May 8

Ikkinchi Liga bahorgi mavsum 4-tur savollari (18.04.2026)

1-savol:
Savol matnida bir so‘zdan harflar tushirib qoldirilgan.
“The Lego Movie” animatsiyasida qahramonlar deyarli barcha ishni bajarishda IKSga tayanishadi.
Savol: Harflari tushirib qoldirilgan kelib chiqishi lotincha so‘zni yozib bering.
Javob:Instruksiya.
Izoh: Lego o‘yinchoqlarini yig‘ishda har doim maxsus ko‘rsatmalar – ya’ni instruksiyadan foydalaniladi.
Filmda ham qahramonlarning “hamma ishni qoida va ko‘rsatma asosida qilish”ga majbur bo‘lishi shu
tushunchaga ishora qiladi.
2-savol:

Tarqatmada “The Police” guruhining qo‘shig‘idan parcha.

Savol: Ushbu qo‘shiq nechanchi yilda Gremmi mukofotining “Yilning eng yaxshi qo‘shig‘i”
nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan?
Javob:1984-yilda.
Izoh: Sting bu qo‘shiqni yozishda kuzatuv, nazorat va “katta aka” g‘oyasidan ilhomlanganini aytgan.
Matnda oshiqning sevgilisining har bir nafasi va harakatini kuzatib borishi tasvirlanadi. Qiziq tomoni
shundaki, 1983-yilda chiqqan qo‘shiq 1984-yilgi Grammy marosimida “Yilning eng yaxshi qo‘shig‘i”
yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan.

3-savol:
Klaustrofobiya – lift, MRT apparati kabi tor joylardan qo‘rqish bilan tavsiflanadigan holat hisoblanadi.
Podkastlardan birida, klaustrofobiyaning sababi sifatida tor joylar insonga Uni eslatishi aytiladi. Kreativ
dizaynda ishlangan Ulardan biri tuxum shaklida bo‘lgani esa biroz paradoksal.
Savol: Matnda ikki o‘rinda harflari tushirib qoldirilgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Tobut.
Izoh: Klaustrofobiyada tor joylardan qo‘rquv hissi tobut bilan bog‘liq assotsiatsiya orqali tushuntiriladi.
Tobutning hayot va tug‘ilish bilan bog‘lanadigan tuxum shaklida ishlanishi mazmunan paradoksal holatdir.

4-savol:
Mashhurlarning qimmatbaho avtomobil kolleksiyalari haqidagi maqolaga “IKSdagi millionlar” deb
sarlavha berilgan. “Mashhur kompaniyalar yo‘lini bersin” deya asos solingan startaplar platformasining
nomida ham IKS so‘zi uchraydi.
Savol: IKSni o‘zbekcha bo‘lmagan so‘zda yozib bering.
Javob:Garaj.
Izoh: “Garajdagi millionlar” sarlavhali maqolada mashhurlarning qimmatbaho avtomobil kolleksiyalari
haqida so‘z boradi. Mashhur kompaniyalar ham o‘z ishlarini aynan garajda boshlashgan.
5-savol:

tarqatma

O‘zbekiston Superligasining 2026-yilgi mavsumiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bir futbol klubining
videoroligida ushbu kadrni ko‘rish mumkin.
Savol: Qaysi klub?
Javob:Lokomotiv.
Izoh: “Lokomotiv” — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksionerlik jamiyati homiyligidagi jamoa. Videorolikda
“Temiryo‘llar — iqtisodiyotning qon tomiri” degan mashhur ta’rifga ishora qilingan bo‘lib, kadrda temiryo‘l
tarmog‘ining qon tomirlariga o‘xshatilishi tasvirlangan.
6-savol:
“Formula-1” bo‘yicha Mayami Gran-prisi oldidan haydovchilar Ulardan yasalgan avtomobillarda parad
uyushtirishdi. Bu xabarga hazil izohlardan birida “Ferrari nihoyat “Konstruktorlar kubogi”ni yutish
imkoniga ega bo‘ldi” deyilgan.
Savol: Ularni bir yoki ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Lego [bo‘laklari].
Izoh: “Formula-1”da mavsum yakunida eng yaxshi jamoa “Konstruktorlar kubogi”ni qo‘lga kiritadi. So‘nggi
yillarda bu borada omadi kelmayotgan Ferrari jamoasi haydovchilari Lego konstruktorlaridan yasalgan
bolidlarda parad qilgani sababli, “Ferrari nihoyat konstruktorlar bilan ishlayapti” mazmunida hazil qilingan.
7-savol:

