Yaralangan qalblar
Yangi shahar. Yangi ofis. Yangi hayot. Ammo yurakdagi og‘riq hali ham eski.
Isha endi o‘z kampaniyasini boshlagan. U boshqarayotgan psixologik yordam markazi nafaqat oddiy insonlarga, balki jinoyatchilarga ham yordam berishga yo‘naltirilgan. Ammo bu markaz... aslida faqatgina niqob. Chunki Isha ichkaridan dushmanlarini sindirmoqda. Uni hech kim to‘xtata olmaydi.
Eshik ochiladi. U yerda — u.
Suga.
Sochlari biroz uzunroq. Qorong‘u ko‘zlarida o‘sha o‘sha o‘tkirlik. Ammo endi ko‘zida alam ham bor.
U hech narsa demaydi. Faqat Isha ga tikilib turadi.
Isha esa, har doimgidek, xotirjam: — Bilardim, qaytasan.
Suga unga bir qadam yaqinlashadi: — Menga qanday jasorat bilan sevgi haqida gapirganingni eslayman... lekin sen meni kuching bilan sevgan ekansan.
Suga davom etadi: — Endi sen o‘sha meni himoya qilaman degan qiz emassan. Endi sen... o‘zimga o‘xshaysan.
Isha kulimsiraydi: — Balki. Balki men ham iblisga aylangandirman. Lekin seni qutqarish uchun... men hatto jahannamga ham tushishga tayyor edim.
Suga chuqur nafas oladi. Yuragi hozir portlab ketadiganday. Chunki bu ayol... uni ham sindira olgan, ham sevgan yagona inson.
Lekin orada jimlik. Ikki yurak uryapti. Biri — yomonlik bilan. Biri — haligacha muhabbat bilan.
Suga Isha ga qarab aytadi: — Mening dunyomga kirasanmi? Men bilan bo‘lasanmi — lekin qon, xiyonat, va xavf ostida?
Isha hech o‘ylamay javob beradi: — Men allaqachon kirdim. Sen ketganingda, men sening joyingni egalladim.
Ular o‘rtasidagi masofa yo‘qoldi. Endi ular bir jamoa. Bir kuch. Bir yurak lekin ikki iblis.
Lekin Isha biladi — bu sevgi emas, bu urush. Bu his emas, bu olov. Har safar birga bo‘lishsa, atrofdagi hamma narsani kuydiradilar.
Suga va Isha endi birga ishlayapti. Ular birinchi maqsadni aniqlashdi — Suga’ni sindirgan tizimning asosiy boshqaruvchisi: General Aleksandr Degrov. Bu odam Isha ning onasining o‘limida ham aybdor.
Isha:
— Bu safar biz uni sindiramiz. Lekin bu safarmen boshqaraman.
Suga kuladi: — Endi haqiqiy iblis sen bo‘ldingmi?
Isha qattiq javob beradi: — Yo‘q. Men o‘zim bo‘ldim. Nihoyat.
Orada... SEVGI. Ammo o‘sha quyuq qorong‘ilik bilan aralashgan. Ular bir-birlariga teginishganda — nafaqat mehr, balki og‘riq ham beriladi. Chunki bu ikki qalb... urushdan o‘tgan. Qon ko‘rgan. Kutilmagan hislar bilan to‘la.
Isha bir kecha o‘sha tanish xona ichida Suga ga tikilib turadi.
— Men seni hech qachon unutmaganman. Ammo endi men seni kechira olmayman.
Suga uning qo‘lini ushlaydi.
— Men ham seni sevganim uchun seni yomon ko‘ra olmadim.
Ularning lablari yaqinlashadi. Ammo o‘rtada sir. Sirlar xiyonatlar va qasos.
Isha yuragida bitta savol bilan qoladi: