January 13, 2022
Sport pasportini berish bo'yicha bajarilgan ishlar
2022-yil yanvar oyining birinchi 10 kunligida 300 ga yaqin sport pasportlari rasmiylashtirildi.
Xususan, Andijon viloyatidagi 113 ta, Buxoro viloyatidagi 30 ta, Namangan viloyatidagi 87 ta, Surxondaryo viloyatidagi 54 ta sportchilarga quyidagi sport turlari bo‘yicha sport pasportlari topshirildi:
Boks – 104
Kurash – 53
Dzyudo – 22
Karate – 19
Og‘ir atletika - 17
Futbol – 15
Qo‘l jangi – 16 va boshqalar.
Ta`kidlash joizki, sport pasporti yagona namunadagi hujjat bo‘lib, sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga mansubligini va uning sport malakasini tasdiqlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 22-noyabrda ro‘yxatdan o‘tgan 2949-sonli “Sport pasporti to‘g‘risidagi nizom” ga muvofiq rasmiylashtiriladi.