January 19, 2022

Buloqboshi tumanida seminar tashkil etildi

Bugun Turizm va sport vaziri o'rinbosari A.Karimov tomonidan joriy yilning 10-13-yanvar kunlari bosh boshqarma tasarrufida faoliyat olib borayotgan sport ta’lim muassasalari direktorlari, ularning oʻrinbosarlari (sport, oʻquv, hoʻjalik ishlari) bilan oʻtkazilgan yigʻilishda bergan topshirig'i ijrosini ta’minlash maqsadida, Buloqboshi tuman Bo'smda seminar tashkil etildi.

Unda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish, hududlarda obodonlashtirish ishlarini olib borish, sportchilarga shugʻullanishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, hoʻjalik ishlarida olib borilayotgan ishlar yuzasidan viloyatdagi barcha sport ta’lim muassasalalarida xizmat olib borayotgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarning hoʻjalik ishlari boʻyicha direktorlar oʻrinbosarlari bilan “Mahorat saboqlari” o'tkazildi.

Mazkur seminarda viloyatdagi barcha sport ta’lim muassasalaridan jami 26 nafar hoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari, Buloqboshi tumani BOʻSM mutassaddilari hamda bosh boshqarma rahbariyati ishtirok etdi.
Seminarda bir qator masalalar yuzasidan tuman BOʻSMning hoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari D.A.Buamatova tomonidan mavzuga oid tushuntirishlar berildi.
Tadbir karantin qoidalariga rioya etgan holda va yuqori saviyada boʻlib o'tdi.

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati

https://t.me/andijon_turizm_sporti