Professional va Birinchi liga bahorgi mavsumi 4-tur Espero jamoasi savollari 18.04.2026
1-savol:
Birinchi savol. Javlon Asatullayev o’smirlik yillarida intizomli o'quvchilar ta’lim oladigan san’at maktabidan
haydalib, ko’cha bolalari to'la oddiy maktabga o’tganida madaniy kontrastga duch kelganini eslaydi.
Keyinchalik maktabdoshlarining so’zlashuv maneralari, o'zlarini tutishi Uni yaratishga ilhom berganini
aytadi.
Diqqat savol: U o’rnidagi o’zbekcha bo'lmagan so’zni yozib bering.
Javob:Gabarjuba
Izoh: Samandar Hamroqulov va “Jayxun” guruhi ijrosida hit bo'lgan bu tarona so'zi va musiqasi hali maktab
o'quvchisi bo’lgan, Mr. Jocker tahallusi bilan tanish Javlon Asatullayev tomonidan yaratilgan. Birinchi
savolni “Gabarjuba” ya'ni gruzinchia “salom” bilan boshladik.
Zachot: Gamarjuba; gamarjoba; kichik imloviy xatolar bilan
2-savol:
Erkin Malik asarida 90-yillarda Pokistonda sargardon bo'lib yurgan o'zbekka BU XABAR aytilganida, o’zini
xuddi qafasdan ozod qilingan qushdek his qiladi.
Diqqat savol: BU qanday xabar ekanligini yozib bering.
Javob:O’zbekistonning mustaqillikka erishgani
Izoh: Asar nomi “Yuz yil sarson-sargardonlikda” bo’lib, unda asr boshida mamlakatdan chiqib ketgan
oilaning O’zbekiston mustaqillikka erishganida qaytib kelishigacha bo’lgan voqealar bayon qilinadi.
Zachot: “O’zbekiston” va “Mustaqillik” so’zlari bilan
3-savol:
Ijodida yangilik tarafdori bo’lgan qo'shiqchining turkum ijod na’munlaridan birida pashshalar ari bilan bol
talashgani tilga olingan va so’z o’yini qilinadi.
Diqqat savol: Shu ijod namunasi kimga bag’ishlanadi?
Javob:Cho’lpon
Izoh: Ijodkor Doxxim [Doksim] jadidlar turkumidagi qo'shiqlaridan birida Qarsaklar chaldi o’zbek,
Cho’lponni boltalashdi. Pashshalar gulzorimda, Ari bilan bol talashdi deya kuylaydi. Bu bilan ijodkor
Cho’lponning bir kun keyinga belgilangan qatli uchun o’q yetmaganligi sabab, boltada chopib amalga
oshirilganligiga ishora qiladi. Yangilik tarafdori so'zlari sizni jadidlikka yetaklashi kerak edi.
Zachot: Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Yunusov
4-savol:
Ikkinchi Jahon urushi davrlarida Shimoliy Qozog'iston hududida Vatan xoinlarining oila a'zolari saqlanuvchi
lager bo'lgan. Tarixchi Rustam Shamsutdinov ushbu lagerda saqlangan o'zbekistonlik ayollarga GO’ZALLAR
deya ta'rif beradi. GO’ZALLAR – beg’ubor qizchalarning o’yin o’ynashi bilan boshlanadi.
Diqqat savol: Savol matnida bir so’z bilan almashtirilgan uch so'zni yozib bering.
Javob:Qor qo’ynidagi lola
Izoh: Qishi izg’irinli va qorli hududda saqlangan ayollarga ta’rif berishda muallif Cho'lpon ijodiga murojaat
qiladi. Cho’lponning shu nomdagi beg’ubor qizchalarning o’yin o’ynashi bilan boshlanadigan hikoyasida
ayollarning ayanchli taqdiri tasvirlanadi. Savolda Cho’lponning mashhur she'ri boshqa bir hikoyasi nomi
bilan almashtirilgan.
Zachot: Qor qo’ynidagi lolalar
5-savol:
Istanbuldagi Fotih masjidi mehrobining ikki chetida Me'mor Sinan tomonidan bir maqsadda shunday
marmar ustunlar qoldirib ketilgan ekan. Ularni qo’l bilan aylanitirib burash mumkin.
Diqqat savol: Bu ustunlarning amaliy maqsadi nimadan iborat bo’lganligini yozib bering.
Javob:Zilzila bo'lganda binoga zarar yetgan yoki yetmaganligini aniqlash
Izoh: Zilzila ro’y bersa ustular aylantirilgan, agar ular aylanmasa, demak binoga zarar yetgan. Chunki, bino
cho'ksa yoki biron tomonga og'sa, devorlari siljisa, zich joylashtirilgan marmar ustunlar qisilib qoladi va
aylanmaydi, shundan binoga zarar yetganmi yoki yo'qligini bilish mumkin bo'lgan.
