Talabalar ligasi 2024/25 kuzgi mavsum 5-tur (17.10.2024)
1-savol:
Killian Mbappe oʻz faoliyatini Real Madrid jamoasida davom etishini bildirganidan koʻp vaqt oʻtmasdan PSJ
klubi uning ukasi Eton Mbappe bilan ham shartnomani bekor qilganini e’lon qiladi. Bu haqida fikr bildirar
ekan, Davron Fayziev mashhur filmdan iqtibos keltiradi: “Ertaga ishga chiqmasang ham bo‘ladi, sababi
otang ishdan ketdi”. Savol: Qaysi filmdan iqtibos keltirgan?
Javob:Osmondagi bolalar 2
Izoh: “Osmondagi bolalar 2” filmida Baxtiyor otasining qo‘l ostida ishlab yurgan paytlari otasi ishdan ketadi
va shu kuni unga otasi ishdan ketganligi sababli u ham ketishi kerakligi aytiladi. Killian va Eton Mbappelar
bilan ham deyarli bir xil vaziyat boʻlgan.
Zachot: Osmondagi bolalar
Manba: 1. https://youtu.be/LDe_J4r5V1k?si=OdYAel7la5cXTVnV 1:14:00 2. Arsenal-PSJ o‘yini
2-savol:
3-savol:
Komikslardan birida stol atrofidagi ikki qiz va stol ustida turgan U tasvirlanadi. Qizlardan biri Unga xafa
kayfiyatda ikkinchi qiz esa xursand holda tikilib turishadi. Savol: Uni oʻzingizga qulay holda uch soʻzda
yozib bering.
Javob:Yarmi toʻla stakan
Izoh: Qizlar optimist va pessimistlikni ifodalashadi. Qizlardan biri stakanni yarmi boʻsh desa, ikkinchi qiz
stakanning yarmi toʻla deydi.
Zachot: Yarmi boʻsh stakan
Manba: https://diary.ru/~nemi-norw-ru/?tag=8003&from=20&page=2
4-savol:
“Jadid” gazetasining oktyabr oyidagi sonida tarix fanlari doktori Rustambek Shamsutdinov va tadqiqotchi
Nigoraxon Akbarovaning bir qancha bevaqt oʻlgan insonlar roʻyxati yozilgan maqolasi chop etilgan. Savol:
Bu maqola nomini bir xil harfdan boshlanuvchi ikki soʻzda yozib bering.
Javob:“Qatag‘on qurbonlari”
Izoh: Qatagʻon sabab 100 ming ortiq vatandoshlarimiz bevaqt hayotdan koʻz yumgan. Qatagʻonning eng
yirik seriyasi 1938-yili 4-oktyabr kuni bolib oʻtadi va bu Oʻzbekiston tarixidagi eng ma’shum kunga
aylanadi.
Manba: https://t.me/oyinauz/18189 5-bet
5-savol:
Jozef Antuan Kastanye Chorsu bozoridagi olomon gʻala-gʻovurini Parijning ushbu koʻchasidagi shovqinsurondan aslo qolishmasligini taʼkidlaydi. Ushbu koʻchada joylashgan 612 plitkadan ishlangan devor ham
juda mashhur hisoblanadi. Savol: Ushbu koʻchani yozib bering.
Javob:Monmartr
Izoh: Parijdagi Monmartr koʻchasi juda gavjum koʻchalarning biri hisoblanadi. Ushbu koʻchada “Men seni
sevaman” jumlasi 250 tilda 311 marta yozilgan devorni koʻrish mumkin.
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Стена_любви 2. https://oyina.uz/uz/article/1718 yangi nashr
6-savol:
1816-yilning 2-iyulida Gʻarbiy Afrika sohillarida yelkanli kema halokatga uchraydi. Oradan yillar oʻtsa-da,
boʻlib oʻtgan halokatli hodisa toʻgʻrisida hikoyalar sira tinmaydi. Bu halokat haqida kitob oʻqigan musavvir
Teodor oʻzining mashhur asarni yaratishga qaror qiladi. Savol: Halokatga uchragan kema nomini bir soʻzda
yozib bering.
Javob:Meduza
Izoh: Musavvir Teodor Jeriko “Meduza fregatining halokati” nomli kitobni oqib chiqadi va oʻzining mashhur
“Meduza soli” asarini yaratadi.
Manba: https://t.me/oyinauz/18113 4-bet
7-savol:
Osiyo davlatlaridan biridagi maʼlum bir jamoa a’zolari ko‘pincha alkogolizm tufayli jigar bilan bog‘liq
muammolarga duch kelishadi. Bu insonlarda ULARning mavjudligi tanadan toksinlarning chiqib ketish
jarayoni yanada qiyinlashadi. Savol: Ular nima ekanligini yozib bering.
