November 1

Talabalar ligasi 2025/26 kuzgi mavsum 1-tur (11.09.2025)

1-savol:
Savol matnida bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan. Serblarning Usmonli imperiyasiga qarshi qoʻzgʻoloni
haqida 13 ta epik asar muallifi boʻlgan Filip Vishnich yoshligida chechak bilan kasallanib SHUNDAY boʻlib
qoladi. Shu sababli vatandoshlari uni serbiyalik MER deb atashadi. Savol: Matnda tushirib qoldirilgan oʻyin
nomini yozib bering.
Javob:Go.
Izoh: Filip Vishnichni yoshligida koʻr boʻlib qolgani va keyinchalik koʻplab epik asarlar yaratgani uchun
serbiyalik Gomer deb atashadi.
2-savol:
Klod Mone 70 yoshdan oshganida asarlarida jigarrang va to‘q sariq ranglar ko‘p ko‘zga tashlana
boshlangan. Savol: 1912-yilda Monega qanday tashxis qo‘yilganini yunonchadan kelib chiqqan so‘z bilan
yozib bering.
Javob:Katarakta.
Izoh: Kataraktaga chalinib ko‘z gavhari xiralashgach ma’lum ranglarni yaxshi ko‘ra olmay qolgan.
3-savol:
Bir AQSh jangari filmida tinchlik ramzi tushirilgan medalyonni taqib olgan, ammo, kaskasiga “yo‘q qilish
uchun tug‘ilgan” jumlalari bitilgan askardan o‘z polkovnigi nima sababdan bunday qarama-qarshi
shiorlarga ega atributlarga egaligini so‘raydi. Javob sifatida esa askar bunday tanlov insonlarga xos
dualizm ekanligini aytarkan, 1875-yilda Kesvil kommunasida tug‘ilgan insonni ham eslab o‘tadi. Savol:
O‘sha insonni yozib bering.
Javob:Karl Gustav Yung.
Izoh: Askar ikki xildagi qarama-qarshi fikrlar xuddi insoniy qarashlar kabidir, xuddi Karl Yungning
o‘rganishlari asosida kelgan fikrlari kabidir deydi. Karl Gustav Yung inson dualizmini tabiiy (instinktiv) va
madaniy (ongli) jihatlarning qarama-qarshi birligi sifatida ko‘rib chiqqan. Bunda ular o‘rtasidagi ziddiyat
ruhiyatga ham rivojlanish, ham kelishmovchilik olib keladigan madaniyatni keltirib chiqaradi. Uning
nazariyasi psixikaning uchta asosiy qismini - ego, shaxsiy va jamoaviy ongsizlikni ajratib ko‘rsatadi va har
bir inson nafaqat individual shaxs, balki umuminsoniy arxetiplarning tashuvchisi ekanligini ta’kidlaydi.
4-savol:
Bir serial epizodlaridan birida qahramon oʻzi uchun notanish, ammo qiziqarli bo‘lgan arvohlar olamiga
oʻtgach, BOʻSHLIQ jumlasini ishlatadi. BOʻSHLIQ Gerbert Uellsning “Zamonaviy utopiya” asariga javob
sifatida yozilgan. Savol: Boʻshliq oʻrnidagi bir nechta soʻzni yozib bering.
Javob:“Ajib yangi dunyo”
Izoh: Personaj boshqa qiziqarliroq dunyoga oʻtib qolganida “O ajib yangi dunyo” soʻzlarini ishlatadi. Oldos
Hakslining shu nomli antiutopik asari Gerbert Uellsning “Zamonaviy utopiya” asariga javob sifatida
yozilgan.
5-savol:
Margulis salfetkasi muammosi - toʻrtburchak qogʻoz boʻlagini perimetri ushbu toʻrtburchaknikidan koʻproq
boʻlgan shakl koʻrinishida buklash imkoni bor yoki yoʻqligini aniqlashni talab qiluvchi muammo. Bu
muammo qogʻozda bir nechta buklamlar hosil qilish orqali yechilgan. Savol: Ushbu muammoni yechgan
odamlar qaysi sanʼat turi bilan shugʻullanishar edi?
Javob:Origami.
Izoh: Origami bu yaponcha qogʻozni buklash sanʼati boʻlib, ushbu muammo yam aynan qogʻozni bir necha
marta buklash orqali hal qilingan. Bu muammo sovet va Amerika matematigi Grigoriy Margulis sharafiga
nomlangan.
6-savol:
Uning nomining etimologiyasi haqida turli versiyalar mavjud. Misol uchun, nom tarkibidagi bir so‘z
sanskritcha “nagara” - shahar so‘zidan kelib chiqqani aytiladi. U haqida ishlangan mini serial nomi
“Junglidagi Atlantida”. Savol: Uning nomini yozib bering.
Javob:Angkor Vat.
Izoh: Kambodjada joylashgan bu ibodatxona qadimda insonlar tomonidan tashlab ketilgan shu sabab
ko‘plab ulkan inshootlarni o‘rmon yutib yuborgan.
7-savol:
“Dunyo malikalari” nomli kitobda mashhur ayollarga turlicha ta’rif beriladi. Masalan: Agata Kristi –
“Detektiv qirolichasi”, Margaret Tetcher “Temir xonim” va boshqalar. Savol: Kitobda “Insonlar qalbi
malikasi” degan ta’rif 1961-yil Sandringemda tug‘ilgan qaysi insonga nisbatan ishlatilgan?
Javob:Malika Diana.
Izoh: “Xalq malikasi” ham deya ataluvchi bu ayol hozirgacha ko‘plab ayollarni ilhomlantirib keladi.
Zachot: Diana Spenser.
8-savol:
Baʼzi poni otlarining balandligi 90 santimetrdan oshmaydi. Bu turdagi ponilar musulmon davlatlarida

