O'quvchilar ligasi savollari ( 08.05.2025)
1-savol:
“Koinot sirlari, yulduzlar nimani yashiradi?” nomli videoda, agar yulduzlar nomlari BU ikki harf bilan
boshlansa katta ehtimol, bu nomni ARABLAR o‘ylab topgani haqida aytilgan. Yordam sifatida aytishimiz
mumkin bu ikki harfdan biri “L” harfi hisoblanadi. Savol: Qolgan harfni yozib bering.
Javob:A.
Izoh: Kontentda koinotni o‘rganish va yulduzlarga nom berishda sharqlik olimlar haqida alohida gapiriladi.
Al bilan boshlanuvchi sayyoralarga misol tariqasida “Altair”, “Aldebaran”, “Alkor” keltiriladi. Biz ham
bugungi savollar paketimizni alifbodagi ilk harf “A” harfi bilan boshlashga qaror qildik.
2-savol:
Hazil maqolalardan birida UNGA quyidagicha ta’rif berilgan: “Sen haqingda qayg‘uradigan yagona vazirlik”.
Avaz Oxun o‘z hazillaridan birida UNGA: “Yaxshi va yomon kuningda sendan xabar oladigan”, deya ta’rif
bergan. Savol: Uni abbreviatura ko‘rinishida yozib bering.
Javob:FVV.
Zachot: MCHS.
3-savol:
AQShlik armrestling bo‘yicha bir necha bor chempion Jeff Deyb haddan tashqari YIRIK oyoq-qo‘llarga ega.
Uning bilak aylanasi 49 smni tashkil qiladi. Shuning uchun Jeffga 1929-yil Elze Kraysler Segar tomonidan
yaratilgan personaj ismi laqab sifatida berilgan. Savol: Jeffni laqabini yozib bering.
Javob:Dengizchi Popay.
Izoh: Jeff ham xuddi Popay singari baquvvat.
Zachot: Popay.
4-savol:
“PSJ” klubi murabbiyiga aylangach Tomas Tuxel futbolchilarga o‘yindan so‘ng bu mahsulotni tanovul
qilishni ta’qiqlaydi. Italyanlar bu mahsulot iste’moli bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Savol: Bu qaysi
mahsulot?
Javob:Makaron.
Izoh: Murabbiy shogirdlari ortiqcha vazn to‘plamasligi uchun makaronga taqiq qo‘yadi.
Zachot: Pasta, spagetti.
5-savol:
Kibersport bo‘yicha yirik turnirlar vaqtida noqulay bo‘lsa-da, sportchilar qo‘pol va og‘ir quloqchinlardan
foydalanadi. Odatda, bunday quloqchinlar aviatsiya sohasida ishlatiladi. Savol: Bunday qo‘pol
quloqchinlardan foydalanish sababini bir nechta so‘zda yozib bering.
Javob:Atrofdagi muxlislar ovozini kamaytirish.
Izoh: Odatda uchuvchilar shovqin kamaytirish uchun shunday quloqchinlardan foydalanishadi. .Yirik
turnirlar finallari arenalarda tashkil etiladi va bu vaqtda arena muhlislar bilan to‘ladi. Arenadagi muhlislar
sportchilarga yaqin atrofda yoki ortida raqib borligini spoyler qilishlari mumkin. Shu maqsadda
tashkilotchilar 50-70 foiz ovozni izolyatsiyalovchi aviatsion quloqchinlardan foydalanishga majbur
bo‘lishadi. Garchi, bu ish muammoni 100 foiz hal qilmasa-da.
Zachot: Shovqin va spoyler javoblari bo‘yicha.
6-savol:
CS 2 turnirlarining birida “The Mongolz” jamoasini rus sharhlovchisi U deb ataydi. U haqidagi
ma’lumotlarda Saroyberka shahri haqidagi ma’lumotlarni ham koʻrish mumkin Savol: UNI ikki soʻzda yozib
bering.
Javob:Oltin Oʻrda.
Izoh: Tarixdan ma’lum rus yerlari mogʻil istilosi vaqtida “Oltin o‘rda” deya atalgan va Saroyberka shahri
Oltin o‘rdaning poytaxti sifatida qaralgan.
7-savol:
Bolaligida Beyonsening quloqlari boshiga nisbatan juda katta ko‘ringan. Shuning uchun unga “DELTA” deb
laqab berishgan. DELTANING eng yaqin do‘sti va himoyachisi Timoti edi. Savol: Deltani bir so‘zda yozib
bering.
Javob:Dambo.
