October 8

2025-yil O‘qituvchilar o‘rtasidagi Zakovat musobaqasining hududiy bosqich saralash savollari

1-savol:
OpenAI tokenlarining ishlatilishi yoz boshlanishi bilan tushib ketishini AQShda bu holat bilan bog‘lashgan.
Savol: Bu holatni uch yoki ikki so‘z bilan yozib bering.
Javob:Maktablardagi yozgi ta’til.
Izoh: O‘quvchilar uy vazifalarini bajarishda sun’iy intellektga juda ko‘p murojaat qilar ekan. Tabiiyki yozgi
ta’til vaqtida bunga hojat qolmaydi.
Zachot: Yozgi ta’til va boshqa sinonim javoblar.
2-savol:
1848-yil martida Niagara sharsharasi suvi 30 soatga yaqin to‘xtab qoladi. Odamlar qurib qolgan sharshara
tubida sayr qilishgan, avval cho‘kib ketgan narsalarni topishgan. Bu vaqtda bir inson suv tubida ochilib
qolgan o‘tkir uchli qoyalarini portlatib, yo‘q qildirgan. Chunki bu qoyalar ushbu insonga tegishli IKSga zarar
yetkazishi mumkin edi. Savol: IKS nima?
Javob:Turistik kema.
Izoh: “Tuman qizi” nomli kemada Niagara sharsharasini turistlarga tomosha qildirishgan.
Zachot: Kema.
3-savol:
Bir oʻzbek hikoyasida roʻzgʻor ishlarini eplolmaydigan qizning toʻyida yomgʻir yogʻadi. Hikoya matnida xalq
folkloridagi bir qoʻshiqdan bir necha parchalar berilgan. Savol: Shu xalq qoʻshigʻi nomini yozib bering.
Javob:Sust xotin.
Izoh: Hikoyada qizning ishlari doimo sust deya eʼtirof etiladi. Sust xotin yoki Suz xotin xalq qoʻshigʻi
qurgʻoqchilik paytida yomgʻir chaqirish uchun aytilgan.
Zachot: Sus xotin, Suv xotin, Soʻz xotin.
4-savol:
Diqqat qiling IKS bir bo‘g‘inli qisqa so‘zni o‘rnida keladi. IKS terini namlash va yumshatish hamda teriga
ozuqa moddalarini so‘rilishini tezlashtirish xususiyatiga ega. IKSdagi vitaminlar, aminokislotalar,
mikroelementlar teridagi kollagenlar sintezini faollashtirishda, teri ostida sodir bo‘ladigan
mikrosirkulyatsiya va qon aylanish jarayonlarini kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Savol: Bu ma’lumotlar
berilgan maqolada antik davrda yashagan qaysi hukmdor tilga olingan?
Javob:Kleopatra
Izoh: IKS bu sut edi. Kleopatra go‘zal va yosh ko‘rinish uchun sutda cho‘milgani haqidagi ma’lumotlar bor.
Buni qarang-ki, sutda haqiqatda ham terini yosharishiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan turli moddalar
mavjud ekan.
5-savol:
Ushbu animatsion sitkomda juda koʻp qizil va sariq ranglar ishlatilgani uchun Myanma davlatida
taqiqlangan. Savol: Bu mashhur sitkom nomini yozib bering.
Javob:Simpsonlar.
Izoh: Simpsonlar animatsiyasida sariq va qizil rang ustuvorlik qiladi. Myanmadagi milliy demokratik ligasi
bayrogʻi ranglari qizil va sariq ranglarni oʻz ichiga oladi.
6-savol:

Rasmda Vellington shahridagi parlament binosi. Ushbu majmua shakli tufayli U nomini olgan. Bir maqolada
Amerikada jonivorlar ULARni organik moddalardan emas, plastik chiqindilardan ham yasayotgani aytiladi.
Savol: ULARni nima ekanligini ikki soʻzda yozib bering.
Javob:Asalari uyi.
Izoh: Rasmda tasvirlangan bino "asalari uyi" nomini olishiga, uning shakli inglizlarning an'anaviy somondan
yasalgan asalari uyasiga oʻxshashligidir.
7-savol:
Diqqat qiling savol matnidagi bir so‘zdan harflar tushunib qoldirilgan. Chernobildagi atom
elektrostansiyasidagi portlash oqibatlarini bartaraf qilish uchun armiyada kimyoviy urush oqibatlarini
o‘rgangan va bunga qarshi maxsus tayyorgarlikdan o‘tganlar eng xavfli hudud bo‘lgan 14-rayonga
keltirilgan. O‘sha vaqtlarda Bu hudud “akalar rayoni” deb atalgan. Savol: Tushirib qoldirilgan harflarni
tiklab, so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Kamikadzelar.
