Zakovat toʻgaragi 11.05.2023
1-savol:
Nyu-Yorklik taksist Ahmed Ibrohim faoliyati davomida ko‘plab shahar aholisini yaxshi tanigan va 100 dan
ortiq nikohlarga sabab bo‘lgan. Shulardan 30 dan ortiqrog‘i ancha yillardan buyon baxtli yashab kelmoqda.
Shu sababli Ahmedni ushbu mifologik qahramon ismi bilan chaqirishadi. Savol: Qaysi mifologik qahramon?
Javob:Kupidon.
2-savol:
Zavodda istalgan ishchining o‘rnida ishlab keta oladigan bir hazilkash o‘zini Unga o‘xshatadi. U shuningdek
“Kuldiruvchi gaz” dan qurol sifatida foydalanadi. Savol: Uni toping.
Javob:Joker.
Izoh: Kartadagi Joker istalgan boshqa karta o‘rnini egallay oladi.
3-savol:
Argentinalik Pedro Gatika 1986-yilda velosipedda uzoq safarga chiqadi, lekin yetib borganda uni bir nechta
omadsizliklar kutib turgandi. Chipta sotib ololmagani yetmaganidek, velosipedini ham o‘g‘irlab ketishadi.
Savol: Qaysi shaharda?
Javob:Mexiko.
Izoh: U 1986-yil Meksikada o‘tkazilgan Jahon Chempionatiga borgan. Final esa poytaxtda bo‘lib o‘tgan.
4-savol:
Jorj Oruellning Molxona asariga ishlangan film teglayni siz bilgan mashhur iboraning original versiyasidan
bir harfga farq qiladi. Savol: Film teglaynini toping.
Javob:Pig brother is watching you.
Izoh: Oruellning boshqa bir asari 1984 dagi mashhur Big brother is watching you ni bilsangiz kerak
5-savol:
2004-yilda Union Berlin jamoasi 4-divizionga tushib ketadi va yaxshigina mablag‘ga muhtoj bo‘lib qoladi.
Shu vaqtda jamoa muxlislari BU ISHni amalga oshirishadi va nafaqat jamoani saqlab qolishadi, balki
ko‘plab insonlarga ham yordam berishadi. Savol: Qanday ish?
Javob:Qon topshirish aksiyasini o‘tkazish.
6-savol:
Yevropa Ittifoqida bu kun – Yevropa kuni, AQSH da – o‘qituvchilar kuni, shu kuni 1958-yili Mixail Botvinnik
Vasiliy Smislov ustidan G‘ALABA qozonadi va shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvonini qaytarib oladi.
Savol: Bu kuni bizda qanday ataladi?
Javob:Xotira va qadrlash kuni.
Izoh: Gap 9-may haqida ketmoqda.
7-savol:
Ertalab boylarga xizmat qiladigan, kechda esa kambag‘allarga tekin ovqat tarqatadigan bir restoran
nomida kimning ismini ko‘rish mumkin?
Javob:Robin Gud.
Izoh: Robin Gud ham boylarni shilib, kambag‘allarga ulashgan.
8-savol:
Ushbu sana Suriyada “Revolyutsiya kuni”, Armanistonda “Onalar kuni” sifatida bayram qilinadi. Savol:
Qaysi sana?
Javob:8-mart.
9-savol:
AQShda har yil ishlab chiqariladigan tuzning 1/3 qismi BU ISH uchun sarflanar ekan. Ko‘plab hududlarda BU
ISHni qilmaslik jiddiy avariyalarga sabab bo‘ladi. Savol: Bu ishni bir necha so‘zda yozib bering.
Javob:Yo‘lni muzdan tozalash.
10-savol:
1939-yil Kubok bahsida Venaning Rapid jamoasi Frankfurtning Ayntraxt jamoasi ustidan so‘nggi 15
daqiqada kiritilgan gollar evaziga g‘alaba qozonadi. Shundan buyon uy o‘yinida muxlislar so‘nggi 15
daqiqada bu ishni qilishadi. Savol: Qanday ish?
Javob:To‘xtovsiz qarsak chalish.
11-savol:
E.Vohidovning “Soʻz latofati” asarida har rang bilan oʻzni qutqarish degan qadimgi ibora IKSdan kelib
chiqqanligini yozadi. IKS nomli hikoyada bir insonni it tishlab oladi. Politsiyachi Ochyumelovning voqeaga
munosabati va itning kelajakdagi taqdiri jinoyatchining egasi kim bo‘lishi mumkinligi haqidagi
ma’lumotlarga qarab o‘zgarib turadi. Savol: IKS o‘rnidagi so‘zni toping.
Javob:Xameleon.
12-savol:
Fan uchun qahramonona o‘zini xavfga qoʻyib oʻz ustida tajriba olib borganlar haqida maqolada IKS
bo‘lganlar so‘zlari ishlatilgan. Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru Xitoydan COVID-19ga qarshi vaksinani
sotib olmaslik haqida Braziliyaliklar IKS bo‘lmaydi degan edi. Savol: IKS oʻrnidagi 2 so‘zni toping.
