January 13, 2022

Dunyodagi eng ajoyib turistik obyektlar

Siz sayohat qilayotganingizda noma'lum, yashirin joylarni izlashni yaxshi ko'radigan tadqiqotchimisiz? Marhamat, dunyodagi eng antiqa turistik zonalariga biz bilan sayohat qiling!

1. Jiuzhaigou milliy bog'idagi ko'k ko'l. (Xitoy)

Xitoydagi 1375 metr uzunlikdagi go'zal kristalli ko'k ko'lga bir ko'z tashlang. Tibet platosi yaqinidagi Min tog'lari orasida joylashgan bu maskan Pekinning gavjum ko'chalaridan ancha uzoqda! 1992-yilda YUNESKO bu joyni Jahon merosi obyektiga aylantirdi.

2.Gavaya orolining Oaxu shahridagi Xayku zinapoyasi

Hech narsa Oaxudagi Xayku zinapoyasidan ko'ra "osmonga qadar" zinapoyaga yaqinroq kelmaydi. Ushbu ulug'vor zinapoyalar 1942-yilda qurilganida juda maxfiy maqsadda bo‘lgan. Ushbu zinapoyalar Tinch okeani bo'ylab dengiz floti kemalariga radio signallarini uzatish uchun Xayku radiostansiyasi tomonidan qurilgan. Bugun siz unda 3922 qadam bosishingiz mumkin. Agar jur'at etolsangiz?!

3.Filippinning Surigao del Sur shahridagi Sehrli daryo

Filippin asta-sekin o'zining go'zalligini birin-ketin orollarni namoyish etish orqali ko‘rsatmoqda, Boracay va Palawan kabi joylar esa tobora ommalashib bormoqda. Biroq, hali ko'p noma'lum joylarni kashf qilish kerak. Surigao Del Sur nomli kichik provinsiyaning qoyali tog‘lari orqasida bu ertakka o‘xshash daryo yashiringan. Olomon odamlar tomonidan “bezovta qilinmaydigan” sehrli daryoning g'orlarigahar kim ham sho‘ng‘iy olmasa kerak.

4.Polshaning Shetsin shahridagi egri o'rmoni.

G'arbiy Polshadagi Grifino shahri yaqinida g'arayb qiyshiq daraxtlardan iborat maskanga duch kelasiz. Egri oʻrmondagi 400 ga yaqin qaragʻay daraxti o‘z ildizdan 90 graduslik burchak ostida oʻsadi. Ba'zilarning aytishicha, daraxtlarni 90 daraja egilishining sababi hududdagi tortishish kuchidir. Boshqalari esa yanada dahshatli sabablarga ega.

5. Hitachi dengiz bo'yi parkiga tashrif buyuring (Ibaraki, Yaponiya)

Tokio yaqinidagi bu go'zal joyga borish qiyinroq, lekin bu maskan Tokioda yagona sanaladi! Tokioning shimoli-sharqida joylashgan ushbu Kanto tekisligida har bir palitrada turli xil gullar mavjud bo‘lib, albatta, bu yer gul ishqibozlari jannat deb ataydigan joydir.

6.AQShning Viskonsin shtatidagi Apostol orollari

Bu arxipelag Viskonsinning yashirin marvaridi hisoblanadi. Bu 60 fut balandlikdagi qumtosh devorlari tabiiy ravishda yasash uchun deyarli juda mukammal, ammo ular shunday yasalgan!

7. Qaldirg'och nuqtasidagi dengiz g'ori, Apostol orollari

Boliviyadagi Salar de Uyuni (Salar de Tunupa)ga boring. 10,582 kvadrat kilometrga cho'zilgan bu sho'r tekislik dunyodagi eng katta tuzli tekislik hisoblanadi. Boliviyaning janubi-g'arbidagi Potosi shahrida joylashgan dunyodagi eng go'zal noma'lum joylardan biri. U atrofidagi tarixdan oldingi ko'llar natijasida hosil bo'lgan.

8.Yangi Zelandiyaning Rotura shahridagi Rotorua issiq buloqlari

Bu maskan Rotura otishma geyzerlari va ko'pikli loy hovuzlari bilan dunyodagi eng ajoyib geotermal mo''jiza sifatida tanilgan. Dam olish bilan shug'ullanayotganingizda, sayohatlaringiz davomida Maori madaniyati haqida ma'lumot olishingiz mumkin.

9.Norvegiya va Shimoliy qutb o'rtasidagi Svalbardda issiq o'rab oling

Sovuq iqlimdagi sarguzashtga tayyormisiz? Norvegiya va Shimoliy qutb o'rtasidagi Svalbard arxipelagini kashf qilish uchun Shimoliy Muz okeaniga sayohat qiling. Dunyodagi eng go'zal joylardan biri hisoblangan Svalbard "sovuq qirg'oqlar" deb tarjima qilinadi. Bu yerda siz bir qancha qo'riqxonalar, qushlar qo'riqxonalari va ba'zi qutb ayiqlarini topishingiz mumkin!

10. Peruning Huakakina shahridagi qumtepalar bilan o'ralgan kichik voha

Peru janubi-g'arbiy qismida kichik ko'l bilan o'ralgan va yer yuzidagi eng ichki joyida ulkan qum tepalari bilan o'ralgan kichik shaharcha joylashgan. Bu vohada atigi 96 nafar aholi istiqomat qiladi. Bu joy sizga quyosh botishini ko‘rish, shuningdek, shaharning turistik do'konlarini o'rganish, sarguzashtlarni boshdan kechirish va sandboardingni sinab ko'rish uchun yaxshi joyni taklif qiladi!

11.Tanzaniyadagi Natron ko'lini uzoqdan ko'rgan ma`qul!

Bu ko'l hayvonlarni toshga aylantiradi. Ha, albatta! Tashrif buyurishga juda g'ayrioddiy joy, lekin uni albatta, alohida tushuntirish kerak. Ushbu ko'ldagi suv juda gidroksidli, PH qiymati 10,5 gacha. Shunday qilib, u suvga tushishga jur'at etgan har qanday hayvonning terisini avtomatik ravishda yoqib yuboriladiBu ko'lda suzib bo‘lmaydi!

12. Portugaliyaning Quinta de Regaleira shahridagi teskari minora.

Bu 27 chuqurlikdagi quduq ulug'vor joy bo'lib, odamlar uni teskari minora deb atashgan. Portugaliyaning Sintra shahridagi mulkda joylashgan. Mulk, shubhasiz, ichkarida bo'lgani kabi, tashqi ko'rinishi ham shunchalik chiroyli. Bu sirli joy sayohatchilarni bu haqiqatan ham quduqmi yoki teskari minorami deb hayron qoldiradi. Siz nima deb o'ylaysiz?

13. Ikkita qit'a Islandiyaning Pingvallavatn ko'li

Har bir kishini bir vaqtning o'zida ikkita joyda bo'lish qanday his berishi mumkinligi qiziqtirsa kerak? Islandiyaning Pingvallavatn ko'liga borib buning qandayligini his qilish mumkin. Atlantika okeaniga cho'kib, siz toshlar orasida suzsangiz siz Evropada ham, Amerikada ham suzasiz!

14. Avstriyaning Hinterbryuhl shahridagi Seegrotte

Xinterbruhl Avstriyada joylashgan bu ko'l Evropadagi eng katta yer osti ko'li hisoblanadi. U yer sathidan 60 metr pastda cho'zilgan.

15. Xitoyning Sanqing tog'idagi Jiujiang

Bu joy qadimgi davrlarda Taoizm bilan shug'ullanadigan joy bo'lgan. Tog'larning relyefi uchta cho'qqiga ega: Yujing, Yuxua va Yuxu cho'qqilari Taoizmda "Uch Qirolllik" deb nomlanadi. Ushbu epik ko'rinish sizga ajoyib manzaralar, o'ziga xos qoyalar va "cheksiz" sharsharalarni taqdim etadi.

Xo'sh, nimani kutmoqdasiz? Ko'plar sayohat qilmagan yo'lda sayohat qilish vaqti keldi!

Manba: (https://www.opodo.co.uk/blog/amazing-unknown-places/) Ingliz tilidan Мohinur Xazratullo qizi tarjimasi.

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati

https://t.me/andijon_turizm_sporti