Izoh: 14-rayonga borganlarning hayotiga jiddiy xavf bo‘lgani bois hududni shunday nomlashgan ekan.
8-savol:
Eronning soʻngi malikasi Farah Pahlaviy nozik didi va benuqson kiyinishi tufayli “Sharqning ALFAsi” degan
nom olgan. ALFA 1929 yil Nyu-Yorkda tugʻilgan AQSHning birinchi xonimlaridan biri. Savol: ALFA oʻrnidagi
ayolning kimligini toping.
Javob:Jaklin Kennedi
Izoh: Farah Pahlaviy "Sharqning Jaklin Kennedisi" nomini olgan. J. Kennedi oʻz davrining moda, go‘zallik va
nafislik boʻyicha eng mashhur ayollaridan biri.
9-savol:
Avval ingliz tilida “o‘rmon kesuvchi inson” ma’nosini anglatgan bu so‘z bilan ataluvchilar madaniyati 1960-
yillarda shakllana boshlangan. ULARning ilk hujumlariga Massachusets texnologiya instituti katta
gumbazning tomiga politsiya patrul mashinasini joylashtirish va shu katta gumbazni robot ko‘rinishiga
keltirish misol bo‘ladi. Savol: ULAR kimlar?
Javob:Xakerlar.
Izoh: Xakerlik madaniyati — yangi natijalarga erishish uchun dasturiy taʼminot tizimlari yoki elektron
jihozlar cheklovlarini ijodiy ravishda yengib oʻtishning intellektual qiyinchiliklaridan zavqlanadigan odamlar
submadaniyatidir. Oʻyinqaroq ongning faoliyati „xakerlik“ qiymatiga ega deb aytish mumkin. Shu sababli,
„xakerlik“ atamasi ishlab chiqilgan boʻlib, ularning dastlabki misollari MITda talabalar oʻzlarining texnik
qobiliyati va aqlliligini namoyish qilish uchun qilgan hazillarini oʻz ichiga oladi. Xakerlik madaniyati
akademiyada 1960-yillarda Massachusets Texnologiya Instituti atrofida paydo boʻlgan[
10-savol:
Revolyutsiyaga qadar O‘zbekiston qishloqlarida natural xo‘jalik hukm surgan. Odamlar o‘ziga kerakli

mahsulotni boshqa biron mahsulotga ayirboshlashgan. Masalan, 10 dona anjirni 50 dona bodringga, 1 bosh
uzumni 10 bog‘ bedaga va shu kabi. Ilgari O‘zbekistonning ba’zi joylarida mardikorning ish haqiga IKS bilan
to‘lov berilganligi ham ma’lum. Ishning og‘ir-yengilligiga qarab IKSLAR soni belgilangan. Hozirda bu odat
yo‘qolib ketgan bo‘lsa ham tilimizda shu holat sababli kelib chiqqan iboralar hanuzgacha saqlanib qolgan.
IKS Savol: Nomida bir shahar va IKS bo‘lgan, birinchi marta 1923-yili nashr qilingan asarni yozib bering.
Javob:Toshkent - non shahri.
Izoh: IKS bu non. «non topish», «Noni doim butun», “nonini yarimta qildi”, “nonini o‘zi topadigan bo‘lib
qoldi”, «Uyga bitta ham non olib kelmaydi» va boshqa mehnat orqali non topish haqidagi iboralar bor.
Aleksandr Neverovning asari 1923-yili chop etilgan edi.
11-savol:
“Boburnoma” da bu toponimga quyidagicha ta’rif berilgan: “havosi yaxshi safoli, bogʻlari koʻp, bogʻlar
asosan SOY yoqasida boʻlgani uchun “poʻstini besh barra”, ya’ni xuddi qorakoʻl terisi bilan bezatilgan
poʻstinga oʻxshaydi”. Savol: 1926 yilda tashkil etilgan ushbu tuman nomini unlilari bir xil soʻzda yozib
bering.
Javob:Kosonsoy.
Izoh: Namangan viloyatida joylashgan tuman bo‘lib, 1926 yilda tashkil etilgan.
12-savol:
Tinch okeani bo‘yida qurilgan 3 metrli devorlarga “Mendan balandroq tur va qur, shunda omon qilasan”
mazmunidagi yozuvlarni ko‘rish mumkin. Savol: Bu devorlar qaysi mamlakatda qurilgan?
Javob:Yaponiya.
Izoh: shu yo‘l bilan sunamilardan himoya qurishgan.
13-savol:
Tarqatma materialda Unga bagʻishlangan 2011 yilgi Google Doodleni koʻrib turibsiz. UNING mashhur
gaplaridan biri “sochi oqargan masxaraboz kulgili emas”. Savol: 1921 yil Smolenskda tugʻilgan UNING ism￾familiyasini yozib bering.
