December 7

Oʻquvchilar ligasi savollari (05.12.2024)

1-tur

1. Gulxan jurnalining 2018-yilning kuz fasli boshida chiqqan bir maqolasida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Chortoq tumani hokimi Oybek Haydarov kabi shaxslar yurtimizning turli hududlarida ma’lum bir kunda, ma’lum bir tadbirga tashrif buyurganliklari haqida yoziladi.
Savol: Gap qanday tadbir haqida ketayotganligini tartib son qatnashtirib yozib bering.
Javob: Birinchi qo‘ng‘iroq.
Izoh: 2018-yil yurtimizning mashhur va ko‘zga ko‘ringan insonlari o‘zlari o‘qigan maktablarga tashrif buyurishadi. Birinchi qo‘ng‘iroq kuzning boshida, ya’ni sentabr oyida bo‘lib o‘tadi.
Manba:
1.Birinchi qo‘ng‘iroq kuni - gulxan.uz
https://gulxan.uz/maqolalar/birinchi-qongiroq-kuni

2. 1933-yilgi filmning shiori “Qoʻlingizdan kelsa meni tuting”. Ushbu filmda qahramonga qon quyilganidan keyin qahramon gʻayrioddiy qobiliyatini yoʻqotadi.
Savol: Ushbu film 19-asr soʻnggida nashr qilingan qaysi asar asosida ishlangan.
Javob: Koʻrinmas odam.
Izoh: Film Gerbert Uellsning Koʻrinmas odam asari asosida ishlangan. Filmda qahramonga donorlin qoni quyilganidan keyin qahramon gʻayrioddiy qobiliyatini yoʻqotadi.Asar 1897-yilda nashr etilgan.
Manba:
1.https://en.m.wikipedia.org/wiki/The_Invisible_Man
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Человек-невидимка_(фильм,_1933)

3. Qadimda qaroqchilar kutilmaganda vafot etsa uning dafn marosimi uchun yetarli miqdorda oltin bolishi talab etilgan. Shu sababli qaroqchilar BU ISHni qilishgan. 2024-yil 13-fevralda Darakchi.uz saytida chiqqan va Zahiriddin Muhammad Boburning mashxur surati ko‘rsatilgan maqola nomi “Bobur ham BU ISHni qilganmi?” deb nomlanadi.
Savol: Bu ishni yozib bering.
Javob: Sirg‘a taqish.
Izoh: an'anaga ko‘ra, qaroqchi kutilmaganda o‘ldirilgan taqdirda, dafn marosimi uchun o‘zi bilan doimo etarli oltin bo‘lishi kerak. Qaroqchilar bu "oltin zahirasi" ni o‘z quloqlarida bitta sirg‘a shaklida taqishni avzal ko‘rishgan.
1610-1615 yillar oralig‘ida Boburning nevarasi Jahongir davrida yaratilgan Boburning portret – Jahongir, Akbar, Avrangzebning miniatyuralari kabi qulog‘ida sirg‘a bilan tasvirlanganini ko‘ramiz.
Manba:
1. https://darakchi.uz/oz/181101
2. https://t.me/zakomath/441

4. 2008-yildagi muhim voqealardan so‘ng o‘z intervyulardan birida “Marvel” kinostudiyasi bosh muharriri Aksel Alonso shunday deydi: “Biz bunday bo‘lishini yaxshi bilardik. Shu sababli bosh qahramonlarimizdan biriga o‘zgaritirish kiritish vaqti kelganini angladik”. Shundan so‘ng studiya qora tanli o‘rgimchak odam ustida bosh qotira boshlaydi.
Savol: Bu o‘zgarishga sababchi bo‘lgan insonni yozib bering.
Javob: Barak Obama.
Izoh: 2008-yilda Amerika tarixidagi ilk qora tanli birinchi afro-amerikalik president saylangan. Bu voqeadan keyingi intervyularida Aksel Alonso yuqoridagi fikrlarni bildiradi hamda 2011-yilda "O‘rgimchak odamning o‘limi" komiksi chiqariladi hamda yondosh olamda Mayls Morales ismli qora tanli o‘rgimchak odam paydo bo‘ladi.
Manba: https://t.me/nota_bene1/1918

5. Bir serialda kosmik kemadagi aholi qattiq nazorat ostida ushlab turiladi. Ushbu kosmik kemada tugʻilib, bir necha yillar davomida yashirinib yurgan qahramon bir bayram paytida qochishga muvaffaq boʻladi.
Savol: Bu bayramni unli harflari bir xil boʻlgan soʻzda yozib bering.
Javob: Karnaval.
Qabul: Maskarad.
Izoh: Qahramon Karnaval paytida yuziga niqob taqqan holda kosmik kemadan qochib qoladi.
Manba:Телесериал "Сотня", s01e06, 26-я минута.

