November 23

Zakovat savollari o'quvchilar ligasi

Savollar
I tur
1. Duplet
1) Qamariy yil hisobining to‘qqizinchi oyida tug‘ilgan farzandlarga, asosan o‘g‘il bolalarga umri hosiyatli, barokatli bo‘lsin deb ushbu ism qo‘yiladi.
Savol: Bu ismni yozib bering.
2) Bu arabcha ism asosan qiz bolalarga qo‘yiladi va duo olgan, omadli, baxtli, saodatli qiz degan ma’nolarni bildiradi.
Savol: Bu ismni yozib bering.
Javoblar:
1) Ramazon
2) Muborak
Izoh: Ushbu savol orqali biz ham barcha bilimdonlarni muqaddas ramazon oyi bilan tabriklashga qaror qildik!
Manba:
1. https://ismlar.com/name/Ramazon
2. https://ismlar.com/name/Muborak

2. O‘zbek xalq maqoliga ko‘ra ALFA qag‘illasa qishni chaqirar, BETTA g‘ag‘alasa - yozni.
Savol: ALFA va BETTAni yozib bering.
Javob: Qarg‘a va g‘oz.
Manba: https://sirlar.uz/fasllar-va-tabiat-haqida-maqollar-2/

3. Buyuk Britaniyalik Luiza Bol insonlar orasida judayam kam uchraydigan va chuqur gipersomniya bilan kechuvchi nevrologik kasallik – Kleyn Levin sindromiga chalingan. Shu bois Luizaga Charl Perro va aka-uka Grimlar ijodida uchraydigan klassik ertakdan ilhomlanib laqab qo‘yishgan.
Savol: Luizaning laqabini ikki so’zda yozib bering?
Javob: “Uyqudagi malika”
Izoh: Haddan tashqari uyqu vaqtining uzunligi Gipersomniya deyiladi. Luiza kasallik xuruj qilgan davrda sutkaning 18-23 soatini uyquda o‘tkazar ekan.
Manba:
1. https://goo.su/D6WY
2. https://goo.su/5q1lvw

4. O‘zbek xalq topishmoqlaridan birida U tom teshayotgan novcha yigitga qiyoslansa, mashhur bolalar qo‘shig‘ida dalaning yashnashiga, lolaning ochilishiga sabab sifatida ko‘rsatiladi.
Savol: Uni nimaligini toping.
Javob: Yomg‘ir.
Izoh: Novcha yigit tom teshar topishmog‘ini eshitgan bo‘lsangiz kerak? “Yomg‘ir yog‘aloq” qoshig‘ida esa yomg‘irdan keyin dalaning yashnashi va lolaning ochilishi haqida so‘z boradi.
Manba: https://ilmlar.uz/tabiat-hodisasi-haqida-topishmoqlar-toplami/
2. https://ertak.uz/songs/131

5. Dastlab bu animatsion film tulki va it sarguzashtlarini o‘z ichiga olishi kerak edi. Ezop ertagi asosida birinchi qisqa metrajli film tasvirga olinganida, ijodkorlar qahramonlarni boshqa jonzotlarga almashtiradi va ularga Jasper va Jinks deb nom beradi.
Savol: Jasper va Jinks keyinchalik qanday nomlangan?
Javob: Tom va Jerri.
Manba: https://goo.su/fmho

6. Chaqmoq McQueen va Metrning sarguzashtlari multserialining bir qismda, ikki do’st Ispaniyada, BUQAlar bilan o’tkaziluvchi mashhur shou korridoga kelishadi. Qizig’i, korridoda BUQALAR o’rnida ushbu transport vositasi edi.
Savol: Ushbu transport vositasini ingliz tilidan kirib kelgan 1 so’zda yozib bering.
Javob: Bulldozer
Izoh: Mashinalar korridosida buqa vaziyafasini nomida inglizcha buqa so’zi bo’lgan bulldozerlar bajargan.
Manba: https://goo.su/3hkRm
2. https://youtu.be/b0s9N2dEr7s