Javob:Yuriy Nikulin
Izoh: Koʻplab mashhur filmlarda rol oʻynagan sovet aktyori va masxarabozi. U 60 yoshida masxarabozlikni
to‘xtatgan va buni shunday izohlagan: “Masxarabozning sochi oqarib qolmasligi kerak, bu rahmdil
ko‘rinadi.”
14-savol:
Mesopotamiya mifologiyasida iloha Ettu mato toʻqish maʼbudasi edi. Akkad tilida “ettutu” bu jonzotni
bildiradi. Savol: Bu jonzotni yozib bering.
Javob:Oʻrgimchak.
Izoh: Mato toʻqishga bogʻliq iloha oʻrgimchak sifatida ham talqin qilinadi.
15-savol:
Muhammad Ziyoning “Muallim” nomli hikoyasi qahramoni bo‘lgan maktab o‘qituvchisi daftar tekshirish
kabi maktab ishlarini bajarish uchun maktabda kechgacha qolib ketishini, ayrim vaqtlarda o‘zi bilan uydan
olib kelgan IKSDAN foydalanishini ta’kidlar ekan, VII asrda davlatni boshqargan hukmdorni eslab o‘tadi.
O‘qituvchida hukmdordan farqli ravishda IKS ikkita emas, bitta bo‘lib, uniyam ayoliga bildirmay uydan olib
kelgan. Savol: IKSNI qisqa so‘z bilan yozib bering.
Javob:Sham.
Izoh: O‘qituvchi maktabda chiroq o‘chib qolgan vaqtlarda agar kech bo‘lib ketgan bo‘lsa, daftarlarni
tekshirish uchun uyidan olib kelgan shamdan foydalangan. Xalifa Umar davlat ishlari uchun davlat
g‘aznasidan olingan shamdan, shaxsiy ishlari uchun o‘z hisobidan olingan shamlardan foydalangani
haqidagi ma’lumot anchagina mashhur. Bu savol ta’lim muassasalarining zarurati uchun o‘z hisobidan pul
ajratadigan o‘qituvchilarga bag‘ishlanadi.
16-savol:
Xitoy xalq respublikasida keng nishonlanuvchi bu bayramga bagʻishlangan plakatlarda 51 sonini koʻrish
mumkin. Savol: Bizda ham avval, Sovet davrida nishonlangan bu bayram qaysi sanaga toʻgʻri keladi?
Javob:1-may.
Izoh: 1-may – “Mehnat bayrami” hisoblanadi. 5-oyning 1-kuni.
17-savol:
“Baidu Baike” – Xitoydagi onlayn ensiklopediya boʻlib, 2006 yildan beri faoliyat yuritib keladi. Barcha
maqolalar chop etishdan oldin sayt maʼmuriyati tomonidan tekshiriladi. Baidu Baike UNING xitoycha
analogi hisoblanadi. Savol: UNI toping.
Javob:Vikipediya.
Izoh: Xitoyda Vikipediya bloklangan, shu sababli ham Baidu Baikeni Vikipediyaning xitoycha analogi

deyishadi.
18-savol:
“Choʻchqacha Pepe” multserialining maʼlum bir qismida bosh qahramon oʻrgimchaklardan qoʻrqmasligini,
ularni doʻst sifatida qabul qilishini aytadi. Zaharli hasharotlar xususan oʻrgimchaklarning koʻpligi tufayli bu
davlatda multserialning ushbu qismi taqiqqa uchragan. Bu davlat banknotalarining birida aborigen
yozuvchi David Unaipon tasvirlangan. Savol: Bu davlatni yozib bering.
Javob:Avstraliya.
Izoh: Avstraliyada zaharli hasharot, oʻrgimchaklar juda koʻp. Multserialning bu qismi avstraliyalik bolalarni
hasharotlar bilan koʻngilsiz voqealarga duch kelmasligi uchun taqiqlangan. Aborigenlar Avstraliyaning tub
aholisi hisoblanadi.
19-savol:
Ulugʻbek Hamdamning “Auditoriya” nomli hikoyasida har bir kasb vakilining oʻz auditoriyasi borligi
taʼkidlanadi. Masalan dehqonning auditoriyasi bu - uning dalasi, farrosh uchun koʻchalar va hokazo.
Hikoyada din peshvolari va ijodkorlarning auditoriyasi esa IKS ekani aytilgan. “Faust”, “Usta va Margarita”,
“Dorian Grey portreti” asarlarida IKS muhim oʻrin tutadi. Savol: IKSni toping.
Javob:Inson qalbi.
