January 12, 2022

Jahondagi eng g'ayrioddiy mehmonxonalar

1.Attrap’ Reves Yuqori Provans Alp tog’lari, Fransiya

  Ushbu maskan mehmonlari kunduzi ultrabinafsha nurlarini o‘tkazmaydigan, tunda esa hasharotlar va zahdan himoya qiladigan shaffof elastik materialdan ishlangan pufaklarda hayotdan lazzatlanadilar. O‘tli pol va teleskop – qulaylikka qabul qilingan qo‘shimchalar. Xonalarning ichiga silindrsimon yo‘laklar olib boradi. Yashash qiymati — €139 dan boshlanadi.

2.The Manta Resort Pemba oroli, Tanzaniya

Birgina xona bo‘lmaganida, bu dengiz bo‘yidagi oddiy dam olish mehmonxonasi bo‘lardi. Bu – suv osti xonasiga ega suzib yuradigan uycha. Underwater Room qirg‘og‘idan 250 metr uzoqlikda joylashgan. Ekzotik qurilmaning palubasida kunduzi kokteyl ichgan holda quyoshda toblanish, tunda esa yulduzlarni tomosha qilish mumkin. Suv ostidagi yoqoqxonaning ulkan derazalaridan marjon baliqlari, meduzalar va kalmarlarning hayotini kuzatish mumkin. Underwater Room da yashash — sutkasiga €1 000 atrofida, mehmonxonaning boshqa xonalarida — €405 dan boshlanadi.

3. Poseidon Undersea Resort Fidji orollari

Ushbu noodatiy mehmonxona 74 xonadan iborat bo‘lib, ulardan 25 tasi 15 metr chuqurlikdagi suv ostida joylashgan, qolgan xonalar esa suv ustida qoziqoyoqlarga qurilgan. Suv ostidagi xonalar o‘zaro maxsus yo‘lak bilan tutashgan 50 metrli kapsulalar ko‘rinishida ishlangan. Mehmonlar o‘z xonalarida hordiq chiqarish davomida dengiz mavjudotlarini kuzatishlari mumkin. Buning uchun ularni jalb qiladigan maxsus chiroq yoqilsa, yetarlidir. Mehmonxonada yashash qiymati 7 kun (6 kecha) uchun bitta sayyohga $15 000 yoki ikki kishiga $30 000.

4.ArcticTree House Hotel Rovaniyemi, Finlayandiya Laplandiyasi

Shundoqqina daraxtlar tepasida joylashgan hashamatli xonalardan iborat arktik mehmonxona. Mehmonxona shimoliy yog'dudan bahramand bo'lish va dunyodagi asosiy Rojdestvo yo’nalishi – Santa-Klaus Qishlog'iga tashrif buyurish uchun mukammal joylashuvga ega. Yashash qiymati — 2 sutka uchun €850 dan boshlanadi.

5 . Jumbo Stay Stokgolm, Shvetsiya

2002 yilda bankrotka uchragan Shvetsiya kompaniyasiga tegishli Boing 747—212B (Jumbo Jet) 2008 yilda mehmonxonaga aylantirilib, Stokgolmdagi Arland aeroportiga kirish joyiga o‘rnatilgan. Unda 29 ta xona mavjud. Eng qimmatli va shinam xona uchuvchilar kabinasida joylashgan. Ushbu kabinadan aeroportga panoramali manzara ochiladi, oddiy xonalardan esa uchish chizig'ini tomosha qilish mumkin. Joylashish qiymati — sutkasiga taxminan €136.

6. Skylodge Adventure Suites Urubamba, Peru

Mazkur antiqa mehmonxona Perudagi Muqaddas vodiyda taxminan 120 metr balandlikda joylashtirilgan 3 ta shaffof kapsuladan iborat. Mehmonxona konstruksiyasining dizayni pastda yoyilgan vodiy manzarasini tomosha qilish va tog‘ sraguzashtlarini boshdan o‘tkazish imkonini beradi. Sarguzashtning bir qismi kapsulaga yetib olish uchun qoyaga chiqishda tog‘ yo‘li bo‘ylab murakkab yo‘nalishni bosib o‘tishdan iborat. Yashash qiymati sutkasiga bir kishi uchun taxminan €270 (kapsula-xona ichiga 8 tagacha odam sig‘ishi mumkin).

