Yaralangan qalblar
Isha tunda uxlamasdan o‘tirardi. Suga haqida yozgan varaqlari butun stolni qoplagan. Har bir satr savol har bir gap qaltis haqiqat.
Lekin bu safar savollar boshqacha edi. “Men uni tuzatishim kerakmi yo‘qsa uni sevyapmanmi?”
O‘sha paytda deraza ortidan qora Range Rover chiqib keldi. Mashina ichidan Suga emas iblsi tushdi. Qorong‘u libos, ko‘zoynak, charm qoplamali qurol qistirilgan belbog‘. Bu endi o‘sha mehribon ko‘zli, ichidan so‘z chiqmaydigan Suga emas edi. Bu iblis Mafiya qo‘rboshisi.
Isha jim qarab turdi. Iblis eshikni qattiq taqillatdi.
Isha eshikni ochdi. Bu safar hech nima demadi. Shunchaki nigohida savol bor edi.
— Seni olib ketishim kerak dedi Iblis. Ular sening ortingdan chiqishgan.
— Mening dushmanlarim. Ular seni “mening zaif nuqtam” deb hisoblashyapti.
Iblis bir zum qarab turdi. So‘ng sekin, og‘ir ohangda dedi:
— Ha. Va men birinchi marta bundan qo‘rqyapman.
Isha yuragini ushlab oldi. U bu so‘zlarni kutmagan edi. Iblis– murosasiz qotil, o‘tkir aql egasi, sovuq yurakli odam… lekin u sevadi. Haqiqatan. Bu uning ko‘zida ko‘rinardi.
Mashinada ular jim ketishardi. Birdan orqadan qora mototsikl paydo bo‘ldi. Suga buni ko‘rishi bilan mashinani chapga burdi. Isha qattiq baqirdi.
— Ular seni olishmoqchi! O‘tir joyingda!
Qattiq ta’qib boshlandi. Ular ko‘chani kesib o‘tishdi, o‘q uzildi. Isha ko‘zini yummoqchi bo‘ldi, lekin o‘zini qo‘lga oldi. U Iblisning yonida bo‘lishni tanlagan, endi orqaga yo‘l yo‘q.
Mashina bir joyga burilib, eski garajga kirib ketdi. Iblis Ishani qo‘lidan ushlab, uni ichkariga sudradi.
— Men endi yashirmayman. Men Iblisman. Va men seni tanladim. Endi sen ham tanla: qochasanmi… yoki men bilan yurasanmi?
Iblis bir zum jim bo‘ldi. Yuragi qattiq urardi, lekin nigohi — qat’iy.
— Men hech qachon qo‘rqmaslikni o‘rganmoqchiman. Va agar bu sening yoningda bo‘lsa — ha, men yuraman.
Iblis unga yaqinlashdi. Ko‘zlari ko‘ziga tegdi. Ular nafas olib turgan havoni baham ko‘rayotgandek edi.
Bir zumda hamma narsa to‘xtaganday bo‘ldi.
Va nihoyat — iblis asta, hech qanday shoshilinch harakatsiz, uning peshonasiga labini tekkizdi.
— Endi men seni hech kimga bermayman
Iblis Isha uchun boshqa tomonni ochadi – uni maxfiy uyiga olib boradi, bolaligidagi sirlari bilan tanishtiradi.
Isha iblis o‘ldirgan odam aslida kim bo‘lganini bilib qoladi: bu shunchaki jinoyatchi emas, balki unga tahdid qilgan o‘tmishdagi “do‘st” bo‘lgan.
Isha iblisni tuzatishga urinadi. Ammo bu oson bo‘lmaydi — iblis qurolsiz yashay olmaydigan odam.
Va eng og‘iri: Isha iblis sabab o‘z yaqinlaridan yiroqlasha boshlaydi. U hayotini ikki dunyo orasida kechira boshlaydi: yorug‘lik va qorong‘ilik.
Isha uyqudan qattiq nafas bilan uyg‘ondi. Yostiq usti ter, yuragi esa hali ham kechagi voqealarning ta’siridan chiqmagan. Iblis — u hozir buni inkor qila olmaydi — yuragini egallagan edi.
Lekin Isha bu sevgi bilan qanday yashashi mumkin? Bir tarafda insonlarni davolaydigan mehribon psixolog, boshqa tarafda odamlarni o‘ldiradigan yovuz Iblis.
Suga qora futbolkada, oyog‘ini stolga qo‘yib, qurolini tozalab o‘tirardi. Ko‘zlari — befarq. Ammo Isha kirib kelgach, ich-ichidan bir narsa titradi. U bu qizga qanday bog‘lanib qolganini o‘zi ham tushunmayapti.
— U... seni tahdid qilganlardan biri edi. Meni yomon tarafim uyg‘ondi. Iblis.
Isha bir lahza jim qoldi. Keyin dedi:
— Unda tanishtir: men ham ba’zida farishta emasman.
Suga boshini ko‘tardi. U hayratda edi. Isha hozirda uning eng qorong‘u tomonini qabul qilayotgan edi.
Isha endi Iblisning haqiqiy hayotini ko‘rayotgan edi: yashirin omborlar, qoradorilar kontrabandasini to‘xtatish, shartnomalar, xoinlar, va... o‘lim.
U Suganing asosiy dushmani — Qora Sardor ismli mafiyaning sobiq rahbari bilan bo‘lgan urush haqida bilib oldi. Va Iblisning o‘tmishi unchalik yomon emasligini anglay boshladi — u avval “ularni to‘xtatish” uchun bu yo‘lga kirgan edi.
Ammo vaqt o‘tgan sari o‘zi ham zulmatga aylangan.
Bir kuni Isha odatdagidek amaliyotiga borayotgan edi, lekin qaytib kelmadi.
Iblis eshitdi: Isha o‘g‘irlab ketilgan. Orqada esa yozilgan xabar:
“Yuragingdagi farishtani yo‘q qilsam, sen qaytasan, Iblis.”
Uning ichidagi g‘azabni hech narsa to‘xtata olmaydi. Qo‘li titraydi. Nafas og‘irlashadi. Iblis uyg‘ondi.
U hammasini yondirib yubordi. Yolg‘iz. Qora Sardorning bunkerini topdi. Qon to‘kildi. Portlashlar. Qorong‘ilik.
Va u Ishani topdi. Shalviragan, ko‘zlari yosh, lekin kuchli.
— Nega kelding? dedi Isha qonga bo‘yalgan Iblisga qarab.
Iblis oldiga keldi. Qo‘li yaralangan. Ammo ko‘zlari to‘g‘ri yuragiga urildi.
— Chunki men seni o‘zimdan ham ko‘proq sevaman. Agar yuraging qonga to‘lsa ham — baribir men seni sevaman.
Isha uning quchog‘iga o‘zini tashladi. Qonli, sovuq quchog‘iga. Ammo bu quchoqda muhabbat bor edi. Jang va zo‘ravonlik ichida tug‘ilgan, lekin samimiy.