Izoh: Savolda sanab oʻtilgan asarlarda bosh qahramonlar oʻz qalblarini maʼlum shartlar evaziga iblisga
sotishga rozi boʻlishgan.
Zachot: Qalb.
20-savol:
Sheʼrdan parchani tinglang: Kep qoling, yutadi ish bilgan! Birjada qaynaydi ehtiros. Ulgurji savdoga
qoʻyilgan Ikkita gʻunajin, bir novvos Charx urib aylanar maydonda, Sharaqlar kovboyning qamchisi. Siz
yuqorida Erkin Vohidovning U nomli sheʼridan parchani tingladingiz. U eʼlon qilingan vaqtda va maʼlum
davrda oʻtkaziladi. Savol: U oʻrnidagi lotincha soʻzni toping.
Javob:Auksion.
Izoh: Auksion (lotincha auction) – maxsus kim-oshdi savdo bozorlari; tovarlarni talabgor xaridorlarga sotish.
Auksion eʼlon qilingan vaqtda va maʼlum davrda oʻtkaziladi.
21-savol:

Qarshingizda Andre Anri Dargelasning kartinasi. Kartina IKS deb nomlanadi. IKS ilk bor XVI asrning birinchi
choragida amalga oshirilgan. Savol: IKSni uch soʻz bilan yozib bering.
Javob:Dunyo boʻylab sayohat
Izoh: Kartinada globusga chiqib olgan oʻquvchi oʻziga xos dunyo boʻylab sayohatni amalga oshirmoqda.
Fernan Magellan 1519-1522 yillarda ilk bora dunyo boʻylab sayohatni amalga oshirgan edi.
22-savol:
Gongkongda aholi zichligi va uy-joy tanqisligi sababli ayrim xonadonlar shu qadar torki, mahalliy aholi
ularni “IKS uylari” deb nomlashgan. Bir maqolada ostadonlar qadimda IKS vazifasini oʻtaganligi aytiladi.
Savol: IKS nima ekanligini bir soʻzda yozib bering.
Javob:Tobut.
Izoh: Gongkongdagi bunday kvartiralarning maydoni atigi 4 kv km boʻlishi mumkin va shu sababli ham
tobut uylari deb atashgan. Ostadonlar lotin tilidan olingan boʻlib, suyak degan maʼnoni anglatadi.
Zachot: Qabr.
23-savol:
Bir podkastda Sobirjon Rahimjonov, Bu inson oʻzining dublyaj rollaridan birini unga shundoq berib
yuborganini eslaydi. Bu paytda podkast boshlovchisi “Olaveringlar, davlat qashshoqlashib qolmaydi”
jumlasini ishlatishi voqea mazmuniga moslik hosil qiladi. Savol: Bu inson kimligini yozib bering.
Javob:Hamza Umarov.
Izoh: Hamza Umarov Sobirjon Rahimjonovga oʻz rollarini berganini eshitgan boshlovchisi rus filmidagi
mashhur jumlani eslaydi. "Ivan Vasilivech oʻz kasbini oʻzgartiradi" Hamza Umarov Ivan Vasilyevich Grozniy
va Ivan Vasilyevich Bunshaga ovoz bergan.
24-savol:
1998 yilda “Ace of Base” [ays of beys] guruhi tomonidan chiqarilgan taronada U odamlar bilan muloqotdan
qochib, dunyoni dengiz tubidan tomosha qilishni afzal koʻruvchi shaxs sifatida tasvirlangan. U lotin tilida
“Hech kim” degan maʼnoni anglatadi. Savol: U oʻrnidagi adabiy personajni toping.
Javob:Nemo.
Izoh: Kapitan Nemo – fransuz yozuvchisi Jyul Vern yaratgan mashhur qahramon. “Nemo” soʻzi lotin tilidan
olingan boʻlib, “Hech kim” degan maʼnoni anglatadi. Bu uning jamiyatdan uzilgan, yolgʻiz yashashini
ifodalaydi.
Zachot: Kapitan Nemo.
25-savol:
Diqqat qiling, savol matnida ALFA soʻzi qisqa soʻzning oʻrnida keladi. Avvaliga Uning nomi “Kutayotgan
ALFA” boʻlgan. Muhokamalardan soʻng esa “kutayotgan” soʻzi boshqa soʻzga oʻzgartirilgan. Bu oʻzgarish
nafaqat kutish mavzusini qamrab olgan, balki ALFALAR boshidan kechirgan qaygʻuga ham urgʻu bergan.
Savol: Uning hozirgi nomini yozib bering.
Javob:“Motamsaro ona” haykali.