maʼlum bir ishda ishlatiladi. Odatda bu ishni boshqa bir hayvon bajarishini koʻrgansiz. Savol: Bu qanday ish
ekanligini toping.
Javob:Koʻrlarni yetaklash.
Izoh: Musulmon davlatlarida itlar harom hisoblanib koʻr insonni yetaklashiga ruxsat berilmaydi. Bu poni
zotlari yoʻlboshchilik vazifasini bajaradi.
Zachot: Shu mazmundagi javoblar.
9-savol:
Shaxmatchi Yen Rojersning fikricha, oʻyinchi maydon markazidagi oʻzaro bogʻlangan ikki yoʻli ochiq piyoda
kombinatsiyasi bilan barcha vaziyatlarda gʻalaba qozonadi. Ushbu gapi oxirida Rojers bu kombinatsiyani
boshqa bir stol oʻyinidagi termin bilan ataydi. Savol: Oʻsha terminni defis qatnashtirib yozib bering.
Javob:Flesh-royal
Izoh: Flesh-royal bu pokerdagi eng kuchli kombinatsiya hisoblanadi. Rojers ham maydon markazidagi yoʻli
ochiq holda oʻzaro bogʻlangan ikki piyodani shaxmatdagi Flesh-royal deb atagan. Yaʼni bunday vaziyat
bilan istalgan partiyani yutish mumkin.
Zachot: Royal-flesh
10-savol:
“Solo leveling” animesi epizodlaridan birida doʻzaxga kirmoqchi boʻlgan personajga U qarshilik koʻrsatadi.
Epizodda U kuch, chidamlilik va tezlikni oʻzida birlashtirgan kuchli maxluq sifatida koʻrsatilgan. Savol: U
oʻrnidagi unlilari bir xil soʻzni yozib bering.
Javob:Serber.
Izoh: Yunon afsonalariga koʻra Serber doʻzax darvozasini qoʻriqlovchi uch boshli it boʻlgan. Animeda ham
uch boshli it oʻzida birdaniga uchta qobiliyatni birlashtirgan edi.
11-savol:
Savol matnida bir so‘z almashtirilgan! “Silk road Chef” [silk ro‘ud shef] saytida, Buyuk ipak yo‘lida
joylashgan turli millatlarning milliy taomlari va ularning retseptlar haqida ma’lumotlar berilgan. Sayt shiori
“Make love, not war” [meyk lav nat uor]. Savol: Savol matnida almashtirilgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Plov
Izoh: Mashhur iboradagi sevgi so‘zi Plov so‘ziga almashtirilgan.
Zachot: Palov
12-savol:
6-sentyabrda Parij mezbonlik qilgan UFC kechasida polshalik tajribali jangchi Marchin Tibura kutilmaganda
debyutant raqibi xorvatiyalik Deliyaga mag‘lub bo‘ldi. Bu mag‘lubiyatga izoh bildirar ekan muxlislardan
biri, Marchin kurashga intilmagani va Deliyani oyog‘ini yerdan uzmaganini aytadi. Savol: Deliyaning 4
harfdan iborat ismini yozib bering.
Javob:Ante.
Izoh: Shu tariqa qitmir muxlis oktagonda tik oyoqda turgan Ante xuddi yunon mifologiyasidagi yerdan kuch
oladigan Antey kabi yengilmas ekanligini, uni mag‘lub qilish uchun yerdan ko‘tarib, kurashga bosish
kerakligini ta‘kidlagan.
13-savol:
Savol matnida bir so‘zdan harflar tushirib qoldirilgan. Sankt Peterburgdagi “Daydi It” nomli muassasa,
1915-yilda Vladimir Mayakovskiyning, urushga qarshi ruhda yozilgan she’rlari bilan chiqish qilganidan
so‘ng yopib qo‘yilgan. Muassasa adabiy BAR nomini olgan. Savol: Harflari tushirilgan so‘zni asl holida yozib
bering.
Javob:Kabare.
Izoh: Kabarelar odatda, parodik va satirik mazmundagi badiiy dasturga ega boʻlgan kichik koʻngilochar
maskandir. “Daydi It” kafesi esa “adabiy kabare” nomi bilan mashhur bo‘lgan.
14-savol:
1923-yil 19-sentabr kuni Qarshi shahri soliq nazorat idorasi boshlig‘i Nuriddin Og‘aliq otib o‘ldiriladi. Bu
haqida o‘sha davr gazetasi “Buxoro axbori”da “U va rafiqlarining o‘chlari olindi” deb yozilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda “U va rafiqlari” qamoqxonaning yonida vokzalga qaragan tarafda bir qabrga
dafn etilgan ekan. Savol: U kim?
Javob:Behbudiy.
Izoh: Mahmudxo‘ja Behbudiy 2 sherigi bilan birga 1919-yil Qarshida Nuriddin Og‘aliq tomonidan o‘ldiriladi.
15-savol:
Qarshingizda Uilyam Tyorner tomonidan chizilgan kartina, san’atshunoslar, kartinadagi ba’zi ranglarni
tahlil qilish orqali, U boshqa narsalar qatorida Tyornerning kartinasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazganini
ta’kidlashadi. U 19-asrning birinchi yarmida Indoneziyada 90 mingdan ortiq kishining hayotiga zomin
bo‘lgan. Savol: U o‘rnidagi geografik obyekt nomini toping.
Javob:Tamboro vulqoni.
Izoh: Kartina 1815-yilda chizilgan, Tamboro vulqoni ham aynan shu yili otiladi, kartinada esa quyoshni
to‘sayotkan tutunni ko‘rish mumkin.
16-savol:
2016-yil avgustdan boshlab AQSH sportchilarining ayrimlari irqchilik va politsiya zulmiga qarshilik ramzi

