Amirbek Aktamov tomonidan “Eng yaxshi zakovatchi sinf 2024” musobaqasining 2-turi uchun tuzilgan zakovat savollar paketi.
Assalomu alaykum, qadrli o‘quvchilar!
Qoidalarni eslatib o‘tamiz.
Boshlovchi savol tartib raqamini e’lon qilganidan so‘ng aytilgan yoki aytilmagan barcha jumlalar bevosita savolga aloqador. Savollar izohlarini diqqat qilib tinglashni unutmang.
Shuningdek aniq qilib yozib bering, 2 so‘z yoki 1 so‘zdan iborat javob degan holatlarga diqqat qiling. Savol formasiga mos kelmaydigan javob noto‘g‘ri hisoblanadi. Savol formasida bir harfdan boshlanuvchi, juft undoshlar bilan boshlanuvchi, alifboda ketma-ket keluvchi harflar bilan boshlanuvchi so‘zlar so‘ralganda va shu kabi boshqa holatlarda O‘ZBEK TILINING LOTIN ALIFBOSI nazarda tutiladi. Jamoalarni o‘yin paytida turli moslamalardan va telefondan foydalanmaslik borasida ogohlantiramiz.
I TUR
1. Savollarni uch marotaba takrorlamayman e’tiborli bo’ling.Afsonalarga ko‘ra, yapon samuraylari o‘limi oldidan "Chado" deb nomlanuvchi maxsus marosimni o‘tkazgan. Ushbu marosim orqali ular tinchlik va ichki xotirjamlikni topishga intilgan va hurmatlarini so‘nggi bor izhor qilganlar. Bu marosimda ular maxsus bir narsa tayyorlagan va uni ichganlar. Yapon madaniyatida bu urf-odat hozirgi kunda ham keng tarqalgan.
Savol: Samuraylar bu marosimda qanday maxsus ichimlikni tayyorlab ichishgan?
Javob: Choy
Izoh: "Chado" (yoki choy marosimi) deb atalgan va unda tayyorlangan maxsus ichimlik – choy bo‘lgan.
Manba: 1) https://kyoto.travel/en/planyourvisit/things-to-do/culture/tea-ceremony/ 2) https://www.japan.travel/en/uk/inspiration/japanese-tea-ceremony/
2. U begona odam yo vosita ta’sirida birovning buyrug‘iga, xohish-irodasiga so‘zsiz bo‘ysunadigan, mustaqil fikrlay olmaydigan, o‘z shaxsi va erkiga ega bo‘lmagan kishini anglatadi. Bu so‘z o‘zbekchaga inglizchadan o‘zlashgan, inglizchaga esa bantu tillariga mansub kimbundu tilidan o‘tgan. Kimbundu tili asosan Angolada, qisman Kongo Demokratik Respublikasi va Zambiyada tarqalgan. Kimbundu tilidagi nzumbe so‘zi jon, ruh ma’nosini anglatadi.
Savol: Ushbu so’zni o’zbekcha bo’lmagan so’zda yozib bering?
Javob: Zombi
Qabul emas: Manqurt
Manba: 1) daryo.uz sayti 2) https://t.me/aktamov_blogi/369
3. Savolda bir so’z boshqa bir sozga almashingan
Bomba so‘zi amhara tilidagi bamiba so‘zidan hosil bo‘lgan. Bu ulkan daraxtning mevasini maymunlar oson qo‘lga kirita olgani uchun mevaga maymun noni deb nom berilgan. Uni maymunlar yeydi ham. Bambaning mevasi oziq-ovqat yoki ziravor sifatida ishlatiladi.Bomba so‘zi arabcha abu hibob – urug‘lar otasi birikmasidan yasalgan degan qarash ham bor.
Savol: almashgan so’zni topgan bo’lsangiz uni bir so’zda yozib bering?
Javob: Baobab
Izoh: Baobab haqida o‘qigan, eshitgan bo‘lsangiz kerak – dunyodagi eng yirik daraxt. Tanasining diametri 8 metrga yetadi, bo‘yi 18–25 metr atrofida bo‘ladi. Afrika va Avstraliyaning quruq tropik savannalarida o‘sadi.
