Yaralangan qalblar
1 hafta o‘tdi. Isha hali ham Iblis qutqargan kunning ta’siridan chiqa olmayapti. Har kecha u o‘sha portlashlarni, Iblisning qonli, lekin mehrli ko‘zlarini eslaydi. Uning yuragida birinchi marta ikki narsa bir paytda uyg‘ondi: qo‘rquv va muhabbat.
Lekin Iblis — u o‘sha kungi voqealardan keyin o‘zgarib ketgan. U endi hech kimga ishonmaydi. Hatto o‘ziga ham. Faqat Isha ishonadi.
Isha birinchi marta Iblisning haqiqiy yashirin joyiga kirgan edi. Bu yerda devorlarda eski suratlar, maxfiy hujjatlar, qurollar... va birgina burchakda — Iblisning bolalikdagi surati.
— Bu senmisan? — dedi Isha rasmga qarab.
— Va men seni yana o‘sha bolaga aylantirishim mumkin. Faqat ijozat ber...
Iblis unga qaradi. Ko‘zlari yiltirab ketdi. Ammo bu yaltirash bu safar yovuzlikdan emas edi umiddan.
Qora Sardorning o‘g‘li — Tohir sahnaga chiqadi
Tohir — bu odam Iblisning eng so‘nggi dushmani. Otasi Suga tomonidan yo‘q qilingan, endi o‘g‘il qasos olishga tayyor. Ammo Tohir oddiy dushman emas. U psixologik o‘yinchi. U Suga va Isha orasini buzuvida eng kuchli qurol — haqiqatni ishlatmoqchi.
Isha bir kuni sirli maktub oladi:
"Seni qutqargan odam o‘sha kuni faqat seni emas, o‘zining eng yaqin odamlarini ham qurbon qildi. U yuragingdagi farishta emas. Faqat Iblis."
Isha maktubni o‘qib hayron bo‘ladi. Ich-ichida nido:
— Nima bo‘lyapti? U menga yolg‘on gapirdimi?
Iblis bunga tayyor edi. U kun kelib Isha haqiqatni bilishini bilar edi. Shuning uchun o‘sha tunda, u uni yashirin xonaga olib boradi. Devordagi seyfni ochadi. Ichida — video yozuv, qonli fotosuratlar, o‘liklar ro‘yxati.
— Men seni aldadim Isha dedi u sokin ovozda. — Men faqat himoya qilish uchun odam o‘ldirgan emasman. Ba'zida... men yoqtirganim uchun ham o‘ldirganman.
Isha titradi. Nafasi siqildi. Ammo qochmadi. Faqat bir savol berdi:
— Endi-chi? Endi kim bo‘lishni istaysan?
Iblis indamadi. Lekin bu jimlik ichida javob bor edi. U Isha uchun o‘zini o‘zgartirishga tayyor.
U endi tanlagan. U psixolog, u odamlarni tuzatadi. Va bu safar u bemor emas, sevgilisi. U Iblisni tuzatish uchun o‘z hayotini ham xavfga qo‘yadi.
Tohir, Tina bilan Iblisni ajratish uchun so‘nggi qadamga boradi. U Ishaning onasini garovga oladi.
— Tanlov qil: sevgingmi onangmi?
Bu Iblis uchun hal qiluvchi dam bo‘ladi.
Va uo‘zini emas Ishaning onasini qutqarishga boradi. Bu Isha uchun eng katta isbot bo‘ladi: U endi Iblis emas. U Suga
Tohirning tahdidi hammasini o‘zgartirdi.
Isha hayoti endi xavf ostida emas edi — onasi tahdid ostida edi. Va bu Iblisni o‘zining eng qorong‘u holatiga qaytarib tashladi. Ammo bu safar u boshqa edi.
Bu safar u sevgan insoni uchun harakat qilmoqda edi. Bu safar u qon uchun emas, hayot uchun kurashyapti edi.
Yashirin joy. Og‘ir qurollangan odamlar. Va markazda Ishani onasi kursiga bog‘langan holda, ko‘zlarida qo‘rquv.
Tohir esa Isha bilan videoqo‘ng‘iroq qilmoqda.
— Seni sevaman deganing yolg‘on — deydi u. U faqat o‘zini sevadi. Unga odamlar vosita. Onangni ham vosita qilaylikmi?
— Tohir! Seni yomonlik so‘rish qanaqa darajaga tushirdi?
— Iblis bilan sevgining oxiri faqat halokat bo‘ladi.
U qora kiyimda, qattiq ko‘zlar bilan qurollarini tekshiryapti. Yonida faqat bitta narsa bor Isha yozgan xat:
>"Agar sen yovuz bo‘lsang ham, men seni kechirdim. Ammo endi o‘zingni kechirishing kerak."
Suga ichidan qichqiradi. Bu dunyoda unga hech kim ishonmagan — faqat Isha.
Iblis — yo‘q, endi u Suga — bunkerga bostirib kiradi. Portlash, olov, qonga belangan kurash. Ammo bu safar o‘ldirish — so‘nggi variant.
U har bir zarbani Isha uchun berayapti. Onasini qutqarish uchun Ishani himoya qilish uchun.
Va nihoyat u Tohirni qo‘lga oladi.
Qurol To‘hir boshiga qaratilgan. Nafas og‘ir.
— Qil! deydi Tohir. — O‘ldir meni Iblis bo‘layver!
Suga jim. Ko‘zlarini yumadi. Ammo qurolni pastga tushirdi.
— Men seni o‘ldirgan odam bo‘lishni xohlamayman... Chunki men endi Iblis emasman. Men sevgilim uchun o‘zgarganman.
Isha orqada turib, ko‘zlarida yosh bilan bu lahzani kuzatmoqda edi.
Jang tugadi. To‘hir hibsda. Onasi qutqarildi. Barcha xavf ortda.
Isha va Suga zalda yolg‘iz qolishdi. Har ikkisi ham yarador, charchagan, ammo tirik.
— Men hali ham seni sevaman. Har xil shafqatsizliging, kechmishing bilan. Chunki men seni yaxshi tomoning emas, butunliging uchun sevaman.
Suga indamay yaqinlashdi. Uning qo‘li qonga belangan, ammo yuragi iliq edi.
— Agar sen mening yorug‘ligimsan, men qorong‘ulikdan chiqaman. Faqat sen qol...
Va ular bir-birini o‘pishdi. Qonli sahnada, harob bo‘lgan binoda — ammo bu sevgi toza edi. Yolg‘onlardan, o‘limdan o‘tgan.