Talabalar ligasi 2024/25 kuzgi mavsum 2-tur (26.09.2024)
1-savol:
Savol matnida bir so‘zdan bir necha o‘rinda harflar tushirib qoldirilgan. OY - sanad zanjirida turib, oʻzidan
oldingi kishidan hadis eshitib, rivoyatning barcha shartlariga rioya qilgan holda o‘sha hadisni keyingilarga
aytgan kishi hisoblanadi. Imom al-Buxoriy, Imom Muslim, Muhammad Muso at-Termiziy ham OY sanaladi.
OYlar ishonchli va zaifligiga qarab turlarga ajratiladi. Savol: Harflari tushirib qoldirilgan so‘zni asl holida
yozib bering.
Javob:Roviy
Manba: 1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Roviy 2. https://www.islamonline.uz/dictionary/word?id=3320
2-savol:
Belaruslik yozuvchining 1980-yillar oxiri aks etgan bir asarida shunday soʻzlar uchraydi: - Kimdir bozordan
tulki mo‘ynali telpak sotib olgan ekan, o‘zining sochi toʻkilib ketibdi; - Asalarilar 4 kun davomida inlaridan
chiqishmadi; - Chuvalchanglar 2 metr yer ostiga kirib ketishdi. Savol: Ushbu asar nomida qaysi toponimni
koʻrishimiz mumkin?
Javob:Chernobil
Izoh: Svetlana Alekseevichning “Chernobil tavallosi” asarida AES halokatidan keyingi voqealar tasvirlanadi.
Manba: Svetlana Alekseevichning “Chernobil tavallosi”
3-savol:
Savol matnida bir soʻzdan bir necha harf tushirib qoldirilgan. Kitoblardan birida aytilishicha, U zamonaviy
odamlar uchun tartibsiz, pol supurishdan boshqasiga yaramaydigandek ko‘rinishi mumkin. 16-17-asrlarda
yashagan yilnomachi Poma de Ayalaning soʻzlariga koʻra, qadimiy inklar imperiyani aslida U orqali
boshqarilgan. Savol: Harflari tushirib qoldirilgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Kipu
Izoh: Kipu qadimgi Inka yozuv turi va pechak iplariga bog‘langan tugunlardan tashkil topgan yozuvdir.
Inklar imperiyasida sodir bo‘lgan deyarli barcha voqealar kipu orqali qayd etilgan. Vizual ravishda, uzun va
tartibsiz kipu polni tozalash uchun mo‘ljallangan cho‘tkali supurgiga o‘xshaydi. Imperiyada sodir bo‘lgan
hamma narsa kipuda aks etganligi sababli, yilnomachi aslida kipu imperiyani boshqargan deb yozgan.
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Quipu
4-savol:
“Yaxshisi Solga qo‘ng‘iroq qiling!” serialidagi epizodlardan birida advokat Sol Gudman o‘zini adolatli shaxs
ekanligini va hamma aybdorlar qilmishlariga yarasha jazolanishi kerakligini aytib, miloddan avvalgi 18-
asrda yozilgan “U”ni esga oladi. U akkad tilida, mixxat yozuvida bayon etilgan. Savol: Uni ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Xammurapi qonunlari
Izoh: Sol Gudman ikki o‘smirni hayotini saqlab uchun Tukoga “Xammurapi qonunlari”ni eslatib o‘tadi.
Xammurapi o‘z navbatida har bitta jinoyat uchun keskin va o‘z o‘rnida adolatli qarorlari bilan tarixda o‘ziga
xos iz qoldirgan.
Manba: 1. Qadimgi dunyo tarixi – 6-sinf, 49-bet (2017) 2. “Yaxshisi Solga qo‘ng’iroq qiling!” seriali, 1-
mavsumi, 2-qismi, 21-daqiqasi. 3. https://www.itv.uz/detail/5916?fileId=854822 4.
https://en.m.wikipedia.org/wiki/Code_of_Hammurabi
5-savol:
“Murtadlar” filmida voqealar mafiya uchun ishlovchi politsiya xodimi Kollin Sallivan va politsiya uchun
ishlovchi mafiya a’zosi Billi Kostigan haqida boradi. Epizodlardan birida, Kostigan politsiya boshlig‘i Kuinan
bilan tunda maxfiy tarzda uchrashadi. Ularning suhbati fonida, devorda XV asr oxirida yaratilgan bir surat
osilganini ko‘rish mumkin. Savol: O‘sha surat muallifini yozib bering.
