February 12, 2022

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi keng nishonlandi

Andijon viloyatidagi Zahiriddin Muhammad Bobur maydonida oʻzbek mumtoz adabiyotining zabardast vakili, buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, olim va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Andijon viloyati hokimligi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi teatrlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbir ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

Unda soʻz olganlar, mustaqillik yillarida oʻzbek xalqining boy madaniy merosi, ayniqsa, buyuk bobokalonimiz tomonidan yaratilgan nodir, bebeho ilmiy asarlarning jahon tarraqiyoti, ilm-fan rivojidagi ahamiyati, ilmiy salohiyati, insoniyat tafakkuri, shuningdek, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirishdagi tutgan o'rni nihoyatda muhim ekani taʼkidlandi.

Tadbir soʻngida Andijon viloyati Yoshlar teatri hamda musiqali drama teatri ijodiy jamoalari tomonidan Bobur hayotiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari, vatanparvarlik ruhidagi kuy va qoʻshiqlar hamda yosh ijodkorlar tomonidan Bobur gʻazallaridan namunalar oʻqib eshittirildi.

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati

https://t.me/andijon_turizm_sporti