Turli millat maqollari
Sizlarga quyida turli millatlar xalq og‘zaki ijodidan to‘plangan maqollarni havola etamiz.
1. O‘zingda nimani ko‘rsang, dunyoda shuni ko‘rasan. (Afg‘oniston)
2. Nima deyilganiga qara, kim aytganiga emas. (Saudiya Arabistoni)
3. Katta stulda o‘tirganing bilan qirol bo‘lib qolmaysan. (Sudan)
4. Hammaga do‘st, hech kimga do‘st. (Angliya)
5. Inson baxt izlamaydi, baxt insonni izlaydi. (Turkiya)
6. Bitta o‘qituvchi ikkita kitobdan afzal. (Germaniya)
7. Kim ovoz bermasa u hammasiga rozi. (Ispaniya)
8. Chiroy mukammallik belgilariga kirmaydi. (Misr)
9. Tan olingan xato bilan uning yarmi tuzatilgan hisoblanadi. (Zulu)
10. Sevgili qalb abadiy yosh. (Gretsiya)
11. Quyoshga tik boq va soyalar orqangda qoladi. (Yangi Zelandiya)
12. Eshakning oldida quloq haqida so‘zlama. (Yamayka)
13. Rostini ayt va sekin u yerdan g‘oyib bo‘l. (Sloveniya)
14. Bir nodonga hayron bo‘lish bilan boshqa bir nodon paydo bo‘ladi. (Fransiya)
15. Tuhmat ko‘mir, yonmaydi lekin kuydiradi. (Italiya)
16. Aqllilar qo‘lida g‘iybat xavfli qurol.(Isroil)
17. Qulfsiz eshik hatto ruhoniyni ham shoshirib qo‘yadi. (Ispaniya)
18. Hamma o‘zi uchun, Xudo hamma uchun. (Angliya)
19. Agar do‘stingdan qutulmoqchi bo‘lsang unga qarz ber yoki qarz ol. (Isroil)
20. G‘urur otda keladi, piyoda ketadi. (Isroil)
Manba:kun.uz