March 7

O'quvchilar ligasi savollari

II tur

13. Savol matnidagi bir soʻzdan nota nomi tushib qolgan.
18-19-asrlarda yashab ijod qilgan asl ismi Mamatvali boʻlgan turkman shoirining taxallusi KANA boʻlgan. Ushbu shoir oʻzi haqida koʻp sheʼr yozgani haqida maʼlumot topolmadik.
Savol: Tushirib qoldirilgan bir notani yozib bering.
Javob: mi.
Izoh: Mamatvalining taxallusi Kamina boʻlgan. Kamina soʻzi oʻzbek tilida oʻzlik olmoshini ifodalaydi.
Manba: https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Kamina

14. 1870-yil Qoʻqonda tavallud topgan ushbu shoira ayol qalbidagi his-tuygʻularni oʻziga xos xushboʻy ifordek sheʼrlarga tushirgan.
Savol: Ushbu shoiraning otini aniq toping.
Javob: Anbar Otin.
Izoh: Savol matnida xushboʻylik soʻzi bilan Anbarga, otini soʻrash bilan Otinga ishora qilindi.
Manba: https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Anbar_Otin

15. Sherlok Xolms haqidagi filmlardan birida unda ekvinofobiya kasalligi borligini koʻrish mumkin. Xolms oʻzi qoʻrqadidan U haqida shunday deydi: “Orqa-oldidan xatar, chiqsang ichak-chovogʻing agʻdar-toʻntar”. Geraklning 8-jasorati ham Ular bilan bogʻliq boʻlgan.
Savol: U oʻrnidagi qisqa soʻzni yozib bering.
Javob: Ot.
Izoh: Ekvinofobiya–bu otlardan qoʻrqish kasalligidir. Sherlok Xolms ham otlardan qoʻrqqan. Geraklning 8-jasorati Diomedning otlarini boʻysundirish boʻlgan.
Manba:
1.https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Ekinofobiya
2.http://asilmedia.org/10396-sherlok-xolms-2-uzbek-tilida-2011-kino-hd.html
3.https://en.m.wikipedia.org/wiki/Labours_of_Hercules

16. “Ibtido” asarida Edmond Kirsh ismli olim Uinston laqabli sunʼiy intellekt yaratadi. Bu juda universal sunʼiy intellekt boʻlib, koʻplab vazifalarni bajarishga qodir. Edmond Kirsh Uinstonga Bu ishni qilishni buyurganida u oʻzi joylashgan hududning xaritasini chizib beradi. Koʻplab mashhur rassomlar Bu ishni qilishda koʻzgudan foydalanishgan ekan.
Savol: Bu ishni qilish oʻrnidagi soʻzlarni toping.
Javob: Avtoportret chizish.
Izoh: Sunʼiy intellektga oʻz avtoportretini chizish buyurilganida u oʻzi joylashgan binoning xaritadagi koʻrinishini tasvirlab beradi. Rassomlar esa oʻz suratlarini koʻzguga qarab chizishgan.
Manba:
1.”Ibtido” asari, Den Braun.
2. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Self-portrait

17. Bu mevaning “suti”dan teri kasalliklarini, asosan, kal, soʻgal boʻlganlarni davolashda foydalaniladi. Qurʼonda ham bu meva ma’nosini anglatuvchi sura ham mavjud va meva nomi bilan ataluvchi yagona sura hisoblanadi.
Savol: By qaysi meva?
Javob: Anjir.
Izoh: Anjirning bargidan sutga oʻxshash suv chiqadi va undan soʻgal kabi kasalliklarni bartaraf etishda foydalanishadi. Qurʼondagi Tiyn surasi "anjir" degan maʼnoni anglatadi va meva nomi bilan atalgan yagona suradir.
Manba: https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Anjir

18. Xuddi detektivlardek odamlarga yangi uylar topib beruvchi onlayn savdo saytining nomi inglizcha bir-biridan bir harfga farq qiluvchi ikki soʻzdan iborat.
Savol: Sayt nomini yozib bering.
Javob: Holmes homes.
Manba: https://holmeshomes.com/