7. Yurtimizdagi ushbu bolalar musiqiy teatr-studiyasi 4 yoshdan 14 yoshgacha toifadagi bolalarni qamrab olgan O‘rta Osiyodagi yagona teatr bo‘lib, Gollandiya, Koreya, Germaniya, Hindiston, Fransiya va Xitoydagi xalqaro festivallarning laureati, “Ochiq Yevropa” festivalining eng yuksak mukofoti – “Gran-pri” sovrindori hisoblanadi.
Savol: Teatr-studiyasi nomini yozib bering.
Javob: Tomosha.
Manba: https://goo.su/glcUJ

8. Savol matnida bir so‘z boshqasiga almashtirilgan.
Yaqinda kun.uz saytida chiqqan maqolaga ko‘ra, Hisor davlat qo‘riqxonasida oq boshli HUMO tasvirga olingan. HUMO O‘zbekiston qizil kitobiga kiritilgan, ovlash mumkin bo‘lmagan, qisqarib borayotgan qushlar turidir. Dunyoda ularning soni 500 mingdan 1 milliontagacha ekani taxmin qilinadi.
Savol: Almashgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob: Qumoy
Izoh: Qumoy lochinsimonlar turkumi, qarchigʻaylar oilasiga mansub, ovlash ta`qiqlangan, qisqarib borayotgan qushlar turi sifatida Qizil kitobga kiritilgan.
Manba:
1. https://kun.uz/kr/07358468
2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Qumoy

9. Ingliz olimi Alan Tyuring IKSni o‘rgangan dastlabki tadqiqotchi hisoblanadi. 1956-yili mustaqil fan sohasi sifatida asos solingan IKS atamasini ilk bor Jon Makkarti ishlatgan va tarixga mazkur atama muallifi oʻlaroq kirgan.
Savol: Oxirgi besh yillikda jadal rivojlangan IKSni ikki so‘zda yozib bering.
Javob: Su’niy intellekt
Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Sun%CA%BCiy_intellekt

10. Savol matnidagi bir so‘zdan harflar tushib qolgan.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi Andijon va Bunyodkor jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda yuz bergan holat haqida championat.asia sayti “Bobur arenadagi HAZILNING TAGI ZIL” nomli maqola chop etdi.
Savol: Tushib qolgan harflarni topgan holda, so‘zni asl holida yozib bering.
Javob: Qizil.
Izoh: O‘yinda Bunyodkor futbolchisi Andijon safida o‘ynayotgan sobiq jamoadoshiga beo‘xshov hazil qiladi va hakam tomonidan qizil kartochka olib, maydondan chetlatiladi.
Manba:
1. https://goo.su/vQ7lVtS
2. https://championat.asia/uz/news/363797
3. https://goo.su/I6OIrL

11. 1972-yili rus va kubalik ijodkorlar tomonidan, 1865-yil yozilgan roman asosida bu film suratga olinadi. Film asosan tog‘li hududlar Qrim va Ozarbayjonda olingan. Maxsus effektlar bo‘lmaganligi sababli, ijodkorlar tuman tushishini kutishgan. Bosh qahramon rolini navbat bilan mahalliy bolalar ijro etgan. Ularning boshiga o‘rnatilgan ramkalar yelka vazifasini bajargan ekan. Boshingizni qotirmay savolga o‘taman.
Savol: Film nomini yozib bering.
Javob: Boshsiz chavandoz.
Manba: https://goo.su/jY2Ptb

12. Ma’lumotlarga qaraganda siz yilning ma’lum bir vaqtida Burj Xalifa binosining 80-qavatida bo‘lib qolsangiz, BU ISHNI qilishni boshqalardan ko‘ra yana 2 daqiqa ko‘proq kutishingiz lozim.
Savol: Bu ishni ayting.
Javob: Iftorlik
Izoh: Agar siz 80-qavatdan yuqori bo‘lsangiz, iftorlik qilishga shoshilmaslik tavsiya etiladi. Quyosh to‘liq ko‘rinmasligi uchun yana 2 daqiqa kutishingiz kerak.
Manba: https://goo.su/2i56ILL

