Maktablardagi Zakovat savollari kichik (sinflar uchun)
1-savol:
Bir multfilm oxirida ikki o‘g‘ri fermani o‘g‘irlab, o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lishadi. O‘g‘rilar
BIRINCHINI o‘g‘irlash kerakmi yoki IKKINCHINI o‘g‘irlash kerakligi borasida uzoq vaqt bahslashib qo‘lishadi.
Birinchi va ikkinchi bir hil harfdan boshlanuvchi so‘zlar. Savol: Birinchi va ikkinchini yozib bering.
Javob:Tovuq, Tuxum
Izoh: O‘g‘rilarning bahsida ham tovuq va tuxumni tanlashdan iborat bo‘ladi.
2-savol:
MTV telekanali bu kunga bag‘ishlab o‘z logosidagi M harfini W ga o‘zgartirgan. Bu kun haqidagi juda ko‘p
hazillarda, gul sotuvchilari eslab o‘tiladi. Savol: Bu qaysi kun?
Javob:8-mart.
Izoh: MTV o‘z logotipida W yani Woman so‘zining bosh harfini 8-martga atab o‘zgartirgan.
Zachot: Xalqaro xotin-qizlar kuni
3-savol:
Natalya Goncharova Birinchi jahon urushini yaxshilik va yovuzlik o‘rtasidagi jang sifatida tasvirlagan.
Masalan, uning suratlaridan birida ULAR nemis samolyotlari bilan jang qilishmoqda. Kichkina tabib filmida
Doniyor, Ularni tariflar ekan, kichkina, qanotlari kichkina, oppoq bo‘lishini va o‘z uyida Ular juda ko‘pligini
ta’kidlaydi. Savol: Ularni toping.
Javob:Farishtalar
4-savol:
U haqidagi afsonada aytilishicha, Sulaymon nonushtani Damashqda, kechki ovqatni esa Midiyada qilgan.
Savol muallifi fikricha Garri Potter asari yaqin sharqda yozilganida, personajlar Kviddich o‘yinini Unda
o‘ynashadi. Savol: Uni ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Uchar gilam
5-savol:
1962-yilda tashkil qilingan Todd daryosidagi kema poyganing g‘ayritabiiyligi shundaki, u daryoning
shunday qismida bo‘lib o‘tadi. Maqolda esa shunday yerda tol bo‘lmasligi aytiladi. Savol: Qanday?
Javob:Suvsiz
Zachot: Qurib qolgan.
6-savol:
Argentina va Peruda bu imo-ishorani qilsangiz “men o‘ylayapman” degan ma'noni anglatadi. Lekin bizda
boshqa ma’no anglatadi. Savol: Bizda qanday ma’no anglatadi?
Javob:Aqldan ozgan.
Izoh: Gap ko‘rsatkich barmoqni chakka atrofida aylantirish haqida edi.
Zachot: Jinni, tomi ketgan, ahmoq va hokazo.
7-savol:
Nemis faylasufi Kantdan qora sochli ayollar o‘z erlariga vafodormi yoki malla sochlilarmi deb so‘rashgan.
Savol: Faylasuf qanday javob bergan?
Javob:Oq sochlilari.
Izoh: Ayol qarib sochlari oqarguncha birga bo‘lsa vafodor hisoblanishini aytgan.
8-savol:
Rossiyaning Newsweek muxbiri O‘rxan Jemal Somalida bo‘lganida qamoqqa tashlanadi. Jurnalistning
yozishicha, u kameraga yotqizilganidan keyin qamoqxona nazoratchisi kelib, unga bo‘yra berib, U
qayerdaligini ko‘rsatib, chiqib ketgan. Uni toping.
Javob:Makka.
Izoh: Somali musulmon davlatidir. Orxan Jemal, familiyasidan taxmin qilganingizdek, musulmon. Mato esa
ham uxlash uchun, ham namoz o‘qish uchun.
9-savol:
“Oushenning 11 do‘sti” filmida qahramonlardan biri "Sezar saroyi" kazinosini o‘g‘irlashga bo‘lgan
muvaffaqiyatsiz urinish haqida gapirib, Sezar tomonidan aytilgan mashhur iborani faqat ikki so‘zini aytadi.
