February 21, 2022

Shahrixon tumanida viloyat chempionati bo'lib o'tdi

Kuni kecha Shahrixon tumani "Hokim kubogi" uchun sportning suzish hamda stol tennisi turlari boʻyicha viloyat ochiq birinchiligi hamda qoʻl jangi sport turi boʻyicha mahorat darslari boʻlib oʻtdi.

Suzish sport turiga viloyatimizning barcha shahar tumanlari hamda qoʻshni viloyatlar, xususan, Fargʻona, Namangan viloyatidan tashrif buyurgan, jami 350 nafardan ziyod sportchilar qatnashdi.

Stol tennisi bo'yicha 150 nafar, qoʻl jangi mahorat darsiga esa viloyatimizdagi taniqli 50 nafar trenerlar hamda federatsiya rahbarlari qatnashdilar.
Shuningdek, 15-maxsus maktab internati o'quvchilari musobaqada kuzatuvchi sifatida taklif etildi.

Qizgʻin tarzda oʻtkazilgan musobaqa yakunida tuman hokimi tomonidan g'oliblarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi

https://t.me/Andijon_Turizm_va_Sport