sifatida madhiya paytida bu ishni qilishni odat qilishgan. “Kristal Pelas” hujumisi Vilfrid Zaa “Black Lives
Matter” harakatini qo‘llab-quvvatlamasligini aytib bu ish ahmoqgarchilik ekanligini aytgan. Savol: BU ISHNI
2 so‘zda yozib bering.
Javob:Tiz cho‘kish.
17-savol:
Dastlabki o‘zbek advokatlaridan biri bo‘lgan Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev Samarqandda oʻtkazilayotgan
Jizzax qoʻzgʻoloni ishtirokchilari sudiga yuqori xarajatlar sarflab bo‘lsa-da, Petrograddagi mashhur
advokatlar – aka-uka Atxamovlarni jalb qiladi. Savol: Bu ishda moliyaviy xarajatlar kimning hisobidan
amalga oshirilgan?
Javob:Mirkomilboy Mirmo‘minboyev.
Izoh: Mirkomilboy Mirmoʻminboyev Chor imperiyasi davrida Turkiston mintaqasidan yetishib chiqqan ilk
sanoatchi boylardan biri va ayni paytda milliy shuuri yuksak, millatparvar inson boʻlgan.
Zachot: Mirkomilboy.
18-savol:
Ota va o‘g‘il o‘rtasidagi ziddiyatli qarashlar haqidagi psixologik tahliliy maqolada ota bolani rad etsa yoki
doimiy tanqid qilsa, bu oʻgʻilning ichki xavfsizlik tuygʻusini poymol qilishi va oʻgʻil tajovuzkorlik yoki oʻzini
inkor qilish bilan javob qaytarishi mumkinligi eslanadi. Maqola davomida o‘zbek xalq dostonidagi ushbu
personaj eslab o‘tiladi. Savol: Qaysi personaj?
Javob:Ultontoz
Izoh: Ultontoz nikohsiz farzand boʻlgani uchun otasi tomonidan rad etiladi. Oqibatda, Ultontoz ruhiyatida
nafrat va tajovuzkorlik kuchayib boradi.

