularni doim yomon yo‘ldan qaytarganini ko‘rishingiz mumkin. Keyinchalik ushbu asar asosida mutfilm ham yaratilgan.
Savol: Asar nomini yozib bering.
Javob: G'arbga sayohat

6. Janni Rodari o‘zi ta’kidlaganidek, bolalik davri “olov jizillab turadigan tandir yonida, un va ko‘mir solingan qoplar orasida” kechgan.
Savol: Janni Rodarining otasini kasbi nima bo'lgan?
Javob: Novvoy

7. Ushbu tadbirda maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalariga «Eng faol ota», «Jonkuyar ona», «Mas’uliyatli ota-ona», «A’lochi o‘quvchi otasi», «Bilimli qiz onasi» nominatsiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar beriladi.
Savol: Ushbu tadbir nomini ikki so'zda yozib bering.
Javob: So'ngi qo'ng'iroq.
Qabul: Xayr maktabim.

8. Mil. avv. I asrdan Shimoliy Koreyadagi qabilalarning qayta birlashuvi oqibatida yana qirolliklar tuzila boshlanadi. Ulardan biri shimoli-g‘arbdagi Koguryo. Ushbu qirollik I–II asrlarda qudratli davlatga aylangan. Uning asoschisi Tonmyon bo‘lgan.
Savol: Tonmyonni biz qaysi mashhur nom bilan bilamiz?
Javob: Jumong.

9. "Changcheng" qurilishi miloddan avvalgi IV asrdan boshlanib, ko‘p asrlar davomida, Milodiy 1644-yilga qadar qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilgan. Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonida Changcheng "Saddi Chin" nomi bilan tilga olingan.
Savol: Changchengni biz qanday nom bilan atashimiz uch so'zda yozib bering.
Javob: Buyuk Xitoy devori

10. Birinchi Panipat jangi 1526-yil 21-aprelda Temuriy podshoh bo'lgan Uning qoʻshinlari bilan Loʻdiylar oʻrtasida boʻlib oʻtgan. Bu Hindiston yarimorolidagi poroxli oʻqotar qurollar va dala artilleriyasi ishtirokidagi eng dastlabki janglardan biri boʻlib, bu jangda poroxli qurollar Temuriy podshoh bo'lgan Uning qo'shini tomonidan ishlatilgan.
Savol: Ushbu Temuriy podshoh kim?
Javob: Zaxiriddin Muhammad Bobur
Izoh: Bu jang Boburiylar imperiyasining boshlanishi va Dehli sultonligi sultonligining tugash nuqtasi boʻlgan.

II tur

11. Parij olimpiadasida Qirgʻizistonlik bokschiga murabbiylik qilgan Akmal Hasanov Qirgʻizistonning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan medal bilan taqdirlandi.
Savol: Ushbu medal nomida Talas vodiysida tug'ulgan qaysi yozuvchini ism-familyasini ko'rish mumkin.
Javob: Chingiz Aytmatov.

12. Nukus shahri hududidagi “Oq qush” majmuasida barpo etilgan dunyodagi eng katta diametrli qoraqalpoq xalqining milliy IKSi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Mazkur IKSning diametri 40,5 metrdan iborat.
Savol: IKS nima?
Javob: O'tov

13. 1761 yilda tug’ilgan Jon Spilsberi yog’ochdan yasalgan asosga Uels va Angliya xaritasini yopishtirib chiqdi, so’ngra esa uni bo’laklarga bo’lib, kesib chiqdi. Hosil bo’lgan bo’lakchalarni aralashtirib, geografiya darsida o’quvchilarga ularni to’g’ri qilib yig’ishni o’yin tariqasida tavsiya qilindi. Keyinchalik bu o’yin usuli ta’lim metodikasi sifatida boshqa fanlarda ham qo’llanila boshlandi. Ko’p vaqt o’tmay rasmli bo’lakchalar aristokratlar yig’iladigan to’garaklarning sevimli boshqotirmasiga aylandi.
Savol: Ushbu o'yin nomini o'zbekcha bo'lmagan bir so'zda yozib bering
Javob: Pazl.

14. Chorpo‘choq bu IKS bilan o‘ynaladigan o‘yin bo‘lib, bu o‘yin bolalarni hisob-kitobga, aniq mo‘ljal olishga, inoqlik va ittifoqlik, yutsa ham yutqazsa ham, mardlik ko‘rsatishga o‘rgatadi. O‘yin asosida osoyishtalik, saranjomlik yotadi. Bu o‘g‘il va qiz bolalar o‘yini bo‘lib, unda ikki yoki undan ortiq kishi qatnashadi. Har bir o‘yinchi o‘rik danagi yoki IKS uyumlariga ega bo‘ladi.
Savol: IKS nima?
Javob: Yong'oq.

15. Ushbu o‘yinni o‘tkazish paytida o‘rtaga hakam tayinlanadi. Ikkala guruh o‘yinchilari bir-birlari bilan yuzma-yuz turadilar. O‘rtada ko‘ndalang chiziq chiziladi va o'yinning asosiy predmetining o‘rtasiga qizil ip bog‘lab qo‘yishadi. Qaysi guruh a’zolari bellashuvchilarni chegara chizig‘idan olib o‘tsa, o‘yin to‘xtatiladi va g‘oliblik e’lon qilinadi.
Savol: Ushbu o'yin nomini yozib bering.
Javob: Arqon tortish.

16. Alisher Sadullaning U nomli qissasida muvaffaqiyatli chiqqan obrazlarda biri Zo‘ro‘zdir. Hammadan avval yurtiga bostirib kelayotgan Eroniylar lashkarlarini payqagan Zo'ro'z sak qabilasi boshliqlariga xabarni yetkazadi. Voqea davomida o'z hayoti evaziga dushmanni jangsiz mag'lub etish istagida bo'lgan do'sti quloq-burnini kesib tashlashni Zo'ro'zdan iltimos qiladi.
Savol: Qissa nomini yozib bering.
Javob: Shiroq.

17. Britaniyalik olimlarning aniqlashicha keyingi 10 yillikda yoshlarning miyasining bir qismi sezilarli ravishda kattalashgan. Bu qism bir tana a’zosini harakatini boshqarishga mas’ul ekan.
Savol: Qaysi tana a’zosini?
Javob: Bosh barmoq. Qabul: Barmoqlar.
Izoh: Keyingi paytda yoshlar ko’proq smartfonlar bilan ishlamoqda.

18. 2018-yilgi Rossiyada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining chorak final bahsida Rossiya terma jamoasi yutqazib qo‘yadi. Bundan jahli chiqqan Tyumenlik bir futbol ishqibozi UNI derazadan uloqtirib yuboradi.
Savol: UNI nima ekanligini toping.
Javob: Televizor.

19. Google kompaniyasining bir tavsiyasiga ko‘ra, akkaunt parollarini hatto Ularga ham aytish kerak emas. Yana bir ma’lumotga ko‘ra, Ular yosh, ota onasidan alohida va bo‘ydoq bo‘lishsa ko‘p narsani tez o‘zlashtirishadi.
Savol: Ularni toping.
Javob: To‘tiqushlar.

20. U taroziga o‘xshaydi. Avval Uning o‘ng tomoni og‘irroq bo‘ladi va keyinchalik qiziqishimiz ortgani sayin og‘irlik chap tomonga o‘ta boshlaydi.
Savol: U nima?
Javob: Kitob.
Izoh: Gap kitob o‘qish jarayoni haqida edi

✅Telegram kanal: https://t.me/Zakovat_Savollarii