Izoh: Disney kompaniyasining eng mashxur multfilmlaridan biri “Dambo” multfilmida asosiy personaj
Dambo ismli fil bolasi edi. Savol matnidagi Delta ham javobning “D” harfidan boshlanishiga ishora edi.
8-savol:
Afrikaning ensiklopedik qo‘llanmasida shunday soʻzlar uchraydi “Bakongo aholisi ULAR uchramaydigan
joylarda chorvachilik bilan shug‘ullanishadi”. Zebralar yoʻl-yoʻl terisi sabab ULAR hujumidan kamroq aziyat
chekishadi. Savol: ULAR nima?
Javob:Setse pashshasi.
Izoh: Setse pashshasi Afrikadagi chorvachilikka katta zarar yetkazadi. Zebralarning yoʻl-yoʻl terisi
pashshalarni chalgʻitar ekan. Shu sabab pashshalar zebralarni chaqishmaydi.
9-savol:
Savol matnidagi bir so‘z boshqa so‘z bilan almashtirilgan. Bolalikning shirin xotiralari bilan o‘rtoqlashib,
bevosita yuzingizga tabassum ulashuvchi she’rlardan tarkib topgan she’riy to‘plam nomi “Kulchamning
ajini”. Kitob muqovasiga e’tibor qaratsangiz, kulcha yuzidagi bir nechta chiziqlarni ko‘rishgiz mumkin.
Savol: To‘plam nomidagi almashgan so‘zni aslini yozib bering.
Javob:Kulgich.
Izoh: To‘plam nomi “Kulchamning kulgichi” deb nomlanadi, hamda to‘plam muqovasida kulchaning
yuzidagi kulgichni ko‘rish mumkin. Savol matnida ham to‘plam yuzingizga tabassum ulashishi aytib o‘tildi.
Kulgichlarni insonning yuzidagi tug‘ma ajin deyish mumkin.
10-savol:
Ilgari AQSh prezidentlari mehmonlarga esdalik sovg‘asi sifatida tamaki tarqatishgan. Biroq chekishga
qarshi bo‘lgan Ronald Reygan tamakining o‘rniga mashhur kompaniyaga tegishli bo‘lgan UNING oq, ko‘k
va qizil rangdagilarini buyurtma qilgan. O‘z vaqtida qo‘shiqchilar Marit Larsen va Marion Rayven o‘z
guruhlari uchun U nomini qo‘yishmoqchi bo‘lishgan. Savol: Uni yozib bering.
Javob:M&M’s
Izoh: Ronald Reygen Mars kompaniyasiga tegishli M&M’s shirinligini AQSH bayrog‘i ranglariga mos
ravishda oq, ko‘k va qizil ranglariga buyurtma qilgan va bu shirinlikni mehmonlarga ulashgan. Keyinchalik
bu holat AQSH prezidentlari orasida an’anaga aylanib ketgan. Qo‘shiqchilar Marit va Marion o‘z guruhiga
M&M’s nomini qo‘yishmoqchi bo‘lgan. Ammo mualliflik huquqini buzishni xoxlamagan qo‘shiqchilar guruh
nomini “M2M” deb nomlashgan.
11-savol:
1991-yilda Quvaytdan chekinayotgan Iroq qo‘shinlari Saddam Husaynning buyrug‘iga ko‘ra 700 dan ortiq
ULARGA o‘t qo‘ygan. Natijada, uzoq vaqt davomida Quvayt osmonini qora bulutlar qoplab turgan. Savol:
Ular nima ekanligini ikki so‘zda yozib bering ?
Javob:Neft quduqlari.
Zachot: Neft konlari.
12-savol:
Islomxo‘ja minorasining eng tepa qismida yarim oy tasvirlangan. Ushbu yarim oy nafaqat islomiy bezak
balki U vazifasini ham bajargan . Uning eng ko‘p tarqalgan turi xo‘roz ko‘rinishdagisi hisoblanadi. Savol:
Uni niderlandchadan kirib kelgan so‘zda yozib bering.
Javob:Flyuger.
Izoh: Minoradagi yarim oy nafaqat bezak balki shamol yo‘nalishini aniqlash uchun ham foydalanilgan.
Flyuger so‘zi niderlandcha “Vleugel” yoki nemischa “Flugel” so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib “qanot” degan
ma’noni anglatadi.
13-savol:
Uch hatlab sakrash boʻyicha sport ustasi Viktor Saneev laqabi bir jonzot sharafiga qo‘yilgan. Viktor Saneev
faoliyatini tugatganidan soʻng ushbu davlat uni murabbiylik lavozimiga taklif qilgan. Savol: Qaysi davlat?
Javob:Avstraliya.