Manba:1) https://t.me/aktamov_blogi/366 2) daryo.uz
4. Bu soʻz arabcha voliy, rahbar, hukmdor, boshqaruvchi soʻzidan hosil boʻlgan.Bu so’zni soʻzma-soʻz tarjimasi ey hukmdorimiz, ey janobimiz boʻladi. Izohli lugʻatga koʻra, musulmon Sharqida olim va fozil kishilarni, ustozlarni, yuksak martabali amaldorlarni ulugʻlab, ularning nomlariga qoʻshib ishlatiladigan faxriy soʻz.
Savol: Ushbu bir so’zni yozib bering?
Javob: Mavlono
Izoh: Mavlono Rumiy, Mavlono Alisher Navoiy bular hammasi fozil va yuksak martabali kishilardir.
Manba: 1) https://t.me/aktamov_blogi/336 2) https://uz.wikipedia.org/wiki/Mavlono
5. Topishmoqni tinglang:
Osti sariq, usti sariq,
Shirin, totli, ichi tariq.
Bojolar guruhi tomonidan ijro etilgan qo’shiq nomi ham U deb nomlangan. Qur’onning 95- surasining nomi ham U hisoblanadi.
Savol: U nima?
Javob: Anjir
Izoh: Tiyn surasi Quroni karimning 95-surasi hisoblanadi. Bojalar guruhining ham shunday qo’shig’I bor.
Manba:1) https://uz.wikipedia.org/wiki/Tiyn_surasi 2) https://youtu.be/0dPlSeV_n38?si=RsPW0g2BYt-LHVTR
6. Siz hozir bu rasmda Zuhra (Venera) va Mushtariy (Yupiter) oʻz harakatida bir-biriga qarab yaqinlashgan holatini ko’rib turibsiz. Bu voqea “qiron burji” deb nomlangan va uni baxt-saodat alomati, deb qaralgan. Hozirgi kunga qadar bu burjda tug’ilgan insonlar qotorida uch kishini sanaymiz. Bular Iskandar Zulqarnayn, Muhammad paygʻambar va “U”.
Savol: uchinchi inson kim?
Javob: Amir Temur
Izoh: “Sohibqiron – Amir Temurning laqabini anglatgan; bu soʻz “sohib” va “qiron” soʻzlarining birikuvidan shakllangan; fors-tojikcha “sohib” qismi turkiy-oʻzbekchada “ega” maʼnosini ifodalaydi; arabcha “qiron” soʻzi esa ilmi nujumda ikki sharofatli sayyora, Zuhra (Venera) va Mushtariy (Yupiter) oʻz harakatida bir-biriga qarab yaqinlashgan holatini “qiron burji” va uni baxt-saodat alomati, deb qaralgan.
Manba: https://t.me/aktamov_blogi/329
7. Bu soʻzning ildizi qadim yunon tiliga borib taqaladi. Asliyatda klima, klimatos shakliga va egish, engashtirish; mayl, moyillik maʼnosiga ega boʻlgan ushbu soʻz arab tili orqali oʻzbekchaga oʻzlashgan. Tilimizda muayyan joyning oʻziga xos, har yili takrorlanuvchi odatdagi ob-havo sharoitini, dunyo qismini, mintaqani, koʻchma maʼnoda esa sharoitni anglatadi.Qadimgi yunonlar uni yettiga ajratgan ekan.
Savol: U nima ?
Javob: Iqlim
Manba: https://t.me/oriftolib/1422
8. Kunlardan bir kun Imperator Konstantinning saroy qiziqchisi Kugel o’z xo’jayiniga undan-da kam bo’lmagan tarzda imperiyani boshqarishi mumkin ekanligini aytib maqtangan. Bu g’oya imperator Konstantinga juda ham yoqib qolgan va u qiziqchiga yil davomida bir kun imperiyani boshqarishiga ruxsat bergan degan qarashlar bor.
