March 13, 2024

Rang orqali tomonlar ifoda etilishi

Ko'kdan so'z ochilganda, ranglardan davom etsak. Rang otlari ko’plab ramziy ma’nolarni anglatishini bilamiz. Bunday ma’nolar orasida ko’k, oq, qora, qizil ranglariga ko’proq berilgani e’tiborni tortadi. Ranglarning ramziy ma’nolari orasida eng eskisi rang orqali tomonlarni ifodalashdir.

Tilimiz tarixida ko’k sharqni, qora shimolni, oq g’arbni, qizil esa janubni ifoda etgan. Markaz esa sariq rangi bilan ifoda etilgan.

Buning kelib chiqishi turkiy xalqlarning harbiy tizimi bilan ham bog’liq. Qo’shinlarni turli qismlarga ajratish, rang nomi bilan atab, boshqarishga qo’l kelgan. Zamon osha rang otiga bir ism qo’shib joy va qavm nomlari yasash ham udumga aylandi. Demak ayniqsa tarixiy joy va qavm nomlarida ranglar uning tomonini ifodalashini angladik.
Qoradaryo, Oqqo’rg’on, Ko’ksaroy kabi geografik otlar, Oqqo’yunli, Qoraqo’yunli, Qora turkashlar kabi qavm nomlarida ularning rangini emas joylashgan o’rnini tushinish kerak.

Manba:Etimalogiya burchagi

📌@aktamov_blogi obuna boʻling.