May 15, 2025

Yaralangan qalblar

6 qisim

Isha Suga ketganidan keyin bir hafta ichida o‘zgardi. Uyida xonasida Suga yozib qoldirgan xatni yuz marta o‘qidi. Har o‘qiganda ko‘zida yosh ammo ichida bitta gap aylanadi:

“Meni himoya qilish uchun ketdi lekin men o‘zimni himoya qila olaman.”

U shunchaki yuvvosh psixolog emas. Endi u izlayapti — kim uni Suga dan ayirdi va nima uchun?

Isha Suga ning onasiga murojaat qiladi. U ayol u zo‘r bo‘lishi mumkin — lekin Isha undan battarroq. U boshidanoq biladi — bu ayol Suga ni siyosiy qurol sifatida ishlatmoqchi.

U ayolga ochiq aytadi: — Siz mendan Suga ni tortib ola olmaysiz. Men uni faqat sevganim uchun kerak emas. Men uni tushunaman tinkayaman sevaman mehr meraman beraman siz esa faqat foydalanasiz.

Ayol jilmayadi: — Sen hali yoshsan Isha.Bu dunyo sevgi bilan emas kuch bilan yuradi.
Isha qattiq javob beradi: — Unda men kuchni ham sevgi bilan aralashtiraman. Va ko‘rasiz — kim yutadi.

Isha Malika bilan uchrashadi. U Malika ning o‘tmishini biladi. Va birinchi marta... Malika ham ko‘zida yosh bilan gapiradi: —U hech qachon meni sevmagan. Faqat majburiyat bo‘lgan. Lekin u seni sevdi. Shuning uchun uni o‘z qo‘llaring bilan qutqar.

Isha hayron. Malika yordam bermoqchimi?

Ular bir-birlariga tikiladilar. Orada dushmanlik yo‘qolib bir tuyg‘u qoladi — bir odamni sevish og‘rig‘i.

Malika unga maxfiy hujjatlar beradi — Suga ni “yangi hayot”ga majburlash uchun foydalanilgan noqonuniy materiallar. Bu hujjatlar bilan Isha butun bir siyosiy tizimni yiqita oladi.

Isha qiyin tanlovda: u endi Suga ni qaytarishi mumkin. Ammo buning evaziga u o‘zining qorong‘i tomonini ochadi. U o‘zi yomon ko‘rgan tizimga kiradi. U ham bir mafiyaga bir o‘yinchiga aylanadi.

U qaror qiladi: “Men ularni ichkaridan yanchaman.”

Isha o‘zining shaxsiy tarmog‘ini tuzadi. Yuristlar, jurnalistlar, sobiq jinoyatchilar Ular barchasi endi Isha tomonida.

Endi u nafaqat sevgan odamini qaytaradi, balki uni majburlagan tizimni butunlay yo‘q qiladi.

Suga bir necha oy o‘tib, televizorda ko‘radi: "Yangi HR kompaniya rahbari yosh psixolog ayol siyosiy tizimdagi korruptsiyani fosh qildi."

Ekranda — Isha

U Suga’ga qarab jilmayadi ammo ko‘zlari sovuq.

“Men seni sevaman... lekin endi men seni ham qutqara olaman.”