Javob:Tatuirovkalar
Izoh: Bu jamoa yakudza mafiyasi aʼzolari boʻlib ularning tanasida tatuirovkalar juda koʻp. Tatuirovkalar
sabab tanadan ter ajralishi, toksinlar chiqishida muammolar paydo boʻladi.
Manba: https://hyser.com.ua/community/zahvatyvayushhie-fakty-o-mafii-yakudza-203483
8-savol:
U Dyuren shahridagi metallurgiya zavodi muhandisi Alfred Vilm tomonidan 1903-yilda kashf qilingan. 20-
asr 30-yillarida aviatsiya va avtomobilsozlik rivojlanishi bilan U asosiy xomashyoga aylangan, chunki u
yengil va juda pishiq edi. Savol: Uni bir soʻzda aniq yozib bering.
Javob:Dyuralyumin
Izoh: Alfred Dyuren shahrida 1903-yilda dyuralyuminni kashf qilgan va 1909-yilda sanoatda ishlab
chiqarilishi boshlangan. Dyuralyumin tarkibi 94% alyumin, qolgan miqdori mis, magniy, rux, marganets va
temir kabi moddalardan iborat.
Manba: 1. https://shorturl.at/5mpOa 2.https://ru.wikipedia.org/wiki/Дюралюминий
9-savol:
“Jiana Erminio” futbol klubi koʻk chiziqlari mavjud boʻlgan oq futbolkalarda maydonga tushadi. “Jiana
Erminio” klubi Italiyaning ushbu kommunasi sharafini himoya qilishadi. Savol: Ushbu kommuna nomini
yozib bering.
Javob:Gorgonzola
Izoh: Klubning formasi Gorgonzola pishlogʻini eslatib yuboradi.
Manba: 1. https://it.wikipedia.org/wiki/Associazione_Sportiva_Giana_Erminio 2.
https://en.m.wikipedia.org/wiki/Gorgonzola,_Milan
10-savol:
Pavel Smorshkovning yozishicha, bozor tizimi hatto davlat bosimi ostida boʻlsa ham o‘sib boradi va gʻalati
shakllarni oladi. Keyingi jumlada Smorshkov Uni eslab oʻtadi. Savol: Uni yaponcha soʻz bilan yozib bering.
Javob:Bonsay
Izoh: Bonsay - mitti daraxt, odatda juda murakkab shaklga ega boʻladi. Bonsay soʻzi yapon tilidan tarjima
qilinganda " idishda oʻstirilgan" degan maʼnoni bildiradi.
Manba: 1. http://psychastenic.livejournal.com/58103.html 2. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Bonsai
11-savol:
Tagging (Tegging) – graffitining ushbu turida koʻp hollarda turli yozuv uslublaridan foydalangan holda
matnli kompozitsiya yaratiladi. Tegging haqidagi vikipediya maqolasida Unga havola mavjud. Savol: Uni
qoʻsh undosh ishlatgan holda yunoncha soʻz bilan yozib bering.
Javob:Kalligrafiya
Izoh: Tegging chiroyli yozish, lekin kalligraflardan farqli ular bu ishni tezlik bilan amalga oshirishi lozim
hisoblanadi. Tegging kalligrafiyaga yaqin bundan tashqari, ba’zi teggerlar devorlarda klassik gotik shriftlar,
kursivlar va boshqalarni tasvirlashadi, ammo kalligraflardan farqli oʻlaroq, grafiti nafaqat maxsus uslubda
yozishni, balki tezda yozishni ham talab qiladi. Baʻzi hollarda, tezlashtirish uchun Teg qoʻllarini
koʻtarmasdan bitta qatorga yoziladi. Tarqatmada ham tegging grafiti surati tasvirlangan.
Manba: 1. Tasviriy sanat 7-sinf 2022-yilgi nashr 106-bet, 2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Теггинг
12-savol:
2014-yili avstraliyalik tadqiqotchilar Mantis qisqichbaqalari odam organizmidagi Unga uchragan
hujayralarni ham ancha oldin ko‘ra olishini aniqlashdi. Shu sabab olimlar qisqichbaqa ko‘zlariga o‘xshash
uskuna yaratishga harakat qilishmoqda. Savol: Uni yozib bering.
Javob:Saraton
Izoh: Bu turdagi qisqichbaqalar odam organizmida endi paydo bo‘layotgan saraton o‘simtasini ham aniq
ko‘ra olar ekan.