Javob:Tajriba quyoni.
13-savol:
BU futbolchi futbol tarixidagi eng zoʻr futbolchilaridan biri sifatida tan olingan. U barcha davrlarning eng
zoʻr driblingchilaridan biri sanaladi, Pele uni “dunyodagi eng zoʻr futbolchi” deb atagan. Savol: 1946-yilda
Irlandiyada tug‘ilgan bu futbolchi kim?
Javob:Jorj Best.
Izoh: Savolda 3 o‘rinda eng zo‘r jumlasi ishlatildi. Ingliz tilida the Best so‘zi eng zo‘r ma’nosini bildirishini
bilsangiz kerak.
14-savol:
Bir suratda Sharqiy Berlindan G‘arbiy berlinga sakrab o‘tayotgan ofitser tasvirlangan. Surat IKSga sakrash
deb nomlangan. IKS haykali esa erkinlik va dengiz orqali kelgan muhojirlarni kutib olish ramzi hisoblanadi.
Savol: IKS o‘rnidagi so‘zni toping.
Javob:Ozodlik.
15-savol:
U qadimdan maʼlum boʻlib, ayniqsa Xitoyda juda taraqqiy etgan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Undan atmosferaning yuqori qatlamlarini tekshirishda, joylarni suratga olishda va sport maqsadlarida
foydalanishgan. Aviatsiya, uchish apparatlarining rivojlanishi bilan undan faqat sport va oʻyin maqsadlarida
foydalaniladi. Uning shakliga ko‘ra oddiy, laylaki, ajdarsimon turlari mavjud. Savol: Uni qo‘sh undosh
qatnashtirib toping.
Javob:Varrak.
16-savol:
Armanistonning Gyulagarak shahri Dendroparkining dalalarida 2021-yilda o‘rnatilgan IKS haykali
mehmonlarni internetga ortiqcha chalg‘imay tabiatdan hordiq olishlariga chaqiradi. Ishlab chiquvchilar
nega IKS tanlanganini “oldingi davrlarda” yashashga teng deb izohlaydilar. Savol: IKSni toping.
Javob:Dinozavr.
Izoh: Dinozavr ko‘rinishidagi haykal Internetdan foydalanmasdan dam olish va hordiq chiqarishga
chaqiradi. Agar foydalanuvchi oflayn rejimda Google Chromeda veb-sahifaga o‘tishga harakat qilsa
Dinozavr o‘yini paydo bo‘lishini yaxshi bilasiz.
17-savol:
QVZ haziliga ko‘ra, o‘zbeklar kenguruni ilk bor ko‘rishganda U uchun ishlatishmoqchi bo‘lishgan. 2022-yilda
Uni yetishtirish bo‘yicha yurtimizda Qashqadaryo viloyati yetakchilik qildi. Savol: U nima?
Javob:Paxta.
18-savol:
Erkin Vohidovning 4 jildlik saylanmasining har bir jildi nomida umrning turli davrlariga nisbat beruvchi 4 ta
so‘z qatnashgan. Savol: Ushbu 4 ta so‘zni yozib bering.
Javob:Bahor, yoz, kuz, qish.
Izoh: jildlar nomi “Bahor tarovati”, “Yoz harorati”, “Kuz sahovati”, “Qish halovati”.
19-savol:
Birinchi – yagonalik haqida, Ikkinchi – mustahkam beshlik haqida, Uchinchi – doimiy bo‘lgan burch haqida,
To‘rtinchi – vaqtinchalik cheklov haqida, Beshinchi – sayohat haqida. Savol: Shu sayohat manzilini toping.
Javob:Makka.
Izoh: Islomning besh ustuni: 1-Imon, 2-Namoz, 3-Zakot, 4-Ro‘za, 5-Haj.
20-savol:
Afsonalardan birida aytilishicha, qadimda ushbu shahar beklaridan birining Amina ismli qizi kar boʻlib
qoladi. Qizni eng yaxshi tabiblar ham davolay olishmaydi. Bir kuni bir tabib bekka qizingizni baland joyga
oʻtqizib qoʻying, atrofiga koʻp odamlarni toʻplang, odamlar kar Amina deb baqirsinlar, shunda qizingiz
uyalganidan taʼsirlanib, qulogʻi ochilib ketadi, deb maslahat beradi. Bek tabib aytgan ishni qiladi, qiz bu
tahqirdan taʼsirlanib, sogʻayadi, quloqlari eshita boshlaydi. Yurtimizdagi bir toponim nomi shundan kelib
chiqqan emish. Savol: Bu toponimni yozib bering.
Javob:Karmana.
Telegram:
✅ @aktamov_blogi
✅ @Zakovat_savollarii