Zachot: “Zilzila” va “Yer qimirlashi” so’zlari bilan shu mazmundagi javoblar
6-savol:
Savolda bir so'zdan harflar tushirilgan.
Illyuzonist Jasper Maskelayn XX asr o'rtalaridagi faoliyati davomida, turli kontruksiyalar, sinxronlashgan
chiroqlar tizimini ishlab chiqqani bilan mashhur. Maskelayn haqidagi maqolada bir necha o'rinda Uni ko'rish
mumkin. “RealTree” [Real Tri] kompaniyasi Ularni yaratish bilan shug’ullanadi.
Diqqat savol: Harflari tushgan fransuzchadan kelgan so'zni asl holida yozib bering.
Javob:Kamuflyaj
Izoh: Jasper urush boshlangach dastlab harbiy xizmatga bormoqchi bo'ladi, biroq keyinchalik kamuflyajlar
ishlab chiqish, harbiy obyektlarni avia razvedka nazaridan yashirish kabi o'z kasbiga mos faoliyat bilan
shug'ullanadi. “RealTree” kompaniyasi nomidan ma’lumki, u odamlarni haqiqiy daraxt ko’rinishida
maskirovkalaydi.
Zachot: Aniq javob
7-savol:
Savol matnida ikki so’z IKS bilan almashtirilgan.
Oxirgi statistik ma'lumotga ko'ra, yurtimizda qayd etilayotgan o'limlarning 1,5% ini o'z joniga qasd qilish
tashkil etadi. Ko'rsatkichning yuqoriligini, televideniyada yoritilmasligini aytarkan A’zam Qahramoniy
holatni IKS deb ataydi.
Diqqat savol: 2006-yilda kim IKS ning jonli namoyishini o’tkazgan?
Javob:Benksi
Izoh: Holat “xonadagi fil”ga o'xshatilgan. Mavjud, lekin hech kim e'tibor qaratmaydi. 2006-yil Los Anjelsda
Benksi tomonidan tirik filni xonadagi gulqog'oz rangiga bo'yab qo'yilgan, go'yo kamuflyaj qilingani kabi.
8-savol:
Diqqat: O’zbek tilidagi harf birikmalari bitta yulduzcha sifatida berilgan.
Savol matnida va tarqatma materialda IKS va IGREK so’zlari almashtirish.
Ozodlik ruhida yozilgan she’rlari sababli shoir Asqar Qosimov KGB e'tiboriga tushgach, asarlaridagi
voqealarni boshqa o'lkalarga ko’chirishga, ezop tilidan foydalanishiga to'g'ri kelgan. Shodmon Otabekning
yozishicha, bu timsollar, obrazlar ham shoir dardu armonlarini to'la-to'kis izhor qilish imkonini bermas edi.
U ilojsiz qolganda dardini aytib, ko'nglini bo'shatadigan IKS kerakligini aytar ekan, bu bilan shoirni IGREKga
qiyoslaydi.
Diqqat savol: Tarqatma materialdagi so’nggi qatorda berkitilgan uchta so’zni yozib bering.
Javob:Iskandarning shoxi bor
Izoh: Shoir bilgan narsalarini hech kimga aytolmay qiynalgan mashxur afsonadagi sartaroshga
o’xshatilgan. Unga ko’ra Iskandarning shoxlari borligini bilib qolgan sartarosh buni hech kimga aytolmay,
ohiri quduqqa aytib, yuragi bo’shaydi. Ammo, oradan vaqt o’tib … uyog’i nima bo’lganini yaxshi bilasizlar.
Ey, quduq! Lol bo’lma, chimirilgan qosh kabi, Ko’ksimda tashnalik yo’q hali… Keldim men qoshingga
sartarosh kabi “Iskandarning shoxi bor” deb aytgali.
Zachot: Aniq javob
9-savol:
Home Staging [houm steyjing] - bu biron ko'chmas mulkni estetik, psixologik va marketing prinsiplariga
asosan sotuv uchun tayyorlashdir. Bunda uyning holati avvalgidan ancha yaxshi ko'rinishga keltiriladi.
1998-yildan 2004-yilga qadar Britaniyada ushbu faoliyatga bag'ishlangan "IKS IGREK" nomli ko'rsatuv
efirga uzatilgan. "IGREK IKS" esa 2004-yildan namoyish etila boshlangan.
Diqqat savol: IKS va IGREK so'zlari bilan almashtirilgan so'zlarni yozib bering.