tarqatma

Tarqatma materialdagi Rossiyalik xokkeychi Andreyning familiyasi noodatiy tuyuladi. Manbalarga ko‘ra, bu
familiya tug‘ma nuqson bilan emas, balki uning bobosi Arman genotsidi davrida bir nechta barmoqlarini
yo‘qotgani bilan izohlanadi.
Savol: Xokkeychining familiyasini to‘liq holda yozib bering.
Javob:Altibarmakyan.
Izoh: “Altibarmakyan” familiyasi etimologik jihatdan “olti barmoqli” ma’nosini beradi. Dastlab bu laqab
sifatida paydo bo‘lib, keyinchalik familiyaga aylangan. Familiya Andrey Altibarmakyanning bobosi boshidan
kechirgan tarixiy fojea bilan bog‘liq.
Zachot: Oltibarmakyan.
8-savol:
Bir versiyaga ko‘ra, qadimda shoh Sulaymon ibodatxonasi qurilishi paytida arxitektor Adoniram ishchilar
tomonidan BETA yordamida o‘ldirilgan. Biroq ishchilar o‘z jinoyatini yashira olishmagan. Shu sababli BETA
hukm ramziga aylangan.
Savol: BETA bilan almashgan so‘zni yozib bering.
Javob:Bolg‘a.
Izoh: Sud jarayonida bolg‘aning urilishi yakuniy qarorni anglatadi. Sudya bolg‘achasi (gavel) ramzi kelib
chiqishini Adoniram haqidagi ushbu rivoyat bilan bog‘lovchi versiya mavjud.
9-savol: Дуплет

tarqatma

1. Viktor Pelevinning “Empire V” asari bosh qahramoni U hisoblanadi.
Savol: Uni kelib chiqishi eski slavyancha so‘zda yozib bering.
2. Ikkinchi tarqatmada Jennie va Tame Impala ijrosidagi qo‘shiqdan parcha keltirilgan.

Javob:Vampir.
Izoh: Viktor Pelevin asar nomini tanlashda inglizcha vampire so‘zi bilan “Empire V” yozilishi o‘rtasida o‘ziga
xos anagramma qilgan. “Vampir” so‘zi eskislavyan tilidagi so‘zdan kelib chiqqan.

Ikkinchi tarqatmada Jennie va Tame Impala ijrosidagi qo‘shiqdan parcha keltirilgan.
Savol: Nuqtalar o‘rnidagi atoqli otni yozib bering.
Javob:Drakula.
Izoh: “Vampir” so‘zi eskislavyan tilidagi so‘zdan kelib chiqqan. Ikkinchi savolda esa Drakula so‘zi
qo‘shiqdagi spectacular so‘zi bilan qofiyadosh tarzda kelgan.

10-savol:
Adabiyotshunos Hamid Qurbonboyev Ushbu xalq dostonining ko‘plab baxshilarimiz tomonidan ijro etilishi
sababi sifatida, ilgarilari baxshilarning iste’dodi shu dostonni ayta olishiga qarab belgilanganligini keltirib
o‘tadi. Hazilga ko‘ra, bu dostonni har sutkada foizga pul oladigan odamlar sevib o‘qiydi deyiladi.
Savol: Bu qaysi doston?
Javob:Kuntug’mish.
Izoh: Adabiyotshunos “Kuntug’mish” dostoni juda ko‘plab baxshilar og’zidan yozib olinganligining sababi
sifatida baxshilar iste’dodi shu doston bilan baholangan degan ma’lumotni keltiradi.
11-savol:
Qozoq kinoijodkorlari tomonidan ishlangan “Zamanback” nomli filmda bosh qahramon birnecha yil ortga
qaytib, yoshlikdagi ota-onasi va ularning do‘stlari bilan uchrashadi.
Savol: Personaj aynan necha yil ortga qaytib qoladi?
Javob:30 yil.
Izoh: Film nomi va syujetidan sezganingizdek, bu film mashhur “Kelajakka qaytib” filmining qozoqcha
varianti hisoblanadi. “Kelajakga qaytib” franshizasida ham Marti Makflay 30 yil oraliqdagi vaqt bo‘ylab
sayohat qiladi.

