Yaralangan qalblar
5-qisim
Hamma narsa tinchlangandek edi. Tohir hibsda Isha onasi bilan xavfsiz Suga esa Isha bilan yashashni boshlagan.
Lekin muhabbatga tinchlik yarashmaydi.
Tina nufuzli xalqaro psixologlar konferensiyasiga taklif oladi. Joy: Parij.
U xursand. U istagan joy — chet el. Lekin yuragining bir chekkasi xavotirda: Suga nima qiladi?
Suga esa qaror qabul qilgan: Isha qayerga borsa, u ham o‘sha yerda bo‘ladi.
Ammo Isha bu qarorga ikkilanadi. Chunki Suga — hali ham jinoyatchi sifatida qidiruvda. U bilan birga borish — xavf, stress va ehtimoliy fosh bo‘lish.
Lekin Suga unga faqat bitta gap aytadi:
— Sen menga hayot berding. Endi men sening ortingdan hatto jahannamga ham yurishga tayyorman.
Isha jim turdi... so‘ng: — Unda Parijga bilet olamiz.
Parijda — yangi boshlanish, lekin yangi dushman ham
Isha konferensiyada nutq so‘zlaydi. Uning chiqishi ko‘plarni hayratga soladi. U sevgi, kechirim, va psixologik tiklanish haqida gapiradi.
Lekin u sahnada turgan vaqtda, Suga zaldan chiqib ketadi. U birinchi safar o‘ziga yashirin kuzatuvchilarni sezdi.
Parij ko‘chalarida Suga eski tanishni uchratadi. Sirli, sovuq, lekin aql bovar qilmas darajadagi go‘zal ayol: Malika.
U bir paytlar Suga bilan bir mafiyada bo‘lgan. Unga oshiq bo‘lgan. Lekin Suga Ishanbilan yangi hayot boshlaganini bilib, endi ularni ajratmoqchi.
Malika — o‘ta xavfli ayol. U faqat so‘z bilan emas siyosiy kuch bilan ham o‘ynaydi.
U Suga haqida sirlarni biladi. Sirlar? Suga aslida mafiyaning o‘g‘li emas. U bolaligida o‘g‘irlangan va mafiyaga “tarbiya uchun” berilgan.
Uning asl oilasi — fransiyalik boy siyosatchilar oilasi bo‘lishi mumkin!
Isha va Malika — sevgi uchun kurash
Malika Ishani topadi. U bilan ochiq suhbat:
— Suga seni tanladi, bilaman. Lekin u meniki edi. U menga tegishli edi. Men uni yaratdim, sen uni o‘zgartirding. Endi o‘sha yovuz Suga qaytishi kerak. Men uni yana Iblis qilaman.
Isha titradi lekin ko‘zlarida jasorat:
— Uning ichidagi yovuzlikni sen yaratgan bo‘lishing mumkin. Lekin uning yuragidagi mehrni men uyg‘otdim. Suga endi seniki emas.
Konferensiyaning oxirgi kechasi. Barcha kuchlar harakatda.
Malika Suga'ni og‘dirish uchun uning haqiqiy oilasini ko‘rsatadi. Video, hujjatlar, guvohlar. Suga titraydi. Hali u nima qilishni bilmaydi. "Men kimman?" savoli uni yo‘q qilayapti.
Ammo... Isha qulog‘iga shivirlab aytadi:
— Sen kim bo‘lganing muhim emas. Muhimi — kim bo‘lishni tanlaysan.
Va bu so‘zlar — Suga uchun hammasini aniqlashtiradi.
To‘qnashuv. Malika va Suga. Biri qalbni nazorat qilmoqchi, biri ozodlikni istaydi.
Suga Malikani mag‘lub qiladi. Ammo uni o‘ldirmaydi.
Men seni kechiraman chunki Isha menga kechirishni o‘rgatdi.
Malika yiqiladi. Qonli, lekin jim. Orqada esa Isha yaltirab turgan ko‘zlar bilan Suga’ga qarab turadi.
Parij osmoni ostida Eyfel minorasi nuri ostida Isha va Suga bir-biriga qarab turadi.
Suga jilmayadi: — Endi boshlanadi, hayotimiz. Yorug‘likda, lekin men seni himoya qilish uchun qorong‘ilikni ham yo‘q qilaman.
Va ular quchoqlashadi. Orada jinoyat, yovuzlik, kechmish, sevgi, va sadoqat — ammo baribir bir-biridan voz kechmagan yuraklar.
Parijdan qaytganiga bir hafta bo‘ldi. Isha hamon hayratda: bu safar uni o‘zgartirdi. Hayotining o‘rtasida — ikki dunyo: psixologiya va jinoyat, mehr va zo‘ravonlik, Isha va Iblis.
Suga esa... sukutda. U Malika bilan yuzma-yuz kelgach, ichidagi bir bo‘lak yorildi. Uning haqiqiy oilasi haqida bilganlari uni tinch qo‘ymayapti. Hali ham kim ekanini bilmaydi. U kim: mafiozimi, yo‘qsa boy siyosatchining yo‘qolgan farzandimi?
Isha buni sezadi. U har kuni Suga’ga bir xil savol beradi: Nega jim bo‘lyapsan? Ammo Suga faqat bitta gap aytadi: Hamma narsa tugashi mumkin Isha. Sen mendan yaxshiroq hayotga loyiqsan.
Isha esa shunchaki jilmayadi: Men tanlagan hayot — bu sen.
Shanba kuni rejalashtirilmagan tashrif
Tongda eshik taqillatildi. Isha ochdi.
Qorong‘i ko‘zoynak, klassik palto, ammo qaddi tik, mag‘rur va sovuq nigoh bilan: Senga rahmat. Mening o‘g‘limni mendan tortib olgansan. Endi qaytar.
Isha hayron. Bu ayol — o‘ta boy oilaning boshlig‘i. Ular Suga’ni “o‘g‘irlangan bola” deb rasmiy tan olibdi. Unga yangi ism, yangi hayot, hatto oila nomidan siyosiy lavozim ham tayyorlab qo‘yishibdi.
Ammo ayolning niyati boshqa. U Suga’ni Isha dan ajratmoqchi.
Isha jim qoldi. Faqat ichida bitta narsa uyg‘ondi: men uni yo‘qotmayman.
Suga tanlovda: yurakmi yoki majburiyat?
Kechasi Isha bilan Suga oxirgi marta yolg‘iz qolishadi. Suga unga qaraydi: — Men seni sevaman Isha . Ammo bu odamlar meni endi “siyosiy vosita” sifatida ishlatmoqchi. Agar ketmasam, ular seni yo‘q qiladi.
Isha ko‘zlariga yosh to‘pladi: Demak men yana kimnidir ishonchsizligidan azoblanamanmi? Sen ham meni tark etmoqchimisan?
Suga ko‘zini olib qochdi: Yo‘q lekin agar sen o‘lsang, men tirik bo‘lolmayman.
Ular jim bo‘lishdi. Yuraklar uryapti, ammo so‘zlar hech narsa qila olmayapti.
Isha uyg‘ondi. Yonida... Suga yo‘q edi.
Faqat bir varaq qog‘oz qoldirilgan edi:
“Sen menga hayot berding. Endi men seni himoya qilish uchun o‘zimdan kechaman. Bu endi muhabbat emas. Bu qurbonlik.