March 13

Ramazon, Roʻza, Iftor, Saharlik soʻzlari haqida

Ramazon - kelib chiqishi arabchadir, "quruq issiq" maʼnosini anglatuvchi ramad soʻzidan olingan. Islomdan avval Arablarda iyul/avgust oylariga teng kelgan bu oy islomiy oylarning toʻqqizinchisi sanaladi.

Ro'za - fors-tojikcha kun so'zidan olingan. Ramazonda sahardan og'izochargacha yeb-ichmasdan qilingan ibodatga aytiladi. Turkcha va Ozarchada ro'za so'zi o'rniga oruç so'zi ishlatiladi. Qolgan qardosh xalqlarda, jumladan Qazoqchada - oraza, Qirg'izchada - orozo, Turkmanchada- agız beklemek, Tatarchada- uraza, Uyg'urchada- Ruza tutish kabi atamalar ishlatiladi.

Sahar - Arabcha soʻz. Kun yorishishi, tongning oqarishi, kabi ma'nolarni bildiradi. Saharda yeyiladigan taom, yemek ham deyiladi. Ro'zadorlar ro'zaga sahar vaqti turadilar va ro'zaga niyat qiladilar. Oromi va Suryoni tillarida ham ayni maʼnoda ishlatiladi. Akkad tilida "sheru" deyiladi.

Iftor- Arabchada, nonushta qilish vaqti, roʻza ochish vaqti, ma'nolarida ishlatiladi. O'zbek shevalarimizda bu so'zning muqobili og'izochar'dir.

Manba: ShevashunosManba: Kun.uz

📌@aktamov_blogi