Javob:House, Doctor
Izoh: Home Staging [houm steyjing] orqali uy go'yoki davolanib, yaxshi holatga keltiriladi. Yevropada
"xausdoktoring" va "xoumstayling" terminlari ham ishlatiladi. Qizig'i, "Xaus doktor" tugagan yildan "Doktor
Xaus" boshlangan ekan.
Zachot: Xaus, Doktor (istalgan ketma-ketlikda)
10-savol:
Birinchi ro’yxat: “O’rgimchak odam”, “Qo’zichoqlar sukunati”, “Ostin Pauers”, “Fines va Ferb”.
Ikkinchi ro’yxat: “Yulduzlar jangi”, “Ajdar marvaridi”, “Toshbaqa-ninzalar”, “Karatechi bola”.
Bir internet foydalanuvchisi fikricha, yovuz qahramonlar yaxshi qahramonlarga qaraganda aqlliroq bo’lar
ekan. Fikrining izohi sifatida birinchi ro’yxatdagi filmlarning yovuz qahramonlarida U borligi aytiladi.
Diqqat savol: Uni 3 belgida yoki 3 so’zda yozib bering
Javob:Phd
Izoh: Marvel qahramonlari Dr Doom (Dr. Dum) va Dr. Octopus, “Qo’zichoqlar sukunati” filmida Dr Gannibal
Lekter, “Ostin Pauers” qahramoni Dr Evil, “Fines va Ferb” qahramoni Dr Dufenshmirtz – ushbu
qahramonlarning barchasi nomida “Doktor” so’zi uchraydi. Master Yoda, Master Roshi, Master Splinter va
Master Miyagi esa yaxshi obrazlar sanaladi. Internet foydalanuvchisi shu sababdan yovuz qahramonlarni
yaxshilariga nisbatan aqlliroq deya fikr bildirgan.
Zachot: Falsafa doktori darajasi; Aniq javoblar
11-savol:
“Stop-kadr” guruhining qo’shiqlaridan biri naqarotida 8400 soni, avgustning issiq kunlari eslab o’tiladi.
Diqqat savol: Qo’shiq qanday voqeaga bag’ishlanganini yozib bering
Javob:Paxtakor klubi halokatiga
Izoh: 1979-yildagi halokat aynan 11-avgustda, 8400 metr balandlikda sodir bo’lgan. “Stop-kadr” rok
guruhining ushbu voqeaga bag’ishlangan qo’shig’ida halok bo’lgan insonlar madh qilinadi.
Zachot: “Paxtakor-79” voqeasiga
12-savol:
Diqqat savol: Qaysi asar “Hijriy 1274-yil, mohi ramazonning o’n oltinchi kuni” so’zlari bilan boshlanib,
“Alvido Turkiston” jumlasi bilan yakunlangan?
Javob:Yaldo kechasi
Izoh: Xayriddin Sulton qalamiga mansub asar “O’tgan kunlarga ilova” sifatida yozilgan. “O’tgan kunlar”
romani “Hijriy 1264-yil” jumlasi bilan boshlanadi va “O’zbekoyim motam tutdi” deya yakunlanadi. Asarning
boshlanishi va tugashi majoziy ma’no kasb etadi. Bu holat xususan “Yaldo kechasi” asarida ham
takrorlangan.
Zachot: Aniq javob
13-savol:
O‘tgan asr boshlarida O‘rta Osiyoga sayohat qilgan ingliz zodagon ayoli Isabella Robertson Sayid Islom
Xo‘janing saroyida mehmon bo‘ladi. Saroydagi U Isabellaning e'tiborini tortadi, ammo hech kim undan
foydalana olmasligini bilgach, shunchaki bezak uchun qo'yilgan degan xulosaga keladi. Oradan bir necha
hafta o‘tib, saroyga kelgan general Likoshinga ham U g'alati va ortiqchadek tuyuladi.
Diqqat savol: U nima?
Javob:Pianino
Izoh: Xuddi “рояль в кустах” (Bo’tazordagi royal) iborasidagidek royal saroyda ortiqcha, tushunarsiz va
mantiqan begona edi.
Zachot: Royal; fortepiano; klavesin
14-savol:
Xiva xonligidagi sayohati davomida Ular tomonidan Isabellaga umrining oxirigacha organ chaluvchi bo’lib
ishlash taklif qilinadi.
Diqqat savol: Ularni bir yoki ikki so’zda aniq yozib bering.
Javob:Nemis mennonitlari
Izoh: Mennonitlar hayotida cherkov muhim o'rin tutgan, shu sababli Xivada organ chalishni biluvchi inson
ular uchun qadrli edi.