Savol: Iborani toping.
Javob:Keldim, ko‘rdim.
Izoh: Qahramon faqat “Veni, vidi” ni aytgan, ya’ni keldim, ko‘rdim.
Zachot: Veni, vidi, vici
10-savol:
Erlin Louning bir asarida, Norvegiya qiroli davlatda hech qanday qarorlar qabul qilmasligini va hech qanday
vazifalari yoʻqligini aytib, faqatgina bir vazifasi borligini aytadi. Oʻsha vazifa uchun kerak boʻladigan
predmetni Leonardo da Vinchi ixtiro qilgan. Savol: Bu qaysi predmet?
Javob:Qaychi.
Izoh: Qirolning soʻzlariga koʻra, uning asosiy vazifasi ochilish marosimlarida lentani kesib berish ekan.
11-savol:
Transfermarkt saytining yangi yil arafasida chiqargan eng qimmat futbolchilar ramziy jamoasining taktik
sxemasi U ko‘rinishida edi. Masha va Ayiq mult serialining yangi yil bayramiga bag‘ishlangan qismida
Masha Uni yoqib yuboradi. Savol: Uni toping.
Javob:Archa
Izoh: Yangi yil uchun chiqqan taktik sxema archa ko‘rinishida joylashgani bejizga emas.
12-savol:
Rikardo Kuarejmaganing sehrli fintlarini ko‘rgach, Portugaliyalik muhlislar futbolchiga U deya laqab
berishgan berishgan. Andrey Jvalevskiy va Igor Mitkolarning tomonidan Unga parodiya qilib yozilgan asar
nomi, Porri Gatter deya nomlangan. Savol: Uni yozib bering.
Javob:Garri Potter.
Izoh: Sehrli fintlar sizni Rouling asari qahramoni Garri Potterga olib borishi kerak edi. Parodik tarzda
yozilgan asar esa Garri Potterning anagrammalari orqali hosil qilingan.
13-savol:
Ko‘plab Shotland familiyalarida siz MAK qo‘shimchasini ko‘rishingiz mumkin. Bu qo‘shimcha o‘g‘il ma’nosini
ifodalaydi. 1947-yilda Disney kompaniyasi tomonidan yaratilgan mutlfilim qahramoni Shotlandiyada
tug‘ilgani sabab uning familiyasida ham Mak qo‘shimchasini ko‘rishingiz mumkin. Bu personaj eng boy
personajlar ro‘yxatida yuqori o‘rinlarda qayd etiladi. Savol: Bu mult qahramon kimligini yozib bering.
Javob:Skruj Makdak
Izoh: Skruj Makdak Shotlandiyada tug‘ilgan Milliarder personaj.
14-savol:
Sehrli Qalpoqcha filmi 2013-yilda yaratilgan bo‘lib, film bosh qahramoni biroz hayolparast va orzularga
to‘la maktab o‘quvchisi edi. U o‘zi topib olgan sehrli qalpoqchasi orqali juda ko‘p sarguzashtlarni boshdan
kechiradi. Savol: Bu film qaysi yozuvchining asari asosida suratga olingan?
Javob:Xudoyberdi To‘xtaboyev.
Izoh: Hudoyberdi To‘xtaboyev qalamiga mansub Sariq Devni minib asari voqealari asosida ushbu film
suratga olingan.
15-savol:
Buyuk Karl davrida ushbu UNVONGA ega boʻlishi uchun, nomzodlarga bir qancha katta-kichik talablar
qoʻyilgan boʻlib, eng asosiysi nomzod boy zamindor va zodagon oiladan boʻlishi shart edi. Bunga sabab
oʻziga kerakli boʻlgan buyumlarni sotib olishga uning qurbi yetishi kerak bo‘lgan. Savol: Siz bizga ushbu
unvonni oʻzbekcha boʻlmagan bir soʻzda aniq ayting.
Javob:Ritsar.