Savol: qaysi kun?
Javob: 1-aprel
Manba: https://t.me/aktamov_blogi/268
9. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida bu so‘z yo‘g‘rut shaklida, qatiq ma’nosida keladi. Asarda qatiq so‘zi ham xuddi shu ma’noda ishlatilgan o‘rinlar bor. Siz hozir eshitgan ma’lumot “U”ning etimalogiyasi edi. Savol: “U” nima ?
Javob: Yogurt
Izoh: So‘zning yogurt ko‘rinishi bizga rus tilidan o‘tgan. Rus tiliga esa Yevropa tillaridan kirgan. Bu so‘z inglizchada yogurt, fransuzchada yaourt shaklida uchraydi. Bu tillarga esa turk tilidan o‘tgan.
Manba:1) https://en.wikipedia.org/wiki/Yogurt#Etymology_and_spelling 2) https://t.me/aktamov_blogi/262
10.Bu shior mijozlarning shikoyatlari va ehtiyojlarini eʼtiborsiz qoldirmaslikni targ‘ib qilgan va xaridorni har doim markazda ko‘rish tamoyiliga asoslangan. O‘sha davrda bu qarash yangicha va innovatsion yondashuv bo‘lib, mijozlarning ishonchini qozonishda muhim rol o‘ynagan.
Savol: bu shiorni bir necha so’zda yozib bering?
Javob: Mijoz hamisha haq
Qabul: mantiqan yaqin javoblar.
Izoh: Bu ibora bir qarashda oddiy ko‘ringan bo‘lsa-da, aslida savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi inqilobiy o‘zgarishlarni ifodalaydi. XX asr boshlarida paydo bo‘lgan bu shiorni Harri Gordon Selfrij, Marshal Fayld va Jon Uanameyker kabi taniqli tijoratchilar ommalashtirgan.
Manba: https://t.me/aktamov_blogi/839
11. Scar Disney'ning Qirol Sher franshizasidagi mashhur salbiy qahramonlardan biri bo’lib, o‘zining ayyorligi va aqlli strategiyalari bilan ko‘pchilikning yodida qolgan.Scar o‘z ismini „U “ (inglizcha: scar) tufayli olgan. Xokkey darvozaboni Terri Savchuk esa shlemsiz o’yinlar o’tkazgani uchun “U” laqabini olgan.
Savol: U nima ?
Javob: Chandiq
Izoh: Scar so’zi inglizchada chandiq ma’nosini anglatadi, Terri Savchuk esa kerakli vaqtda shlemdan foydalanmaganligi uchun yuzi jarohatlangan va chandiq deya laqab olgan.
Manba: https://t.me/aktamov_blogi/833
12. Abdulla Avloniy tomonidan maktablarda hozirgacha amalda qo’llanilayotgan yangiliklar kiritilgan. Masalan, sinfdan sinfga o’tayotganda imtihonlar o’tkazilishi, tabiiy fanlarning o’tilishi va hokazo. Avloniy joriy etgan yana bir yangilik haligacha amalda. Bu yangilikning aniq o’lchamlari bor. Pandemiya sharoitida esa bu o’lchamlar malum miqdorda oshirildi.
Savol: Avloniy hozir maktablarda mavjud bo’lgan qaysi yangilikni ilk bora amalga kiritgan.
Javob: Darslar orasida tanaffus qilish.
Izoh: Bizda esa qisqa tanaffus maktablarda hozirgacha
II TUR
13. Duplet
1-savol
Ismim janob Alfadir
Gapirgim yoʻq koʻp uzoq
Aytmoqchiman men faqat
Tayyorlagan payt ovqat
Boʻlma anqov va sodda
Chiqarib qoʻyma
Yoddan mendek xidi Shirinni...
Xoy jiyirma burunni.
Savol: Alfa oʻrnidagi bir so'zni yozib bering?
2-savol
Yerga chuqur
Botsam men,
Berkinvolib
Yotsam men,
Izlab topdi
Oshpazlar,
Meni chopdi
Oshpazlar.
