Zakovat Savollari (5-6-7-8 sinflar uchun)
1. Atstek mifologiyasiga ko'ra Ketsalkoatlning bosh kiyimidagi gullar ularni boqish uchundir. Eng kichik qurollardan biri ham uning nomini olgan.
Savol: U nima?
Javob: Kolibri
Izoh: Kolibri dunyodagi eng kichik qushdir.
2. 1815-yilda tug‘ilgan bu inson uchun Berlinda o‘rnatilgan yodgorlik, temirdan emas bronzadan yasalgan.
Savol: Bu inson kim?
Javob: Otto fon Bismark.
3. Fotosuratlar, samalyot bilan bog'liq tarix va janubiy amerikada joylashganligi bu multfilmdagi Jannat nomli gidronim Anxelning prototipi bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi.
Savol: Qaysi multfilm?
Javob: Tepaga.
Izoh: Multfilmda personaj o’z uyi bilan birgalikda Jannat nomli sharsharaga borishi hikoya qilingan.
4. Gelios so‘zi yunonchadan quyosh deya tarjima qilinadi. Bu gulning ilmiy nomi esa Geliantus.
Savol: Qaysi gul?
Javob: Kungaboqar
Izoh: Geliantus quyosh guli deb tarjima qilinadi.
5. 1951-yildagi ziyofatdan song Artur Sass undan tabassum qilishini so'raganida u bunga javoban tilini chiqargan. Uning kofe ichayotgan surati ostiga “Energy, milk va coffee” so’zlari yozilgan.
Savol: Bu inson kim?
Javob: Albert Eynshteyn
Izoh: Sass Eynshteynning mashhur tilini chiqarib turgan suratini olgan inson. Energy milk coffee esa uning mashhur E=MC² formulasiga ishora edi.
6. Insonlardan keyingi hayot hujjatli filmida, insonlarsiz o’tkan 200 yildan so’ng U zanglab ketadi va shamol tufayli uning yuqori qismi qulab tushadi. U joylashgan shahar nomini olgan parfumeriya dokoni, nomdagi A harfini U ko’rinishida tasvirlagan.
Savol: Uni toping.
Javob: Eyfel minorasi
Izoh: Eyfel temirdan iborat va zanglashi tabiiy, A harfining ko’rinishi minorani eslatib yuboradi.
7. Bu asar asosida ishlangan filmning rejissiyori bo’lgan Sarvar Karimov, filmning asosiy atributi xisoblangan qalpoqchani esdalik sifatida uyiga olib ketganini takidlagan.
Savol: Qaysi asar?
Javob: Sariq devni minib
8. Savolda bir so’zdan harflar tushirib qoldirilgan!
Nukusda joylashgan Chilpiq qal'a zardushtiylar uchun dafn joyi sifatida xizmat qilgan. Shu sabab qal’aning yana bir nomi KUN minorasi. Aforizmlardan birida esa qanchalik g’alati bo’lmasin, inson uchun eng maqbul musiqa KUN ekanligi aytiladi.
Savol: Harflari tushirib qoldirilgan so’zni asl holida yozib bering.
Javob: Sukunat
9. O'tkan asr 50-60-yillarida Ford kompaniyasi "Ford Nucleon" modelini ishlab chiqqan, rejaga ko'ra model Unda harakat qilishi kerak edi.
Savol: Uni bir hil harfdan boshlanuvchi ikki so'zda ayting.
Javob: Yadro yoqilg‘isi.
10. Yevropaga pomidor kirib kelishi tufayli 1522-yildan so'ng bu taom Neapolda ham paydo bo'ldi. Yumaloq xamir ustiga go’sht solinib tayyorlanadigan Lahmadjun taomi bu taomning analogi hisoblanadi.
Savol: Qaysi taom?
Javob: Pitsa
11. Astrologiyaga ko'ra har bir sayyora ma'lum bir burjni boshqaradi. Bu voqeagacha Mars chayonni boshqargan. Bu 1930-yildan bo’lib o’tkan bu voqeadan song bir ro’yxatda to’qqizinchi sifatida qayd etila boshladi.
Savol: Bu voqeani bir necha so‘zda yozib bering.
Javob: Plutonning kashf qilinishi.
12. Bu inson kino sohasida ham ko'rinish bergan, masalan: Termir odam 2 filmida o'zini o'ynagan, syujetga ko'ra U Toni Strakning do'sti bo'lgan. Bu insonning qilayotgan ishlari va boyligi sabab zamonamiz temir odami deya atashadi.
Savol: Bu inson kim?
Javob: Ilon Musk
13. Quyoshli va olovli , o'ynamasang o'ynatadi kabi so'zlarni bilan ulug'lanuvchi bu raqs 2019-yilda Yuneskoning nomoddiy meroslar ro'yxatiga kiritildi.
Savol: Bu qaysi raqs?
Javob: Lazgi
14. Yirikligi bo'yicha sakkizinchi bo'lgan bu ko'lning janubida Grizzli tog'i joylashgan.
Savol: Qaysi ko'l?
Javob: Katta ayiq ko‘li
15. Hamyurtimiz Rustam Rajabov qor yo’lbarsi laqabini olgan, bunga sabab u O’zbekiston bayrog’ini bu joyga o’rnatgan ilk inson xisoblanadi. Bu joyga ilk chiqqan insonlar orasida Nepallik Tensing Norgey ham mavjud edi.
Savol: Bu joy qayer?
Javob: Everest cho‘qqisi
16. Tomni Hyungning uyqusizlik kartinasida karavotda yotgan qahramonning atrofini ular o'rab olgan. 1996-yilda yaratilgan Dolli ismli U klonlangan ilk sutemizuvchi bo’ldi.
Savol: U qaysi hayvon?
Javob: Qo’y
Izoh: Uyqisi kelmagan insonlarga qo’ylarni sanash maslahati beriladi.
17. Muallifi Valmiki deya qaraladigan qadimgi hind eposi mill.av. 2-asrda to'liq tugallandi. Doston afsonaviy shoxning yovuz kuchlarga qarshi kurashi haqida hikoya qiladi.
Savol: Qaysi doston?
Javob: Ramayana
18. U 1917-yil 19-noyabrda qadimiy Ollohobod shahrida mashhur huquqshunoslar oilasida tug‘ilgan. Yangi tug'ilgan chaqaloqning bobosi, millatchilikning asosi bo'lib, bashoratli tarzda: "U ming o'g'ildan yaxshiroq bo'ladi", dedi.
Savol: U kim?
Javob: Indira Gandi
19. Bu so‘z "Sut" maʼnosini anglatadigan tojikcha so‘zdan olingan bo‘lib, "oshlik don" maʼnosini anglatadi.
Savol: Gap qaysi taom haqida ketmoqda?
Javob: Shirguruch
20. U Muddatidan avval tugʻilgan chaqaloqlarni parvarishlashda, Bugungi kunda zamonaviy tibbiyotda keng qoʻllanilayotgan usul. Mazkur usul bolaning tana haroratini bir meʼyorda ushlab turishda juda muhim.
Savol: Usul nomida qaysi hayvonni ko’rish mumkin?
Javob: Kenguru
Izoh: Tana haroratini me'yorlashtirishda ota yoki ona ko‘kragiga bola qo‘yiladi.