Manba: https://goo.su/UzUUc
13-savol:
Uning shajarasi qadimgi shved zodagonlariga borib taqaladi. Uning otasi birinchi rus harbiy lug‘atining
asoschisi edi. U ko‘plab qo‘zg‘olonlar, xususan Pugachev qo‘zg‘oloni, Kosuyushko qo‘zg‘oloni, No‘g‘ay
qo‘zg‘oloni, Kolivshina qo‘zg‘olonini bostirishga rahbarlik qilgan. Savol: Uning familiyasini yozib bering.
Javob:Suvorov (Aleksandr Vasilevich)
Izoh: Suvorov o‘zining butun faoliyati davomida Ochakov qamalidagi jangdan tashqari birorta ham jangda
mag‘lubiyatga uchramagan qo‘mondon edi.
Manba: https://goo.su/wR7EWz
14-savol:
Britaniya tashqi ishlari vazirligining propaganda boʻlimida ishlagan Sonya mashhur yozuvchining xotini edi.
Sonyaning bir qancha asarlar yozilishiga katta hissa qo‘shgan. Hattoki Soniyaning o‘zi ham mashhur
personajning prototipi hisoblanadi. Savol Sonya qaysi asardagi personaj prototipi edi?
Javob:1984
Izoh: Soniya Oruell Jorj Oruellning ikkinchi xotini boʻlib unga “1984” va “Molxona” asarlarini yozishda katta
hissa qoshgan. Sonya 1984 romanidagi Juliya personajining prototipi edi.
Manba: 1. https://t.me/kundaleaks/7955 2. https://www.livelib.ru/author/387152-sonya-oruell
15-savol:
Charlz Dikkens asari qahramoni kambagʻal oilada tugʻilgan chaqaloqqa sovgʻa sifatida Uni yuboradi.
Qahramon bu bilan oilaning moddiy ahvoli ustidan kulmoqchi edi. Boshqa bir asarda yozilishicha, U
qahramonning og‘zida achchiq ta’m qoldirgan. Savol: Uni ikki so‘z bilan yozib bering.
Javob:Kumush qoshiq
Izoh: “Kumush qoshiq” idiomasi boylik yoki imtiyozda tug‘ilgan, butun umri davomida shunday yashashi
kutilgan odamni anglatadi. Bunday odamlar hech qachon qashshoqlik qiyinchiliklarini boshdan
kechirmagan yoki hayotda xohlagan narsasi uchun o'zlarini ishlagan. Dikkens asari qahramoni yeyishga
ovqati yoʻq boʻlgan oilada tugʻilgan bolaga kumush qoshiq yuboradi. Bu bilan oilaning moddiy ahvoli
ustidan kulmoqchi edi.
Manba: 1. https://english-idioms.info/ru/idiom/silver-spoon 2.
http://thelib.ru/books/dikkens_charlz/zhizn_i_priklyucheniya_nikolasa_niklbi_glavi_131-read.html
16-savol:
1797-yilda Gʻimri qishlogʻida tugʻilgan bu insonga Ali deb ism qoʻyilgan. Lekin bolaligida koʻp kasal boʻlib,
nimjonlashib qolgani uchun, kavkazliklar urf-odat dasturlariga koʻra Alining ismini oʻzgartirishgan. Savol:
Bu insonning oʻzgargan ismni yozib bering
Javob:Shomil
Izoh: 1797-jilda Gʻimrida tugʻilgan imom Shomilga dastlab Ali ismi qoyilgan, keyinchalik Shomilga
oʻzgartirilgan. Shomil Kavkazliklarning milliy ozodlik kurashining diniy rahnomasi bolgan imom edi.
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Шамиль
17-savol:
Hindiston IT mahsulotlarining 38 foizini ishlab chiqaruvchi Bangalor shahri yaqin yillar ichida dunyoning
axborot texnologiyalari markazi hisoblanadigan San-Fransiskoni dogʻda qoldirib, jahon yetakchisiga
aylanishi mumkin. Bu haqida aytar ekan bloger Bangalorni Hindistondagi U deya ataydi. Savol: Uni bir
nechta soʻzda yozib bering.
Javob:Kremniy vodiysi
Izoh: Kremniy vodiysidagi IT markazi boʻlgan San-Fransisko yaqin kelajakda oʻz oʻrinini Bangalor shahriga
boʻshatib berishini aytib oʻtgan.