7.  Sheraton Huzhou Hot Spring Resort Xuchjou, Xitoy

Sheraton G‘ayrioddiy shakldagi serhasham mehmonxona – to‘liq oval shaklini yaratish uchun suvdan 27 qavat yuqorida va 2 qavat pastda joylashgan. U jahondagi eng qimmatli 10 ta mehmonxona ro‘yxatiga kiradi. 2 kishilik xonada yashash qiymati — sutkasiga €200.

8.Free Spirit Spheres Vankuver oroli, Kanada

Bu mehmonxonadagi joylar sharlar ko‘rinishida ishlangan bo‘lib, daraxtlarga osib qo‘yilgan. Natijada, shamolda bir oz silkinib turadigan xonada uxlash mumkin. Joylashish qiymati — sutkasiga €155.

9.The Boot Bed’n’Breakfast Tasman, Yangi Zelandiya

Yangi Zelandiyadagi Tasman hududining qoq markazida The Boot Bed’n Breakfast ulkan poyabzal shaklidagi 2 qavatli kottej joylashgan. Mehmonlar uyi 2 kishiga mo‘ljallangan va romantik hordiq uchun ajoyib joy sanaladi. Yashash qiymati — juftlik uchun sutkasiga taxminan €250.

10. Ice-hotel Yukkas’yarvi, Shvetsiya

Shvetsiyaning haqiqiy muz javohiridir. Uning tengi yo‘q ichki bezaklari va me’moriy ansambli har yili o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish uchun Yukkas’yarvi qishlog‘iga butun dunyodan tashrif buyuradigan iste’dodli rassomlar tomonidan yaratiladi. Mehmonxonadagi muzdan ishlangan xonalarni bezatishda diodli lampalar, hayvonlarning terisi, suratlar va muz haykallardan foydalaniladi. Barcha qulayliklar mehmonxonadan bir necha metr uzoqlikdagi qo‘shni imoratda joylashgan bo‘lib, bu yerda shuningdek sayyohlarning buyumlari saqlanadi. Muz mehmonxonasida qolishni istagan sayyohlarga muzdan ishlangan xonalarda yashash bo‘yicha yo‘riqnomalar beriladi. Yashash qiymati — ikki kishiga bir kecha uchun taxminan €578. Sovuq xonada bir kechadan ortiq vaqtga qolish tavsiya etilmaydi.

11. Leap Rus eko-mehmonxonasi Kabardino-Balkariya, Rossiya

Dunyodagi eng baland tog‘da, dengiz sathidan 3 912 metr balandlikda joylashgan mehmonxonalardan biridir. Endi Elbrusga ko‘tarilish bir vaqtning o‘zida ham xavfli, ham qulay bo‘lishi mumkin: tunash joyidagi krandan issiq suv oqadi, pollar isitiladi, yuqori tezlikdagi Wi-Fi mavjud. Yegulik esa quyidagicha – 3 taomdan iborat to‘liq tushlik (zero, bunday balandlikda ovqat tayyorlash o’ta qiyin, chunki suv 80 gradusda qaynaydi va bir necha soatlab qaynatish kerak bo’ladi). Mehmonxona fazoviy kapsulalarni eslatuvchi bir nechta blokdan iborat. Mehmonxonaga 3 800 metrgacha kanat yo‘lagi bo‘ylab ko‘tarilish mumkin, qolgan yo‘lni esa qordayurar yordamida bosib o‘tiladi. Yashash va ovqatlanish qiymati — bir kishi uchun sutkasiga 7 500 rubl, manzarali deraza yonidagi joy (ovqatlanish bilan) — sutkasiga 8 800 rubl.

12.Montana Magica Lodge Neltume, Chili

Mazkur ertaknamo uycha Uilo-Uilo qo‘riqxonasida joylashgan. Tashqaridan mehmonxona vulqonga o‘xshaydi. Agar deraza o‘rinlari bo‘lmaganida, bu imorat o‘rmon manzarasining bir qismi bo‘lib ko‘rinardi. Imoratning o‘rta qismi darajasidagi “maymunlar” osma ko‘prigi ichkariga kirishning yagona yo‘lidir. Yashash qiymati — 2 sutka uchun taxminan €367.

Internet manbasi (https://www.adme.ru) dan foydalanildi.

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati

https://t.me/andijon_turizm_sporti