April 29, 2025

Yaralangan qalblar

1-QISM

Isha har tongda uyg‘onib, oynaga qaraganida, ko‘zlarida ikkita odamni ko‘rardi. Biri – mehribon, orzuga to‘la, boshqalarga yordam berishni istagan qiz. Ikkinchisi esa – qattiqqo‘l, his-tuyg‘ularini pinhon saqlovchi, shubha bilan qaraydigan ayolga aylanish yoqasidagi bir maxfiy timsol.

Bu ikki harakter uni bolaligidan ta’qib qilib kelgan edi. Oilasidagi sovuqlik, qarindoshlarning ishonchsiz nigohlari, “sendan odam chiqmaydi” degan gaplar unga yo’qotishlar emas, ichki portlashlar bergan edi. Ayniqsa,. onasining yolg‘izgina qo‘llab-quvvatlashi uni bugungi kundagi kuchli ayolga aylantirgan. Endi u 20 yoshda, 21ga qadam qo‘ymoqda. U endi taslim bo‘lmaydigan ayol.

Bugun u katta kompaniyada amaliyotchi sifatida birinchi ish kuniga qadam qo‘yayotgan edi. Uning yuragi hayajondan tez urardi. Ko‘mirdek qora sochlari orqasiga yig‘ilgan, qizil lab bo‘yog‘i esa “Men ishonaman o‘zimga” deb turgandek.

Ofisga kirar ekan, barcha unga hayrat aralash tikilar edi.

— Yangi HR praktikant, shunaqami? — pichirladi kotiba qiz, biroq Isha tabassum bilan bosh irg‘ab, befarq o‘tdi.

Unga kabinet ko‘rsatildi, bir nechta fayllar topshirildi va “Mana, boshlang” deyildi. Hech kim iliq kutib olmadi. “Yana sinov”, deb o‘ziga o‘yladi Isha.

Kun o‘tdi. Ishlar bilan ovora bo‘lib, vaqt qanday o‘tayotganini sezmay qoldi. Qorni rosa ochgan edi. Telefoniga qaradi — soat 13:40. Tushlik payti.

U shosha-pisha yo‘lakka chiqdi. Boshida fayllarni o‘qiyotgandi, shuning uchun atrofga qarashni unutdi. To‘satdan — bam!

Qo‘llaridan fayllar to‘kildi, o‘zi ham qariyb yiqilib tushdi.

Oldida — baland bo‘yli, qora kiyimdagi, sovuq nigohli yigit turardi. Uning ko‘zlari ko‘mirdek qorong‘u, yuzida esa hech qanday ifoda yo‘q edi. U shunchaki tik qarab turardi.

— Oh... uzr! Men... sizni ko‘rmadim! — Isha yerga cho‘kib fayllarni yig‘a boshladi.

Yigit bir og‘iz so‘z demasdan o‘tdi ketdi.

Isha esa unga qarab qolgancha qoldi. “Men bu yuzni... bu ko‘zlarni... qayerdadir ko‘rganman... aynan shunday vaziyatda...”

Bir hafta oldin ham aynan shu kompaniya atrofida shunga o‘xshash holat bo‘lgan edi. U yurayotib bir notanish yigitga urilib ketgandi. Endi tushundi — bu xuddi o‘sha odam! Tana orqali yurakka o‘tgan titroq ham xuddi o‘shanday edi.

Keyingi kunlar

Isha ishni o‘rganar, xodimlar bilan muomala qilar, lekin yigit — u sirli begona — hamisha atrofda g‘oyibona sezilardi. Go‘yoki kompaniyada ishlamaydi, lekin hamma undan nimadandir qo‘rqadi.

Va bir kuni direktor Isha ni alohida chaqirdi:

— Isha bizda maxfiy loyiha bor. Bizga odamlarni tahlil qilish bo‘yicha iqtidorli psixolog kerak. Men sizni tavsiya qildim.
— Men... hali talabaman...
— Sizni biz sinab ko‘rmoqchimiz. Bu odam... — direktor to‘xtadi. — Juda murakkab inson.

Isha faylni oldi. Fayl ustida yozilgan ism: Min Yoongi, taxallusi: Suga.

U yuragini ushlab o‘qidi: “Qattiqqo‘l. Emotsional o‘zgaruvchan. Travmatik o‘tmishga ega. Nazorat ostida.”

"Men bu insonni bilaman..." — deb o‘yladi Isha. "Bu — yuragim titragan o‘sha yigit."