Zachot: mennonitlar
15-savol:
Qadimdan O'rta Osiyo xalqlari Navro'z sayllari vaqtida turli tomoshalar, madaniy va ko'ngilochar
marosimlar o'tkazishgan. Shunday tadbirlardan biri bo'lgan aspakbozi haqida gapirar ekan, sharqshunos
olim Mateush Klagish IKSni esga oladi.
Diqqat savol: IKS o'rnidagi xorijiy qo'shma so'zni toping.
Javob:Xobbixorsing
Izoh: Aspakbozi raqsi nomi "aspak" - "kichik ot" va "bozi" - "o'yin" so'zlaridan tashkil topgan, raqs uchun
yog'och otning boshi ko'rinishdagi inventardan foydalaniladi. Yevropalik olimga bu raqs xobbixorsing
mashg'ulotini eslatib yuboradi.
Zachot: Aniq javob
16-savol:
Kembriya davrida yashagan va dengiz tubidagi loy bilan oziqlangan Fieldia [fildiya] chuvalchangining nomi
19-asrda yashagan amerikalik tadbirkor Sayrus Fild bilan bog'liq. Qizig'i, bu chuvalchang uzunligi atigi 5 sm
bo'lgan ekan.
Diqqat savol: Sayrus Fild qaysi ishi uchun Parijdagi xalqaro ko'rgazmada Gran-priga va AQSh
Kongressining oltin medaliga sazovor bo'lgan?
Javob:Atlantika okeani orqali birinchi telegraf kabelini yotqizgani uchun
Izoh: Sayrus Fild boshqa tadbirkorlar bilan birgalikda "Atlantika telegraf kompaniyasi"ga asos solgan va
1858-yilda Atlantika okeani orqali birinchi telegraf kabelini yotqizgan.
Zachot: Okean/dengiz ostidan kabel o’tkazilishi bilan bog'liq javoblar
17-savol:
Filmda narkotik savdosi bilan qamalgan mahbuslar yetakchisining laqabi IKS. U doim vaziyatni nazorat qilib
turadi, maslahatlar beradi. Qamoqxonadan tashqarida turli moddalar tayyorlovchi laboratoriyasi ham
bo'lsa ajab emas. Ilk bor rassom Pyer Kyullifor tomonidan yaratilgan IKS ning taxminiy yoshi 500-600
oralig'ida.
Diqqat savol: IKS ni ikki so’zda aniq yozib bering.
Javob:Ota Smurf
Izoh: Smurflar seriyasi - Peyo taxallusi bilan ijod qilgan belgiyalik rassom Pyer Kyullifor tomonidan
chizilgan. Koreyadagi ayrim qamoqxonalarda jinoyat klassifikatsiyasi maxbuslar kiyadigan kiyimdagi
raqamli yorliq rangiga ham ta'sir ko'rsatadi. Narko-jinoyatchilar moviy rangli yorliq taqadilar. Aynan shu
rangdan kelib chiqib to'da boshlig'iga Ota Smurf laqabi berilgan.
Zachot: Smurf
18-savol:
Mett Heygning “U” deb tarjima qilish mumkin bo’lgan asarida, o'zga sayyoraliklar bir olimni o’g’irlab, uning
qiyofasidagi o'z vakillari bilan almashtirishadi. Kelgindi endi insoniy majburiyatlarini bajarishi, yerliklarga
o'xshashga harakat qilishi va jamiyat hayotiga maksimal moslashib, o'z missiyasini yakunlashi kerak
bo’ladi. Bunda o’zga sayyoralik albatta turli qiyinchiliklarga duch keladi. Boshqa "U" 1970-yilda “Yosh
Gvardiya" nashriyotida chop etilgan.
Diqqat savol: U bilan almashgan uchta so'zni yozib bering.
Javob:Odam bo'lish qiyin
Izoh: O’zga sayyoralik oddiy qilib aytganda odam bo’lishga harakat qiladi. O’lmas Umarbekovning ham shu
nomli asar mashxur.
Zachot: Aniq javob
19-savol:
Savolda U so’zi bilan bir necha so’z almashtirilgan.
Vladimir Rayevskiyning aytishicha, 1934-yilning o’zidayoq natsistlar Germaniyasida 10 million qadoq U
sotilgan. Bu albatta normadan bir necha bor katta ko’rsatkich edi.
Diqqat savol: Kim 1946-yilda modellik agentligi rahbari Emmelin Sniveli maslahati bilan UNDAN
foydalanishni boshlagan?
