April 26

Xayollar qal'asi

3-qism

Shahzoda va Piknik

Raqamlar va yana raqamlar. Ular meni masxara qilayotgandek edi, xuddi men yechimni topishga jur’at eta olarmikanman, deb. Har kuni o‘tkazadigan ko‘plab sinovlardan yana birining xatosini aniqlashga harakat qilayotganimga kamida ikki soat bo‘lgandi. Men bu xatoning borligini ko‘rardim, lekin sababini topa olmasdim. Hech bo‘lmaganda hozircha yo‘q. Bo‘ynim qattiq og‘riyotgandi, chunki kağızlarga bosh egib juda uzoq vaqt tikilgan edim. Besh daqiqa tanaffus qilishga qaror qilib, bo‘ynimni cho‘zdim — xuddi shu payt ofis eshigi ochildi.

— Malikaxon Rosie? — deb so‘radi bir xizmatkor, ichkariga kirib.

— Ha?

— Shahzoda Jungkook pastda sizni kutmoqda.

U nima? Nega?

Men xizmatkorga hayron bo‘lib qaradim, u aytgan gapni to‘g‘ri eshitganimga ishonishga harakat qildim.

— Aynan nima sababdan kelganini aytdimi?

— Xo‘sh, yo‘q, malikaxon, — dedi u bir zum to‘xtab, so‘ng davom etdi. — Lekin qo‘lida piknik savati bor edi.

U oxirgi qismini aytar ekan, jilmaydi, ehtimol shahzodaning bu ishi unga eng romantik harakatdek tuyulgandir. Ammo men yaxshi bilardim — u shunchaki qo‘lga kiritish poygasida boshqalardan oldinda bo‘lishga urinayotgan edi, xolos.

— Iltimos, unga ayting, e’tiboridan juda mamnunman, lekin hozir juda bandman, — dedim.

— Bekor gap, — deb gapimni bo‘ldi otam. — Boraqol, qizim.

— Ammo dada, men hali buni tugatmadim-ku, — dedim, topib bo‘lmayotgan mashqni ko‘rsatib.

— Bor, Rosie. Qaytganingda bu mashq hanuz shu yerda bo‘ladi.

Chuqqan nafas olib, xizmatkorga o‘n daqiqada tushishimni aytdim. Xonamga kirib, o‘zimni tartibga solishga qaror qildim. Sochim bugun biroz tartibsiz edi, shuning uchun uni chap yelkama-yelka qilib o‘rib qo‘ydim.

“O‘zingni majburlagin, borishing kerak,” deb o‘zimga aytib, zinapoyadan asta-sekin pastga tusha boshladim. Pastga yetganimda, Jungkook divandan turdi-da, qarshimga kelib to‘xtadi.

— Malika Rosie, bugun juda go‘zalsiz, — dedi u kulimsirab, qo‘limning ustidan o‘pib.

— Shahzoda Jungkook, — dedim men, biroz bosh egib. — Tashrifingiz meni hayratga soldi, tan olaman.

— Xo‘sh, men o‘yladimki, bir-birimizni yaxshiroq tanishimiz kerak.

— Rostdanmi? Nimani nazarda tutgandingiz?

— Eshitishimcha, siz ochiq osmon ostida vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘rarkansiz, malikaxon. Shuning uchun piknikka chiqishni taklif qilmoqchi edim.

Hech bo‘lmasa, u men haqimda ma’lumot to‘plagan, shuni tan olish kerak edi.

— Joyni ham tanladingizmi? — deb so‘radim, bu safar u qanchalik puxta rejalashtirganiga qiziqib.

— Ovqatlarni men tanladim, — dedi u divanda turgan savatga ishora qilib. — Joyni siz tanlaysiz, malikam.

— Unday bo‘lsa, ortimdan yuring

Jungkook yonimda ketar ekan, men bu “piknik” degan bahona bilan u nima qilishni mo‘ljallaganini o‘ylab borardim. Ochig‘i, u mening er sifatida birinchi tanlovim emasdi, lekin ehtimol men uni yetarlicha tanimasdim. Balki, uni tanib ko‘rishim kerakdir. Masala shundaki, men bunga unchalik ham istak bildirayotganim yo‘q edi.

Yog‘ochdan qurilgan otxona oldiga yetganimizda ichkariga kirmoqchi bo‘ldim, lekin Jungkook bilagimdan ushlab to‘xtatdi.

— Shu yerda kutmaganimiz maqul emasmi?

— Men otlarni egarlatib qo‘yishni so‘rashim kerak. Agar siz shu yerda kutmoqchi bo‘lsangiz, ixtiyoringiz, janobim.

U bir zum o‘ylab qoldi, lekin oxirida baribir men bilan birga, sal ortimdan ichkariga kirdi. Katta xonaning chap tarafida Teahyung otlar uchun suv to‘ldirayotganini ko‘rib qoldim, shuning uchun to‘g‘ri uning oldiga bordim.

— Jungkook.

— Oh, Ros... — deb yuzini menga qaratdi, lekin men yolg‘iz emasligimni ko‘rib, o‘zini to‘g‘riladi. Salomlashib, engilib hurmat ko‘rsatdi. — Malika Rosie

— Salom. Iltimos, Snowflake va yana bir otni egarlab berasizmi?