Javob:Leonardo da Vinchi
Izoh: Da Vinchining mo‘yqalamiga tegishli “Maxfiy kecha” kartinasi Kostigan va Kuinan uchrashgan
epizodda devorda turgan edi. Uchrashuvning maxfiy tarzda va tunda bo‘layotgani sizni ushbu asarga
yetakladi degan umiddamiz. Ha, aytgancha, ushbu filmda bosh qahramon - Bill Kostiganni gavdalantirgan
aktyor Leonardo di Kaprio edi. Di Kaprioga ham ism tanlashda uning ota-onasi da Vinchi ismidan
ilhomlanilgan degan versiya mavjud.
Manba: 1. https://hdrezka.ag/films/detective/824-otstupniki-2006.html 01:16:41 2.
https://shorturl.at/amnLM
6-savol:
Amerikalik yozuvchi Devid Lodj 20-asrning 2-yarmida juda ko‘p yevropaliklarning Amerikaga ko‘chib
o‘tishini “teskari madaniy U” deya ataydi. U Meksika ko‘rfazidan boshlanib, Florida bo‘g‘ozi va Amerika
Qo‘shma Shtatlarining sharqiy qirg‘oq chizig‘i bo‘ylab o‘tadigan issiq oqim nomi. Savol: Uni bir so‘zda yozib
bering.
Javob:Golfstrim
Izoh: Golfstrim shamol oqimi doimo g‘arbdan sharqqa ya’ni Yevropa tomoniga yo‘naluvchi Atlantika iliq
shamolidir.
Manba: Adabiyot: 7-sinf uchun darslik / Z. I. Mirzayeva, K. Q. Djalilov. – Toshkent: Respublika ta’lim
markazi, 2022. – 42-bet. 2. https://en.wikipedia.org/wiki/Gulf_Stream
7-savol: Дуплет
1.
Bu soʻz arabchadan olingan boʻlib, eng fozil, eng fazilatli ma’nosiga ega. O‘zbek tilida esa yaxshi, a’lo, ortiq
ma’nolarida qo‘llanadi. Bu soʻz qatnashgan ibora esa a’lo hisoblamoq, ortiq deb bilmoq ma’nolarini
anglatadi. Savol: Unlilari bir xil boʻlgan bu soʻzni yozib bering.
Javob:Afzal
Manba: https://uz.wiktionary.org/wiki/afzal
2.
Bu soʻz oʻzbek tiliga forschadan kirib kelgan bo‘lib, ish quroli degan ma’noni bildiradi. O‘zbek tilida otulovni minish yoki aravaga qo‘shish uchun zarur bo‘ladigan asboblar majmui degan maʼnoda ishlatiladi.
Savol: Unlilari bir xil boʻlgan bu soʻzni yozib bering.
Javob:Abzal
Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Abzal
8-savol:
47 yoshli fransiyalik havaskor Rishar Plo bir mahsulotdan Eyfel minorasining 7 metrlik maketini yasagan
holda, Ginness rekordlar kitobiga kiritildi. O‘tgan asrning so‘nggi choragidagi bir manbada esa ushbu
mahsulot sababli bir insonning umri alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib ketishiga oz qoladi. Savol: O‘sha mahsulotni yozib
bering.
Javob:Gugurt
Izoh: Rishar 7 metrlik minorani gugurtdan quradi. “Gugurtga ketib” nomli sovet filmida esa aktyor
Yevgeniy Leonov gavdalantirgan Aanti Ihalainnen hayoti oddiy gugurt sababli alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib ketadi.
Manba: 1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Gugurtga_ketib 2. https://shorturl.at/g5IeI
9-savol:
Bu shahar Janubiy Uraldagi eng yirik shaharlardan biri. Unga 1734-yili imperator Anna Ioannovna qarori
bilan asos solingan. Or [oʻqilishi – Oʻr] va Yoyiq daryolari qoʻshilgan joyda bir qoʻrgʻon barpo etiladi. Uni
daryo nomi bilan Or qalʼasi deb ataydilar. Oʻsha davrdagi urfga koʻra shahar-qoʻrgʻon nemischa Or daryosi
boʻyidagi shahar nomini oladi. Keyinchalik u bir necha bor Yoyiq daryosining quyi qismiga koʻchiriladi.
Savol: Siz yuqorida Rossiyadagi qaysi shahar etimologiyasi haqida ma’lumotlarni tingladingiz?
Javob:Orenburg
Manba: https://t.me/oriftolib/3488
10-savol:
Kunlardan bir kuni lo‘li rassom Mark Shagalga fol ochadi. Unda Shagalning 3 marta uylanishini va parvoz vaqti vafot etishini aytadi. Shagal haqiqatdan ham uch marta turmush quradi. Foldan xabari bo‘lgan
Markning uchinchi xotini Valentina Brodskaya uni umuman samolyotga chiqarmaydi. Ammo, kunlarning
birida Shagal Unga chiqqan paytida vafot etadi va qaysidir ma’noda fol amalga oshadi. Ma’lumotlarga
ko‘ra, birinchi U miloddan avvalgi 236-yilda yaratilgan ekan. Savol: U o‘rnida almashgan so‘zni yozib
bering.
Javob:Lift
Izoh: Qanchalik g‘alati bo‘lsa-da, Shagal liftdan tepaga ko‘tarilayotgan payti yurak xurujidan vafot etadi.
Lift arxitektor Vitruviyning yozib qoldirishicha mil. avv. 236-yilda Rimda yaratilgan.
Zachot: Elevator
Manba: 1. https://t.me/nota_bene1/2987 2. https://shorturl.at/hOTX8
11-savol:
YouTube videoxostingi o‘z kanalida 100 mingdan ziyod jonli obunachiga ega bo‘lgan proyekt egalariga
kumush knopka taqdim etishidan xabardorsiz. Kunlarning birida YouTube 100 minglik dovonni zabt etgan
bir blogerga kumush knopkani ustida kir, loy va chang bilan qoplangan ko‘rinishda taqdim etadi. Savol:
Ushbu blogerning kontentlarining asosiy qismida qanday mazmundagi videolar havola etiladi?
Javob:Tozalash
Izoh: YouTube ham ba’zi vaqtlarda o‘ziga xos kreativ yechimlarni taqdim etishi bilan mashhur. Xususan
“Cleaning the Dirties” kanalining ham muvaffaqiyati shu tarzda original taqdirlangan. Ammo, kontekt
yaratuvchisi o‘sha kumush knopkani yuvib tozalab ham yana bitta tayyor videorolikka ega chiqqan.
Zachot: Yuvish, Tozalab yuvish.
Manba: https://youtube.com/shorts/lzQpVwuKFMw?si=gvRpp3mhpBrLRBXE
12-savol:
Diqqat, savolni o‘ylash uchun sizda roppa-rosa 60 soniya vaqt bor. Ushbu shaxs Mansur Somoniy
topshirig‘i bilan “Shohnoma” asarini yozishni boshlaydi. Ammo, “Arjasp va Gushtasp” nomli 1000 baytli
dostonni yozib tugatgan payti o‘ldiriladi. Savol: 956-yili Balxda tug‘ilgan bu insonni yozib bering.
Javob:Abu Mansur Muhammad ibn Ahmad
Izoh: Balxda tug‘ilgan Daqiqiy yoshligida o‘qish uchun Buxoroga kelgan va umrining oxirigacha shu yerda
qolgan. Uning “Arjasp va Gushtasp” nomli dostoni zardushtiylik dinining yaratilishiga doir nodir asarlardan
biri hisoblanadi.
Zachot: Daqiqiy
Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Daqiqiy
13-savol:
Siz tarqatmada 2013-yilda 150 yillik yubileyi nishonlanishi arafasidagi UNGA bag‘ishlangan Google dudlini
ko‘rib turibsiz. U o‘z faoliyatini 1863-yilda boshlagan. Savol: Uning nima ekanligini toponim qatnashtirgan
holda yozib bering.
