Maktablardagi Zakovat to‘garagi 8-9-10-11-sinflar uchun (27.02.2024)
1-savol:
Xonanda Shahzoda U nomli qo‘shig‘ini 2007-yil ommaga taqdim etgan, keyinchalik o‘zining yakkaxon
konsertini u nomli qo‘shiq bilan boshlaganligi mantiqiy albatta. Biz ham bugungi to‘garak savollarini u bilan
boshlaymiz. Savol: Uni ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Assalomu alaykum.
Izoh: Xonanda Shahzoda o‘z konsertini Assalomu alaykum nomli qo‘shig‘i bilan boshlaganidek, biz ham
Assalomu alayum deya boshladik.
2-savol:
Daraxt tanasi markazdan boshlab kengayib, har yili yangi Uni hosil qiladi. Akrom Malikning 2021-yil
nashrdan chiqqan qissasi nomi ham U. Savol: Uni toping.
Javob:Halqa.
Izoh: Daraxt tanasi har yili yangi halqa hosil qiladi. Akrom Malikning “Halqa” nomli qissasi kitobxonlar
orasida anchagina mashhur.
3-savol:
Dunyoda insonlar SHUNDAY ishlarda ham ishlashini guvohi bo‘lganmiz va bu odatda volontyorlik deb ham
ataladi. Ba'zan odamlar birlamchi tajriba olish maqsadida SHUNDAY ishlarda faoliyat olib borishga rozi
bo'ladilar. Savol: SHUNDAY o‘rnidagi so‘zni yozib bering.
Javob:Maoshsiz.
Izoh: Insonlar ba’zan biror ishni juda yoqtirgani uchun yoki tajriba orttirish maqsadida maoshsiz ishlashga
ham rozi bo'ladilar.
Zachot: Oyliksiz, Tekin.
4-savol:
Unga bunday nom berilishiga sabab Uning atrofidagilar aylanadigandek va U esa qo‘zg‘almay turgandek
tuyulishi hisoblanadi. Uning rangi sarg‘ish bo‘lib, Quyosh temperaturasidan ancha yuqoridir. Savol: Uni
kimyoviy element nomi qatnashtirib 2 yoki 3 so‘zda yozib bering.
Javob:Temir qoziq yulduzi
Izoh: Temir qoziq yulduzining huddi qoziqdek bir joyda turgandek tuyulgani uchun unga shunday nom
berilgan. Quyosh temperaturasidan yuqoriligi jumlasidan gap yulduz haqida ketayotganini angladingiz
degan umiddamiz.
Zachot: Oltin qoziq yulduzi, qutb yulduzi 5-savol:
Olimlar bir qancha qadimiy sopol buyumlarni tahlil qilib, bu mahsulotlarning necha foizini bolalar, necha
foizini kattalar yasashini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Bunga mahsulotlardagi ULAR yordam berdi. Savol:
Ularni ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Barmoq izlari.
Izoh: Bronza davrining ko'plab sopol haykalchalari, o'yinchoqlari va marosim buyumlarida ushbu
mahsulotlarni haykaltaroshlarning barmoq izlari mavjud. Barmoq izlarini olishning zamonaviy usullari iz
qoldirgan shaxsning taxminiy yoshini aniqlash imkonini beradi: izlarning qariyb o‘n foizi bolalarga, qirq foizi
kattalarga va yana ellik foizi kattalarga yoki yoshlarga tegishli.
6-savol:
Fransiyaning “Parij Sen-Jermen” klubi boshqa ko‘plab futbol jamoalari kabi gerbga ega. Gerb maydoni
uchta teng bo‘lmagan qismga bo‘lingan. Savol: Qaysi obyektning tasviri ajratuvchi vazifasini bajaradi?
Javob:Eyfel minorasi.
7-savol:
Xitoyning 15 kunlik yangi yil bayrami mushakbozlik, uchar chiroqlar va an’anaviy bayramlar bilan o‘tadi.
Omad ramzi bo‘lgan ulkan U tayoq bilan harakatlantiriladi. Savol: Uni toping.
Javob:Ajdarho.
8-savol:
"Tog'a" filmida Jumash jiyaniga o'yinda mag'lub bo'lgandan so'ng: “Hayotda o'zi shunaqa, bugun yutasan,
ertaga yutqazasan, eng asosiysi hayotda U bilan yashash kerak”, - deydi. Boshqa bir U maishiy texnika,
elektronika, uy-jihozlari bilan savdo qiluvchi do'konlari tarmog'idir. Savol: U o'rnidagi so'zni toping.
Javob:Ishonch.
Izoh: Jumash jiyaniga muhimi Ishonchni inson yo'qotib qo'ymaslik keraklik ekanini aytadi. Maishiy
do'konlari tarmog'i nomi ham "Ishoonch''. Sizlardan ham qanday natija bo'lmasin ishonchni yo'qotmaslikni
so’rab qolamiz. Hali hammasi oldinda.
9-savol:
Qur’oni Karimda "U" nomli sura mavjud. Qadimgi Misrliklar "U"ni tayyorlash uchun qamishning faqat sho'r
botqoqliklarda o'sganlarini tanlashgan. NASA fazogirlaridan farqli o'laroq rus fazogirlari fazoda "U"ndan
foydalanishgan. Hozirgi kunda butun dunyoda "U"ni ishlab chiqarishda Xitoy yetakchilik qiladi. 1858-yil 30-
martda Haymen Lipman "U"nga bir element qo'shganligi uchun patent ola boshlaydi. Savol: "U"ni yozib
bering.
