April 13, 2025

Qonli qasos

2 fasil (1 qisim)

1-Qism: Qaytish
Franko Moretti o‘ldi.
Bu xabar butun mafiya dunyosini larzaga soldi. Uni o‘ldirgan esa… o‘z qizi — Elina Moretti edi.
Otasi unga onasining o‘limini, yillar davomida qilgan zulmini, yolg‘on va xiyonatlarini kechira olmadi. Elina o‘z qo‘li bilan otasini yo‘q qilgan va imperiyani egallagan edi.
Lekin bu g‘alaba unga osoyishtalik olib kelmadi. Elina ichki azob va murakkab tuyg‘ular girdobida qolgan edi. U o‘zini topish, ruhiy jihatdan tiklanish uchun hamma narsani ortda qoldirib, Yevropaning narigi chekkasiga — Ispaniyaga yo‘l oldi.
U yerda bir yil yashadi. Yolg‘iz, sokin, hech kim tanimaydigan joyda. Qayta nafas oldi, o‘zini qayta kashf etdi.
Ammo vaqt o‘tishi bilan ichidagi haqiqiy Elina yana uyg‘ondi. U kuchli, qat’iyatli va yana o‘z o‘rniga qaytishga tayyor edi.
Va nihoyat... Elina yana Parijga qaytdi.
Qaytganida u butunlay boshqacha edi. Sochlari kaltaroq, nigohlari esa avvalgidan ham sovuqroq. Endi u nafaqat Franko Morettining vorisi, balki — butun imperiyaning yangi hukmdori edi.
Elina hamma narsa ustidan nazorat o‘rnatdi. Moliyaviy tarmoq, qurol savdosi, yashirin aloqalar — hammasi endi uning qo‘lida edi.
Faqat bitta narsa unga tinchlik bermasdi.
Suga.
Elina uni tark etgan edi. Hech qanday tushuntirishsiz. Lekin yuragining bir chetida Suga bilan bo‘lgan tuyg‘ular hali ham o‘chmagan edi.
U bilardi — bu tuyg‘ularga joy yo‘q.
Endi Elina yolg‘iz edi. Va bu uning tanlovi edi.
Lekin… Suga jim turgan emas.
U Elinaning qaytganini eshitgan zahoti, yana harakatga keldi.
— U mendan qochmoqchi bo‘ldi. Lekin sevgidan qochib bo‘lmaydi, — dedi u o‘ziga.
— Men uni qaytaraman. Hattoki... sevgimni tan olishga majbur bo‘lsa ham.
Shu bilan 2-faslning yangi o‘yini boshlandi.

Elina