May 27

My Dark Angel

6-qism

Yeonjun POV
(Bu qismda Yeonjunni fikrlarini o‘qiymiz)

3 oy oldin

— "Va men aytdim. Ket!"
Nega men bu qiz uchun havotir olyapman, o‘zi?
Baribir hammasi yo‘qolsin!
— "Yaxshi, sen yutding, ketayapman," — deb javob berdim va mototsiklimga o‘tirdim.

Shamol yuzimdan urib o‘tayotgandi, lekin negadir Pharita xayolimdan chiqmayotgandi.
Nega bu menga shunchalik ta’sir qilyapti? U oddiy bir hazil edi-ku.
Har qanday boshqa qizlar kabi, faqat vaqt o‘tkazish uchun edi.

Unda nega bu meni bunchalik g‘azabga solyapti?!
— "La’nat!" — deb baqirdim.

Tormozni bosdim va birdan nafasim qisilib, boshim aylanishni boshladi. Orqamda mashinalar signal chalishni boshladi. Haqiqatdan yo‘lning o‘rtasida to‘xtab qolgan edim.

Yana mototsiklga o‘tirib, o‘zimga tanish joyga yo‘l oldim.

Onam meni kichkina yovuz bola bo‘lganimda olib borgan tepalik — u yerdan butun shahar ko‘rinardi.
Tepaga chiqdim, orqamga yotdim va yulduzlarga tikildim.

Og‘ir nafas chiqib ketdi, buni o‘zim ham sezmay qoldim.
Telefonimni oldim, kech bo‘lib qolganini bildim.
— "U allaqachon uyda bo‘lsa kerak, agar omadi kelgan bo‘lsa," — dedim.

Qo‘lim bilan yuzimni urdim.
— "Sen nima uchun havotir olyapsan, Yeonjun?!" — deb baqirdim.
—Yo‘q, men havotir olayotganim yo‘q.
—Faqat qiziqyapman, xolos.

Ammo aytishlaricha, qiziqish mushukni o‘ldirgan...
O‘rnimdan turdim, ichimda yomon bir tuyg‘u paydo bo‘ldi — nimadir noto‘g‘ri bo‘layotgandek.
Lekin bu fikrni haydadim.

O‘zimni o‘ylab, hattoki ahamiyat bermaydigan qiz tufayli bunchalik sarosimaga tushayotganimga ishonolmadim.
Mototsiklimga o‘tirib, Seuldagi kvartiramga yo‘l oldim.

O‘zimga dedim
— balki shunchaki bolalarcha o‘zgarishlar.
U qizdan ozgina uzoqlashishim kerak.

Axir men endi o‘smir emasman.
Uni to‘g‘ri tanimasam ham, qachon uchrashsam yoki ko‘rsam — doimo qandaydir muammoga aralashgan bo‘ladi.

Axir butun Koreyada sen aynan Jake bilan to‘qnashishing kerakmidi?!

Xudo haqqi, u qanday kaltafahm ekanini bilsang edi.
Yaxshi, men ham farishta emasman — hatto mutlaqo aksiman — lekin...
Men seni u bilan hech qayerga yetkazishga yo‘l qo‘ymayman.
Yo‘q, faqat u emas.

3 oydan so'ng

Ko‘zlarimni ochdim va qo‘lim kimningdir belida yotganini ko‘rdim.
Yo‘q, yo‘q, yo‘q...

O‘zimni tortib, yuqoriga qaradim — ko‘rganim: qizil sochli bir qiz, yalang‘och holatda, adyol ostida yotardi.
Ko‘zlarimni devorga qadab, yana orqamga cho‘zildim.

Barakalla, Yeonjun.
Zo‘r ish qilding.
Barakalla, la’nat bo‘lsin...

Aytishim kerakki, ziyofada ishlar biroz qo‘ldan chiqib ketdi.

Qiz bir payt uyg‘onib, "Xayrli tong, jonim," deb eng asabga tegadigan ohangda aytib, meni o‘pmoqchi bo‘ldi.