Yig‘lamadim —
Polvonman…
Lekin juda
Hayronman:
Oshpazlarning
O‘zlari
Nega yoshlar
Ko‘zlarin?
Javob: 1) Sarimsoq 2) Piyoz
Manba: 1) https://t.me/aktamov_blogi/311 2) https://erkatoy.uz/uzb/kutubxona/sherlar/3889-piyoz#:~:text=Yerga%20chuqur,Ko%E2%80%98zlarin%3F
13. Bu soʻz bezori maʼnosini anglatadi. XIX asrda Londonda yashagan asli Irlandiyalik Patrik Hul ihan ismidan kelib chiqqan. U koʻchabezorilik, oʻgʻrilik va kissavurlik bilan shugʻullangan.
Savol: bu soʻzni yozib bering?
Javob: Xuligan
Izoh: Xuligan soʻzining maʼnosi bezori va bu soʻz Patrick Houlihan ismidan kelib chiqqan.
Manba; https://t.me/aktamov_blogi/456
14. Savolda bir so’zdan harflar tushib qolgan.
Shon - bu ochiq, baland poydevorli, yengil yozgi qurilma bo’lib hovli, bogʻ va chorbogʻlarda quriladi. Uning ikkinchi ma'nosi - dalada ishlayotganlarning dam olishi va ovqatlanishi uchun qurilgan yozgi bino.Ular odatda 1 xona va ayvondan iborat boʻlib, keyinchalik 2-3 xona va bir yoki bir necha ayvonli qilib qurila boshlandi.
Savol: tushib qolgan so’zlarni topgan bo’lsangiz uni bir so’zda yozib bering?
Javob: Shiypon
Izoh: Bu ma’lumot shiypon to’grisida ma’lumot edi. Tushib qolgan so’z esa shon
Manba: https://t.me/aktamov_blogi/762
15. Bu buyum o‘rta asrlarda ko‘p davlatlarda boylik va qudrat ramzi hisoblangan. Yevropa qirollik saroylarida u ko‘pincha maxsus tadbirlarda foydalanilgan, biroq bu buyumning kashf etilishi haqida bir rivoyat ham mavjud. Rivoyatga ko‘ra, bu buyum tasodifan bir xato natijasida yaratilgan. Bugungi kunda esa u texnologiya va elektronika sohasida ham juda keng qo‘llaniladi.
Savol: Bu qanday buyum?
Javob: Oyna
Izoh: rivoyatga ko‘ra, oynani ishlab chiqarish tasodifan qumni eritish orqali kashf etilgan.
Manba:1)https://www.thoughtco.com/invention-of-glass-4058287 2) https://www.sciencehistory.org/distillations/how-glass-changed-the-world
16.
Albert Eynshteyndan jumlani tinglang:
Siz tanlagan yo'l har doim Alfadan boshlansin. Shunda maqsad tomon parvozingizda manzilingiz aniq va xotiringiz jam bo'ladi. Abdulloh domla esa alfaga nisbatan sarf qilinsa ham tugamaydigan narsa deb aytgan .
Savol: Alfa oʻrnidagi qisqa bir so’zni yozib bering?
Javob: Ilm
Izoh:Nimani sarf qilinsa, tugaydi. Faqat ilm bundan mustasno.
Manba: https://t.me/Elektron_Kutubxona/22143
Yangi yil bayramiga ham ko’p vaqt qolmadi. Shunday ekan menga berkitilgan joydagi soʻzni yozib bering?
Javob: Megajin
Izoh:choʻchqaning modasi megajin deyiladi. Savoldagi yangi yil esa hammamiz bilgan uyda yolgʻiz filmidan. Bayramingiz muborak boʻlsin.
19. Savolda anagramma mavjud.
Shavla koʻplab mamlakatlarda ommalashgan yuqori sifatli non turi bo'lib, uning etimologiyasi O'rta Sharq tilidan olingan. Bu so'zning asliy ma'nosi "yumshoq, yengil, " va "non" degan so'zlaridan tashkil topgan.Qisqa qilib aytganda yumshoq osh. Bu yupqa nonning nomlanishi turli madaniyatlarda har xil. Misol uchun shavla, Qaytarma, Jupqa, Yufqa.