6. Savol matnida 2 o‘rinda bir so‘z tushirib qoldirilgan.
Xitoylik kompaniya oilalar uchun taomlar pishirish, gullarga suv quyish, changyutgichda xonalarni tozalash, kiyimlarni dazmollash kabi uy ishlarini bajarish uchun uy bekalar xizmatini taklif qilmoqda. Bu uy bekalarini yollash uchun 96 ming dollar to‘lashingiz kerak
Savol: Tushurib qoldirilgan unli harflari bir xil so‘zni yozib bering.
Javob: Robot.
Izoh:Sun'iy intellekt yordamida ishlab chiqilgan robot uy bekalari bir nechta uy yumushlarini a'lo darajada bajarish imkoniyatiga ega. Albatta oddiy uy yumushlari uchun o‘ta yuqori summa bo‘lgan 96 ming dollar inson uchun qimmatlik qilishi sizga javob topishda yordam berdi degan umiddamiz

Manba:
1.https://ict.xabar.uz/uz/suniyintellekt/idealrobotuybekasinamoyishetildi
2. robozaps.com https://robozaps.com › product › ast...
Buy Astribot S1: Best Prices & Fast Delivery – Robozaps

7. Bir film qahramoni do‘stining turli balandliklardan yerga yiqilsa ham omon qolishini ta’kidlab, do‘stini IKSga o‘xshatadi. Qadimgi misrliklar ma’budlarni noinsoniy qiyofada, ya’ni IKS ko‘rinishida odamlar orasida yashaydi deb hisoblashgan.
Savol: IKSni bir so‘zda yozib bering.
Javob: Mushuk.
Izoh: Filmda personaj har qancha balandlikdan ham to‘rt oyoq bilan yerga tushib omon qolishini ta‘kidlab uni mushukka o‘xshatadi. Qadimgi misrliklar xudolarni mushuk shaklida odamlar orasida yashaydi, deb hisoblashgan.
Manba:
1.6-sinf Qadimgi dunyo tarixi.Toshkent-2017 35-bet
2. https://youtu.be/J4Rb84F0w5Y?si=Z5btKA1rUyV_S5Ss&t=2809 46:51
3. https://goo.su/X0mH6

8. Maʼlumotlarga ko‘ra Undagi dastlabki kitoblar Ptolemey tomonidan sotib olingan. 1963-yilda ishlangan filmda malika Kleopatra Uni vayron etganlarni varvarlar deya ataydi.
Savol: Uni ikki soʻzda yozib bering.
Javob: Iskandariya kutubxonasi.
Izoh: Ptolemey kutubxonaning dastlabki kitoblarini oʻzi sotib olgan ekan. Iskandariya kutubxonasi Yuliy Sezar tomonidan qisman yoqib yuborilgan.
Manba:https://en.m.wikipedia.org/wiki/Library_of_Alexandria

9. U 1930-yildan 2006-yilgacha o‘z oilasida 9-a’zo bo‘lib kelgan. Ammo bir qancha ilmiy tekshirishlar natijasida U 2006-yilda oila a’zoligidan chiqarildi. Mifologiyaga yuzlanadigan bo‘lsak, boshqa bir U Rimdagi yerosti saltanati ma’budi bo‘lgan.
Savol: Uni bir so‘zda yozib bering.
Javob: Pluton.
Izoh: Gap Pluton sayyorasi haqida ketmoqda edi.
Manba: 1.Pluton "sayyorasi" haqida bilishingiz kerak bo‘lgan hamma narsalar
https://www.meteorologiaenred.com/uz/Pluton-sayyorasi.html

10. O‘zbekiston Respublikasi Tarix muzeyida qadimgi qabrlardan topilgan bu predmet suyakdan, qirralari otning boshi ko‘rinishida yasalgan. Yapon folklorida qahramonning qo‘lidan tushib bu predmet o‘rnida o‘tib bo‘lmas bambuk o‘rmoni paydo bo‘ladi.
Savol: Bu predmetni yozib bering.
Javob: Taroq.
Izoh: Koʻpgina xalqlar folklorida taroq yerga tashlab yuborilganda oʻtib boʻlmas oʻrmonlar, chakalakzorlar paydo boʻladi. Qadimda taroqlar suyaklardan yasalgan
Manba:
1.O‘zbek mifolofiyasi kitobi 56-bet. Toshkent-2020
2. https://qrcd.org/7YZW

11. Pekin olimpiadasi ishtiroklariga taqdim etilgan guldastalarda nilufar, atirgul, lavr yaprogʻi va U mavjud edi. 18-asr Yevropada tumshugʻida Uni tutib turgan kabutar tinchlik ramzi hisoblangan.
Savol: Uni ikki soʻzda yozib bering.
Javob: Zaytun novdasi.
Qabul: Zaytun shoxchasi.
Izoh: Qadimda Olimpiya oʻyinlari paytida urushlar toʻxtatilgan. Bu paytda tinchlik hukm surgan. Rim va Yunonistonda zaytun novdasi tinchlik ramzi.
Manba:
1. https://www.sports.ru/tribuna/blogs/vsemlutz/3001994.html
2. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Olive_branch

12. Oʻrta asrlardagi yapon ertagida toʻfondan toʻgʻda chiqish orqali, yongʻindan esa daryo ortiga qochib qutulish mumkinligini aytiladi. Ertakda bu tabiat hodisasidan qayerga qochsangiz ham qutilib boʻlmasligi yoziladi. 1976-yil Tanshan shahrida bu tabiat hodisasi sabab 242 ming kishi qurbon boʻlgan.
Savol: Uni bir soʻz bilan yozib bering.
Javob: Zilzila.
Izoh: Zilzila sodir boʻlsa qayerga qochsangiz ham qutulishni imkoni yoʻq. Tanshan zilzilasi Rixter shkalasi bo'yicha 8,2 ballga teng boʻlib , 242 mingdan ortiq odam halok boʻlgan.
Manba:
1.https://ru.wikipedia.org/wiki/Новая_повесть_о_доме_Тайра
2. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Таншаньское_землетрясение

Telegram kanal: https://t.me/Zakovat_Savollarii

👉 Asosiy kanal @aktamov_blogi