A
@andijonturizmsport
21 posts

Qo'qonga sayohat

Mamlakatimizda ichki turizmni jadal rivojlantirish madaniy, tarixiy, me`moriy obidalarimiz hamda turistik manzillarga sayohatlar tashkillashtirish, sayyohlar ko'lamini oshirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O'sh shahriga Andijon viloyati hokimligi tomonidan 10 ming dona Pavloniya daraxti ko'chatlari beg'araz yetkazib berildi

Bir necha muddat ilgari, O'sh shahri hokimligining viloyatimizga tashrifi chog'ida, delegatsiya a'zolari shaharda amalga oshirilayotgan "Yashil makon" loyihasi doirasidagi ishlarni yuqori baholab, O'sh shahrida ham ushbu loyihani qo'llash taklifini bildirgan edilar.

Ahmadbekhoji mehmonxonasi

Ahmadbekhoji mehmonxonasi Alisher Navoiy nomidagi Andijon shahar madaniyat va istirohat bog‘ining sharqiy tomonida joylashgan ushbu me’moriy obida 1905–1907-yillarda andijonlik yirik boy, paxta zavodi egasi Ahmadbekhoji Temurbek o‘g‘li buyurtmasi bilan mehmonxona va ish yuritish joyi sifatida bunyod etilgan. Qurilishda O‘zbekiston xalq me’mori, Respublika Fanlar akademiyasining faxriy a’zosi Yusufali Musayev (1869–1947), usta Toshxon, usta Yahyo va ularning shogirdlari ishtirok etishgan. Me’moriy yodgorlik O‘zbekiston xalq rassomi, usta Saidmahmud Norqo‘ziyev tomonidan xalq amaliy bezagi san’atining sir naqqoshlik va ganch o‘ymakorligi turlari bilan bezatilgan.

Shahrixon tumanida viloyat chempionati bo'lib o'tdi

Kuni kecha Shahrixon tumani "Hokim kubogi" uchun sportning suzish hamda stol tennisi turlari boʻyicha viloyat ochiq birinchiligi hamda qoʻl jangi sport turi boʻyicha mahorat darslari boʻlib oʻtdi.

KREPS QAL`ASI

Andijon shahridagi "Islomobod" MFY hududida joylashgan ushbu yodgorlik Qal’a nomi bilan mashhur. U Chor Rossiyasi harbiy qismi uchun mudofaa qo‘rg‘oni sifatida bunyod etilgan. Qal’aning 10 metrdan ortiq baland bo‘lgan devorlaridan Andijon shahrining har bir mahalla, ko‘chalari kaftdek ko‘rinib turgan va shu joydan turib isyonlarni bostirish imkoniyati bo‘lgan.

O‘YNAMAGANNI HAM O‘YNATA OLADIGAN “ANDIJON POLKASI”

Og'zaki xalq ijodiyoti, qo'shiq va raqs an'analarini o'zida mujassam etgan O'zbekiston raqs san'ati boy tarixga ega. Mana shu tarix davomida turli xil raqs uslublari paydo bo'lgan. Raqs - bu odamlarning muloqot qilish usullaridan biri va odamlarning o'z his-tuyg'ularini ko'rsatishning juda muhim usulidir.

ANDIJON FARZANDI ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDIGA 539 YIL TO'LDI

Moziyga nazar tashlar ekanmiz, bilimi, qalami, salohiyati bilan dunyolarni lol qoldirgan ulug' ajdodlarimiz siymolari ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. Ularni har qancha e'zozlasak, ardoqlasak oz. Bugun ana shunday ulug' ajdodlarimizdan biri bo'lgan shoh va shoirlik jihatini bir ko'ngilga sig'dira olgan bobokalonimiz Bobur tavalludiga roppa-rosa 539 yil to'ldi. Aytish joiz, Bobur o'zbek deb atalgan millatning dardi, armonidir. Shuning uchun ham dardimizki, u G'arbda Chig'atoy davri - "Oltin asr" deb nomlangan XV asr madaniyatining so'ngi vakili, Temuriylar saltanatining so'ngi hukmdori bo'ldi. Uning avlodlari hind diyorida 300 yildan ortiqroq hukmronlik qildilar.

POLVONTOSH QISHLOG'I

Andijonning Marhamat tumanida shunday qishloq borki, uning yaralish tarixi o'tmish davrlariga borib taqaladi. Odamlar orasida bu qishloqni II jahon urushida asirga tushgan nemislar va 1944-45 yillarda Qrimdan surgun qilingan tatarlar qurishgan, degan fikrlar bor. Qishloqda hozir ham neft quduqlaridan bir sutkada ming tonnagacha neft qazib olish mumkin.

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi keng nishonlandi

Andijon viloyatidagi Zahiriddin Muhammad Bobur maydonida oʻzbek mumtoz adabiyotining zabardast vakili, buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, olim va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

ДОСТОПРИМЕЧАТЕЛЬНОСТЬ «ИМОМ-ОТА»

Паломнический комплекс "Имом-ота" расположен в горной зоне Тош-ота Ходжаабадского района. Паломнический комплекс был назван в честь имама Мухаммада Ханафии, который с давних лет занимает достойное место в исламском мире. Исследователи П.Абдулахадов, В.Азимов в книге “Алтыарик зиятгохлари” и “Насибаномайи» Мухаммада Ханафии написано, что «сын исламского полководца Хазрати Али Мухаммад Ханафия (умер в 700 году), завоевал Хорасан, за заслуги перед народом при вступлении в ислам, получил название ”Хорасан-ота“, ”имом-ота", поэтому в этой области есть достопримечательности, связанные с именами Бобо Хорасана, имом-ота.