12-savol:
Savol matnida bir so‘zdan harflar tushirib qoldirilgan.
“Vinland haqida saga” animesida Leyf Eriksson ismli personaj bolalarga dengiz ortida yangi yerlar borligi,
hatto mahalliy aholi bilan uchrashganligi haqida so‘zlab beradi. Bir-birining tilini tushunishmasada darrov
do‘stlashishgani va qo‘lidagi Uni sovg‘a sifatida olganini ham aytadi.
Savol: Matnda harflari tushirib qoldirilgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Trubka
Izoh: Leyf Eriksson Kolumbdan oldin Amerikaga borgan ilk vikinglardan hisoblanadi. Vikinglar Amerika
yerlarini Vinland deb atashgan.
13-savol:
O‘rta asrlarda Nyufaundlendda haqiqatdan ham uzum o‘sgan bo‘lishi mumkinligi, yoki qorag‘atdan vino
tayyorlash odati Bu toponim nomining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan degan versiyalar mavjud.
Savol: Gap qaysi toponim haqida ketmoqda?
Javob:Vinland.
Izoh: 12-savolda biz Vinland hududi haqida eslab o‘tgan edik. Vikinglar Amerikaga borgach bu yerlarni
Vinland (vino yerlari yoki uzumzor yerlar) deb atashgan. Lekin ular borgan hozirgi Kanada hududlarida
uzum o‘sishi qiyin holat.
14-savol:

tarqatma

Atsteklar e’tiqodiga ko‘ra, Ksolo it zoti marhumlarning ruhini o‘liklar dunyosiga kuzatib boradi.
Savol: 2017-yilda chiqqan qaysi manbada aynan shu zotdagi itni ko‘rishimiz mumkin?
Javob:Koko siri.
Izoh: Multfilm voqealari Meksikadagi o‘liklar dunyosi bilan bog‘liq bo‘lib, bosh qahramon bilan birga u
dunyoga o‘tuvchi it ksolo zotidan tasvirlangan. Bu detal atsteklar e’tiqodidagi “ruhlarni kuzatib boruvchi it”
motiviga bevosita ishora qiladi.
15-savol:

Atsteklar e’tiqodiga ko‘ra, Ksolo itlari marhumlarni o‘liklar dunyosiga kuzatib boradi. “Koko siri”
animatsiyasida ksolo zotli itning laqabi U. Boshqa bir U XIII asrda tug‘ilgan ijodkor ismi.
Savol: Uni yozib bering.
Javob:Dante.
Izoh: “Koko siri” multfilmida bosh qahramonga hamroh bo‘ladigan Ksolo itining laqabi Dante bo‘lib, bu nom
Dante Aligeriga ishora qiladi. Dante Aligerining “Ilohiy komediya” asari ham o‘liklar olamiga sayohat motivi
bilan mashhur.
16-savol:
Dmitriy Medvedev ijtimoiy tarmoqdagi postlaridan birida Rossiya va AQSh o‘rtasida yadroviy kuchlarni
cheklovchi kelishuv endi qolmaganini ta’kidlar ekan, mashhur serialdagi iboradan foydalanadi.
Savol: O‘sha iborani yozib bering.
Javob:Qish yaqin.
Izoh: Yadroviy qurollarni cheklovchi kelishuvlarning yo‘qligi dunyo yadroviy urush boshlanishi mumkin
bo‘lgan eng xavfli holatlardan birida ekanini anglatadi. Medvedev bu fikrni kuchaytirish uchun “Taxtlar
o‘yini” serialidagi mashhur “Winter is coming” iborasidan foydalangan. Bu yerda ibora yadroviy urushdan
keyin yuz berishi mumkin bo‘lgan “yadroviy qish”ga ishora sifatida ishlatilgan.
Zachot: Winter is coming; Зима близко.
17-savol:
Jyul Vernning “Sirli orol” asari asosida suratga olingan filmning ruscha dublyajida cho‘kayotgan oroldan
qutulish uchun Uni topish kerakligi aytiladi. Shunda qahramonlardan biri: “Qanday qilib rok guruhi bizni
qutqarishi mumkin?” – deya hayron bo‘ladi.
Savol: U nimaligini toping.
Javob:Nautilus kemasi.
Izoh: Film syujetiga ko‘ra, oroldan ketish uchun Kapitan Nemo yashiringan suvosti kemasini topish zarur
bo‘ladi. Bu kema – Nautilus. Jyul Vernning boshqa mashhur asaridagi mashhur kema. Rus tilida esa
Nautilus Pompilius nomli mashhur rok guruhi mavjudligi sababli, “Nautilus” so‘zi noto‘g‘ri tushunilib, kulgili
dialog yuzaga keladi. Shu bois bu hazil faqat rus dublyajida uchraydi.
Zachot: Nautilus.
18-savol:

