
5-qisim Hamma narsa tinchlangandek edi. Tohir hibsda Isha onasi bilan xavfsiz Suga esa Isha bilan yashashni boshlagan.

1-qisim Tina kechki payt, kofe ichib, o‘zini yaxshi his qilgan holatda ishdan qaytayotgan edi. Ko‘chalarda yomg‘ir yog‘ardi. Bir vaqtning o‘zida his qildi, go‘yoki kimdir uni kuzatayotgandek. Bir qarasa, hech kim yo‘q. Ammo ichidagi shubha kuchayib borardi. Birinchi qadam tovushi eshitildi. Tina orqasiga o‘girildi — hech kim. Biroz to‘xtadi, so‘ngra tezlashtirdi. Ammo tovush yana yaqinlashdi. Uning yuragi tez-tez urardi. Bu allaqachon oddiy tasodif emas edi. Birdan, kimdir uni orqasidan qattiq tutib, og‘zini yopdi. Tina qichqirmoqchi bo‘ldi, ammo ovozi chiqmasdi. Kuchli qo‘llar uni mashinaga sudrab, ichkariga tashladi. Tina hushidan ketdi. U yotib, ko‘zlarini ochganida, o‘zini tanimagan bir joyda topdi. Xona qorong‘i, deraza yo‘q...

1 qisim Avtor: “Hayot hammaga kulib boqmaydi. Sen yaxshi deb bilgan inson aslida o‘z rolini qoyilmaqom o‘ynagan bo‘ladi.” Meni hayotim davomida ko‘plab qiyinchiliklar qarshi oldi. Har doim hayot menga yangi kun uchun yangi jazo tayyorlagandek tuyulardi. Ko‘p o‘ylardim: mening gunohim nimada? Nega hayot menga bunday taqdir bergan? Men 18 yoshdaman. 7 yoshimda ota-onam avtohalokatda vafot etishdi. O‘ziga to‘q oilada tug‘ilgan bo‘lsam-da, ular vafotidan so‘ng hayotim butunlay o‘zgardi. Ota-onamning mulklari tog‘amga o‘tdi – davlat onam tarafidagi qarindoshlarga emas, otamning ukasiga mulkni berdi. Tog‘am boylik uchun meni o‘z qaramog‘iga oldi, lekin hech qachon mehr ko‘rsatmadi. Men u uyda xizmatkor kabi yashardim. Kelinoyim menga hech...