February 14, 2022

POLVONTOSH QISHLOG'I

Andijonning Marhamat tumanida shunday qishloq borki, uning yaralish tarixi o'tmish davrlariga borib taqaladi.
Odamlar orasida bu qishloqni II jahon urushida asirga tushgan nemislar va 1944-45 yillarda Qrimdan surgun qilingan tatarlar qurishgan, degan fikrlar bor.
Qishloqda hozir ham neft quduqlaridan bir sutkada ming tonnagacha neft qazib olish mumkin.

Aytishlaricha, Polvontoshda neft koni 1939-yilda, deb tahmin qilinadi. 1947-yilga kelib esa bu yerlar "Nefychilar qishlog'i" deya nom qozonadi.
Ko'p o'tmay konchilar shaharchasiga aylangan bu qishloq odamlari juda soddadil va mehnatkash xalq. Manbalarga qaraganda, qishloqda koreys, rus, tojik va boshqa millat vakillari yashagan. Uni haqiqiy baynalmilal hudud desak arziydi.

Ta'kidlash joizki, Polvontosh atrofidagi adirliklarda 50 dan ortiq ishlab turgan neft quduqlari mavjud. Qishloq erkaklarining katta qismi esa neft ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadilar.
Xayratlanarlisi shundaki, bu quduqlardan neft hech qanday texnikalarsiz, o‘zi oqib chiqadi.
Qishloqni ko'rib bobo-buvilarimiz davridagi ajoyib bolalik davrlarni eslasak, ne ajab.

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati

https://t.me/andijon_turizm_sporti