Javob:London metropoliteni
Izoh: London metrosi dunyodagi eng birinchi ochilgan metro hisoblanib, uning birinchi harakati 1863-
yilning 10-yanvarida amalga oshirilgan. O‘sha paytda unda 7 ta stansiya mavjud bo‘lgan.
Zachot: London metrosi
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Лондонский_метрополитен 2.
https://www.wallpaper.com/design/the-best-art-and-design-google-doodles-of-all-time
14-savol:
Bryus Li shu darajada tez ediki, uning harakatlarini aniq ko‘ra olish uchun bu ko‘rsatkich 32 bo‘lishi kerak.
PUBG uchun bu ko‘rsatkich 120 va undan yuqori bo‘lgandagina siz bekamu-ko‘st va qotishlarsiz o‘yinni
o‘ynashingiz mumkin ekan. Savol: Bu ko‘rsatkich deganda nima nazarda tutilmoqda?
Javob:1 sekunddagi kadrlar soni
Izoh: Insonning FPS 24 ga teng shuning uchun Bryus Li harakatlarini shuning uchun ham anglay
olishmagan ekan. PUBGni 120 fps da o‘ynash uchun bunga qodir telefonlardan foydalanish kerak.
Zachot: FPS [Efpies], Frames per Second
Manba: 1. Informatika 8-sinf, 56-bet. 2. https://www.esports.net/news/mobile-games/pubg-mobile-120-fps/
15-savol:
Esda saqlab qolish uchun turli usullar haqida gapirar ekan, Otabek Mahkamov yozishni afzal ko‘rishini
aytadi. Aytishicha, yozish – bu qaydlarni xuddi miyada U kabi bo‘lib saqlanib qolishiga xizmat qiladi. U
Yakudza mafiyasi orasida oʻziga xos aʼzolik belgisi sifatida qaraladi. Savol: Uni bir so‘zda yozib bering.
Javob:Tatu
Izoh: Otabek Mahkamov telefonga yozish, audioyozuv shaklida, eslab qolishdan ko‘ra ruchka bilan yozib
qayd etishni miyaga o‘chmas tarzda tatuirovka chizishga qiyoslaydi. Yakudzalar orasida tatu o‘ziga xos
iearxik belgi sifatida qaraladi.
Zachot: Tatuirovka
Manba: 1. https://www.tattoodo.com/articles/14-facts-about-tattoos-4329 2.
https://en.wikipedia.org/wiki/Tattoo 3. https://www.youtube.com/watch?v=aLP4JPzphnY
16-savol:
2009-yilda ekran yuzini ko‘rgan “Omad” nomli hind filmida Karim Musa ismli qimorboz Keyptaunda tashkil
etilgan maxsus arenaga pulga muhtoj insonlarni taklif qiladi va ularni yarmi o‘qlangan, yarmi o‘qlanmagan
qurolda bir birini otish, parashyutdan yerga sakrash, akulalar to‘la hovuzdan chiqish kabi inson hayoti
uchun xavfli o‘yinlardan tirik chiqishni buyuradi. Savol: Film rejissyori Solam Shoh sudga bergan arizasida
qaysi ijod mahsulini o‘z filmi g‘oyasini o‘g‘irlaganlikda ayblagan?
Javob:Kalmar o‘yini
Manba: 1.
https://daryo.uz/2024/09/16/hindistonlik-rejissyor-kalmar-oyini-filmini-plagiatda-ayblab-netflixni-sudga-berd
i 2. https://en.wikipedia.org/wiki/Luck_(2009_film)
17-savol:
Diqqat, savol matnida bir so‘zdan harflar tushirib qoldirilgan. Kamo tog‘larining toshlari Bolish bo‘lgan men
bechorani Kutarmikan umidlar bilan Ahvolimdan bexabar yorim, Suyukligim, dildorim? Siz hozir Xurshid
Davron tarjima qilgan yapon she’riyatiga mansub AKA dan birini tingladingiz. Boshqa bir AKA esa
Muradbay Nizanov tomonidan ishlangan ijod mahsuli nomidir. Savol: Harflari tushirib qoldirilgan so‘zni asl
holida yozib bering.