Izoh: Gap haykaltarosh Ilhom Jabborov tomonidan yaratilgan yodgorlik “Motamsaro ona” haykali haqida
borayotgan edi. Dastlab uni “Kutayotgan ona” deb nomlashni rejalashtirishgan. Biroq keyinchalik fikr
oʻzgargan.
26-savol:
Savol matnida BIRINCHI va IKKINCHI soʻzlari ismlar bilan almashgan. “Galaktikada bir kun” asarida dastlab
BIRINCHI IKKINCHIdan 10 daqiqaga katta boʻladi. BIRINCHI kosmosda olis safarga chiqib, yorugʻlik tezligida
uchadi. Yerga qaytib kelganda IKKINCHIning yoshi 40 da, BIRINCHIning yoshi esa 30 da boʻladi. Buni olimlar
ULAR paradoksi deyishadi. Savol: ULARni toping.
Javob:Egizaklar.
Izoh: BIRINCHI - Hasan, IKKINCHI - Husan. Egizaklar paradoksi — bu maxsus nisbiylik nazariyasidagi
tafakkur tajribasi boʻlib, unda biri Yerda qolgan, ikkinchisi esa yorugʻlik tezligiga yaqin tezlikda kosmosga
uchib qaytgan egizaklarning yoshlari solishtiriladi. Natijada, kosmosda boʻlgan egizak vaqtning sekin oʻtishi
sababli Yerda qolgan egizakka qaraganda yoshroq boʻlib chiqadi. Paradoks tezlik va vaqt nisbiyligini
tushuntirish uchun ishlatiladi.
27-savol:
Sobirjon Rahimjonovning aytishicha poytaxtimizda faoliyat koʻrsatgan ilk dublyaj aktyorlari dublyaj paytida
ortiqcha shovqinlar boʻlmasligi uchun oʻz ishlarini kechasi, ULAR toʻxtagandan soʻng boshlashgan. Savol:
Uni unlilari bir xil soʻzda yozib bering.
Javob:Tramvay.
Izoh: Dublyaj paytida koʻchadan oʻtgan tramvay harakati shovqin va vibratsiya hosil qilgan.
28-savol:
Savol matnida bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan! 2009 yil 9-sentabrda namoyish etilgan televizion
serial turli bashoratlar hamda 2012 yil hodisasi haqida hikoya qiladi. Ushbu serial “Odam effekti” deb

nomlangan. Savol: Harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering.
Javob:Nostradamus.
Izoh: Serial nomi “Nostradamus effekti” boʻlib mashhur kelajakdagi voqealarni bashorat qilgan
Nostradamus nomi bilan atalgan.
29-savol:
Amerikaning “COMPUTE!” jurnali Tetris oʻyiniga yuqori baho berib, IKSNING narigi tarafidagi eng hayajonli
kompyuter oʻyinlaridan biri deb taʼrif bergan. Rassom Kani Alavining “Bu noyabrda sodir boʻlgandi” nomli
graffitisi IKSda aks ettirilgan. Savol: IKSNI ikki soʻz bilan yozib bering.
Javob:Berlin devori.
Izoh: Tetris oʻyini Sovet ittifoqida yaratilganda. Shu sababli oʻyinga yuqoridagicha taʼrif berilgan. Berlin
devorining saqlanib qolgan ayrim qismlarida hozirgi kunda Istsayd galereyasi tashkil etilgan boʻlib, undagi
eng mashhur murallardan biri Rassom Kani Alavining “Bu noyabrda sodir boʻlgandi” nomli graffitisi
hisoblanadi. Bilamizki, Berlin devori 1989 yili noyabr oyida qulatilgan. Uni ustiga graffitilar odatda
devorlarga chizilishi javobni topishda katta yordam beradi.
30-savol:
Hillari Klinton siyosiy faoliyati davomida tanqidlarga uchragan. Klintonning boyligi va ijtimoiy mavqei tufayli
baʼzi shaxslar tomonidan Unga oʻxshatilgan. U tomonidan aytilgan mashhur iborada esa ikki mahsulot
nomi tilga olingan. Savol: U oʻrnidagi ayolni yozib bering.
Javob:Mariya Antuanetta.
Izoh: Hillari Klintonning Mariya Antuanetta bilan taqqoslanishi, asosan, ayollarning siyosatda yuqori
lavozimlarga erishgan sari, ularning harakatlari va qarorlari koʻproq tanqidga uchraydi degan fikrga
asoslanadi. U tomonidan aytilgan mashhur ibora esa: "Nonlari boʻlmasa, pirojniy yeyishsin".
31-savol:
Anvar ismli insonning eslashicha, dastlab jangovarlik va himoyachi obrazi aks etgandi. Tavsiya va
koʻrsatmalardan soʻng tinchlik, ezgulik va mehribonlikni tarannum etishga harakat qilgan. Bundan tashqari
kamtarona egilgan bosh, magʻrur yuqoriga qaratilgan. Savol: Anvarning familiyasini toping.