Izoh: Sportchining laqabi kenguru. Faoliyatini tugatganidan soʻng Viktor Avstraliya termasi murabbiyligiga
taklif qilingan.
14-savol:
Savolda “ALFAning BETAsi” boshqa ikki so‘zga almashgan . ALFAni qadimgi sharq ertak, afsona va
dostonlarida ko‘plab uchratish mumkin. ALFA Humo va Semurg‘ga o‘xshatiladi. Afsonalarga ko‘ra ALFA
ko‘zga ko‘rinmaydi. Shuning uchun “ALFAning BETASI” iborasi vujudga kelgan bo‘lsa ajab emas. ALFAning
BETAsi taqchil, kamyob narsalarga nisbatan ishlatiladi. Savol: ALFANING BETTAsi o‘rnidagi so‘zlarni yozib
bering.
Javob:Anqoning urug‘i.
Izoh: Anqo Qof tog‘ida yashaydigan afsonaviy qush bo‘lib, qanoti oltin va kumushdan bo‘lganligi, baxt va
davlat qushi ekanligi uchun Semurg‘ va Humoga qiyoslangan .
Zachot: Anqoning tuxumi.
15-savol:
Xojiboy Tojiboyev futbol bo‘yicha “Braziliya” terma jamoasini besh marta jahon chempioni bo‘lganligini
Braziliyada U yo‘qligi bilan izohlaydi. Afsonaviy “Yalla” guruhining “U” nomli taronasi katta mashxurlikga
erishgan. Savol: Uni bir so‘zda yozib bering.
Javob:Choyxona.
Izoh: Qiziqchi futbolchilarimiz haqida hazil qilar ekan Braziliyada choyxona yo‘qligini va futbolchilar bor
e’tiborini futbolga qaratishini aytib o‘tadi. “Yalla” guruhi tomonidan ijro etilgan “Choyxona” qo‘shig‘i
afsonaviy qo‘shiqlar qatorida ko‘pchilikning qalbidan joy egallagan.
16-savol:
Bu ibora “jazolamoq”, “imkoniyatini cheklab qoʻymoq”, “noma’qbul ish-harakatga chek qoʻyish”,
ma’nolarida keladi. Bu ibora tarkibida O‘rta Osiyo hududida qo‘llanilgan uzunlik o‘lchov birligi ham eslab
o‘tiladi. Savol: Iborani bir xil harfdan boshlanuvchi ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Tanobini tortmoq.
Izoh: Tanob (arab-chilvir, arqon) - O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston hududida qoʻllanilgan qiymati 39,9
metrga teng bo‘lgan uzunlik o‘lchov birligi. Amaldorlar oʻzi yoqtirmagan yoki qasd qilgan kishiga tegishli
yerning tanobini oshirib yoki kamaytirib, unga taʼsir oʻtkazgan. Keyinchalik bu holat “tanobini tortmoq”
iborasini paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
17-savol:
Amerikalik aktyor Leonardo Di Kaprioga tegishli bo‘lgan zamonaviy krossovkalar ishlab chiqaruvchi “Wild
Loci Ltd” kompaniyasi 3,5 million dollar miqdorda kreditor qarzdorliklari tufayli jiddiy zarar ko‘rgan. Bu
haqidagi Daryo.uz maqolasi nomida “U” ham eslab o‘tilgan. “U” XX asr boshida Nyu-Yorkka jo‘nab ketgan
edi. Savol: U bilan almashgan bir so'zni yozib bering.
Javob:Titanik.
Izoh: Aktyor Leonardo Di Kaprioni 1997-yilda premyerasi bo'lgan "Titanik" filmidagi Jek obrazi orqali yaxshi
taniymiz. "Titanik" kemasi 14-apreldan 15-aprelga o‘tar kechasi aysbergga urilishi natijasida cho‘kib
ketgan. Di Kaprioning biznesidagi jiddiy zarari sababli uning biznesini Titanikga qiyoslashgan. Maqola nomi
“Titanik kabi cho‘kmoqda” deya nomlangan.
18-savol:
Hazil postlardan birida “PSJ” murabbiyi o‘z shogirdi Usmon Dembeledan ikki yil oldin “Barselona”da
o‘ynaganligi, shuning uchun futbolchilar, klubning taktikasi haqida aytib berishini so‘raganligi yozilgan. Bu
savolga Dembele Barselona klubida faqat ULARNI yaxshi tanishi haqida ta’kidlab o‘tgan. ULAR haqidagi
2020-yil yaratilgan o‘zbek seriali nomi “NAJOTKORLAR”. Savol: Ularni yozib bering.
Javob:Shifokorlar.