Javob:Merilin Monro
Izoh: U so’zi bilan – “och rangli soch bo’yog’i” so’zlarini almashtirgan edik. Ya’ni, natsistlar hukumatga
kelganidan keyin tashqi ko’rinish bilan bog’liq siyosatini ilgari sura boshlashgan. Unga ko’ra haqiqiy oriylar
oq rangli tana, och rangli soch, ya’ni blond rang, ko’k rangli ko’zlar va h.k. tashqi ko’rinishga ega bo’lishi
muhim o’rin tutgan. Shu sababli bunday bo’yoqqa talab ham oshib ketadi. Mashhur aktrisa Merilin
Monroning sochlari aslida boshqa rangda bo’lgan, keyinchalik mashhur blond rangga bo’yagan ekan.
Zachot: Norma Jin Beyker; Monro
20-savol:
IKS bilan atoqli ot qatnashgan bir necha so'zlar almashtirilgan.
Hazil izohda, 19-asr oxirida Samarqandda olingan ushbu fotografiya “xuddi IKS paytida olingan” deb
ta'riflangan. Turli yillarda IKS - Avstraliya va Namibiyada amalga oshirilgan.
Diqqat savol: IKSda tilga olingan bir bo’g’inli atoqli otni yozib bering,
Javob:Maks
Izoh: IKS – “Telba Maks”ni su'ratga olish jarayoni. Sayyor sirk guruhini telegram kanallardan biri “Telba
Maks” filmini suratga olish jarayoniga qiyoslagan.
21-savol: Блиц
1.
Yigirma birinchi savol: Blits
U ma’lum yoshga yetgan kunida 6 marotaba o’q yegan, biroq shunda ham tirik qolgan.
O’ziga taxallus tanlashda ushbu voqeadan va Atlantadagi “qo’lga o’rgatilmagan” deb aytish mumkin
bo’lgan hayotidan kelib chiqqan.
Diqqat savol: 1992-yilda tug’ilgan inson taxallusini yozib bering
Javob:21 Savage
Izoh: Reper 21 yoshiga to’lganida suiqasd qurboni bo’ladi va 6 marotaba o’q yeydi. Ammo yakunda tirik
qoladi. Qo’lga o’rgatilmagan, ya’ni yovvoyi hayoti sababli taxallusiga “Savage” so’zini qo’shadi
2.
“Mening barcha o’g’illarim” nomli spektaklda bila turib zavodga nosoz samolyot qismlarini yuborgan odam
haqida hikoya qilinadi.
Diqqat savol: Ushbu spektakldan ilhomlangan Tayler keyinchalik sheriklariga qanday nomni taklif
qilgan?
Javob: Twents one pilots
Izoh: Spektaklga ko’ra, bila turib zavodga nosoz samolyot qismlarini yuborgan odam tufayli Ikkinchi Jahon
urushi paytida 21 uchuvchi halok bo‘ladi. Bu esa guruh solistini ilhomlantiradi.
3.
Har narsadan hikmat qidiradigan jurnalistlar U vafot etgan 12-sana va sentyabr oyiga, shuningdek
Pskentdan manzilgacha bo’lgan masofaga ham e’tibor qaratishgan.
Diqqat savol: Uning taxallusini yozib bering
Javob:Radius 21
Izoh: Shaxzod G’ulomov vafot etgan sananing yig’indisi 21 ekanligi, shuningdek u vafot etgan joydan
Bo’kagacha 21 kilometr ekanligi – ayrim qiziquvchilarning diqqatini tortgan.
22-savol:
Savolda IKS va IGREK so'zlari almashtirish.
IKS ning IGREK deb nomlangan navi o’z nomini uzunchoq va uchiga tomon ingichkalashib boruvchi shakli
uchun olgan. 2024-yilda boshqa IKSning IGREK darajasiga yetganligi ma'lum qilindi.
Diqqat savol: IKS va IGREK o'rnidagi so'zlarni yozib bering.
Javob:Uzum, yakkashox
Izoh: Uzum donalari shoxni eslatib yuborgani bois, “Yakkashox” deb nomlangan. 2024-yilda yurtimizda
faoliyat olib boruvchi Uzum kompaniyasi qiymati 1 milliard dollardan oshib, O‘zbekistondagi birinchi
"yakkashox" kompaniyaga aylandi.
Zachot: Uzum, Unicorn
23-savol:
Venetsianovning “Xirmon” kartinasida dehqonlar ish jarayonida emas, balki atayin rassom chizishi uchun
turib bergandek ko'rinadi. Bunga qahramonlarning statik va biroz notabiiy figuralari hamda ULARning
SHUNDAYligi asos bo'la oladi. Shahrimizdagi bir maishiy xizmat turini ko'rsatuvchi shoxobcha “SHUNDAY
ULAR” deya nomlanadi.
