February 18, 2022

KREPS QAL`ASI

Andijon shahridagi "Islomobod" MFY hududida joylashgan ushbu yodgorlik Qal’a nomi bilan mashhur. U Chor Rossiyasi harbiy qismi uchun mudofaa qo‘rg‘oni sifatida bunyod etilgan. Qal’aning 10 metrdan ortiq baland bo‘lgan devorlaridan Andijon shahrining har bir mahalla, ko‘chalari kaftdek ko‘rinib turgan va shu joydan turib isyonlarni bostirish imkoniyati bo‘lgan.

Uning bir necha kazarma binolari, qurol-aslaha omborlari, oshxona, to‘pxonalardan iborat mudofaa qo‘rg‘oni bo‘lgan. Qal’ada chor Rossiyasi armiyasining Turkiston asosiy muntazam harakatdagi batalyoni 4-5-rotasiga tegishli 250 dan ziyod askari yashagan.

Qal'aning zindonida mahbuslar saqlangan, qatlga hukm qilinganlarning jasadlari quduqqa tashlangan. Shu quduqdan 2 kamaz mashinada odam suyagi qoldiqlari topilgan"- deydi muzeyning mas'ul xodimlardan biri.

Qal’a 130 yil davomida juda ko‘p tarixiy voqealar, jumladan, 1898-yil Dukchi Eshon boshchiligidagi Andijon qo‘zg‘olonining guvohidir.
Hozirda bu me'moriy yodgorlikdan muzey sifatida foydalanilmoqda.

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi

https://t.me/Andijon_Turizm_va_Sport