Izoh: Bu post orqali Dembelining Barselonadagi faoliyati asosan shifoxonada o‘tganligi yumor qilingan.
Pandemiya davrida suratga olingan shifokorlar haqidagi filmga “Najotkorlar” deb nom berilishi mantiqiy
hisoblanadi.
19-savol:
2017-yil Jizzax shahrida BIRINCHI va IKKINCHI muzeyi tashkil etildi. Muzeyda BIRINCHI va IKKINCHIGA
haykal ham barpo etilgan. BIRINCHI haykali oq rangda, IKKINCHI haykali esa qora rangda tasvirlangan. Bu
BIRINCHINING erta vafoti, IKKINCHINING esa umrining so‘nggi yillarida g‘amgin, parishonxotir bo‘lib
qolganini ifodalaydi. Savol: BIRINCHI va IKKINCHIni yozib bering.
Javob:Hamid Olimjon va Zulfiya.
Izoh: Hamid Olimjon 1909-yil 12-dekabrda Jizzax viloyatida tavallud topgan. 1944-yil 35 yoshida hayotdan
erta ko‘z yumgan. O‘zbek adabiyotining mashxur juftligiga atab Hamid Olimjon tug‘ilgan joyda muzey
barpo etilgan.
20-savol:
Antik davrga bag‘ishlangan filmda Uning qiyaligi har 300 metr uzunlik uchun taxminan 1 metr bo‘lishi
kerakligi qayd etilgan. U dastlab Bobil va Misrliklar tomonidan sugʻorish tizimlarida qoʻllanilgan. Savol: Uni
lotincha soʻzda yozib bering.
Javob:Akveduk.
Izoh: Akveduk qurishda balandlikdagi farq muhim ahamiyatga ega. Ilk akveduklar Bobil Misrliklar
tomonidan qurilgan.
21-savol:
Germaniya shaharlaridagi BOLALAR maydonlarida ko‘plab ULAR osilgan daraxtlarni ko‘rish mumkin.
ULARNI daraxtga ilishdan maqsad ULAR bilan ramziy xayrlashish hisoblanadi. UNING hozirgi
ko‘rinishdagisini dorixonachi Kristian Mayneke yaratgan. Savol: Ularni bir so‘zda yozib bering.
Javob:So‘rg‘ich.
Zachot: Soska, pustishka.
22-savol:
Onore de Balzak asosan KECHALARI ijod qilishni yaxshi ko‘rgan. Kechasi ish stolinini sham bilan yoritib
uzoq vaqt ijod qilgan. KECHALARI Balzak TETIK holda ijod qilishi uchun UNDAN foydalangan. Uni Braziliya
gerbida ham ko‘rish mumkin. Savol: Uni unli harflari bir xil bo‘lgan so‘zda yozib bering.
Javob:Qahva.
Izoh: Kechalari uyqusini qochirib tetik bo‘lishi uchun Onore de Balzak juda ko‘p miqdorda qahva ichgan.
Albatta qahvani ko‘p ichish uning sog‘ligiga ham jiddiy zarar yetkazgan. Braziliya dunyoda qahva
yetishtirish bo‘yicha yetakchi mamlakatlar qatoriga kiradi. Shuning uchun qahva, Braziliya gerbida milliy
boylikni va iqtisodiy kuchni ifodalovchi ramz sifatida tasvirlangan.
23-savol:
Yaponiyalik yoshlar ilk uchrashuvlarga borishdan uyalishadi. Bu muammoni hal qilish uchun yoshlarga
ULARDAN foydalanish maslahat beriladi. ULARDAN keng foydalanish ispan gripi tarqalgan davrga toʻgʻri
keladi. Savol: Uni ikki soʻzda yozib bering.
Javob:Tibbiy niqob.
Izoh: Tibbiy niqob kiyib, siz tashqi ko'rinishingizni berkitishingiz mumkin. 1918-yil ispan grippi epidemiyasi
paytida tibbiy niqobdan foydalanish koʻpaygan.
24-savol:
Yozuvchi Frederik Begbeder tog‘ tepasiga chiqib ketayotgan chang‘ichini Uning zamonaviy versiyasi deb
ataydi. Savol: U oʻrnidagi mifologik personajni yozib bering.
Javob:Sizif.
Izoh: Chang‘ichilar togʻ tepasidan sirpanib tushib va yana qayta togʻ tepasiga koʻtarilishadi. Yozuvchi bu
vaziyatda Sizifni eslaydi. Sizif togʻ tepasiga tosh boʻlagini itarib chiqardi tosh esa qayta pastga dumalab
ketaverardi.
📌Telegram: @zakovat_savollarii