Javob:Tanka
Izoh: Tanka – yapon she’riyatidagi she’riy san’at turi hisoblanib, asosan 31 bog‘indan iborat bo‘ladi.
Adabiyot darsligi orqali Xurshid Davronning yapon she’riyatidagi tankalarni o‘zbek tiliga tarjima qilganidan
xabardorsiz. “Tanka” nomli badiiy film esa 2002-yilda suratga olingan.
Manba: 1. Adabiyot: 10-sinf uchun darslik / Z. I. Mirzayeva, K. Q. Djalilov. – Toshkent: Respublika ta’lim
markazi, 2022. – 119-bet. 2.
https://daryo.uz/2018/10/02/tanka-qoraqalpoq-kinosining-yagona-filmi-bolib-qoldimi
18-savol:
Futbol o‘yinlarini suratga olish uchun sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan kameralar ham
qo‘llaniladi. Ammo bir gal hakamning SHUNDAY boʻlganligi sabab o‘yin translyatsiyasi rejadagidek
kechmadi. Savol: SHUNDAY oʻrnidagi soʻzni yozib bering
Javob:Kal
Izoh: Kameralar to‘pni kuzatib borish uchun dasturlashtirilgan. Ammo uchrashuvlarning birida ular
hakamning kal boshini to‘p deb hisoblab vaqti-vaqti bilan unga e'tibor qaratishgan.
Zachot: Sochsiz, sochi yoʻq
Manba:
https://www.dailymail.co.uk/sciencetech/article-8889809/AI-camera-used-replace-humans-soccer-games-co
nfuses-referees-bald-head-ball.html
19-savol:
Jazoir qaroqchilari boshlig‘i Aruj Barbarossa o‘limidan so‘ng uning ukasi Xayriddin qaroqchilarga boshchilik
qilgan. Xayriddin oʻzini akasining izdoshi sifatida koʻrsatishni istagan va avvalo xina oʻsimligi barglarini
sotib olgan. Savol. Shundan soʻng Xayriddin nima ishni amalga oshirgan?
Javob:Soqolini qizil rangga bo‘yagan
Izoh: U soqolini qizil rangga bo‘yagan va Barbarossaga aylangan. Barbarossa qizil soqol degan ma’noni
bildiradi
Manba: 1. D.N. Kopelev. XVI-XVIII asrlarda qaroqchilik. - Sankt-Peterburg, 2013. - S. 206. 2.
https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Лавсония
20-savol:
Savolda 2 so‘z boshqa 2 so‘zga almashgan. “Paxtakor” jamoasi yaxshi tarkibga ega bo‘lsa-da, jamoada
yakunlovchi futbolchi yo‘qligi haqida gapirar ekan, blogerlardan biri jamoaning hozirgi holatini “Dengiz
bo‘risi” asariga qiyoslaydi. “Dengiz bo‘risi” asarida 1850-yillar AQSh janubidagi Texas shtatida bo‘lib
o‘tuvchi voqealar bayon qilingan. Savol: Dengiz bo‘risi bilan qaysi ikki so‘z almashganini yozib bering.
Javob:Boshsiz chavandoz
Izoh: “Paxtakor”ning ushbu oldingi chizig‘i ishonchli emasligini tushuntirgan mutaxassis vaziyat xuddi
“Boshsiz chavandoz” asarini eslatib yuborganini aytadi. “Boshsiz chavandoz” asarida XIX asr o‘rtalaridagi
AQSh janubida kechuvchi voqealar tasvirlangan. Savol matnida esa Tomas Mayn Ridning bir asari nomini
ikkinchisiga almashtirgan holda taqdim etdik.
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Рид,_Томас_Майн 2. https://t.me/Yahyoxoja_konkret/3422
21-savol:
Magellan ekspeditsiyasining aʼzosi Antonio Pigaetta sayohat davomida yuzaga kelgan ochlik haqida
shunday deydi: 110 kun davomida tuzukroq yegulik yemadik. Noiloj kema charmlari va yogʻoch qirindilarini
yeyishga majbur boʻldik. Hattoki kemadan ULARNI topish ham mushkul boʻlib qolgan edi, topsak ham
ULARNING bir donasi yarim dukatdan pullanardi. Savol: Ularning nima ekanligini yozib bering.