Savol: Anagrammani topgan bo’lsangiz uni to’g’rilab yozib bering?
Javob: Lavash
Manba: https://t.me/aktamov_blogi/627
20. Bu davlat nomi lotinchadan olingan va kelib chiqish tarixi 16- asrga borib taqaladi. Chunki bu asrda ispan kashfiyotchilari bu hududdan ko'plab kumush konlarini topishgan. Boshqa bir u esa 47 o'rinda turadi.
Savol bizga bu davlat nomini yozib bering?
Javob: Argentina
Izoh: Argentina lotincha argentinium so’zidan olingan va kumush degan ma’noni anglatadi. Mendeliyev davriy jadvalida kumush 47-o’rinda.
Manba: https://t.me/aktamov_blogi/533.
21.Savolda almashtirish bor
Vasiliy Yan oʻz kitobida Alfani dengiz kechib oʻtgan chumchuq deya taʼriflagan.Bu chumchuqning oyoqlari ot oyoqlaridan ham uzun, boʻyni nayzaga oʻxshagan, dumida faqat bittagina pati bor; uning sevgan ovqati - tosh,mix va mis chaqalardir.
Savol: almashgan soʻzni asl holida yozib bering?
Javob: Tuyaqush
Manba: Vasiliy Yan "Spartak" 41 bet
22. Bu so’z Yevropa tillarini kezib, oxiri nemis yoki fransuz tilidan rus tiliga o‘tgan, ruschadan esa o‘zbekchaga. U arabcha maxzan so‘zining ko‘plik shakli maxozindan, asliyatda xazina, qimmatli mollar saqlanadigan ombor, katta savdo joyi maʼnolarini anglatadi.Maxzan so‘zi tilimizga oldinroq kirib kelgan. Jumladan, Navoiy asarlarida bu so‘z xazina maʼnosida qo‘llanadi. Yana bu so‘z o‘zbekchada qurol, apparat va asboblarning biror narsa joylashtirib qo‘yiladigan qismi maʼnosida ham ishlatiladi.Savol: Bu so’z nima ?
Javob: Magazin
Izoh: Inglizchada jurnallar magazine deb ham ataladi. Bu so‘z ham arabcha maxozinga borib taqaladi. Dastlab harbiy mulklarning bosma ro‘yxati shu so‘z bilan ifodalangani yoki bosma nashr ko‘chma maʼnoda “axborotlar ombori” bo‘lgani uchun jurnal magazin deb atala boshlagan.
Manba: https://t.me/aktamov_blogi/383
Izoh: Tanada qolib ketgan buyumlarni aniqlash uchun rentgen apparatidan oʻtish kerak.
Manba:http://www.rian.ru/rian/index.cfm?prd_id=61&msg_id=2973385&startrow=31&date=2003-01-16&do_alert
23. Birinchi Jahon urushi qurboni bolgan Jon Uotsonning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. London. 1920-yil.
Savol: Ushbu matnda ortiqcha bolgan sozni yozib bering!
Javob: Birinchi!
Izoh: 1939-yillargacha odamlar bu urushni birinchi jahon urushi deb atamagan. Chunki keyingi urush bolishini hali hech kim bilmasdi.
24.Xalqimizga xush keluvchi bu narsaning zararli ekanligini, oshqozonga yomon tasir qilishini xitoyliklar aytishgan. Yaponlar esa bu mahsulotni istemol qilgandan kora, sizni ilon chaqqani yaxshiroq ekanligini aytadi.
Savol: Bu mahsulotni ikki so’zda yozib bering.
Javob: Sovuq choy.
Ba'zi savollar zakovat manbalaridan olindi. Savollar Muallifi @AmirbekAktamov
✅Telegram kanal: https://t.me/Zakovat_Savollarii
👉 Asosiy kanal @aktamov_blogi