March 7, 2022

Qo'qonga sayohat

Mamlakatimizda ichki turizmni jadal rivojlantirish madaniy, tarixiy, me`moriy obidalarimiz hamda turistik manzillarga sayohatlar tashkillashtirish, sayyohlar ko'lamini oshirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shunga binoan, kuni kecha viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi hamda "MG-tur" MCHJ turistik firmasi bilan hamkorlikda Bo'ston tumanidagi bir guruh faol yoshlarning vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari uchun Andijon-Qo'qon yo'nalishi bo'yicha sayohat uyushtirildi.
Qo'qon shahrida ko'zga ko'ringan turistik obyektlarga ziyoratga Bo'ston tumanidan 52 nafar faol yoshlar saralab olindi.

Qo'qonga tashrif chog'ida yoshlar shaharning Xudoyorxon O'rdasida bo'lib, u yerdagi tarixiy manbalar, xon saroyi, muzey bilan yaqindan tanishdilar.

Darvoqe, Andijon-Qo'qon bo'ylab sayohatga 50 nafar yoshlar jalb etilgan bo'lib, ushbu ekskursiya ularda iliq taassurot qoldirdi.
"Biz Qo'qonning haqiqiy marvaridi hisoblangan Xudoyorxon O'rdasiga tashrif buyurganimizda, tarixiy voqealar ko'z oldimizda gavdalanganday bo'ldi. Shaharga biz uchun sayohat uyushtirgan tashkilotchilarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman" - deydi sayohat ishtirokchilaridan biri.

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi

https://t.me/Andijon_Turizm_va_Sport