Javob:Mamajonov.
Izoh: Gap Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbining dizaynini chizgan Anvar Mamajonovning gerbni
yaratishdagi xotiralari haqida ketmoqda.
32-savol:
Ularning jahl, qoʻrquv, doʻstlikni bildirish uchun foydalanuvchi signallari turlicha. Ularning kattaligidagi farq
ham dushmanlikka olib keladi. Lekin ular bir joyda birgalikda tarbiyalansa, bir-birlarini tushunishni oʻrganib
olishadi. Savol: Ularning ikkisini nima ekanligini yozib bering.
Javob:It, mushuk.
Izoh: Itlar odatda yirikroq boʻlib, mushuklarni oʻlja sifatida koʻradi. Dum va tana harakatlari ham turlicha.
33-savol:
2020-yilda oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra oʻsha paytda AQSH va Buyuk Britaniyadagi isteʼmolchilarning
19 foizi U bilan bogʻliq toʻlov usulini maʼqul koʻrishgan. Kanadalik fermerlar Uning eng katta namunasini
salkam 3 gektarlik makkajoʻxori dalasida yaratishgan. Savol: Uni abbreviatura ishlatgan holda yozib bering.
Javob:QR kod.
Izoh: Covid-19 sabab odamlar kontaktsiz toʻlov usulini maʼqul koʻrishgan. Bu paytda QR-kod orqali toʻlov
qilish juda qulay. Eng katta QR-kod namunasi makkajoʻxori dalasida yaratilgan.

34-savol:
Singapurlik olimlar yaratgan yangi boʻyoq nafaqat quyosh nurlarini qaytarish xususiyatiga ega, balki
gʻovakli asosi tufayli BU ISHni ham qila oladi. BU ISH qilishi hisobiga ushbu boʻyoq bilan boʻyalgan uylarda
konditsionerlar 40% kamroq quvvat sarflaydi. Insonlarda kaft, oyoq tagi va peshonada boshqa joylarga
qaraganda BU ISH qiluvchi bezlar koʻproq boʻladi. Savol: BU ISHni toping.
Javob:Terlash.
Izoh: Bu boʻyoq terlash xususiyatiga ega.
35-savol:
Togʻay Murodning personaji fikricha, inqilob yuzaga chiqargan koʻpgina insonlar, olomondan yuqorida
turib, savlat toʻkib yursalar-da aslida tayini yoʻq, hech narsaga arzimaydigan insonlardir. Personaj bunday
insonlarni IKSga oʻxshatadi. IKS oʻt oʻchirish vositasi sifatida ham ishlatiladi. Savol: IKSni boshi va oxiri bir
xil harf boʻlgan soʻz bilan yozib bering.
Javob:Koʻpik.
Izoh: Koʻpik ham suv yuzasida boʻladi. Uglerod oksidli turgʻun koʻpik oʻt oʻchirish vositasi sifatida ishlatiladi.
36-savol:
“Manas” eposini ijro etishda ijrochi mimika, tana harakatlari, intonatsiya, turli ovozlar va fikrni
ifodalashning boshqa vositalaridan foydalanadi. Bir manbada Manas aytayotgan ijrochini kuzatish xuddi
Uni tomosha qilishga oʻxshatiladi. U nomli maqolada Hojiboy Tojiboyev va Mirzabek Xolmedov eslab
oʻtilgan. Savol: Uni uch soʻzda yozib bering.
Javob:Bir aktyor teatri.
Izoh: Manas ijrochisi turli inson va jonzotlar qiyofasiga kirib bir aktyor teatrini namoyish qilishadi. Xojiboy
Tojiboyev ijodi ham bor aktyor teatriga misol boʻladi.
37-savol:
Savolda BU ISH SODIR BOʻLISHI boshqa soʻzlar bilan almashgan. Ravshan Ermatov oʻsmirlar termasi bilan
uchrashuvda ularga katta futbolchi boʻlib, shaxsiy samolyotga ega boʻlishni, ammo futbolchilar bilan BU
ISH SODIR BOʻLISHI kerakmasligi haqida nasihat qildi. Savol: BU ISH SODIR BOʻLGACH magʻlub boʻlgan
mifologik personajni yozib bering.
Javob:Antey
Izoh: Ravshan Ermatov futbolchilar shaxsiy samolyotga ega boʻlganda ham oyogʻi yerdan uzilmasligi
kerakligi haqida nasihat qilgan. Yerdan doim kuch olgan Anteyning oyogʻi yerdan uzilgach, Gerakl uni
magʻlub etgan.
38-savol: Дуплет
1.
