Ivelle
@angel_aetheria
1 post

Aristos Cor

Sen bilan "Baxt" ko'chasida adashib qolgim bor. ᴇᴘɪsᴏᴅᴇ 1 —Eshitdingmi, «Chanel» brendining vitse-prezidenti, shuningdek asosiy dizayneri va elchisi Melodie Couffaine kecha vafot etibdi. Qiziq tomoni, janubiy Koreyada... —Rostdanmi? Bu haqida qayerdan eshitding? — ikkinchi ayol qiziqib so'radi. Men esa suhbatga chetdan quloq solib turardim. —Bugun ertalab telekanallar orqali xabar berishdi. Nahotki, buni o'tkazib yuborgan bo'lsang? Men senga batafsil aytib berishim mumkin. Bu gapni tasdiqlagandek ikkinchi ayol ham bosh irg'ab qo'ydi. —Aslini olganda, u koreys bo'lgan... Ikkinchi ayol gap boshlanmasidanoq savol berdi. —Shunday bo'lsa nega uning ism-familiyasi fransuzcha? U rostan ham koreys bo'lgan ekanmi? —Ha, ota-onasining...