Qiyofadosh
1 qisim
Avtor: “Hayot hammaga kulib boqmaydi. Sen yaxshi deb bilgan inson aslida o‘z rolini qoyilmaqom o‘ynagan bo‘ladi.”
Meni hayotim davomida ko‘plab qiyinchiliklar qarshi oldi. Har doim hayot menga yangi kun uchun yangi jazo tayyorlagandek tuyulardi. Ko‘p o‘ylardim: mening gunohim nimada? Nega hayot menga bunday taqdir bergan?
Men 18 yoshdaman. 7 yoshimda ota-onam avtohalokatda vafot etishdi. O‘ziga to‘q oilada tug‘ilgan bo‘lsam-da, ular vafotidan so‘ng hayotim butunlay o‘zgardi. Ota-onamning mulklari tog‘amga o‘tdi – davlat onam tarafidagi qarindoshlarga emas, otamning ukasiga mulkni berdi. Tog‘am boylik uchun meni o‘z qaramog‘iga oldi, lekin hech qachon mehr ko‘rsatmadi.
Men u uyda xizmatkor kabi yashardim. Kelinoyim menga hech qachon iliq muomala qilmasdi – meni urardi, haqorat qilardi, hattoki tanamni kuydurardi. Maktabdagina o‘zimni baxtli his qilardim. O‘qishni tugatdim, o‘z kuchim bilan universitetga kirdim. O‘qish bilan birga ishlardim, o‘zimni o‘zim boqardim. 17 yoshimda uydan alohida chiqib ketdim.
19 yoshga to‘lganimda qonuniy ravishda mulk egasiga aylanishim kerak edi. Shu sababli tog‘am bu yoshga yetgunimcha boylikni o‘z nomiga o‘tkazmoqchi bo‘ldi, ammo davlat hali unga bu huquqni bermagan edi.
Yana bir tong otti. Endi men bir yildan beri mustaqilman. Zo‘ravonliklardan holi, tinch hayot kechiryapman. Hozirda universitetning birinchi kursida o‘qiyman. A’lochi, chiroyli qizman, ko‘plab do‘stlarim bor. Rassomchilikka, pianino chalishga qiziqaman. Hozir san’at universitetida tahsil olyapman.