May 5

Xayollar qal'asi

5-qism

U yonoğimni silab, lablarini muloyimlik bilan meniki bilan to‘qnashdi. Uning lablari issiq va yumshoq edi, mening lablarimni o‘z xohishiga ko‘ra shakllantirar, sabr bilan o‘pardi. Qo‘llarimda uning oq futbolkasini siqib ushlab turardim, uni qo‘yib yuborishni istamasdim.

U yuzimni bir oz egib, o‘pichni chuqurlashtirdi. Uning tili lablarim orasidan sirg‘alib o‘tib, meni erkalardi. U menga yopishib turganida o‘zini juda yaxshi his qilardi, pastki labimni tishlari orasiga olib, belimdan mahkam ushlagancha turardi. Yuragim gursillab urardi, go‘yo ko‘kragimdan otilib chiqmoqchidek.

Men undan ajralishni xohlamasdim.
Lekin havo yetishmay, nafas olishim kerak edi.

Uning nafasi yuzimga urilib, ongimni jamlashimni qiyinlashtirardi. Kimligimni unutgudek bo‘lardim. Uning bag‘rida men shunchaki bir qiz edim, kelajakdagi qirolicha emas.

Bu fikr xayolimdan o‘tishi bilan, otam yodimga tushdi. Agar u bu holatdan xabar topsa, qanday xafa bo‘lishini o‘yladim. Teahyungni o‘zimdan itardim va nafas olishga urindim. U menga xavotir bilan qaradi, men esa bu ishni haddan oshirib yuborganimni angladim.

Men shahzodaga turmushga chiqishim kerak edi, shunda qirolicha bo‘la olaman. Bu mening maqsadim edi. Bu mening burchim edi.

Qarshimda turgan yigitga qaramasdan, orqaga o‘girilib:
"Qaytishimiz kerak," – deb pichirlab, otlar turgan joy tomon yurdim. Faqat keyin esladim – men ularning qaerda ekanini bilmasdim.

— Bu tomonga, Malikam.

Men indamay unga ergashdim. Baribir nima deyishim mumkin edi? “Hey, men ham seni sevib qolganman, lekin boshqa birovga turmushga chiqaman,” deb aytsam nima foyda? Bu hech narsani o‘zgartirmasdi. Men taqdirimni tanlay olmasdim, uni allaqachon boshqalar tanlab bo‘lgandi. Mening vazifam — shunchaki buyruqlarga bo‘ysunish edi.

Otxonaga qaytishimiz davomida hech kim og‘iz ochmadi. U ham indamadi, ehtimol meni ranjitib qo‘ydim deb o‘ylayotgandir. Uning miyasi qandaydir yo‘l bilan bo‘lib o‘tgan voqeani ortga qaytarishga harakat qilayotganini deyarli eshitib turardim.

Yog‘ochdan qurilgan bino oldiga yetganimizda, otimdan tushdim va jilovni unga topshirdim.

— Kechirasan, — dedim, oxirgi marta uning ko‘zlariga tikilarkanman.

— Nima uchun uzr so‘rayapsiz, Malikam?

— Bilmayman… Ehtimol, seni sevib qolganing uchun uzr. Chunki men — seni sevib qaytarolmaydigan yagona insonman.

Bir necha lahzaga ko‘zlarimiz bir-biriga qadalgandi. Men bu yerdan ketishim va uni boshqa hech qachon ko‘rmasligim kerakligini bilardim. Qanday qilib boshqa erkakka turmushga chiqa olaman, agar yuragim hanuz unga tegishli bo‘lsa? Har kuni uni ko‘rib, aslida u bilan bo‘lishni xohlab yashasam, bu qanday hayot bo‘lardi? Men bunga dosh bera olmasdim. Bilardimki, oxir-oqibat ikkovimiz ham azob chekamiz.

