Yaralangan qalblar
Isha faylni yana bir marta ochib, diqqat bilan o‘qidi. Uning yuragi har bir sahifa bilan tobora tezroq urardi. Bu inson — Suga — shunchaki “murakkab” emas edi. U — xavfli edi.
Faylda shunday so‘zlar bor edi:
“Yuqori darajada emotsional muvozanatsizlik. Travmalar: bolalikda oila halokatli yo‘qotish. Yaqinda ikki nafar odamni do‘stlari deb tan olishdan bosh tortgan. Xavf darajasi: 4/5.”
Isha chuqur nafas oldi. “Men uni davolashim kerakmi? Yoki... o‘zim shifo topishim kerakmi undan?”
Shu savollar bilan maxsus ajratilgan xonaga kirdi. Bu xona xuddi qamoqxonadek edi — metall devorlar, kamera, va markazda bittagina stul.
U yerda — Suga o‘tirardi.
Qorong‘i libos, qo‘llarini cho‘qaytirgancha, yelkasi biroz bukilgan. Ammo ko‘zlari... g‘alati. Qarab turib, odam o‘zini echinishni boshlagandek his qilardi.
— Assalomu alaykum. Men Isha. Siz bilan ishlashim kerak...
Suga nigohini ko‘tardi.
— Ishlaysizmi? Meni ustimda tajriba qilmoxchisizmi?
Uning ovozi og‘ir, sovuq edi. Barcha harflar keskin chiqardi, go‘yoki har biri tig‘day.
— Yo‘q. Men sizni tushunmoqchiman, — dedi Isha muloyim ohangda.
— Balki, hech kim uringan emasdir?
Suga kulib qo‘ydi. Bu kulgu kulgu emasdi. Bu — achchiqlik, og‘riq, kinoyaning qorishmasi edi.
Sizningcha, men nima bilan shug‘ullanaman, Isha?
— Men... hali aniq bilmayman.
— Yolg‘on. Siz bilasiz. Faylni ko‘rgansiz. “Mafia.” “Xavfli.” “Asabiy.” “Iblis.”
Isha seskandi. U og‘zidan “iblis” degan so‘z chiqqanini kutmagan edi. Shu onda Ishani ko‘zlarida nimanidir ko‘rdi. Qo‘rquv emas. Hafsala. Yolg‘izlik.
— Men sizni iblis deb hisoblamayman, — dedi Isha. Balki siz faqat... hech kim tushunmagan, og‘riqli insonsiz.
Suga bir zum jim bo‘ldi. So‘ng qaddini rostlab Isha tomon yaqinlashdi. Ko‘zlari ichiga qarab turardi.
— Ehtiyot bo‘l Isha . Men seni ham yondirib yuborishim mumkin.
— Balki, men ham oson yonmaydigan odamdirman?
Ularning ko‘zlari to‘qnashdi. Bu qarashda kurash bor edi. Lekin kurash orqali tan olish ham bor edi.
Isha har kuni Sugaga borar, suhbatlar qilar, asta-sekin uning o‘tmishini ochardi. Suga esa Isha da o‘zi tan olmagan narsalarni ko‘ra boshladi: jasorat, qattiqqo‘llik, va ichki qorong‘ulik.
— Agar vaqtni orqaga qaytara olganingda... kim bo‘lmoqchi bo‘larding?
Suga jim qoldi. So‘ng: Balki... senga o‘xshagan odam. Yuragim o‘rniga aqlli bosh bilan.
Isha kuldi: Men seni yuraksiz deb o‘ylamagan edim.
Suga indamadi. Lekin yuragida nimadir siljigandi. U o‘zi sezmagan joyida, bu qiz... uning ichidagi yovvoyi iblis uxlatayotgan edi.
Isha ishxonaga har kuni borardi. Ammo endi bu joy oddiy ofis emas, ichida minglab sirlar yashiringan, ikki xil dunyo to‘qnash keladigan maskanga aylangandi.
U Suga bilan bir necha bor suhbatlashgan edi. Har safar Suga boshqa niqobda kelardi — goh kinoyali, goh jahl bilan, ba’zida esa o‘zini befarq qilib ko‘rsatardi. Lekin Isha sezardi: bu odam ichkarida qattiq urayotgan yurakka ega.
Ammo Isha endi bilmas edi: u nafaqat Sugani o‘rganmoqda, balki o‘zi ham kuzatuv ostida.
Bir kuni u kechqurun ishxonada qolib, Suga haqida yozuvlar tayyorlab o‘tirardi. Qorong‘u xonada faqat kompyuter nuri va qog‘ozlar. Tashqarida esa yo‘qdek sukunat.
To‘satdan…
Taraqq!
Kimdir tashqi eshikni zarb bilan yopdi. Isha seskanib ketdi. Yig‘ishtirishga ulgurmasdan eshik ochildi.
Bu — Suga edi. Lekin bu safar u oddiy ko‘rinishda emas. Qorong‘i charm kurtkada, yuzi ifodasiz, ko‘zlari qizg‘ish, va qo‘lida... qon tomchilayotgan edi.
Isha yuragini ushlab orqaga chekina boshladi.
— Sen bu yerda bo‘lishing kerak emas edi…
— Suga… bu… bu nima bo‘ldi? Qo‘ling… bu… bu qonmi?
Suga chuqur nafas oldi. Uning yuragi tinmay urayotgandi.
Isha yerga tiz cho‘kib qoldi. Boshqa harakat qila olmasdi. Xavf, hayrat, yuragini ezayotgan tuyg‘ular aralashib, uni joyiga mixlab qo‘ygandi.
Suga unga yaqinlashdi. Qo‘lidagi qonli latta bilan qog‘ozlarni yopdi.
— Sen meni bilmasliging kerak edi Isha…
— Kech… kech bo‘ldi…
Sugat bir zum jim turdi. Keyin yengil egilib, uning ko‘zlariga qaradi.
— Men seni bu o‘yinga aralashtirmoqchi emasdim. Lekin endi orqaga yo‘l yo‘q.
— Nimani o‘ldirding? Insonnimi?
Suga bosh irg‘adi. Ammo uning ovozida pushaymonlik yo‘q edi. Faqat bir narsani his qilish mumkin edi: bu odatga aylangan. Og‘riqli, lekin zarur odat.
— U meni sotmoqchi edi. Men… tanlovsiz edim.
Isha endi titray boshladi. Uning butun tanasi muzlab qolgandek edi. U bugun bir odamning ikkinchi, yovvoyi tomonini ochgan edi. Endi u so‘zsiz tushundi — bu odamda ikki shaxs yashaydi: Suga va Iblis
Keyingi kun
Isha o‘zini zo‘rg‘a ishga yetib keldi. Butun kecha uxlamadi. Ammo hech kim hech narsa bilmagandek Suga ofisda odatdagidek yurardi. Uning nigohi Isha qidirayotgandek edi.
Va nihoyat, ular liftda to‘qnash kelishdi.
Isha og‘iz ochmadi. Lekin Suga sekin pichirladi:
— Men seni himoya qilaman. Agar bu dunyo seni yeymoqchi bo‘lsa… uni men yo‘q qilaman.
Isha shunchaki unga qaradi. Uning yuragida birinchi marta: qo‘rquv bilan birga ishonch paydo bo‘ldi.