Zachot: Osiyo Silikon vodiysi
Manba: 1. https://qalampir.uz/uz/news/kharobadan-chik-k-an-milliarderlar-ҳ indlar-k-anday-k-ilib-itgigantiga-aylandi-52334 2. https://youtu.be/bJNarRskVX4?si=pef_tpC8nsqxqXIW 11:00 daqiqa
18-savol:
“Qahramonlar shahri: Yangi tarix” animatsion serialida oʻrmonda yashaydigan va zamonaviy
texnologiyalardan nafratlanadigan personaj bor. Bu personajga 18-19-asrlarda yashab oʻtgan ingliz nomi
berilgan. Savol: Ushbu inglizni yozib bering.
Javob:Ned Ludd
Izoh: Personaj nomi xam Ned Ludd u ham texnologiyalarga qarshi edi. XIX asr boshida Angliyada
sanoatlashish va industriyaga qarshi chiqqan Ned Ludd va unga ergashganlar ludditlar deya atalgan.
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Лудд,_Нед 2. https://bighero6.fandom.com/wiki/Ned_Ludd
19-savol:
Savol matnidagi bir so‘zdan harflar tushib qolgan. Yaqinda Turkiya Milliy ta’lim vazirligi tarix fani o‘quv
dasturiga o‘zgartirish kiritdi. Yangi yondashuvga ko‘ra, darsliklardagi “Markaziy Osiyo” atamasi endilikda
Unga almashtirildi. Savol: Harflari tushib qolgan bir so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Turkiston
Manba: https://daryo.uz/hlmdlmwu
20-savol:
UFC jangchisi Umar Nurmagamedov intervyularidan birida navbatdagi jangini uzoq kutish niyati yo‘qligini,
istalgan raqib, hatto vaznini to‘g‘rilay olsa, U bilan ham jang qilishga tayyorligini bildirdi. U haqidagi
dastlabki film 1933-yilda premyera qilingan. Savol: Uni yozib bering.
Javob:King-Kong
Manba: 1. https://olamsport.com/uz/news/108979 2. https://goo.su/QgMAU
21-savol:
Savol matnida bir so‘zdan harflar tushib qolgan. Tarqatmada 1960-yillardan sobiq ittifoqda boshlab ishlab
chiqarilgan va xalq orasida “U” deb nom olgan UAZ-450 avtomabilini ko‘rib turibsiz. Savol: Harflari tushib
qolgan o‘zbekcha bo‘lmagan bir so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Buxanka
Izoh: UAZ-450 avtomabili tashqi ko‘rinishi sababli xalq orasida “buxanka” nomini olgan.
Manba: https://kun.uz/kr/54225758
22-savol:
Germaniyadagi Bremen va Lyubek shaharlarining avtomobil raqamlari HB va HL harflari bilan boshlanadi.
Bunda B harfi Bremen shahrini, L harfi Lyubek shahrni bildirsa, H harfi tarixi oʻrta asrlardagi savdo
ittifoqiga borib taqaladi. Savol H (eych) harfi nimani anglatishini bir soʻzda yozib bering.
Javob:Ganza
Izoh: O‘rta asrlarda Boltiq dengizi boʻyidagi shaharlar Ganza savdo ittifoqiga a’zo boʻlishgan bu shaharlar
ittifoqining markazi Lyubek shahri boʻlgan. H... — HB (ya’ni "Hansestadt Bremen"), HH ("Hansestadt
Gamburg"), HL (Lyubek), HGW (Greifsvald), HRO (Rostok), HST (Stralsund), HWI (Vismar)
Zachot: Hanza, Hanseatic League, Hansa, Hanse
Manba: 1. https://diletant.media/articles/30205797/?utm_medium=kartoteka 2.
https://ru.wikipedia.org/wiki/Ганза
Tarqatmada Hindistonning Panaji shahridagi yodgorlikni koʻrib turibsiz. Yodgorlik 1756-yil Goada tugʻilgan
taniqli inqilobchi, rohib va gipnozchi sharafiga oʻrnatilgan. Savol: Keyinchalik bu inson qaysi mashhur
asarda eslab oʻtilgan.
Javob:Graf Monte-Kristo
Izoh: Yodgorlik Abbat Fariya prototipi Xose Kustodiu Fariaga oʻrnatilgan.
Manba: https://goo.su/S3a7RRZ
24-savol:
Kristofer Shoulz o‘z ixtirosiga 1868-yili patent oladi. Dastlab uning ixtirosi mukammallikdan ancha yiroq
edi. Shu bois Shoulz 1878-yilgacha o‘z ixtirosi ustida tinimsiz ishlaydi. Qayd etish kerakki, Shoulz
keyinchalik bu ixtirosi bilan ko‘plab ayol-qizlarni ish bilan ta’minlanishiga xizmat qilgan. Savol: U nimani
ixtiro qilgan?
Javob:Yozuv mashinkasi
Manba: https://goo.su/LAnCy