19. Savol matnida bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan.
1990-yilda tashkil etilgan MasterCardning koʻp tarmoqli universal debet kartalari nomi Metro deb nomlanadi. 2023-yilda oʻta mohir bastakor Leonard Bernshteyn hayoti haqida hikoya qiluvchi biografik film nomi ham Metro edi.
Savol: Harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering.
Javob: Maestro.
Izoh: Maestro soʻzi ustasi farang, mohir degan maʼnoni anglatadi. Karta ham universal boʻlgani sabab shunday nom olgan. Film nomi ham bastakorning maestro ekaniga ishora qilinib topilgan.
Manba:
1. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Maestro
2. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Maestro_(2023_film)

20. Ernest Gekkel oʻzining “Tabiatning sanʼat turlari” nomli kitobida hayvonlar va turli biologik turlarning 100 dan ortiq suratlarini, batafsil maʼlumotlarini keltirgan. U umri davomida tabiatni oʻz uyi deya hisoblab, doim uni asrab-avaylashga harakat qilgan.

Savol: 1866-yilda Gekkel tomonidan fanga kiritilgan atamani toping?
Javob: Ekologiya.
Izoh: “Ekologiya” soʻzi “Eko” uy, “logos” taʼlimot maʼnolarini anglatadi.
Manba:
1.11-sinf biologiya, 7-bet
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Ernst_Haeckel?wprov=sfla1

21. Chempionlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan Liverpul-Atalanta bahsida mezbonlar hujumchisi Darvin Nunez bir necha bor golli vaziyatlarni ko‘kka sovurib, to‘pni darvozadan yuqoriga tepaverganini ko‘rgan ko‘rgan sharhlovchi hujumchining o‘yin bo‘lib o‘tayotgan kunga hurmati cheksiz ekanligini aytib kinoya qiladi. Bu kun haqida gapirilganda hayolimizga birinchi navbatda Yuriy Gagarin keladi.
Savol: Yevropa ligasi doirasidagi Liverpul hamda Atalanta bahsi aynan qaysi sanada o‘tkazilgan edi?
Javob: 12-aprel.
Izoh: 12-aprel kosmonavtlar kuni sifatida nishonlanadi.
Manba: 1.https://news.sportbox.ru/Vidy_sporta/Futbol/europa_league/stats/turnir_20973/game_1380889570
2.https://uzspace.uz/oz/news/view/94

22. Bir qahramon qutulib ketish uchun turli boʻshliqlari boʻlgan qonunlarni Unga qiyoslaydi. U Shveytsariyada pul oʻrnida ham ishlatilgan.
Savol: U nima?
Javob: Pishloq.
Izoh: Qahramon qonunlar pishloqdagi teshiklarga qiyoslaydi. Shveytsariya pishloqlari butun dunyoda mashhur.
Manba:
1."Комсомольская правда в Украине", 26.08-1.09.2005. — С. 6.
2. http://www.vokrugsveta.ru/vs/article/6197/

23. Kriket, tennis, badminton, regbi, voleybol sport turlarida ishlatiladigan maxsus kompyuter koʻrish tizimi U deb nomlanadi. Ushbu dastur orqali asosan toʻpning tushgan joyi, traektoriyasi kuzatiladi. Boshqa bir U haqidagi serial posterida kichik “a” harfining oʻrtasi nishon koʻrinishida qizil nuqta bilan tasvirlangan.
Savol: Uni qoʻshma soʻzda toping.
Javob: Lochinkoʻz
Izoh: Toʻpning tarektoriyasini aniq kuzatib boruvchi dastur Lochinkoʻz (Hawk-Eye) deb nomlangan. Marvel qahramoni Lochinkoʻz seriali posterida "Hawkeye" soʻzidagi kichik "a" harfi nishonga oʻxshatilib ishlangan.
Manba:
1.https://en.m.wikipedia.org/wiki/Hawk-Eye
2.https://en.wikipedia.org/wiki/Hawkeye_(miniseries)

24. Shoir Rauf Parfining Unga bag‘ishlangan she’rini tinglang.

Hech narsasiz,lekin mehri ziyoda,
Izlar tiriklikning sirli boʻyogʻin.
Buncha gʻarib… razillar koʻp dunyoda?!
Kesib bersamikan qolgan qulogʻin

Savol: Ushbu sheʼri 1853-yilda tugʻilgan qaysi inson haqida?
Javob: Vinsent Van Gog
Manba: https://kh-davron.uz/yangiliklar/tarixiy-sana/30-martda-tugilgan-pol-verlen-vinsent-van-gog.html

@Zakovat_savollarii