Tarqatmada yapon animesidagi olovni boshqara oluvchi personaj berilgan. Epizodlardan birida bu
personajni ilk bor ko‘rgan bosh qahramon uni IKS deb ataydi. IKSning oxirgi faolligi 1708–1709-
yillarga to‘g‘ri keladi.
Savol: IKS o‘rnidagi nomni yozib bering.
Javob:Fudzi
Izoh: Yaponiyadagi mashhur Fudzi vulqonining tarixdagi so‘nggi katta faolligi 1707–1708-yillarda
kuzatilgan. Jujutsu Kaisen animesida esa olov bilan bog‘liq personaj ilk bor ko‘ringanda, bosh qahramon uni
ramziy tarzda Fudzi deb ataydi, bu olov va vulqon assotsiatsiyasiga ishora hisoblanadi.
Zachot: Fudziyama; Fudzi vulqoni.
19-savol:
Savolda bir so‘z boshqa so‘zni almashtirib keladi.
Xitoyliklar joriy yangi yil munosabati bilan o‘z uylarini Garri Potter franshizasidagi Drako Malfoy portretlari
bilan bezashdi. Bunga sabab Drako Malfoyning familiyasi xitoy tilida “omad keltiruvchi SIFAT” deb
tarjima qilinishidir.
Savol: Almashtirilgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Ot.
Izoh: Xitoy taqvimiga ko‘ra bu yil ot yili hisoblanadi. Savolda esa biz sifat so‘z turkumini ot bilan
almashtirdik.
20-savol:

Filipp Dik asari asosida yaratilgan syujetda bosh qahramon robotlar ham o‘ylash qobiliyatiga ega bo‘lsa,
nega inson emasmiz, degan falsafiy savol ustida qiynaladi. Biz qahramonning familiyasidan bir nechta
harfni tushirib qoldirdik.
Savol: Personajning familiyasini yozib bering.
Javob:Dekard.
Izoh: Qahramonning familiyasi Dekard fransuz faylasufi Rene Dekartning mashhur “Men fikrlayman, demak
mavjudman” g‘oyasiga ishora sifatida tanlangan. Asarda “o‘ylay oladigan robotni shunchaki mashina
deyish mumkinmi?” degan falsafiy savol paydo bo‘ladi.

21-savol:
“Zamanback” filmida bosh personaj 30 yil ortga qaytib qoladi va keyinchalik o‘z davriga qaytganida
uylanadi. Personaj uylanish paytida ushbu maqolga to‘g‘ri ma’noda amal qilganini aytadi.
Savol: Qaysi maqol?
Javob:Onasini ko‘rib qizini ol.
Izoh: Personaj 30 yil ortga qaytganida o‘zi uylanadigan qizning onasining yoshligini ko‘rib qaytadi va o‘z
davriga qaytgach o‘sha ayolning qiziga uylanadi.
22-savol:

Muhammadaziz Sodirov mental arifmetika bo‘yicha iste’dodi bilan tanilgan vunderkind hisoblanadi.
Tarqatma materialda Muhammadazizning bu iste’dodi ortidagi sirlari haqidagi maqola sarlavhasi.
Savol: Tarqatmada harflari berkitilgan so‘zni asl holida yozib bering?
Javob:Abakus-dabra.
Izoh: Abakus – arifmetik amallarni bajarish maqsadida yaratilgan qadimiy qurilma hisoblanadi. Maqola
sarlavhasida “abraka-dabra” sehrli so‘zlariga kreativ tarzda o‘zgartirish kiritilgan.
23-savol:
“Maqbul” nomli hind filmida Maqbul ismli bosh qahramon jinoyatchilar boshlig‘ining yaqin yordamchisi
hisoblanadi. Lekin sevgilisining gapiga kirib, jinoiy to‘da rahbari bo‘lish uchun boshlig‘ini o‘ldiradi.
Savol: Vikipediya maqolasida bu film qaysi klassik asar ekranizatsiyasi ekanligi aytilgan?
Javob:Makbet
Izoh: Film Uilyam Shekspirning “Makbet” asarining zamonaviy adaptatsiyasidir. Ijodkorlar bosh qahramon
ismini ham Makbetnikiga yaqin tanlashgan. Shekspir asarida ham Makbet xotini gapiga kirib qirol Dunkanni
o‘ldiradi.

24-savol:
Futbolchi Endrik Lion jamoasiga transfer qilingach, Real Madrid fan klub kanallaridan birida Endrik bilan
xayrlashuv uchun “Garri Potter” franshizasida ishlatigan iqtibosni bir harf o‘zgartirilgan holda e’lon qilindi.
Savol: O‘sha iqtibosni asl yoki o‘zgartirilgan holida yozib bering.
Javob:Dobbi endi ozod.
Izoh: Futbolchi Endrik Bobbi Charltonning muhlisiman degan so‘zlari uchun shu laqabga ega bo‘lgan.
Maqolada Garri Potter franshizasidagi “Dobbi endi ozod” frazasini bir harfga o‘zgartirishgan.
Zachot: Bobbi endi ozod.

@Zakovat_savollarii