II tur

13. Har bir muallif muayyan maqsadlarni koʻzda tutgan holda IKS dan foydalanadi. Masalan, omma oʻrtasida oʻz ijodini taʼkidlab koʻrsatish, muayyan xavf-xatar, tahdiddan qochish, yashirinish va hokazo. IKS dan ilk bor yunon ijodkori Aristofan foydalangan ekan.
Savol: Hammomda go‘lax bo‘lib ishlagan, asl ismi Muhammad Sharifga tegishli bo‘lgan IKSni yozib bering.
Javob: Gulxaniy.
Izoh: Iks-bu taxallus. Gulxaniy hammomda bir muddat go‘lax ya’ni o‘t yoquvchi bo‘lib ishlagan. Shu bois Gulxaniy taxallusini olgan ekan.
Manba:
1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Taxallus
2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Gulxaniy

14. U Ginneslar rekordlari kitobiga “eng ko‘p ekranlashtirilgan adabiy qahramon” sifatida kirgan. Zukko, olijanob, adolatli kurashchi va mazlumlarning himoyachisi bo‘lgan U juda koʻp yozuvchilarni ilhomlantirgan. Natijada u haqida boshqa mualliflar ham asarlar yozgan. Bunday mualliflar ichida Mark Tven, Stiven King, Ayzek Azimov, Nil Geyman singari taniqli adiblar ham bor.

Savol: Uni kimligini yozib bering.
Javob: Sherlok Xolms.
Manba:
1.https://goo.su/5KWrP
2.https://goo.su/veuWacc

15. U Xalq ogʻzaki poetik ijodida keng tarqalgan, duch kelgan hamma narsani yeb-yutib yuboradigan afsonaviy maxluq, oʻta xunuk qari ayol sifatida tasvirlanadi. Hamma narsani yeb bitiradigan yebto‘ymas insonlarga ham ko‘chma ma’noda U deb nisbat beriladi.
Savol: Siz U bilan birga eslanuvchi uy-ro‘zg’or buyumini yozib bering.
Javob: Supurgi.
Izoh: Odatda yalmog’iz bilan birga uning sehrli supurgisi eslab o‘tiladi.
Manba: https://goo.su/MFzif

16. Futbol saytlardan biri yaqinda tug‘ilgan kunini nishonlayotgan futbolchi Abduqodir Husanovni rasmini yoniga 5 sonini qo‘yadi va iqtidorli himoyachi bugun “5 yoshni qarshi oldi” deya tabriklaydi.
Savol: Yuqoridagi ma’lumotdan kelib chiqib aytingchi, futbolchi nechanchi yil, qaysi sanada tavallud topgan?
Javob: 2004 yil 29-fevral.
Izoh: Kabisa yilida tug’ilgan va bu yil 20-yoshni qarshilagan Husanov bor yog‘i 5 marotaba haqiqiy tug’ilgan kunini nishonlagan. (5x4=20)
Manba: https://goo.su/wX0a

17. Honda logotipini yaratishda kompaniya yaratuvchilari ALFA dan ilhomlangan ekan. Rolls-Royce avtomobillari uchun bezak sifatida ishlatiladigan “Ekstaziya ruhi” haykalchasida ham ALFA tasvirlangan. 1891 yilda topilgan asteroid, shuningdek mashhur kompaniya nomi ham ALFA.
Savol: ALFA ni yunoncha so‘z bilan yozib bering.
Javob: Nika, Nike [Nayk].
Manba: https://goo.su/YZIu
Izoh: Nika Yunonistonda g’alaba ma’budasi hisoblangan. Honda logotipini yaratishda asoschilar yunon g‘alaba ma’budasidan ilhomlangan. 1923 yildan beri ma’buda tasviri Rolls-Royce Motors avtomobillari uchun kaput bezaklari sifatida ishlatilgan . Mashhur Nike kompaniyasining nomi ma’buda nomidan kelib chiqqan. Shuningdek, 1891 yilda topilgan asteroid Nika nomi bilan atalgan .