19-savol:
Youtubedagi marketing haqidagi videolardan birida aytilishicha, Ularning orqa gʻildiraklari maxsus ravishda
tez yurganda yoqimsiz ovoz chiqaradigan qilib ishlanadi. Ular ilk bor 1937-yilda tadbirkor Silvan Goldman
tomonidan ixtiro qilingan. Savol: Ularni ikki soʻzda yozib bering.
Javob:Supermarket aravachalari
Izoh: Aravachalarning gʻildiraklari tez yurganda maxsus ovoz chiqaradi, shu sababli insonlar bu tovushdan
uyalib Supermarket boʻylab sekinroq harakat qilishadi. Bu esa sotuv hajmini oshiruvchi marketing
hiylalaridan biri.
20-savol:
19-asrga oid ushbu tarixiy obyektning hozirgi kunda yaxshi saqlanib qolganiga majmuaning shahar
tashqarisida joylashgani qoʻl kelgan. Majmuaning bunday atalishiga kichik sabablaridan biri sifatida oy va
yulduz davlatning asosiy ramzlaridan bir ekanligi ham aytiladi. Savol: Ushbu majmua nomini yozib bering.
Javob:Sitorai Mohi Xosa.
Izoh: Sitorai Mohi Xosa Buxoro hukmdorlari bu joyni suyukli rafiqalari yoki o‘z davrida Sitorai Mohi Xosa
nomi bilan tanilgan malika Bibi Oyposhsho sharafiga qurdirgan, shunga qaramay majmua nomining
tarjimasi masalasida bir necha talqinlar bor. Majmua arkdan uzoqroq joylashuvi sabab Buxoro
bombardimonidan zarar ko‘rmagan. Oy (moh) va yulduz (sitora) Buxoro davlatining ramzlaridan, ularni
davlat bayrogʻida ham koʻrish mumkin.
21-savol:
Savol matnidagi ikki soʻz bir xil harfdan boshlanuvchi ikki soʻz o‘rnida keladi. Kesson kasalligi - bu yuqori
bosim natijasida inson organizmida yuzaga keladigan oʻtkir shikastlanishidir. Bunda atmosfera bosimi
keskin ravishda oʻzgarishi natijasi tanada pufakchalar hosil boʻladi va tom maʼnoda insonning GʻAZABI
QOʻZGʻAYDI. Savol: Almashtirilgan soʻzlarni yozib bering.
Javob:Qoni qaynaydi
Izoh: Bosimning keskin oʻzgarishi natijasida molekulalarda fizik bugʻlanish yuzaga keladi va bu issiqliq
boʻlmasada qonning qaynashiga sabab boʻladi. Qoni qaynamoq iborasi tilimizda - jahli chiqmoq, gʻazabi
qoʻzgʻamoq maʼnosida keladi.
22-savol:
“Birinchi bo‘lish jasorati: qoidalarni o‘zgartirgan ayollar” nomli maqolada ilk ayol kosmonavt Valentina
Tereshkova, Atlantikani yakka o‘zi kesib o‘tgan birinchi ayol uchuvchi Ameliya Erxart kabilar eslab o‘tiladi.
Bundan tashqari maqolada shveysariyalik ayol Elen de Portales ham tilga olingan va uning qahramonligi
1900-yil Parijda bo‘lganligi qayd etilgan. Savol: Elen de Portales qaysi ishi tufayli ushbu maqolada eslab
o‘tilgan?
Javob:Olimpiada chempioni bo‘lgan birinchi ayol
Izoh: 2-yozgi olimpiada o‘yinlariga 1900-yil Parij shahri mezbonlik qilgan. Portales yelkanli sportda erkak
hamkasblari bilan birga ishtirok etadi va jamoasi bilan oltin medalni qo‘lga kiritadi.
23-savol:

Sharhlovchi Xayrulla Hamidov jadidlar haqida fikr bildirarkan, “Qodiriyni o‘zining ijod e’tiqodida salomat
bo‘lib qolganini, Cho‘lpon esa anchagina o‘zgarishga majbur bo‘lganini” ta’kidlaydi. Fikri davomida
sharhlovchi Bu shoirga “o‘zgarishga ham ulgurmagan, novdaligidayoq ko‘karish-ko‘karmasligini bilmay
turib chopib tashlangan” deya ta’rif beradi. Savol: 1912-yil Chuqurko‘cha dahasida tug‘ilgan Bu inson kim?
Javob:Usmon Nosir
Izoh: Usmon Nosir 32 yoshidayoq qatag‘on qurboniga aylangan edi.
24-savol:
Asosan tarixiy urushlar haqida kuylovchi “Sabaton” guruhining bir qo‘shig‘ida “Dunyoni o‘zgartirgan o‘q”
jumlalarini ko‘rish mumkin. Qo‘shiqqa esa bir poytaxt shahar nomi berilgan. Savol: O‘sha shaharni yozib
bering.
Javob:Sarayevo.
Izoh: 1914-yilda Bosniyada Frans Ferdinandning o‘ldirilishi 1-jahon urushi boshlanishi sabablaridan biri
bo‘lgan.

https://t.me/Zakovat_Savollarii