Men o‘rnidan turdim:
— "O‘ylashimcha, kiyimlaring anavi stulda. Agar iltifot qilib ularni olib, chiqib ketsang, juda yaxshi bo‘lardi."

Nega men bu qiz uchun mas'uliyat olishim kerak?
Balki bu gapni yumshoqroq aytishim mumkin edi, lekin oxir-oqibat u kiyimlarini olib, chiqib ketdi.

Men onamning qabri oldiga borishga qaror qildim.
U yerga anchadan beri bormagandim. Uning qabri yoniga o‘tirdim.

— "Ona, oxirgi vaqtlarda ichimda nimadir yomon narsa bo‘layotgandek tuyulmoqda. Bu faqat mening xayolimmi yoki men orqaga, Seulga qaytishim kerakmi, bilmayman.
Agar siz shu yerda bo‘lganingda, menga nima qilishim kerakligini aniq aytgan bo‘lardingiz va bu to‘g‘ri qaror bo‘lardi... Lekin endi sizsiz nima qilaman?

Siz men yig‘laydigan yagona odamsan. Ishoning, yaxshi bola bo‘lishga harakat qilaman, lekin o‘ylaymanki men otamga o‘xshab qolganman... Kechirinh meni...
Sizning kabi ayolga u kabi odam bilan farzand bo‘lishga to‘g‘ri kelgani uchun uzr..."

Yonoqlarimdan bir tomchi yosh oqib tushdi.
Boshlig‘imni chayqadim.

— "Seulda bitta qiz bor... Ha, bilaman, hozir siz qoshlaringni ko‘tarib, kulayotganingni tasavvur qilyapman, lekin bu unday emas, ona. U boshqacha...
Men hammasini barbod qildim, bizda nimadir bor edi shekilli, lekin men har doimgidek hammasini rasvo qildim.
Do‘stlarim oldida uni masxara qildim, unga 'sen hazil ekansan, bezor qilasan' deb aytdim."

— "Men uni yoqtirmayman, yoki shunaqa. Faqat hammasi bir g‘alati. Uni ilk bor ko‘rganimda zo‘rlanishi mumkin edi, men uni qutqardim.
Keyin esa Jake bilan gaplashayotgandi, men uni o‘sha jonzatni tanishdan saqladim.
Shundan keyin birga juda sokin, ajoyib kun o‘tkazdik..."

— "Nimadir bo‘ldiki, men uni ikkinchi bor ko‘rganimdayoq, himoya qilish istagini his qildim.
Lekin u menga 'ket' dedi va men ketdim...
Bu qiz... u boshqacha..."

— "Ismi Pharita, onasi ham juda mehribon.
Men undan faqat bir yil katta bo‘lsam ham, u meni boshqara oldi.

Agar boshqa qiz menga shunday qilib 'ket' deganida, ko‘chada uni sharmanda qilgan bo‘lardim, lekin...
Unga hurmat ko‘rsatishim kerakligini his qildim. Balki kechikdim.
Men haqiqatan ham barbod qildim, ona..."

— "Ona, Jake seni ko‘rgani kelmayapti, chunki u qo‘rqoq...
Lekin seni juda yaxshi ko‘radi.

Men esa siznii hozir juda sog‘inyapman, lekin xavotir olmang.
Sizning o‘g‘ling — g‘amgin emas.
U kuchli, jasur. Sababi u — sizning o‘g‘ling."

Men jilmaydim, onamni tasavvur qildim — o‘sha qattiq yig‘ilgan sochi, yumshoq va ajinli yuzi bilan.
Qalbim og‘ridi.

— "Men jasurman, ona... lekin faqat bugun, shunchaki bitta marta yig‘lashim mumkinmi?"

Ovozimda titroq paydo bo‘ldi.

Tizzalarimni ko‘ksimga yig‘dim va yuzimni qo‘llarimga yashirdim.

Va aynan bolaligimdagi kabi yig‘lashni boshladim — xayolimda onam quchib, “Hammasi yaxshilanadi” deb shivirlayotgandek...