Javob:Qalam
Zachot: Qora qalam
10-savol:
Qadimgi Xitoyliklar fikricha, bu predmet qora kuchlardan uyni himoya qilgan. Unga hurmat bilan
munosabatda bo‘lishgan va baland o‘rinlarga ko‘tarishgan. Shu bilan birga, u inson kelajagini ko‘rsatadi,
degan afsona ham bo‘lgan. Savol: Bu predmetni toping.
Javob:Ko‘zgu.
11-savol:
Muhammad Yusuf ijodidan to‘rtlik: Do‘ppi kiymay qo‘ydi odamlar, Bir shoir, bir noshirdan boshqa. Sochlar
silliq, Silliq qadamlar, U og‘irlik qilyapti boshga. Ushbu she’rda ta’riflangan shoir bu Muhammad Yusufning
o‘zi. Savol: Ushbu she’rda tariflangan 20-asr boshida Toshkentda tug‘ilgan noshir kim?
Javob:G‘afur G‘ulom.
12-savol:
Savol matnidagi ikki soʻzdan bir necha harflar tushib qolgan. Muhammad ibn Shohrux ibn Temur Koʻragon
U ZINAni shogirdiga topshiradi. Shogirdi esa U ZINAni yashirib qoʻyadi. "Galaktikada bir kun" asari
qahramoni Ahmad koinot kutubxonasiga borganda U ZINAni koʻrib, yerning mulkini qaytarishni soʻraydi.
Savol: Harflari tushib qolgan ikki soʻzni asl holida yozib bering.
Javob:Ulug‘bek Xazinasi.
13-savol:
1871-yilda Chikagoda katta yong'in va 1872-yilda suv toshqini bo'lgan. Savol: 1885-yilda qurilgan birinchi
Chikago osmono'par binosiga egalik qilgan kompaniya nima bilan shug‘ullangan?
Javob:Sug‘urta.
14-savol:
Jan Belivo Monrealdan dunyo boʻylab sayohatga chiqadi. Bir necha yil o'tgach, San-Pauluda u o‘ziga
yigirma yettinchi Uni sotib oladi. Savol: Uni toping.
Javob:bir juft poyabzal.
Izoh: Jan Belivo piyoda dunyo bo‘ylab sayohatga chiqadi
Zachot: Poyabzal, oyoqkiyim..
15-savol:
Hazilga ko‘ra, bir Marvel qahramoni O‘zbekiston yoki sobiq sovet davlatlarida bo‘lganida bahor fasliga kelib
oq getra, ya’ni uzun paypoqqa ega bo‘lardi. Savol: U doim takrorlaydigan ismini yozib bering.
Javob:Grut.
Izoh: Bilasizki Grut daraxt. Bahor faslida daraxtlar ohakga bo'yaladi. U doimo “Men Grutman” deb yuradi.
16-savol:
Astronom Gershell fikriga ko‘ra quyosh unchalik issiq emas va unda tirik jon bo‘lishi mumkin. Yozuvchi
Sigov quyoshdagi qora dog'lar "U" bo'lishi mumkinligini aytadi. 1958-yilgi ertak-roman nomida ham "u" ni
ko'rish mumkin. Savol: Bu ertak nomida qaysi mashhur personaj nomini uchratish mumkinligini
bilmasangiz ham yozib bering.
Javob:Bilmasvoy
Izoh: Nikolay Nosovning "Bilmasvoy. Quyosh shahrida" ertak-romani 1958-yilda yozilgan. Fantast yozuvchi
quyoshdagi qora dog'lar quyosh shahri bo'lishi mumkinligini aytadi.
17-savol:
Gerbert Guver urushlarni keltiradigan ziyonlari haqida aytar ekan, “Urushni boshlaydigan ulardir, urushda
o‘ladigan yoshlardir, urushni azobini chekadigan esa ayollar va bolalardir”. Kichkina shahzoda asari
qahramoni ham Ularni tanqid qilganiga guvoh bo‘lasiz. Savol: Ular kimlar?
Javob:Kattalar.
18-savol:
Nirvana Vamoy asari qahramonining hayoti ko‘p pullar, qizlar va chiroyli mashinalar orasida o‘tadi. Bu
holat bir predmet ularni yo‘qotmaguncha davom etadi. Bu predmet ko‘pchilikni g‘ashiga tegishi bor gap.
Savol: Bu predmetni toping.
Javob:Budilnik.
Izoh: bu holatlarning barchasi personajning tushida bo‘lgan. Budilnik esa doim bu tushlarni "beliga
tepgan". Oramizda ko‘pchilik budilnikni yoqtirmasa kerak.
19-savol:
Yaponiyada ishlab chiqarilgan avtomobillar qo'shni mamlakatlaridan biriga eksport qilina boshlandi. Lekin
tormoz tizimidagi va boshqa kichik muammolar tufayli mashinalar eksporti to'xtatildi va ortga qaytarildi.
Savol: Ushbu voqeaga atalgan maqolada uchrovchi Avstraliya aborigenlari tilidan kelib chiqqan so‘zni yozib
bering.
Javob:Bumerang.
Izoh: Bumerang ham ortiga qaytishini bilsangiz kerak.
20-savol:
Bir romanda yozilishicha, IKSning keng tarqalishidan oldin Arizona shtatida bahor mavsumida odamlar birbirinikiga kam borishgan ekan. Arizonada bahorda tug‘ilish darajasi boshqa mavsumlarga qaraganda
ancha past bo‘lgan. IKS ixtiro qilingandan keyin bu farq deyarli sezilmay ketgan. Savol: IKS nima?
Javob:Konditsioner
Izoh: Arizona o'zining issiq iqlimi bilan mashhur. 1970-largacha bahorda tug'ilish darajasi past bo'lgan, 20-
asrning oxiriga kelib farq deyarli yo'q bo'lib ketgan.
Telegram kanal: ✅ https://t.me/Zakovat_Savollarii