Unga yaqinlashdim va uning lablaridan o‘pdim — xayrlashuv o‘pich edi bu. Uning ko‘zidan bir tomchi yosh dumalab tushdi. Men esa bunga chiday olmadim. Orqamga o‘girilib, otxonadan chiqib ketdim, endi u yerga qaytmaslikka qat’iy qaror qilgancha.

Bir necha hafta o‘tdi, lekin hech narsa o‘zgarmadi. Men hali ham shahzodalar bilan vaqt o‘tkazardim, asosan Jungkook bilan, va hali ham Teahyungni yuragimni ezadigan darajada sog‘inardim. O‘sha kundan beri hech qachon uning oldiga bormadim, chunki agar borsam, boshqa birovga turmushga chiqishga hech qachon rozi bo‘lmasligimni bilardim.

Shuning uchun yuragimdagi butun og‘riqni yutib, jasoratli niqob taqdim, yuzimga soxta tabassum taqardim. Atrofdagilar bu soxta ifodamga ishondi. Ota-onam esa nimadir joyida emasligini sezayotgan bo‘lsa ham, hech narsa demasdi. Otam yakshanba kuni meni o‘z kabinetiga chaqirgach, hammasi tugaganini angladim. Endi qaror qabul qilish vaqti kelgandi.

Og‘ir yog‘och eshikni taqillatib, ichkariga kirdim va onam yonidagi stulga borib o‘tirdim. U menga kulimsirab qaradi, ammo men bunga javob qaytarmadim.

— Rosie, biz sen bilan gaplashishimiz kerak, — dedi otam.
— Bilaman, lekin siz gapni boshlashingizdan oldin, men qarorimni aytmoqchiman, — dedim men va bir oz to‘xtadim, otamning biroz hayratlangan ko‘zlariga e’tibor bermay. — Men shahzoda Jungkookni tanlayman.

Sukut. Qirol rafiqasiga qaradi-da, boshini chayqab xo‘rsindi. Go‘yoki bu javobni kutmagandek edi. Axir, meni bu yerga chaqirganining sababi shu emasmi?

— Rosie, bu masalani hal qilishdan oldin, sendan bir narsa so‘ramoqchiman va men to‘liq haqiqatni eshitishni xohlayman, — dedi u.

— Men to‘liq haqiqatni eshitmoqchiman, — dedi u, gapiga urg‘u berib ko‘zlarimga tikilar ekan. — Kim Teahyung senga kim bo‘ladi?

Nima? U Teahyung haqida qayerdan biladi?

— Uhm, u bir do‘st… — dedim, lekin to‘xtadim. Men uni endi do‘st deb atay olmasdim. — U ilgari do‘st edi, lekin endi biz bir-birimiz uchun hech kim emasmiz, xavotir olmang.

Ovozimdanoq og‘riq va qayg‘u sezilib turardi. Ammo u mendan haqiqatni so‘ragan edi va bu — haqiqat edi. Biz endi bir-birimiz uchun hech kim emasmiz. Chunki biz bo‘lmoqchi bo‘lgan narsa, mumkin emas edi.

— Sen o‘sha yigitni sevasanmi? — deb so‘radi otam.

— M-men… Bu muhim emas, — dedim boshimni egib. — Men o‘z burchlarimni bilaman va ularga sodiq qolaman. To‘g‘ri ishni qilaman, dada, xavotir olmang.

Butun xona bir daqiqagacha sukunatga cho‘mdi, faqat nafaslarimizning ovozi eshitilardi. Bu jimlik meni yanada notinch qilardi.

— Dada, boshqa biror narsa aytmoqchimisiz?

— Uhm… — u qirolicha tomon qaradi, u esa boshini chayqab, nimadir demoqchi bo‘lib, lekin jur’at eta olmagandek ko‘rindi. — Yo‘q, jonim, hammasi shu.

— Xo‘p unda, da’vogarlarimga qarorimni bildirishim kerak. Meni kechiring.

Og‘ir yurak bilan xonadan chiqib ketdim .

5-qism tugadi

Translated by Aria