Izoh: Ritsar soʻzi nemischadan olingan boʻlib otliq, chavndoz degan ma'nolarni anglatadi. Buyuk Karl
davrida frànklàrda an’anaviy xalq lashkari o‘rnida otliq ritsarlar qo‘shini vujudga kelgan boʻlib, ular
Ritsarlar deb atalgan. Nomzodlar mard, jasur, ayollarga nisbatan oliyjanob boʻlishi bilan bir qatorda,
zodagon ham boʻlishi kerak edi, chunki ular ot va qurol-aslahalarini oʻzlari sotib olishi kerak boʻlgan.
Manba: 7-sinf Jahon tarixi darsligi 19-bet. https://uz.m.wiktionary.org/wiki/ritsar
16-savol:
U Chak Pallanikning 2003-yilda taqdim etilgan romanidur, boshqa bir u esa oʻqituvchilar, oʻquvchilar, otaonalar, taʼlim muassasalari maʼmuriyatlari hamda taʼlimni boshqarish organlari vakillari uchun yagona
elektron taʼlim platformasi. Savol: Uni bir so‘zda yozib bering.
Javob:Kundalik
Izoh: Savolning ikkinchi qismida Kundalik.com platformasi haqida gap ketayotgan edi.
17-savol:
Maktab o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan bu musobaqa haqida yozar ekan Kun,uz sayti, musobaqa
ishtirokchilarini yilning eng “Quvnoq”, “Chaqqon”, “Epchil” o‘quvchilari deya tariflaydi. Savol: Ushbu
musobaqa nomini birida inglizcha so‘z bo‘lgan, ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Quvnoq startlar
18-savol:
Bolalarga kamondan o‘q uzish sportini o‘rgatuvchi muassasaga Uning nomi berilgan bo‘lib, muassasada
kamondan o‘q uzishdan tashqari, insonlarga yaxshilik qilish ham o‘rgatiladi. Savol: U kim?
Javob:Robin Gud
Izoh: Robin Gud mohir kamonboz bo‘lgan va kambag‘allarga yordam bergan.
19-savol:
Olti yoshli bola bu kino qahramonini inson qiyofasidagi qush sifatida tasvirlagan. Bu kino qahramon rolini
ijro etga Joni Deppning qizidan otasining kasbini so‘rashganlarida, qaroqchi deya javob beradi. Savol: Bu
kino qahramonni toping.
Javob:Jek Chittak
Izoh: Jek Chittak Karib dengizi qaroqchilari filmining qahramoni xisoblanadi.
20-savol:
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining markaziy o‘yinini anons qilar ekan sharhlovchi Otabek
Jo‘rayev, o‘yin haqidagi o‘z postida, jang qilayotgan Shev va Ajdar suratidan foydalanadi. Savol: Bu bahsda
ishtirok etuvchi istalgan futbol jamoasini yozib bering.
Javob:Paxtakor.
Izoh: Paxtakor jamoasi laqabi sherlar, Nasaf jamoasi laqabi esa ajdarlardir.
Zachot: Nasaf.
21-savol:
Hayvonlarga qoʻyiladigan ushbu nom asli qadimgi turkiy tildagi har xil tusli degan ma’noni beruvchi soʻzga,
belgi, nishona maʼnosini anglatgan boshqa bir soʻzni qoʻshish orqali tuzilgan deb taxmin qilinadi. Ushbu
nom 1997-yilda yozilgan bir qissa nomida ham bor. Savol: Nomni topgan boʻlsangiz, oʻsha asarni yozgan
qo‘shni yurt yozuvchisini toping.
Javob:Chingiz Aytmatov
Izoh: Bu nom Olapar va u itlarga qoʻyiladi. Olapar soʻzining etimalogiyasiga koʻra, bu nom "har xil tusli"
degan ma'noni beruvchi ALA sifatiga, "Belgi" , "Nishona" ma'nosini beruvchi PAR soʻzini qoʻshish orqali
uzilgan. 1997-yilda chop etilgan "Sohil boʻylab chopayotgan olapar" qissasining muallifi Chingiz
Ayitmatov.
✅Telegram kanal: https://t.me/Zakovat_Savollarii
👉Shaxsiy savollar: @aktamov_blogi