Armillyar sfera — osmon jismlarini modellashtirish uchun ishlatilgan qadimiy astronomik asbob
hisoblanadi. Agar bu modelda Yer markazga joylashtirilsa, bunday armillyar sfera UNING nomi bilan
ataladi. Savol: Iskandariyada vafot etgan UNING kimligini yozib bering.
Javob:Ptolemey
2.
Armillyar sfera — osmon jismlarini modellashtirish uchun ishlatilgan qadimiy astronomik asbob
hisoblanadi. Agar bu modelda quyosh markazga qoʻyilsa, bunday armillyar sfera UNING nomi bilan ataladi.
Savol: Torun shahrida tugʻilgan UNING kimligini yozib bering.
Javob:Kopernik
Izoh: Agar bu modelda Yer markazda joylashtirilsa, u qadimiy yunon olimi Klavdiy Ptolemeyning
geotsentrik nazariyasiga asoslanadi. Shu sababli bunday armillyar sfera Ptolemeycha deb ataladi. Agar
modelda Quyosh markazda qoʻyilsa, u Nikolay Kopernikning geliosentrik nazariyasiga asoslanadi. Shu bois
bunday armillyar sfera Kopernikcha deb ataladi.
39-savol:
Qabriston qorovuli Fozil ota 1947-1949 yillarda paydo boʻlgan 80 yaqin qabrlarni 60 yil davomida tozalab
yurgan. Fozil otaning vafotidan soʻng uning oʻgʻli Miroqil Fozilov 2017-yilda “Koʻtarilayotgan quyosh,
kumush nurlar” ordeni bilan taqdirlangan. Savol: Qaysi davlat tomonidan taqdirlangan ?
Javob:Yaponiya imperatori.
Izoh: Ikkinchi Jahon urushidan soʻng yurtimizga 25 ming nafar yapon askarlari kelib qolgan. Poytaxtimizda
joylashgan hozirgi nomi Fozil ota boʻlgan qabriston qorovuli yapon askarlari qabrlarini toza saqlab turgan.
Bu ishlari uchun Miroqil Fozilov yapon imperatori tomonidan taqdirlangan.
Zachot: Yapon hukumati, Yaponiya.
40-savol:
Usmon Azim sheʼridan parchani tinglang: “Ishxona - toʻrt qavat beton imorat - BOʻSHLIQ bilan egizdir. Soat
oʻn bir yarim... Gʻamgin alanglab, Kechikib kelmoqda ishga Shekspir...” BOʻSHLIQning haqiqiy nomi
Kronborg boʻlib, Daniyada joylashgan. Savol: BOʻSHLIQni ikki soʻzda yozib bering.
Javob:Elsinor qalʼasi.
Izoh: Elsinor qalʼasi – Uilyam Shekspirning “Gamlet” tragediyasida asosiy voqealar boʻlib oʻtuvchi qalʼa.
41-savol:

Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asarida Chor Rossiyasining Oʻrta Osiyoni egallashidan keyingi
voqealar haqida soʻz yuritilar ekan, Rossiyadan oʻtkir aql sohibi kelayotgani taʼkidlanadi. Savol: 1846-yili
Tambov guberniyasida tugʻilgan Ushbu inson kim edi?
Javob:Ostroumov,
Izoh: Nikolay Petrovich Ostroumov rus-tuzem maktablari asoschisi hisoblanadi. Agar uni familiyasini
oʻzbekchaga oʻgirsak oʻtkir aql degan maʼnoni hosil qilish mumkin.
Zachot: Nikolay Petrovich Ostroumov.
42-savol:
Gazeta.uz saytida berilgan testda siz xonanda Tohir Sodiqovning qoʻshiqlari va ijodidan qanchalik xabardor
ekanligingizni tekshirib koʻrishingiz mumkin. Ushbu test berilgan maqolaga xonandaning bir ijod mahsuli
nomi sarlavha qilingan. Oʻsha ijod mahsuli nomini yozib bering.
Javob:Esingdami seni ?
Izoh: Test toʻgʻri maʼnoda ham muxlislarning xotirasini sinaydi. Bu maqolaga xonandaning "Esingdami
seni" qoshigʻi nomi sarlavha qilingan.
43-savol:
Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan harbiy uchuvchi Konstantin Averyanovning ekipaji tarkibida IKSNI
hisobga olmaganda serjantlar Risev va Alekseyevlar ham boʻlgan. Savol: IKSNI yozib bering.
Javob:It.
Izoh: Harbiy uchuvchi Konstantin Averyanovning ekipaji tarkibida it ham boʻlgan ekan. Xuddi Jerom
Jeromning asaridagi kabi itni hisobga olmaganda 3 kishi. Faqat qayiqda emas samolyot ekipaji guruhida.