— Albatta. Uzoqqa borasizlarmi?

— Hm, unchalik emas. Piknikka ketayapmiz, — dedim, bu fikrdan ko‘zimni devorga o‘girib, faqat Teahyung ko‘radigan tarzda loqaydlik bilan ko‘z yumdim.

— Tushunarli, — dedi u, tabassumini yashirishga harakat qilib.

U avval mening oq otimni tayyorladi — egarladi va unga ozroq ozuqa ham solib qo‘ydi. Ishini tugatgach, otni menga olib keldi va jilovni tutqazdi.

— Siz ilgari ot minib ko‘rganmisiz, janobim? — deb so‘radi u Jungkookdan, u esa atrofga g‘alati qarashlar bilan alanglab turgan edi.

— Uh, bu nimaga aloqador? — deb so‘radi shahzoda, biroz himoyalanayotgan ohangda.

— Kechirasiz, janobim. Faqat sizga tez yuguruvchi ot beraymi yoki itoatkorini, shuni bilmoqchi edim.

Men sekin kulib yubordim, kulgimni yashirishga harakat qilib. Teahyung aslida Jungkookdan kulayotgan edi — u hatto ot minib yurishni biladimi, yo‘qmi, shuni so‘rayotgandi. Ammo shahzoda buni umuman tushunmagan ko‘rinar, va bergan javobi bu savolga javob sifatida yetarli edi — u ot minib ko‘rmagan.

— Itoatkorini.

Teahyung bosh irg‘ab, bir jigarrang otni egarlashga o‘tdi, unga ham ozuqa solib, tayyorladi. Keyin jilovni Jungkookga uzatdi, u esa uni olish uchun biroz ikkilandi.

— Yordam kerakmi, janobim? — deb so‘radi Teahyung

— Uh, h-ha, kerak.

— Marhamat, — dedi Teahyung, jilovni ushlab, egar yonidagi kamarga ishora qilib. — Oyog‘ingizni shu yerga qo‘ying va tepaga sakrashingiz uchun turtki oling.

Shahzoda bir oz qiynaldi, lekin bir necha urinishdan so‘ng, nihoyat ot ustiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Teahyung yana jilovni uzatdi, lekin u faqat unga tikilib turdi. Xudo haqqi!

— Menimcha, uni men yetaklaganim yaxshi bo‘ladi, — dedim sekin kulimsirab.

Teahyung bosh irg‘ab, jilovni menga uzatdi.

— Ehtiyot bo‘ling, malikaxon, — dedi u qisqa bosh egib, yana ishlariga qaytdi.

Jungkook safar davomida deyarli gapirmadi. Ehtimol, yiqilib tushishdan qo‘rqgandir. Orqaga qaraganimda, u qotib qolgan, xuddi daraxtday, qimirlamasdi ham. Qanday qilib u tabiatni sevuvchi qizga uylanmoqchi, agar hatto ot minib ko‘ra olmasa?

O‘rmon yo‘lidan yetaklab borar ekanman, sokinlik bilan toza havoni ichimga tortdim. Bu mening sevimli mashg‘ulotlarimdan biri edi. Yashilliklar orasida sayr qilish, ularning go‘zalligini va tinchligini his qilish. Men shu narsalarni birga qadrlay oladigan odamga turmushga chiqishni istardim, ammo Jungkook bunday emasdi.

Manzilimizga yetib borgach, men Snowflake’dan tushdim va uning jilovini yaqin atrofdagi daraxtga bog‘ladim. Qora sochli shahzoda harakatsiz turardi, men unga ot ustidan tushishga yordam berdim. U deyarli yiqilib tushdi, lekin o‘zini tezda tikladi, men esa uning jigarrang otining jilovini o‘zimning oq otimnikining yoniga bog‘ladim.

Yerga qadam bosgach, Jungkook yana o‘ziga keldi. U yana o‘sha maftunkor va gapdon Jungkookga aylandi. U o‘zi olib kelgan adyol ustiga ovqatni joylashtirar ekan, tan olishim kerak, men hayratda qoldim. U bu safar haqiqatan ham harakat qilgan edi.

Bu safar u faqat o‘zini emas, meni ham qiziqtirib, savollar berdi. U ilgari uchrashgan vaqtlarimizdan ko‘ra ko‘proq meni tanishga intilayotganday edi. Bu esa biroz g‘alati tuyuldi.

Bu meni bezovta qildi, chunki bu uning odatdagi fe’l-atvoriga to‘g‘ri kelmasdi. Bu holat unga nisbatan fikrimni qayta ko‘rib chiqishga majbur qilayotganday edi, go‘yoki men yanglishganimni tan olishim kerak edi.

Men kamdan-kam hollarda bunday qilaman, chunki ko‘pincha ichki sezgilarim meni ahmoqona holatlardan ogohlantiradi. Men odamlarga ishonch bildirishda aynan shunga tayanganman. Ammo shahzoda haqida noto‘g‘ri fikrda bo‘lganimni tan olish — o‘zimni ahmoqdek his qilishim bilan barobar edi.

3-qism tugadi

Translated by Aria