Today

Aristos Cor

Sen bilan "Baxt" ko'chasida adashib qolgim bor. ᴇᴘɪsᴏᴅᴇ 1 —Eshitdingmi, «Chanel» brendining vitse-prezidenti, shuningdek asosiy dizayneri va elchisi Melodie Couffaine kecha vafot etibdi. Qiziq tomoni, janubiy Koreyada... —Rostdanmi? Bu haqida qayerdan eshitding? — ikkinchi ayol qiziqib so'radi. Men esa suhbatga chetdan quloq solib turardim. —Bugun ertalab telekanallar orqali xabar berishdi. Nahotki, buni o'tkazib yuborgan bo'lsang? Men senga batafsil aytib berishim mumkin. Bu gapni tasdiqlagandek ikkinchi ayol ham bosh irg'ab qo'ydi. —Aslini olganda, u koreys bo'lgan... Ikkinchi ayol gap boshlanmasidanoq savol berdi. —Shunday bo'lsa nega uning ism-familiyasi fransuzcha? U rostan ham koreys bo'lgan ekanmi? —Ha, ota-onasining millati koreys. Men o'zim boshidan aytib beraman sen eshit faqat! —... —Gapning muddaosi, u ancha yillar avval Fransiyaga ko'chib ketgan va shu yil Koreyaga qaytganida uning yigiti xiyonat qilib boshqa qiz topgan ekan. —Melodie o'tmishda munosabatlarda bo'lgan ekanmi? — qiziquvchanligi ustun kelib so'radi ayol. —Albatta. Jimgina eshit!.. Melodie Koreyaga qaytgach yigiti bilan gaplashib olmoqchi bo'lgan lekin sobiq yigiti uni rad etibdi. Yigiti uni ortiq yaxshi ko'rmasligini va hozirda boshqa qizda ko'ngli borligini aytibdi. Qizning o'limida aynan uning sobiq yigitining qo'li bor deb shubxalanishmoqda... Oxirgi jumlani eshitib men portladim. Shu darjada soxta ma'lumotlarni u qayerdan olgan?! Yonidagi ayol ham indamay bularni tinglab o'tiribdi. Ular voqeani dramatiklashtirib yubormasliklaridan oldin men ularga o'shqirdim. —To'qimachilik ham ivi bilanda!!! Ikki g'iybatchi bu yerda o'zlaridan boshqa odam yo'q deb o'ylagani bois, meni ovozimni eshitgach ikkisining ham yuragi birdan shuv etdi. Ayniqsa, birinchi ayol... Ehtimol, yolg'on gapirgani uchun... —Asl voqea umuman boshqacha edi. Men boshidan gapirib beraman... Albatta eshitsangiz! —dedim oxirgi gapimni biroz zaxarhandalik bilan. Bir yil avval. 2025-yil sentyabr. Deelan Radrigo— 18 yoshlik universitet talabasi edi. Aslida, unda o'qishga nisbatan qiziqishlar bo'lmagan... Ehtimol, universitetga ham otasining mashhurligi sabab qabul qilingan. boshida uning o'qish niyati ham yo'q edi, u oliy ta'limga dugonasi sabab hujjat topshirga beqaror o'smir qiz edi. Hayratlanarli tomoni, medetsina yo'nalishidan ketgani. U qondan qo'rqar, ba'zan qonni ko'rsa hushidan ketar darajada edi. Hattoki, odamlar uni ''Tantiq malika'' deb mazah qilishar, shu sababdan, dugonalari deyarli yoq edi. Faqatgina, Baek Liandan tashqari. Bu do'stlikning kelib chiqishi ham balki otalaring hamkorligi sabidan edi. Baek Lian. Hozirda, Arlian Harveston nomi bilan tanilgan qiz haqida ma'lumot bersam... U Deelandan farqli ravishda ilmga tashna edi. Shu bilan birga unda mas'uliyatli, hislarini jilovlay oladigan tabiati bor edi. Buning sababi, otasining unga nisbatan qattiq qo'lligidan deb o'ylayman. Shuning uchundir doim birinchilik uchun kurashardi. 3 oylik yozgi ta'tildan so'ng, ikki dugona birgalikda Seoul ko'chalarida piyoda universitet tomon yo'l olishmoqda...Ularni ko'rgan kishi «Samsung» kompaniyasining asoschilari— janob Radrigo va janob Baekning merosxo'rlari deb o'ylamaydi.Ular kutgan «Seoul National University» ( Keyingi o'rinlarda SNU). Ular universitet qarshisida ilk kuni haqida o'ylab hayajonda edi. — Lian nega aynan «SNU»? Axir «YONSEI» bu yerdan ancha chiroyliroq va mashhurroq edi. — dedi, Deelan sinfxonani qidirish bilan band bo'lgan dugonasiga. —1-305. Aynan shu xona. Deelan, sen «YONSEI»ga dramalar sabab qiziqyapsan, bilim jihatidan emas! Hayot —bu drama emas! Agar shunchalik u yerni o'z ko'zing bilan ko'rging kelayotgan bo'lsa, shunchaki ekskursiyaga borishning o'zi kifoya. Sinfxona allaqachon to'lib bo'lgan. Dugonalar uchun esa faqatgina o'qituvchi stoliga yaqin o'rindiqlar qolgan. Dars boshlanishi haqidadagi qo'ng'iroq chalingach o'qituvchi xonaga kirib keldi... Darsning yarmiga ham yetmasidan Deelan uyquda. O'qituvchi esa uni payqagani ham yo'q, yoki ko'rgan bo'lsa ham e'tibordan chetda qoldirdi... 1-para tugashiga 10 minutdan kam vaqt qolganida sinfga bir yigit kirib keldi.