Diqqat savol: SHUNDAY ULAR o'rnidagi ikki so'zni yozib bering.
Javob:Toza kiyimlar
Izoh: Tabiiy holatda dehqonlarning ust-boshi kir bo'lishi kerak edi, biroq Venestianovning kartinasida
dehqonlar kiyimlari toza. Kimyoviy tozalash xizmatlarini taqdim etuvchi shoxobcha nomida o'z xizmati
natijasi aks etgan.
Zachot: “Toza” so’zi sinonimlari bilan
24-savol:
Bu insonning badiiy nashrlarida Mulla Abbos Faransaviy Toshkandiy taxallusidan ko'proq foydalanishiga 19-
asr ikkinchi yarmida Yevropadagi ta'limning dunyoqarashini o'zgartirgani va Toshkentni ikkinchi vatani
sifatida ko'rishi sabab sifatida qaraladi.
Diqqat savol: Ushbu inson kim?
Javob:[Ismoil] Gaspirali
Izoh: Ismoil Gaspirali taniqli publitsist bo'libgina qolmay mahoratli adib ham bo'lgan. 1871-yillarda
Sarbonnada ta’lim olgan ijodkor, o’z badiiy asarlarini ko'proq Mulla Abbos Faransaviy Toshkandiy taxallusi
ostida nashr qildirgan.
Zachot: Ismoil Gasprinskiy, Gasprinskiy
25-savol:
Diqqat, savol matnida ikki o’rinda bir so’zdan harflar tushirib qoldirilgan.
Etnograf olim Sherzod Iskandarov fikricha, O’zbekistonning voha viloyatlarida kelib chiqishi arab bo’lgan
insonlar ko’p uchraydi. Ma’lumotlarga ko’ra, yurtimizda mavjud uylarning asosiy qismi mazkur insonlar
yashaydigan hududlarga to’g’ri keladi. Arab tilida uy so’zini ifodalovchi so’z – “go’zallik” so’zini ifodalovchi
“Jamil” so’zi bilan bir o’zakka ega.
Diqqat savol: Harflari tushirib qoldirilgan so’zni asl holida yozib bering.
Javob:Tuya
Izoh: Arablar ko’p yashaydigan O’zbekistondagi hududlarda tuyalar ham ko’p ekanligi aniqlangan. Arablar
uchun tuya – eng go’zal jonzot. Shu sababli arab tilidagi tuyani ifodalovchi “Jamal” so’zi va go’zallikni
ifodalovchi “Jamil” so’zi bir o’zakka ega.
Zachot: Aniq javob
26-savol:
Nazorat qilish qiyin bo’lgan, jaxldor tuyalar haqidagi o’zbek maqolida BU INSON nomi ham uchraydi.
Afsonaga ko’ra, yurtimizdagi Chortoq tumanida BU INSON qo’li bilan yerni qazgan joyda muqaddas buloq
paydo bo’lgan.
Diqqat savol: BU INSON kim?
Javob:Uvays Qaroniy
Izoh: Maqolda “Xudo urgan tuyani Vaysulqaro ne qilsin” deyiladi. Vaysulqaro – Uvays Qaroniyning
o’zgargan shakli. Bu inson tuyakashlarning homiysi ham sanalgan. Namangandagi Sulton Uvays Qaroniy
majmuasi yuqoridagi afsona tufayli paydo bo’lgan deyiladi.
Zachot: Vaysul Qaroniy, Vaysulqaro
27-savol:
Abdulla Qahhor hikoyasida xotini UNDAN xalos bo’lib kelgani uchun, eri xotinini yana turmushga
chiqmoqchi deya gumon qiladi. “Daqiqa qadri” asaridan ma’lumki, xotinlar UNI ichimlik yordamida
aniqlashgan.
Diqqat savol: U nima?
Javob:Buqoq
Izoh: Qadimda sovchilar bo’lajak kelinda buqoq bor yoki yo’qligini unga suv ichirib ko’rib aniqlashgan. Bu
haqida o’n yilcha oldin “Zakovat” teleo’yinida savol o’ynalgan edi. Qahhor hikoyasida, buqoqni oldirib
tashlagan xotinidan, yuqoridagi sabab tufayli, eri gumon qiladi.
Zachot: Zob
28-savol:
O’tgan asrning 90-yillarida yozilgan she’rning takrorlanuvchi qismida shunday deyiladi:
Osmon to’la havolar,
Faqat menga yetmaydi.
Xurshid Davron ushbu she'rni o'lan sadolari ostida qo'shiq qilib kuylagan Muhammadkarim Soipovga
rahmat aytgan.