18. Versiyalarga ko‘ra, 1535-yilgi Rossiyadagi pul islohoti davrida tangalardagi shamshir bilan qurollangan chavandoz o‘rniga, nayza ko’targan chavandoz tasviri bilan zarb qilina boshlagan. Keyinchalik bu tangalar mahalliy aholi orasida IKS deb nomlangan.
Savol: IKS o’rnidagi o‘zbekcha bo‘lmagan bir so‘zni yozib bering.
Javob: Kopeyka.
Qabul: Kopek.
Izoh: Nayza rus tilida – копье [kopye] deyiladi.
Manba: https://goo.su/fF6e

19. Ular odatda kam ta’minlangan oilalardan chiqqan va satirik sahna ko‘rinishlar, xalq ertaklari, qo‘shiq va raqslarni ijro etishgan. 19-asr oxiri - 20-asr boshlarida eng mashhurlari sifatida Xaqberdi, Xoliq, Juma, Ergash va To‘dani misol keltirish mumkin. 1995-yil Ergash Mo‘minov rol ijro etgan film nomi ham U edi.
Savol: U o‘rnidagi so‘zni yozib bering.
Javob: Masxaraboz.
Manba: https://goo.su/l1I5d
2. https://goo.su/l1I5d

20. Bu ibora ko‘p ishlarni boshidan kechirib, ayyor, quv bo‘lib ketgan odamlarga nisbatan ishlatiladi. O‘taketgan firibgar, ayyor, makkor manosini yanada bo‘rttirib ifodalash maqsadida ba’zan bu iboraga tullak so‘zi ham qo‘shiladi.Savol: Bu iborani ikki so‘zda yozib bering.Javob: Pixini yorgan.Manba: https://goo.su/LaCH

21. Ushbu adib janubiy Qozog’istonning Chimkent viloyatidagi Turbat qishlogʻi tugilgan. U she’r va dostonlar, opera va balet uchun librettolar, turli nasriy asarlar yozish bilan birga, o'zbek qo‘shiqchilik san’ati rivojiga ham salmoqli hissa qo‘shdi. Uning “Hayo bilan”, “Sumbula”, “Koʻchalar”, “Doʻppi tikdim”, “Sartarosh qoʻshigʻi” kabi she’rlari qo‘shiq qilib kuylangan.
Savol: Uning kimligini yozib bering.
Javob: Turob To‘la.
Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Turob_To%CA%BBla

22. Savolda bir so’z boshqa bir so‘zga almashgan.
O’zbek she’riyatiga tezda kirib, o’z ovozini hammaga eshittirib, lekin ERTA SO‘NGAN shoir Usmon Nosir haqidagi Kun.uz sayti maqolasida U SHAMga qiyoslanadi. Pixar animation tomonidan 2006-yilda ishlangan animatsion film bosh qahramoni laqabi ham SHAM edi.
Savol: Almashgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob: Chaqmoq
Izoh: Savolda tez kirib kelishi, o’z ovozini eshitishi va tez so’nishi sizga javobni topishga yordam berdi degan umiddamiz. 2006-yili Pixar tomonidan mashinalar (Cars) multfilmi bosh qahramoni McQueening laqabi ham Chaqmoq edi.
Manba:
1.https://goo.su/MREM8E
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Cars_(film)

23. Shakarni qaynatib, qiyom qilasiz. Keyin unga limon kislotasi aralashtirasiz. Keyin cho‘p terib ularning uch qismiga qiyomdan quyasiz. 10-15 daqiqadan so‘ng qiyom sovib U tayyor bo‘ladi.
Savol: Bolaga U taklif qilingan film nomini yozib bering.
Javob: Ishbilarmon kishilar
Izoh: Yuqorida obakidandon tayyorlanish jarayoni haqida ma’lumot berildi.
Manba: https://goo.su/hllEIkg

24.Yapon hokkusi:
Baliq ovi mavsumida
U ishonqiramay
O‘lchab yurar qumda oyoq izlarin...
U boʻgʻimoyoqlilar sinfiga mansub bo‘lib, tabiatda 30000 ga yaqin turi uchraydi.
Savol: Uni nimaligini yozib bering.
Javob: Qisqichbaqa.
Manba: https://goo.su/cb5kXGK

✅Telegram kanal: https://t.me/Zakovat_Savollarii

👉Shaxsiy savollar: @aktamov_blogi