44-savol:
Robert Uorrenning asarida siyosatchi Villi Starkning hokimiyatga koʻtarilishi va oxir-oqibat qulash jarayoni
koʻplab ingliz bolalar sheʼrlari qahramoni boʻlgan Unga oʻxshatiladi. Savol: U oʻrnidagi personajni yozib
bering.
Javob:Humpty Dumpty.
Izoh: Humpty Dumpty — ingliz xalq bolalar sheʼri va rasmiy hikoyasi qahramoni. Humpty Dumpty yiqiladi

va qayta tiklab boʻlmaydi, yaʼni baʼzi zararlangan narsalar yoki vaziyatlar doimiy boʻlishi mumkin.
Zachot: Shaltay-boltay, Yumaloq-dumaloq,
45-savol:
Moasir Sklyarning “Maks va mushuk” novellasida natsistlar hukumatidan Braziliyaga qochishni istagan
qahramon zoopark hayvonlari boʻlgan kemaga chiqadi. Bu novella 2002-yilda Buker mukofotiga loyiq
koʻrilgan boshqa bir asar taqdimotidan soʻng yanada ommalashdi. Savol: Oʻsha asar nomini yozib bering.
Javob:Pi hayoti.
Izoh: Asarda Maks Shmit choʻktirilgan kemadan qochib bir qayiqdan yaguar bilan yolgʻiz qolib ketadi. Bu Pi
hayoti kitobi syujetini eslatadi.
46-savol:
Globallashgan zamonaviy dunyoda bolalarga zamonaviy kommunikatsion texnologiyalarning taʼsiri haqida
gapirgan samarqandlik pedagog Noila Ochilova telefonni Makfinga qiyoslaydi. Savol: Qaysi soʻzni Makfin
soʻzi bilan almashtirdik?
Javob:Enaga.
Izoh: Globallashgan dunyoda bolalar telefonlari orqali koʻplab narsalarni oʻrganish orqali
tarbiyalanishmoqda. “Mening qattiqqoʻl enagam” filmidagi bosh rol hisoblangan enaganing ismi sharifi
Matilda Makfin edi. Almashtirish ushbu faktdan kelib chiqqandi.
47-savol:
Britaniyalik tarixchi Basil Davidson UNI “qul savdosining otasi” deb atagan, chunki 1501 yilda Karib dengizi
havzasiga Afrikadan qul keltirish uchun birinchi litsenziya beriladi. Savol: 1506 yil Valyadolid shahrida vafot
etgan Uning kimligini yozib bering.
Javob:Xristofor Kolumb.
Izoh: Kolumbning kashfiyotlari nafaqat yangi dunyo eshiklarini ochgan, balki Afrikadan Amerikaning turli
hududlariga majburiy ravishda millionlab qullarni olib kelish tizimining boshlanishiga ham sabab boʻlgan.
48-savol:
Savol matnidagi bir soʻzdan harflar tushib qolgan. Amir Temur gʻori haqidagi kitobda gʻor ichida shiftdan
tushayotgan tomchilar ovozini eshitish mumkinligini yoziladi. Ushbu kitob boblaridan birining nomi
“malaklar mamlakatida” Savol: Harflari tushib qolgan soʻzni asl holida yozib bering.
Javob:Sumalak.
Izoh: Gʻorning shiftida turli mineral va muzdan tashkil topgan sumalaklar paydo boʻlgan. Muz nayzalar
tilimizda sumalak deb ham ataladi.
49-savol:
Bir maqolada yozuvchi Nazar Eshonqul seriallar, ommaviy tomoshalarni uzoq muddatli vaqtga sozlangan
UNGA oʻxshatadi. 1995 yilgi Zulfiqor Musoqovning “U” nomli filmi Kotbus shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro
festivalida namoyish etilgan. Savol: U oʻrnidagi bir soʻzni toping.
Javob:Bomba.

Izoh: “Bomba” komediya filmini koʻrgan boʻlsangiz kerak!
50-savol:
Abduqayum Yoʻldoshevning asarida qahramon quda tomon toʻy uchun talab qilgan narsalarni eshitib yoqa
ushlaydi. Qahramonning aytishicha bunday talablarni eshitib Bu inson yaratgan obraz holatiga tushib
qolish hech gap emas. Savol: 2009-yilda vafot etgan Bu inson kim ?
Javob:Ergash Karimov.
Izoh: Toʻy uchun talab qilinadigan turli narsalarni eshitgan qahramon Ergash Karimovdek jinni boʻlib qolish
hech gap emas deydi. Ergash Karimov ijrosidagi hajviya ham deyarli shunday syujet aks ettirilgan.

https://t.me/Zakovat_Savollarii