Diqqat savol: She'r muallifini toping.
Javob:Shavkat Rahmon
Izoh: Muhammad Yusufning “Lolaqizg'aloq” she'ri Shavkat Rahmon xotirasiga atab yozilgan. Undagi
“Menga esa havo yetmaydi, xolos” jumlalari Shavkat Rahmonning “Nodirajon, Shoirajon” she'ridagi shu
jumlalarga havoladir. Shoir bu she'rini umrining oxirida qizlariga murojaat sifatida yozgan.
Zachot: Rahmonov Shavkat
29-savol:
Savolda bir necha so'z BU ISHNI QILISH so'zlari bilan almashtirilgan.
Qizig'i, Britaniyalik dizayner Uilyam Uorrenning ushbu mebel modeli "Hayot uchun javonlar" deb
nomlanadi. Modelning o'ziga xosligi shundaki, keyinchalik undan BU ISHNI QILISH mumkin. Namanganlik
usta Abdulahad Jamoliddinovning aytishicha, BU ISHNI QILISHDA Toshkentdan tushadigan buyurtmalarda
ko'p qavatli binolardagi xonadonlar eshiklari va liftni ham inobatga olish kerak ekan.
Diqqat savol: BU ISHNI QILISH o'rnidagi so'zlarni yozib bering.
Javob:Tobut yasash
Izoh: Mebel inson hayotlik chog'ida ham, vafotidan keyin ham hizmat qiladi. Abdulahad ismli duradgorning
aytishicha, Toshkentdagi ko'p qavatli binolarda tobutni tashishda noqulayliklar yuzaga kelmasligi uchun
muayyan o'lchamlarga rioya qilish kerak ekan.
Zachot: Tobut yig’ish; tobut tayyorlash
30-savol:
Kreativ prodyusserning aytishicha, 2024-yildan boshlab taqdim qilingan loyihaga nom tanlashda millat
nomining bir qismidan va millatlararo ismdan foydalanilgan. Shuningdek, ikkisi ham barcha tillarda
aytishga qulay bo’lganligi inobatga olingan.
Diqqat savol: Loyiha nomini yozib bering
Javob:Bek va Lola
Izoh: “Bek va Lola” multseriali nomidagi Bek ismi “o’zbek” so’zidan olingan, Lola esa millatlararo ism va
ikkisi ham barcha tillarda aytishga qulay bo’lganligi bois, shu nomlar qo’yilgan ekan.
Zachot: Aniq javob
31-savol: Дуплет
1.
Duplet
Qozoq reperi Alixat Tanatarov qo’shig’ida, qahramon o’z uyini xuddi U o’z darvozasini qo’riqlagani kabi
qo’riqlashini aytadi.
Diqqat savol: 2003-yilda tug’ilgan Uni toping
Javob:[Temirlan] Anarbekov
2.
Mulla Tursunboy hikoyasida, arablarda ham o’zbeklar qoni borligi aytilib, hazil qilinadi. Bunga izoh sifatida,
so’ngi yillardagi uchrashuvlarda arablarning Uni ko’p bora ayaganligi keltiriladi.
Diqqat savol: 1991-yilda tug’ilgan Uni toping
Javob:[O’tkir] Yusupov
Izoh: Reper Alixat o’zining “Go” nomli taronasida, o’z uyimni xuddi Anorbekov darvozasini qo’riqlagani kabi
qo’riqlayman, deydi. Temirlan Anarbekov o’tgan yili chempionlar ligasida ajoyib o’yin o’tkazib, penaltilarni
qaytargani va darvozasi dahlsizligini maksimal darajada qo’riqlagani tufayli jamoat e’tiboriga tushgan edi.
Hikoyada arablar ham xuddi o’zbek futbolchilari kabi darvozaga yaxshi tepa olmasligi kinoya qilinadi.
Yozuvchi Qatar bilan o’yinni eslar ekan, O’tkir Yusupovni arablar ayashayotganini aytadi.
32-savol:
Qarishingizda Erster Band nashriyoti chiqargan kitob muqovasining bir qismini ko’rib turibsiz. Bu muqova
ilk bor 1918-yilda chop etilgan asarga tegishli. Unda asar muallifi shu ko’rinishda tasvirlangan.
Diqqat savol: Asar nomini ikki yoki uch so’z bilan yozib bering.
Javob:“Yevropaning botishi”
Izoh: Germaniyalik faylasuf Osvald Shpenglerning bu falsafiy asari tarixning davriyligi haqida bo’lib,
madaniyat va sivilizatsiyaning qarama-qarshiligi haqida so’z boradi. Kitob muqovasida muallifning
yarmigacha berkingan boshi quyosh botishini ham eslatib yuboradi.