Javob:Kalamushlar
Izoh: Yillab davom etgan sayohatda yegulik tanqisligi yuz beradi va noiloj kemadagi kalamushlarni
yeyishadi, lekin ular ham ovlanaverganidan kamayib ketgan edi.
Zachot: Sichqon
Manba:
https://m.daryo.uz/2022/09/06/magellanning-omon-qolgan-yagona-kemasi-maxfiy-samolyotda-yaponiyagaqochib-otgan-sovet-uchuvchisi-va-siam-egizaklari-operatsiyasi-kun-xronologiyasida-6-sentabr/
22-savol:
Bu inson oʻzining ilmiy asarlaridan birida “Men zamonaviy qurilmalardan eng birinchi va eng koʻp
foydalangan odamman” deya maqtanadi. Asar davomida nutq sintezatori, amiotrofik skleroz soʻzlari ham
uchraydi. Shuningdek Bu inson 2012-yilgi Paralimpiya oʻyinlari ochilishida ishtirok etgan. Savol: Bu inson
kim?
Javob:Stiven Hoking
Izoh: Mashhur fizik olim Stiven Hoking amiotrofik sklerozdan aziyat chekkan va nogironlik aravachasiga
mixlanib qolgan. Shunday boʻlsada olim jamiyat va ilmiy ishlaridan uzoqlashmagan.
Manba: 1. Murakkab savollarga oddiy javoblar kitobi. 20-bet. 2.
https://www.1tv.ru/news/2012-08-30/90954-letnie_paralimpiyskie_igry_ob_yavleny_otkrytymi
23-savol:
Ikkinchi jahon urushi davrida yapon erkaklarning urushga jalb qilinishi oqibatida Ular oʻz-oʻzidan faoliyatini
toʻxtatishgan. Ularda xizmat koʻrsatganlar orasida kuchli pardoz sababli qoʻrgʻoshindan zaharlanish
holatlari koʻp kuzatilgan. Savol: Ularni bir yoki ikki soʻzda yozib bering.
Javob:Kabuki
Izoh: Kabuki teatrlarida rollarni erkaklar ijro etishgan. Yuzni oqartiruvchi pardoz vositalarida qoʻrgʻoshin
miqdori koʻp boʻlgan. Koʻpgina aktyorlar qoʻrgʻoshindan zaharlanib qolishgan.
Zachot: Kabuki teatrlari
Manba: https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Кабуки
24-savol:
Turnir so‘nggida g‘oliblar hammasiga ega chiqishadimi yoki yo‘q, bilmaymiz! Ushbu guruh o‘ziga nom
tanlaganida yana shu nomdagi mahalliy kompaniya ham borligi sabab ismlar g‘oyasi konkursini o‘tkazadi.
Nom uchun variantlar ichida BABA va Alibaba versiyalari yetakchilik qilgan bo‘lsada, baribir guruh o‘z
nomini o‘zgartirmagan. Savol: Qaysi musiqiy guruh haqida so‘z bormoqda?
Javob:ABBA
Izoh: ABBA guruhi nomi guruh a’zolarining initsiallaridan tashkil topgan. ABBA nomli dengiz mahsulotlari
ishlab chiqaruvchi kompaniya ham borligi sababli guruh a’zolari ismni o‘zgartirishmoqchi bo‘lishadi. Ammo,
tayinli variant chiqmagach, nom o‘zgarishsiz qoladi. Ular yaratgan “The Winner Takes It All” (G‘olib
hammasiga ega chiqadi) taronasi bor. Savol preambulasida ham shu mashhur taronaga ishora qildik.
O‘ylaymizki, bu o‘yinda g‘olib bo‘lish nasib etmagan bo‘lsa ham, ko‘p narsaga ega chiqdingiz degan
umiddamiz!
Manba:
https://adme.media/articles/20-faktov-pro-velichajshuyu-pop-gruppu-abba-posle-kotoryh-vam-nemedlennozahochetsya-pereslushat-vse-ih-hity-2415965/