Va aynan bolaligimdagidek, yig‘lab yubordim — onamning quchog‘ida bo‘lgandek tasavvur qilib, u sekin shivirlayotgandek:
"Hammasi yaxshi bo‘lib qolmaydi, narsalar shunchaki yaxshilanib ketmaydi, lekin ular asta-sekin o‘zgaradi. Sabrlik bo‘l..."
— derdi va jilmayardi.

Lekin hozir hech narsa o‘zgarayotgani yo‘q.
Hech nima.

— "Ona, sizning farzanding adashgan va yolg‘iz... Qayting, iltimos..."

Telefon jiringladi.

Men: “Nima balo kerak yana?”
Jake: “Yeonjun, sen zudlik bilan qaytishing kerak! Qayerdasan hozir?!”
Men: “Nima bo‘ldi? Nega qaytishim kerak?”
Jake: “Mahalladagilar aytishayapti, Pharita katta muammoga botgan emish.”

Bu nima degani?!

Men: “...Men parvo qilmayman.”
Jake: “Nima?”
Men: “Aytdim-ku, menga bu qizning ishi yo‘q. Sen borib ko‘rsangchi?”
Jake: “Qara, ikalamiz bu narsani yoqtirmasligimiz aniq, lekin biz akamiz. Men seni juda yaxshi bilaman, sen bu qizni o‘ylayotganingni ko‘rib turibman.”
Men: “Unga ‘qiz’ deb befarosat gapirma.”
Jake: “Ko‘rdingmi! Baribir g‘am yeyayapsan! Men harakat qildim u bilan gaplashishga, lekin u e’tibor bermadi.
Iltimos, qaytib kel, menimcha, uning onasi bilan nimadir bo‘lyapti. So‘nggi ikki oy ichida hech kim u ayolni ko‘rmagan.”
Jake davom etadi: “Ikkalamiz ham yaxshi bilamizki, agar uning onasi bilan nimadir bo‘lsa, Pharita hozir ich-ichidan sinib yotgan bo‘lishi mumkin. Biz bunday holat qanday og‘irligini bilamiz.”

Men: “Men onamnikiga bordim.”
Jake: “Bilgan edim... Lekin men hali bunga tayyor emasman.”
— “Yeonjun, qayt.”

Bu o‘sha yomon his bo‘lsa-chi?..

Men: “Xo‘p, ertaga boraman.”
Jake: “Yeonjun…”
Men: “Ertaga yoki umuman emas. O‘zing tanla.”
Jake: “Mayli… onamga uni sevishimni ayt.”
Men: “Aytdim allaqachon, Jake.”
Jake: “…Rahmat.”

(Telefonni qo‘ydi)

— “Pharita, nima bo‘lyapti o‘zi?…”

Uning ismini tilga olganim zahoti butun tanamdan sovuq yurib o‘tdi.
Quturganday ko‘chaga yugurdim va Seul tomon hayday boshladim.

Yo‘lda ketarkanman, ob-havo yomonlashib borardi.
Pharita, iltimos, sog‘-omon bo‘l…

Ko‘chalar bo‘m-bo‘sh edi.
Ko‘prikdan o‘tayotganimda sochimni orqaga tashladim va kimnidir ko‘rdim.

Ko‘zlarim kattalashdi, yuragim urishni boshladi.

Mototsiklimdan tushib, o‘sha qiz tomon yugurdim.
Belidan ushlab, uni yerga tushirdim.

U boshini ko‘tarib, menga qaradi...

U menga qaradi.
Pharita…

— "Aqlingdan ayrildingmi, ahmoq?! Nima qilishni o‘ylagan eding o‘zi?! O‘lib qolishing mumkin edi!"
— "Nega seni har safar eng yomon holatda topishimga to‘g‘ri keladi, ha?!"

U jim edi.
Men uning ko‘zlariga qaradim.
U menga qarayotgandek edi… lekin ayni paytda ko‘zlari:

bo‘sh,
singan,
ezilgan edi.

Pharita…

— "Men seni qanday darajada muhtoj bo‘lsang, shunday darajada muhtojman…
Shuning uchun qol. Iltimos, ketma.
Hamma ketganiga chidashim mumkin, lekin…
sen emas.
Xudo haqqi, sen emas…"

6 qism tugadi