Zachot: “Yevropaning soʻnishi”, “Yevropa zavoli”, “Yevropa quyoshining so’nishi”, “Yevropa quyoshining
botishi”, “Ga’rb dunyosining botishi”, “Закат Европы”, “Der Untergang des Abendlandes”, “Закат
Западного мира”
33-savol:
1960-yillar oxiridagi mushoiralardan birida BU ijodkor “O‘zbek bo‘lib tug‘ilmasaydim, ko‘rmas edim
bunchalar xorlik” deb boshlanadigan isyonkor ruhdagi she’rini o‘qiydi. Shundan so’ng UNI KGB kuztuvga
oladi va tez orada majburan bir muassasaga joylashtirishadi.
Diqqat savol: 1960-yillar oxirida BU ijodkor bilan birga universitatni tugatib, keyin radioda birga ishlagan,
hatto Astraxan viloyatida joylashgan Kapustin-Yar shahridagi harbiy qismda ham bir muddat birga xizmat
qilgan boshqa ijodkor kimligini yozib bering.
Javob:Tohir Malik
Izoh: Doimiy ravishda KGB ta’qibi ostida bo‘lgan shoir Asqar Qosim bunday bosimga chiday olmaydi va
1985-yilda o‘z joniga qasd qilib, vafot etadi. Keyinchalik, "Shaytanat" asarida Tohir Malik do’sti Asqar
Qosim obrazini Anvar nomi bilan kiritishga qaror qiladi. Filmda ham shoirning “Alvido” she'rini eshitish
mumkin.
Zachot: Tohir Xabilov, Tohir Abdumalikovich
34-savol:
Amir Temur tomonidan qo'l urilgan yangiliklardan qanchalik xabari bo'lganligi noma'lum bo'lsada, Alisher
Navoiy asarlarida shuningdek “Zurrofa” va “dabboba” atamalarini uchratish mumkin. “Zurrofa” va
“dabboba” bilan bir qatorda, shuningdek arablar qush nomi bilan atagan, natijada bizga ham kirib kelgan
nom ham uchraydi.
Diqqat savol: Shu qush nomini yozib bering
Javob:Rux
Izoh: Navoiy asarlarida shaxmat sipohlari nomlari ham keltirib o'tilgan. Zurrofa bilan dabboba — jirafa va
ayiq bo'lib, o'sha paytlarda shaxmatda shunday sipohlar ham mavjud bo'lgan. Balki Navoiy bunda Amir
Temur yaratgan shaxmat sipohlarini nazarda tutgandir. Tilimizda "Tura" ham deb ataladigan "Rux"ning
nomi arablardan kirib kelgan bo'lib, afsonaviy rux qushi sharafiga nomlangan.
35-savol:
Folklorshunos Grigoriy Potaninning yozishicha, USHBU PERSONAJ nomi qipchoqcha “ogʻiz” va “ilon”
leksemalarining birikishidan hosil boʻlgan hamda duch kelgan narsani yeb-yutib yuboradigan maxluqni
anglatadi. Bu fikrlarga personajning mashhur jumlasi ham isbot bo'lishi mumkinligi aytiladi.
Diqqat savol: Gap qaysi personaj haqida ketmoqda?
Javob:Yalmog'iz
Izoh: “Yalma” va “ag'iz” so'zlari birikishi va tovush o'zgarishi natijasida Yalmog'iz atamasi vujudga kelgan.
Yalmog'izning “Gar saloming boʻlmasa, ikki yamlab bir yutardim!” degan mashhur gapi ham ushbu
etimologik nazarni tasdiqlaydi.
36-savol:
Mulla Tursunboy hikoyasida o’zbek futbolchilariga o’yin paytida maksimal kurashish kerakligi, to’p
shunchaki oyog’iga kelib qolmasligi ta’kidlanar ekan, axir futbol to’pi IKS emasligi aytiladi. “IKS” asosida
suratga olingan filmda bosh qahramon Mirjalol va Azamatni yaxshiroq futbol o’ynashga da’vat qilar ekan,
oliy ligaga chiqish kerakligini aytadi.
Diqqat savol: Ushbu film nomini yozib bering
Javob:Chantrimore
Izoh: Hikoyada futbol to’pi - anoyining jaydari olmasi emasligi aytiladi. Erkin A’zamning shu nomli asarida
bosh qahramon Ramazon stadionga chiqib, Mirjalol va Azamat ismli futbolchilarni yaxshiroq o’ynashga
chaqiradi.
Zachot: Aniq javob