Turistlar ishtirokida O'zbekiston bo'ylab sayohat uyushtirildi
Mamlakatimizda ichki turizmni jadal rivojlantirish, sayyohlarni yurtimizdagi ziyoratgohlar, tarixiy obidalar, ko'ngilochar maskanlar, turistik zonalardan xabardor qilish, ularning sayohatlarini mazmunli va qiziqarli tashkil etish, ko'proq turistlarni jalb etish maqsadida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bugun Qirg'iziston va Andijon tur operatorlari, bosh boshqarma tashabbusi bilan Tojikiston, Ozarbayjon, Rossiya, Armaniston hamda Qirg'izistonlik jami 180 nafar sayyohlar viloyatimizga tashrif buyurdilar.
Ta'kidlash joizki, ular hafta mobaynida yurtimizning Toshkent, Buxoro, Andijon kabi viloyatlarini aylanib, ziyorat qildilar. Ushbu sayohat va kechki bayramona shou konsert dasturi ularda ajoyib taassurot qoldirdi.
Darvoqe, bu kabi tadbirlar ichki turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi turgan gap.
Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati